9. Tomonlar siyosiy ekstremizm aktlarini qoralaydilar. 1998-yil 17-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Chexiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimga muvofiq Tomonlar jinoyatchilikka, ayniqsa uyushgan jinoyatchilik, terrorizm, narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy savdosi, havo transporti xavfsizligiga qarshi aktlar, odamlarni garovga olish, yuklar, radioaktiv moddalar, qurol, san’at asarlari, madaniy va tarixiy boyliklarni noqonuniy olib kirish va olib chiqishga, shuningdek noqonuniy migratsiya va shaxslarning noqonuniy bo‘lishiga qarshi kurashda hamkorlik qiladilar.