Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tekshirishni tashkil qilishni yanada tartibga solish, tekshirishlar sonini kamaytirish, turli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladigan tekshirishlarda parallelchilik va takrorlash faktlarini bartaraf etish, ularning korxonalar xo‘jalik faoliyatiga iqtisodiy zarar yetkazuvchi asossiz aralashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, shuningdek tadbirkorlarning qonuniy huquqlarini himoya qilish manfaatlarini ko‘zlab:
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik yurituvchi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish va barcha tekshirishlarni o‘tkazish, qoida tariqasida, bir yo‘la kompleks tekshirishlar o‘tkazilishini nazarda tutgan holda faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga binoan reja asosidagi tartibda soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan yiliga ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi;
mazkur subyektlarning faoliyatini qo‘shimcha, shuningdek muqobil tekshirish va taftish qilish ishlarini o‘tkazish jinoiy ishlar bo‘yicha tergov davomida yoki faqat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qarori bilangina nazorat organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Gorizontal tekshirishlar va taftishlar o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarda muqobil tekshirishlarni o‘tkazishga esa faqat ularning tekshirish obyekti bilan o‘zaro munosabatlari doirasidagina yo‘l qo‘yiladi;
budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga soliqlar hamda to‘lovlarni o‘z vaqtida va to‘la hajmda to‘lab turadigan, boshqa norma va qoidalarga rioya etadigan, auditorlarning har yillik tegishli xulosalariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi va tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish hamda taftish qilish nazorat organlari tomonidan, qoida tariqasida, har ikki yilda ko‘pi bilan bir marta amalga oshiriladi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati Prokuratura, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan faqat ko‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha tergov tartibida tekshiriladi va taftish qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va uning joylardagi organlari zimmasiga respublika hamda mahalliy budjetlarning, shuningdek qo‘shma budjetda hisobga olinadigan budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobidan moliyalanadigan muassasalarning moliya-xo‘jalik faoliyatini belgilangan tartibda tekshirish vazifasi yuklansin. Zarur hollarda ana shu tekshirishlarni amalga oshirish uchun soliq va boshqa nazorat organlari jalb qilinishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
nazorat organlari tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyatini taftish qilish va har qanday tekshirishni o‘tkazish muddati 30 kalendar kunidan oshib ketishi mumkin emas. Alohida hollarda bu muddat nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining qaroriga muvofiq uzaytirilishi mumkin;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
auditorlik tekshirishlarini o‘tkazish bo‘yicha sarf-xarajatlar ana shu tekshirishlarni tayinlagan tashkilotlar hisobidan qoplanadi.
4. Xo‘jalik yurituvchi hamda tadbirkorlik tuzilmalarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish, jumladan nazorat tariqasidagi tekshirishlar va taftishlarni o‘tkazish borasida belgilangan tartibga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik soliq va moliya organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Milliy xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi organlarining, shuningdek davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan boshqa organlarning rahbarlari zimmasiga yuklansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashining yangilangan tarkibi va u haqdagi Nizom 1 va 2-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
* 1, 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi bir oy muddatda vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan hududlar bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va taftish qilish borasida 1999-yilgi muvofiqlashtiruvchi rejalar ishlab chiqilishini ta’minlasin, bunda kompleks tekshirishlarni keng joriy etish asosida ularni o‘tkazish davriyligi va muddatlariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash nazarda tutilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi soliqlarni va majburiy to‘lovlarni to‘lashdan ashaddiy bo‘yin tovlash faktlarining har biri bo‘yicha chora ko‘rish uchun yilning har choragida nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashiga o‘z takliflarini taqdim qilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar:
ikki hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslarning ro‘yxatini tasdiqlasinlar;
moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar belgilangan tartibda attestatsiyadan va qayta attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan qoidani tatbiq etsinlar. Bir oy muddatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga, shu jumladan nazorat tekshirishlari va taftishlar o‘tkazishga qo‘yiladigan mansabdor shaxslar uchun maxsus guvohnomalar joriy qilinsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirishga vakil qilingan vazirliklar va idoralar tomonidan tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunlar, farmonlar hamda boshqa qonun hujjatlari qanday ijro etilayotganligini nazorat qilishni ta’minlasin, nazorat organlari xodimlarining noqonuniy harakatlari xususida Respublika muvofiqlashtiruvchi kengashining taqdimnomalarini, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyektlarning shikoyatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqib, qonunda ko‘zda tutilgan choralarni ko‘rsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir hafta muddatda tekshirishlarni tashkil qilishni tartibga solish va takomillashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzishda aybdor bo‘lgan mansabdor shaxslarning javobgarligi belgilanishini ko‘zda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksiga qo‘shimchalar haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Prokuraturasi huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va nohukumat tashkilotlari bilan birga xo‘jalik yurituvchi subyektlar rahbarlarining huquqiy madaniyatini yuqori ko‘tarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirsinlar, nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish sabablarini muntazam tahlil etib, ularni tugatish choralarini ko‘rsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zteleradio”, ommaviy axborot vositalari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish ishlarini o‘tkazish qoidalarini, ularning huquq va majburiyatlarini keng tushuntirib bersinlar, shuningdek nazorat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlarini buzish faktlarini yoritib borsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
12. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida qaror qabul qilsin.