05.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2435
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining qarori , 05.03.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2435
Дата вступления в силу
11.03.2013
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-y., 52-son, 587-modda) muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladilar:
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “O‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2012-yil, 52-son, 587-modda) muvofiq uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlariga, shuningdek nogiron bolalarni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-sentabrdagi 490-son “Xalq ta’limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash shartlarini tartibga solish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra uyda yakka tartibda o‘qitiladigan bolalarni (bundan buyon matnda – bolalar deb yuritiladi) uyida o‘qitganlik uchun umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga yo‘l haqi kompensatsiyasi tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 171-moddasi ikkinchi qismi 8-bandiga muvofiq (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-yil, 52 (I)-son) ushbu Nizomning 1-bandida belgilangan kompensatsiya miqdori chegarasida ijtimoiy xodimlar va maktab o‘qituvchilarining daromadi sifatida qaralmaydi va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov va fuqarolar sug‘urta badallari solinmaydi.