O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, bundan keyin Tomonlar deb ataluvchilar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik to‘g‘risida 2004-yil 23-martdagi Bayonnomaga amal qilgan holda 2010 — 2012-yillarda quyidagi tadbirlarni amalga oshiradilar:
Tashqi ishlar vazirlari va/yoki ularning o‘rinbosarlari darajasidagi maslahatlashuvlar Toshkentda - 2010-yilning I choragi va Bokuda - 2011-yilning III choragi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari va ekspertlari darajasidagi mavzuga doir maslahatlashuvlar:
ikki tomonlama shartnomaviy-huquqiy bazani inventarizatsiya qilish masalalari bo‘yicha (Toshkent, 2010-yilning III choragi);
SEAP, PRM va Yevropa Ittifoqi doirasida NATO bilan hamkorlik bo‘yicha tajriba almashish, shuningdek umumyevropa mavzuiga doir maslahatlashuvlar (Toshkent, 2010-yilning IV choragi);
BMT muammolari bo‘yicha, shu jumladan BMT Bosh Assambleyasining sessiyasi kun tartibidagi masalalarni muhokama qilish bo‘yicha (Toshkent, 2010-yilning IV choragi va Boku, 2011-yilning III choragi);
EXHT, MDH, IKT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlar masalalari bo‘yicha (Toshkent, 2011-yilning II choragi va Boku, 2012-yilning II choragi);
mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro terrorizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va narkotiklarning noqonuniy aylanishi masalalari bo‘yicha (Boku, 2011-yilning III choragi);
gumanitar sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha (Toshkent, 2010-yilning IV choragi va Boku, 2011-yilning IV choragi va).
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi nashr qilinuvchi to‘plamlar va o‘zaro ahamiyatga ega bo‘lgan ochiq idoraviy nashrlar bilan almashinadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ozarbayjon Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi o‘zaro kelishuv bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan axborot-ma’lumot materiallari bilan almashinadilar.