O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda)
qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda), “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi
Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) va O‘zR VM ning 2004-y., 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi
qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) muvofiq talablari guruhli burg‘quduqlarni qurish va ularni ishlatish orqali neft konlarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarga taalluqli va sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan barcha tashkilotlar uchun majburiydir.