24.06.2010 yildagi 188-son
O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi “Sanoatkontexnazorat” boshlig‘ining buyrug‘i, 24.06.2010 yildagi 188-son
Дата вступления в силу
14.08.2010
O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-yil, 39-son, 386-modda) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-yil, 7-son, 64-modda) qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 39-son, 386-modda), “Yer osti boyliklari to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 1-son, 5-modda) va O‘zR VM ning 2004-y., 10-iyuldagi 323-son “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari to‘plami, 2004-y., 7-son, 64-modda) muvofiq talablari guruhli burg‘quduqlarni qurish va ularni ishlatish orqali neft konlarini o‘zlashtirish bilan shug‘ullanuvchi korxona va tashkilotlarga taalluqli va sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat olib borayotgan barcha tashkilotlar uchun majburiydir.
4. Guruhli burg‘quduqlar maydonlarini tayyorlash, burg‘quduqlarni qurish, konlarni jihozlash va ishlash bo‘yicha loyihaviy hujjatlar tarkibi va tuzilishi O‘zbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni va ShNK 1.03.01-08 “Korxona, bino va inshootlarni kapital qurilishi bo‘yicha loyihaviy hujjatlar tarkibi, ishlab chiqilishi, kelishish va tasdiqlash tartibi” talablariga javob berishi zarur.