Qarang: O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi PQ-2833-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi PQ-2896-sonli “Ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi PQ-4075-sonli “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori.
Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilmagan organlar hamda muassasalar voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasida qonunchilikda belgilangan tartibda ishtirok etadi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-fevraldagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida nizom” va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi 341-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risida”gi nizom.
Bolalar masalalari bo‘yicha komissiya ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan hujjatlarni olgach, voyaga yetmaganni ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasasiga joylashtirish to‘g‘risidagi iltimosnomani olingan hujjatlarni, shuningdek jinoyat ishini qo‘zg‘atish rad qilingan yoki tugatilgan jinoyat ishi materiallarini ilova qilgan holda uch sutkadan kechiktirmay sudga yuboradi.