1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi 625-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustda qabul qilingan 260-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlarning ushbu Qonun 14 va 15-moddalari talablarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini birjalar tomonidan bajarilmagan taqdirda, birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turishga yoki birja litsenziyasining amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoxud uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat etishga haqlidir”.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi 657-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 355-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda) 27-moddasi quyidagi mazmundagi uchinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi 734-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-mayda qabul qilingan 78-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 149-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Qonun hujjatlariga muvofiq o‘tkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin kalendar yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdan bosh tortish xo‘jalik yurituvchi subyektdan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to‘lanishi xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishdan ozod qilmaydi”;
“qonun hujjatlarida belgilangan tartibda auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turadi, auditorlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki uning amal qilishini tugatish hamda litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi, shuningdek litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, tugatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida e’lon qiladi”;
maxsus vakolatli davlat organining auditorlik tashkiloti zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarori auditorlik tashkiloti tomonidan bajarilmaganda.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Maxsus vakolatli davlat organi yoki sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun auditorlik tashkilotiga muddat belgilashi shart. Maxsus vakolatli davlat organi litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan maxsus vakolatli davlat organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi”;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
auditorlik tashkilotining faoliyati u qayta tashkil etilishi natijasida tugatilganda, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
auditorlik tashkiloti litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni maxsus vakolatli davlat organi yoki sud belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
maxsus vakolatli davlat organining litsenziya berish to‘g‘risidagi qarori qonunga xilof ekanligi aniqlanganda.
Ushbu modda birinchi qismining beshinchi, oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda litsenziyaning amal qilishini tugatish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi”;
agar auditorlik tashkiloti litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi haqida xabarnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan e’tiboran uch oy ichida maxsus vakolatli davlat organiga litsenziya berganlik uchun davlat boji to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo‘lsa.
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda litsenziyani bekor qilish sud qaroriga, boshqa hollarda esa maxsus vakolatli davlat organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori auditorlik tashkilotiga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori auditorlik tashkilotiga va maxsus vakolatli davlat organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Auditorlik tashkiloti litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya maxsus vakolatli davlat organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Maxsus vakolatli davlat organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyani bekor qilishni asossiz deb topgan taqdirda, maxsus vakolatli davlat organi auditorlik tashkiloti oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 754-XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
“Atrof muhitga zarar yetkazayotgan tadbirkorlik subyektlari hisoblangan mahalliy ahamiyatga molik obyektlarning faoliyatini to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish va qayta ixtisoslashtirish, shuningdek ularga berilgan tabiiy resurslardan foydalanish huquqiga doir ruxsatnomani bekor qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
“Ko‘rsatilgan choralar tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”;
“Ko‘rsatilgan chora tadbirkorlik subyektlariga nisbatan sud tartibida qo‘llaniladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda xo‘jalik faoliyatini moliyalashtirishni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi 1002-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5–6, 153-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 9-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
ikkinchi qismning ikkinchi xatboshisidagi “moneliksiz kirish” degan so‘zlar “belgilangan tartibda kirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Jarima solish sud tomonidan, xo‘jalik faoliyati subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat inspektori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari tomonidan amalga oshiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi 1006-XII-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 23-moddasining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan, ammo sertifikatlanmagan mahsulotni realizatsiya qilganlik uchun tayyorlovchiga (tadbirkorga) realizatsiya qilingan mahsulot qiymati miqdorida jarima solinadi. Jarima sud qaroriga asosan, tayyorlovchi (tadbirkor) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, majburiy sertifikatlashtirish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish qonun hujjatlari bilan zimmasiga yuklangan davlat boshqaruvi organlari mansabdor shaxslarining qaroriga binoan undiriladi. Tayyorlovchining (tadbirkorning) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to‘lanishi tayyorlovchini (tadbirkorni) majburiy sertifikatlashtirish o‘tkazishdan ozod qilmaydi”.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
Emitentlar va qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni, hisobotlarni e’lon qilmaslik yoki o‘z vaqtida e’lon qilmaslik, shuningdek davlat nazorati organlariga hisobotlar yoxud axborotni topshirmaslik yoki o‘z vaqtida topshirmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Emitentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarish tartibini buzish investorlar manfaatlariga zarar yetkazmagan bo‘lsa, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Investorlar, qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar bo‘yicha hisob va hisobotning belgilangan tartibini buzish, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Vakolatli davlat organining huquqbuzarliklarga barham berish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlash yoki o‘z vaqtida bajarmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Bojxona organining ruxsatisiz bojxona nazorati zonasi chegarasi orqali va uning doirasida tovarlar, transport vositalari va shaxslarni olib o‘tish yoki bojxona nazorati zonasi rejimini buzuvchi boshqa xatti-harakatlar sodir etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasini kesib o‘tganlik to‘g‘risida yoki tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga xabar bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqish maqsadi to‘g‘risida bojxona organiga noto‘g‘ri xabar berish, agar bunday xabar bojxona organi tomonidan belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan bo‘lsa, xuddi shuningdek tovarlar va transport vositalarini belgilangan joyga hamda belgilangan vaqtda yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Falokat yuz bergan yoki yengib bo‘lmas kuch ta’sir etgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 63-moddasida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar va transport vositalarini yetkazib berilgan joyda O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 61-moddasida nazarda tutilgan muddatda bojxona organlariga ko‘rsatmaslik hamda ularning hujjatlarini topshirmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz berish, ularni yo‘qotish yoki bojxona organi belgilagan joyga yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona organiga topshirish uchun qabul qilingan, bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarining bojxona hujjatlari yoki boshqa hujjatlarini yo‘qotish yoxud yetkazib bermaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar, transport vositalari va ularning hujjatlarini yetkazib berishning bojxona organi tomonidan belgilangan muddatiga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositasini bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyda to‘xtatmaslik, shuningdek bojxona nazorati ostida turgan transport vositasini to‘xtab turish joyidan bojxona organining ruxsatisiz jo‘natib yuborish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Kemalar va boshqa suzuvchi vositalarning bojxona nazorati ostida turgan kema va boshqa suzuvchi vositalar yoniga bojxona organining ruxsatisiz kelib to‘xtashi, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibini buzish, ya’ni bojxona rasmiylashtiruvini boshlash va tugallash, uni o‘tkazish joyi, vaqti va taomili to‘g‘risidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanmagan tovarlar va transport vositalari bilan operatsiyalar o‘tkazish, belgilangan talablar va shartlarni buzib, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz transportda tashish, ortish, tushirish, qayta ortish, buzilgan o‘rovni tuzatish, o‘rash, qayta o‘rash yoki tashish uchun qabul qilish, shunday tovarlardan namunalar va nusxalar olish, bunday tovarlar va transport vositalari turishi mumkin bo‘lgan binolar va boshqa joylarni ochish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona organi tomonidan qo‘llanilgan qiyoslash vositalarini o‘zgartirish, yo‘q qilish, shikastlash yoki yo‘qotish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar va transport vositalarini deklaratsiyalash tartibini buzish, ya’ni deklaratsiyalash shakli, joyi va uni amalga oshirish taomili haqidagi belgilangan talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona organiga tovarlar va transport vositalari uchun bojxona deklaratsiyasini, xuddi shuningdek hujjatlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazoratidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tovarlar va transport vositalari, bunday nazoratni o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar mavjud bo‘lgan yoki nazorat etish bojxona organlari zimmasiga yuklangan faoliyat amalga oshirilayotgan hudud yoxud binoga bojxona organi mansabdor shaxsining kirishiga to‘sqinlik qilish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona nazorati ostida yoxud erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududida bo‘lib, olib kirilayotgan, olib chiqilayotgan, kelib tushayotgan, saqlanayotgan, qayta ishlanayotgan, tayyorlanayotgan, sotib olinayotgan va sotilayotgan tovarlar haqida belgilangan tartibda bojxona organiga zarur hisobotlarni taqdim etmaslik, xuddi shuningdek bunday tovarlar hisob-kitobini yuritish tartibiga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu Kodeksning 2274, 2278, 2279 va 22711-moddalarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, tovarlarni saqlash uchun qo‘yishning belgilangan talablari va shartlariga, ularni saqlash, xuddi shuningdek bojxona omborlarida va erkin omborlarda tovarlar bilan operatsiyalar o‘tkazish tartibiga va muddatlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni qayta ishlash tartibini buzish, ya’ni tovarlarni qayta ishlashda belgilangan talablarga, cheklashlar va shartlarga, shu jumladan qayta ishlash muddatlari, qayta ishlash mahsulotlarining chiqish miqdori, tovarlarni qayta ishlash bo‘yicha operatsiyalar o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi talablar, cheklashlar va shartlarga rioya etmaslik, —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Erkin bojxona zonalari va erkin omborlarda ishlab chiqarish, tijorat hamda boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini buzish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Erkin bojxona zonasi rejimi amal qilayotgan hududda O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida belgilangan tartibni buzgan holda binolar, imoratlar va inshootlar barpo etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududidan tashqariga belgilangan muddatlarda olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar ularni qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlarni yo‘q qilish tartibini buzish, ya’ni tovarlarni yo‘q qilishning, ularni yo‘q qilish natijasida hosil bo‘lgan chiqindilarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirishning belgilangan talablari, cheklashlari va shartlariga rioya etmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar va transport vositalari bilan g‘ayriqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish, ularning holatini o‘zgartirish, ulardan bojxona rejimiga nomuvofiq tarzda foydalanish va ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, bojxona rejimining boshqa talablari, cheklashlari va shartlariga rioya qilmaslik, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Iqtisodiy siyosat choralari va boshqa cheklovlar qo‘llaniladigan tovarlarni ana shu choralar va cheklovlarni qo‘llanishning belgilangan tartibini buzgan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksida nazarda tutilgan hollardan tashqari, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu Kodeks 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali aslida ishlab chiqarish yoki tijorat faoliyati uchun mo‘ljallangan tovarlarni tijorat maqsadlari uchun mo‘ljallanmagan tovarlar niqobi ostida olib o‘tish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali bojxona nazoratini chetlab, ya’ni bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarni chetlab yoki bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan vaqtidan tashqari paytda olib o‘tish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish, ya’ni xufyadonlardan yoki tovarlarni topishni qiyinlashtiradigan boshqa usullardan foydalanish yoxud bir tovarni boshqa tovarga o‘xshash qilib qo‘yish, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatlardan yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib o‘tish, ushbu Kodeksning 22722-moddasi va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun zarur bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 2277, 22710, 22719, 22720, 22721-moddalarida va 22725-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga tovarlarni musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to‘lovlari miqdori to‘g‘risida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmagan bo‘lsa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga bojxona nazoratini chetlab o‘tib yoxud bojxona nazoratidan yashirib yoxud hujjatlar yoki qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanib olib kirilgan yoxud deklaratsiyalanmagan yoki noto‘g‘ri deklaratsiyalangan holda olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini tashish, saqlash, sotib olish, shuningdek ushbu tovarlar va transport vositalaridan foydalanish yoki ularni tasarruf etish, xuddi shuningdek boj to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, bunday imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan yoxud tasarrufdan chiqarilayotgan tovarlar va transport vositalarini bojxona organining ruxsatisiz tashish, saqlash va sotib olish, —
fuqarolarga tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar berilgan, shartli ravishda chiqarilgan tovarlar va transport vositalaridan imtiyozlar berilishiga sabab bo‘lganidan boshqa maqsadlarda bojxona organining ruxsatisiz foydalanish va ularni tasarruf etish, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlarda bojxona to‘lovlaridan ozod qilish yoki ularning miqdorini kamaytirish uchun asos bo‘ladigan noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, ushbu Kodeksning 22720-moddasi va 22721-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
To‘langan bojxona to‘lovlarini qaytarib olish, to‘lovlarni va boshqa haqni olish huquqini beradigan noto‘g‘ri ma’lumotlardan iborat hujjatlarni bojxona organiga taqdim etish yoki yetarli asoslarsiz ularni qaytarmaslik yoxud bu to‘lovlarni va boshqa haqni to‘liq bo‘lmagan hajmda qaytarganlik, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
fuqarolarga eng kam ish haqining uch baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
4) 245-moddaning birinchi qismi “173” raqamidan keyin “1741” raqami bilan to‘ldirilsin, “227” raqami esa “2274-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida, 2278, 2279, 22713, 22714-moddalarida, 22715-moddasining birinchi qismida, 22716, 22717, 22718, 22719, 22720, 22721, 22722, 22723, 22724, 22725, 22726, 22727-moddalarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 262-moddaning birinchi qismidagi “227-moddasida” degan so‘zlar “227, 2271, 2272, 2273-moddalarida, 2274-moddasining uchinchi qismida, 2275, 2276, 2277, 22710, 22711, 22712-moddalarida, 22715-moddasining ikkinchi qismida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 22-dekabrda qabul qilingan “Muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirib olish to‘g‘risida”gi 177-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 267-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
“Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Ortiqcha to‘langan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar summasining mavjudligi soliq organlari tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
Penya miqdori tadbirkorlik subyektining tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorligi summasidan ortiq bo‘lishi mumkin emas”;
“Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq bo‘lgan, muddatida to‘lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
9-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi 216-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 54-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 291-moddasining nomi, birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Korxonalar olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan hollarda, dehqon va fermer xo‘jaliklari bundan mustasno, banklar bunday korxonalar to‘g‘risidagi axborotni ular hisobga olingan joydagi davlat soliq xizmati organiga tegishli choralar ko‘rish uchun taqdim etishlari shart.
Bank hisobvaraqlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida sud qarori mavjud bo‘lgan taqdirda, korxonalarning yopilayotgan hisobvaraqlaridagi mablag‘lar qoldiqlari bank tomonidan foydalanish huquqisiz maxsus hisobvaraqlarga kiritib qo‘yiladi, korxonaning to‘lanishi uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa, ko‘zda tutilmagan holatlarning alohida hisobvarag‘iga o‘tkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
10-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”gi 218-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 56-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 31-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Qimmatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilariga nisbatan:
mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan qoidabuzarliklarni tugatish to‘g‘risidagi ko‘rsatmani bajarishdan bo‘yin tovlaganlik uchun — eng kam ish haqining 40 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda;
emitentlar tomonidan qimmatli qog‘ozlar chiqarishning belgilangan tartibi investorlarga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda buzilganligi uchun — qimmatli qog‘ozlar chiqarish hajmining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
qimmatli qog‘ozlarga doir bitimlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazishning belgilangan tartibi qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan buzilganligi uchun — qimmatli qog‘ozlarga doir bitim summasining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 75 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, mazkur qoidabuzarlik takror sodir etilgan taqdirda, qimmatli qog‘ozlarga doir bitim summasining o‘n foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
atayin noto‘g‘ri ma’lumotlar tarqatish (taqdim etish) yo‘li bilan investorlar va nazorat organlarini chalg‘itganlik uchun — eng kam ish haqining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima solishdan iborat iqtisodiy jazo choralari qo‘llaniladi.
Iqtisodiy jazo choralarini qo‘llash sud tomonidan, qimmatli qog‘ozlar bozorining ishtirokchilari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jazo choralari summasini ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollarda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda qo‘llanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 25-aprelda qabul qilingan “Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida”gi 220-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 56, 58-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 410-modda) 25-moddasining beshinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, Bosh direksiya yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish va ularga berilgan guvohnomani bekor qilish to‘g‘risida sudga murojaat qilishga haqli”.
12-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 221-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 59-modda; 2002-yil, № 4-5, 74-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“tovarni (ishni, xizmatni) iste’molchidan qaytarib olish — agar tovar (ish, xizmat) iste’molchi mulkiga aylangan yoki unga taklif etilgan bo‘lsa, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarni (ishni, xizmatni) qaytarib olishga qaratilgan har qanday chora;
tovarni (ishni, xizmatni) muomaladan chiqarish — ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) tomonidan amalga oshiriladigan, tovarning (ishning, xizmatning) xavfsizligi talablariga mos bo‘lmagan tovarga (ishga, xizmatga) ofertani tugatish va bunga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan har qanday chora”;
2) 6-modda ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi “bahosi” degan so‘zdan keyin “(tarifi)” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
“Zarar yetkazilishining sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) bunday tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlashi, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni tugatishi shart, bunda davolashga, oziq-ovqatga mo‘ljallangan tovarlar va maishiy kimyo tovarlari sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi tomonidan utilizatsiya qilinishi shart. Bu majburiyatlar sotuvchi yoki ishlab chiqaruvchi (ijrochi) tomonidan bajarilmagan taqdirda, tovarni ishlab chiqarishdan olib tashlash, ishni bajarish va xizmat ko‘rsatishni to‘xtatish, ularni muomaladan chiqarish va iste’molchilardan qaytarib olish tovarning (ishning, xizmatning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat boshqaruvi organlari ko‘rsatmasiga binoan amalga oshiriladi”;
4) 14-moddaning birinchi qismi “tovar sifatini” degan so‘zlardan keyin “sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida:
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi masalalari yuzasidan rasmiy tushuntirishlar beradilar;
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish alomatlari aniqlangan taqdirda, ishlab chiqaruvchidan (ijrochidan, sotuvchidan) zarur hujjatlar, tushuntirishlarni va boshqa axborotni so‘rab oladilar;
iste’molchilarning huquqlarini buzayotgan kamchiliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga) ko‘rsatma yuboradilar;
iste’molchilarning (iste’molchilar nomuayyan doirasining) huquqlarini himoya qilib, sudga murojaat etishga haqlidirlar;
“O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari ishlab chiqaruvchiga (ijrochiga, sotuvchiga):
qonun hujjatlarida yaroqlilik muddati ko‘rsatilishi shart ekanligi belgilanganligiga qaramay yaroqlilik muddati ko‘rsatilmagan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xavfsiz bo‘lishi va sifati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi tegishli davlat boshqaruvi organlarining ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqliligi to‘g‘risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining besh foizi va ushbu tovarlarning iste’mol (foydalanish) uchun yaroqsizligi to‘g‘risidagi xulosasi olingan taqdirda, realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
yaroqlilik muddati o‘tgan tovarlarni realizatsiya qilish uchun qabul qilganlik va sotganlik uchun — realizatsiya qilish uchun qabul qilingan tovarlar hajmining yuz foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining uch yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
iste’molchilar huquqlarining buzilishini bartaraf etish to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalarini bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun:
jismoniy shaxslarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solish huquqiga ega”;
“Jarima solish sud tomonidan, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, maxsus vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ishlab chiqaruvchining (ijrochining, sotuvchining) oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”;
oltinchi qismidagi “yoxud jarima solish haqidagi qarorni bekor qilish yoki o‘zgartirish” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
13-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 128-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
oltinchi — to‘qqizinchi xatboshilari tegishincha beshinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“Tibbiyot va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar berish tartibi hamda shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
3) 31-moddaning ikkinchi qismidagi “mazkur faoliyat turi bilan shug‘ullanish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
4) 41-moddaning birinchi qismidagi “ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan muayyan tibbiyot va farmatsevtika faoliyati turlari bilan shug‘ullanish huquqiga esa diplom va litsenziya olgan shaxslar” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
14-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 353-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 52-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda) 13-moddasi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi 355-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 54-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
“Qonun hujjatlarida tabiiy monopoliyalar subyektlari faoliyatini davlat tomonidan qo‘shimcha ravishda tartibga solish nazarda tutilishi mumkin.
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu qoidalarning qo‘llanilishi ana shu subyektlarning o‘ziga xos vazifalarini bajarishini cheklamaydigan qismigina qo‘llaniladi”;
“davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xo‘jalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish to‘g‘risida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi o‘zlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish va berilgan ko‘rsatmalarning ijrosini nazorat qilish”;
“xo‘jalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish”;
“Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi qoidabuzarliklar uchun xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda jarimalar solishga haqlidir:
1) monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish, dastlabki holatni tiklash, shartnomalarni bekor qilish yoki o‘zgartirish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik uchun, shuningdek monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan roziligini olmay turib, ushbu Qonun 15-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan harakatlarni amalga oshirganlik yoki bitimlar tuzganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ikki yuz baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda;
2) monopoliyaga qarshi davlat organiga axborot taqdim etmaganlik yoki ataylab noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etganlik uchun quyidagi miqdorlarda:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga va yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda;
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
3) xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib kelgan kelishuvi (kelishilgan harakatlari) uchun quyidagi miqdorlarda:
yuridik shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining oltmish baravaridan sakson baravarigacha miqdorda va yetkazilgan zararning besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining yuz ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
jismoniy shaxs bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga — eng kam ish haqining besh baravaridan yetti baravarigacha miqdorda.
Jarima solish sud tomonidan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Jarima davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari yoki xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan monopoliyaga qarshi davlat organining jarima solinganligi to‘g‘risidagi qarori olingan paytdan e’tiboran o‘ttiz kun muddatda to‘lanadi va budjetga o‘tkaziladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Jarima to‘lash monopoliyaga qarshi davlat organining qarori yoki ko‘rsatmasini bajarish yoki monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish majburiyatidan ozod qilmaydi”.
Keyingi tahrirga qarang.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan 396-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 4-5, 74-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 310, 311, 312, 313-moddalar, № 12, 415, 416-moddalar) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
“Soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarga oid normativ-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha shubhali, ziddiyatli qoidalar va noaniqliklar soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi”;
“Soliq to‘lovchi tadbirkorlik subyekti soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaganlik natijasida sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini materiallar sudga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida ixtiyoriy ravishda qoplagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan, shu jumladan penya to‘lagan taqdirda, unga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilishidan ozod qilinadi”;
“Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lmagan va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘lashni rad etgan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarishni istisno etgan holda, sud tartibida amalga oshiriladi”;
“Tadbirkorlik subyektining sudga da’vo arizasi berishi tekshiruvlar dalolatnomasi bo‘yicha chiqarilgan, shikoyatga sabab bo‘lgan qarorning hisoblab chiqarilgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasiga doir qismining ijrosini to‘xtatib qo‘yadi”;
“Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun soliq to‘lovchiga nisbatan quyidagi miqdorlarda moliyaviy jazo choralari qo‘llaniladi:
1) yuridik shaxslarning (shu jumladan norezidentlarning, bundan rezident tijorat tashkilotlari mustasno) soliq organida hisobga olinishdan bo‘yin tovlashi:
agar faoliyat o‘ttiz kungacha amalga oshirilgan bo‘lsa — eng kam ish haqining ellik baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) o‘n foizidan kam bo‘lmagan miqdorda;
agar faoliyat o‘ttiz kundan ortiq amalga oshirilayotgan bo‘lsa — eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, biroq bunday faoliyat natijasida olingan daromadning (foydaning) ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorda jarima solishga olib keladi;
2) qonuniy kelib chiqishi tasdiqlangan hollarni istisno etganda, kirim qilinmagan tovarlar saqlangan yoxud tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchidan kirim qilinmagan tovar qiymati yoxud yashirilgan (kamaytirib ko‘rsatilgan) tushum summasi undiriladi;
3) ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan, soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan deklaratsiya, hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaganlik, o‘z vaqtida taqdim etmaganlik yoki belgilanmagan shaklda taqdim etganlik uchun soliq to‘lovchidan to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun tegishli summaning bir foizi miqdorida, biroq tegishli hisobot davri uchun ilgari hisoblab chiqarilgan to‘lovlar chegirib tashlangan holda belgilangan to‘lov muddatiga tegishli to‘lov summasining o‘n foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima undiriladi;
4) buxgalteriya hisobining yo‘qligi yoki uni belgilangan tartibni hisoblab chiqarilishi lozim bo‘lgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini aniqlab bo‘lmaydigan darajada buzib yuritganlik uchun soliq to‘lovchi yuridik shaxsdan aylanma summaning bir foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining ellik baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima undiriladi. Bunda soliq to‘lovchi yuridik shaxs buxgalteriya hisobini qayta tiklash majburiyatidan ozod qilinmaydi;
5) faoliyat turlari bilan litsenziyasiz shug‘ullanganlik uchun soliq to‘lovchidan ularni amalga oshirganlik munosabati bilan to‘langan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar chegirib tashlangan holda, ana shu faoliyat turlarini amalga oshirishdan olingan butun daromad (foyda) undiriladi;
6) soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya hisoblab chiqariladi, to‘lov kuni ham shunga kiradi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik subyektining tegishli soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlari summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas. Penya to‘lash tadbirkorlik subyektini soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod qilmaydi;
belgilangan tartibni soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushmasligiga olib kelgan darajada buzib rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan kelib tushmagan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasiga hisoblab chiqarilgan penya undiriladi;
tovarlar (ishlar, xizmatlar) qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar bo‘lmagan mahsulot yetkazib beruvchilar tomonidan realizatsiya qilinayotganda hisobvaraq-fakturada qo‘shilgan qiymat solig‘ini aks ettirgan holda rasmiylashtirganlik uchun mahsulot yetkazib beruvchilardan noqonuniy ko‘rsatilgan soliq summasi va ushbu summaning yigirma foizi miqdorida jarima undiriladi. Bunda tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) xaridorlari qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha budjet bilan qayta hisob-kitob qilmaydilar va ularga nisbatan jarima jazolari qo‘llanilmaydi;
8) yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko‘rsatilganidan kattaroq o‘lchamdagi yer maydonlaridan foydalanganlik uchun quyidagi miqdorda jarima undiriladi: yuridik shaxslardan yer solig‘iga teng summaning ikki baravari miqdorida, jismoniy shaxslardan esa bir yarim baravari miqdorida;
9) nazorat-kassa mashinalarini ishlatish majburiy bo‘lgani holda ularni ishlatmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, shuningdek xaridorga kvitansiya yozib berish, talon yoki unga tenglashtirilgan boshqa cheklarni berish majburiy bo‘lgani holda bunday hujjatlarni bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik uchun — soliq to‘lovchidan eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda, o‘sha qilmishlar jarima qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undiriladi;
10) nazorat-kassa mashinalarini ro‘yxatdan o‘tkazmasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, texnik talablarga javob bermaydigan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik, fiskal xotirasining xizmat ko‘rsatish dasturi buzilgan nazorat-kassa mashinalaridan foydalanganlik uchun — yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlardan eng kam ish haqining yuz baravari miqdorida, o‘sha qilmishlar takroran sodir etilgan taqdirda esa eng kam ish haqining ikki yuz baravari miqdorida jarima undiriladi”;
“Tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdordagi qo‘shimcha hisoblab chiqarilgan soliqlar, yig‘imlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda qo‘llanilgan moliyaviy jazo choralarini undirish tadbirkorlik subyektiga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
17-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan “Tabiiy monopoliyalar to‘g‘risida”gi 398-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan 815-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 212-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Quyidagilar tabiiy monopoliya subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga soluvchi organlardir:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolat bergan organ (bundan buyon matnda vakolatli organ deb yuritiladi).
Tabiiy monopoliya sharoitida ishlab chiqariladigan (realizatsiya qilinadigan) tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro‘yxati vakolatli organ tomonidan belgilanadi”;
“tabiiy monopoliya subyekti sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lmagan va jarimani ixtiyoriy tartibda to‘lamagan taqdirda, tabiiy monopoliya subyektiga jarima solish haqida sudga murojaat qiladi”;
yettinchi va sakkizinchi xatboshilari tegishincha sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilar deb hisoblansin;
“tabiiy monopoliya sohasiga kiritilmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozoridagi raqobatni cheklash uchun tabiiy monopoliya holatidan foydalanish”.
18-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi 415-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 4-5, 120-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish (dori vositalari tayyorlash va ishlab chiqarishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) sud tartibida amalga oshiriladi”;
“Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalarini hamda tibbiy buyumlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchilardan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori-darmonlarni yetkazib beruvchi ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlaridan, shuningdek xorijiy firmalardan olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari va tashkilotlari dori vositalari hamda tibbiy buyumlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish huquqiga ega.
Dori vositalari va tibbiy buyumlar ishlab chiqaruvchi korxonalar, shuningdek ulgurji savdo korxonalari hamda tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni namunalar sifatida dorixona muassasalariga, davolash-kasallikning oldini olish muassasalariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga, shuningdek tibbiyot va farmatsevtika o‘quv yurtlariga berish huquqiga ega. Namunalarni berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
19-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 230-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 5-modda birinchi qismining o‘ninchi xatboshisi “saqlanganda ularni” degan so‘zlardan keyin “(xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan sud tartibida)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“xo‘jalik yurituvchi subyektlar bojxona to‘lovlari bo‘yicha budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar;
bojxona to‘lovlari va bunday to‘lovlarni to‘lash muddati o‘tkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlardan so‘zsiz tartibda undirib olish to‘g‘risidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar”.
20-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 29-avgustda qabul qilingan “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi 474-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 232-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda, № 9-10, 182-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 5, 152-modda, № 9, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisob-kitob raqamlari hamda boshqa hisobvarag‘lari bo‘yicha operatsiyalarini to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”;
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan moliyaviy jazo choralari sud tartibida qo‘llaniladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari bundan mustasno”;
“Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tovar-moddiy boyliklarini musodara qilish sud tartibida amalga oshiriladi”;
“2) xo‘jalik yurituvchi subyektlar budjet oldidagi o‘z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda, bunday subyektlarning hisob-kitob raqamlari va boshqa hisobvaraqlarini sudning qaroriga binoan yopadilar”;
“Banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari bundan mustasno”.
Keyingi tahrirga qarang.
21-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan 548-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 154-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
“Agar litsenziya belgilangan tartibni buzgan holda yoki litsenziya to‘liq bo‘lmagan yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar asosida berilgan bo‘lib, ular litsenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, litsenziya sud tomonidan, boshqa hollarda esa bojxona organi qarori asosida bekor qilinadi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Bojxona organining litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak”;
yuridik shaxs tugatilganda u tugatilgan paytdan e’tiboran yoki uning faoliyati qayta tashkil etish natijasida tugatilganda esa, qayta tashkil etilgan paytdan e’tiboran, uning o‘zgartirilishi bundan mustasno;
yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
yakka tartibdagi tadbirkorning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
litsenziat litsenziya talablari va shartlarini muntazam ravishda yoki bir marotaba qo‘pol ravishda buzganda;
litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni sud yoki bojxona organi belgilagan muddatda bartaraf etmaganda;
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining oltinchi, yettinchi va sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, bojxona organining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya bojxona organiga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyaning amal qilishi uning amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.
Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Litsenziya amal qilishining tugatilishi sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, bojxona organi litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi”;
bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish sud qaroriga, litsenziyaning amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turish hollarida esa, bojxona organi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Bojxona organining litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Bojxona organi yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;
“Qarzdorlik vaqti uchun o‘tkazib yuborilgan har bir kun uchun boqimonda summasining 0,05 foizi miqdorida so‘zsiz tartibda penya undiriladi. Tadbirkorlik subyekti tomonidan ortiqcha to‘langan summalarga teng bo‘lgan qarzdorlik summasiga penya hisoblab chiqarilmaydi. Penya miqdori tadbirkorlik subyektining bojxona to‘lovlari bo‘yicha qarzdorlik summasidan ko‘p bo‘lishi mumkin emas”;
birinchi qismidagi “134—172” raqamlari “137, 139, 144—146, 151—154, 156—159, 161—169, 171 va 172” raqamlari bilan almashtirilsin;
“Tadbirkorlik subyekti bojxona to‘lovlarini to‘lamaganlik natijasida sodir etilgan huquqbuzarlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini materiallar sudga topshirilgan kundan e’tiboran bir oy ichida ixtiyoriy ravishda qoplagan va uning oqibatlarini bartaraf etgan, shu jumladan penya to‘lagan taqdirda, tadbirkorlik subyekti unga nisbatan iqtisodiy jazo choralari qo‘llanilishidan ozod qilinadi”;
“Bojxona haqidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdordagi to‘lanmagan bojxona to‘lovlarini va qo‘llanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”;
7) 134—136, 138-moddalar, 139-moddaning uchinchi qismi, 140—143, 147—150, 155, 160 va 170-moddalar chiqarib tashlansin;
8) 151-moddaning sanksiyasidagi “tovarlar va transport vositalarining musodara qilinishiga” degan so‘zlar “tovarlar qiymatining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorda jarima solishga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Ilgari olib kirilgan tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan belgilangan muddatlarda tashqariga olib chiqmaslik, agar ularni qaytarib olib chiqish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda, —
tovarlar va transport vositalari qiymatining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ilgari olib chiqib ketilgan tovarlar va transport vositalarini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga belgilangan muddatlarda qaytarib olib kirmaslik, agar ularni qaytarib olib kirish shart bo‘lsa, jinoyat alomatlari bo‘lmagan taqdirda, —
tovarlar va transport vositalarini musodara qilib, ular qiymatining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
11) 158-moddaning sanksiyasidagi “vositalarini musodara qilib, ular” degan so‘zlar “vositalari” degan so‘z bilan almashtirilsin;
nomi va dispozitsiyasidagi “tovarlar va transport vositalarini” degan so‘zlar “tovarlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining yigirma foizidan ellik foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
13) 163-moddadagi “tovarlar va transport vositalarini” degan so‘zlar “tovarlarni” degan so‘z bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan tovarlarni deklaratsiyalamaslik yoki ularni noto‘g‘ri deklaratsiyalash, ya’ni tovarlar, ularning bojxona rejimi va boshqalar haqida bojxona maqsadlari uchun kerakli bo‘lgan belgilangan yozma, og‘zaki yoki boshqa shakldagi to‘g‘ri ma’lumotlarni bermaslik yoxud noto‘g‘ri ma’lumotlar berish, ushbu Kodeksning 159, 161—163 va 167-moddalarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, agar jinoyat alomatlari bo‘lmasa, —
tovarlarni musodara qilib, ular qiymatining ellik foizidan yuz foizigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Noto‘g‘ri ma’lumotlarni ko‘rsatish, bu ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish, ularni talab etilayotgan bojxona rejimiga joylashtirish, bojxona to‘lovlari miqdori to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga ta’sir etmasa, —
eng kam ish haqining o‘n besh baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
15) 166 va 168-moddalarning sanksiyalaridagi “yuz foizidan uch yuz foizigacha” degan so‘zlar “ellik foizidan yuz ellik foizigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “160 va 163-moddalarda” degan so‘zlar “163-moddasida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
sanksiyasidagi “yuz foizidan uch yuz foizigacha” degan so‘zlar “ellik foizidan yuz ellik foizigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
17) 169-moddaning sanksiyasidagi “yuz foizidan ikki yuz foizigacha” degan so‘zlar “yigirma foizidan ellik foizigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
18) 171-moddaning sanksiyasidagi “yuz baravaridan besh yuz baravarigacha” degan so‘zlar “yuz baravaridan ikki yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“agar jazo chorasi sifatida jarima, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda tovarlarni musodara qilish chorasi qo‘llanilsa, bojxona organi tomonidan ko‘riladi. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan jarima qo‘llash sud tartibida amalga oshiriladi, ularning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari bundan mustasno. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tovarlarni musodara qilish chorasini qo‘llash sud tartibida amalga oshiriladi”;
rus tilidagi matnining birinchi qismidagi “postanovleniya” degan so‘z “resheniya” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Shaxsning jarima to‘lash uchun yetarli pul mablag‘lari bo‘lmasa, bu summani undirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qaroriga asosan amalga oshiriladi”.
22-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi 719-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 10-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda) 26-moddasiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
investitsiya faoliyati jarayonida qonun hujjatlarida belgilangan sanitariya-gigiyena, radiatsiya, ekologiya, arxitektura-shaharsozlikka oid va boshqa talablar, yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlar aniqlangan hollarda qabul qilinishi mumkin”;
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini to‘xtatib turish yoki tugatishga olib keladigan investitsiya faoliyatini cheklab qo‘yish, to‘xtatib turish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda investitsiya faoliyatini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”;
Keyingi tahrirga qarang.
23-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi 723-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 14-modda; 2002-yil, № 9, 164-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 413-modda) 29-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Reklama beruvchilar, reklama tayyorlovchilar va tarqatuvchilar vakolatli davlat organi tomonidan quyidagi miqdorlarda jarimaga tortilishi mumkin:
noto‘g‘ri reklama berganlik uchun yuridik shaxslar — eng kam ish haqining yetmish baravaridan yuz baravarigacha miqdorda, jismoniy shaxslar esa — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda;
reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini tugatish haqidagi ko‘rsatmani o‘z muddatida bajarmaganlik uchun yuridik shaxslar — eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan ellik baravarigacha miqdorda, jismoniy shaxslar esa — eng kam ish haqining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda.
Tadbirkorlik subyektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimani ixtiyoriy ravishda to‘lagan taqdirda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Reklama to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
24-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi 770-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 11-moddasining beshinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyekti faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish (favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari bundan mustasno) yoki tugatish sud tartibida amalga oshiriladi”.
25-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to‘g‘risida”gi 813-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 210-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organlarning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarorlari litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini litsenziyalovchi organ o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turishi mumkin.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart”;
birinchi qismi beshinchi xatboshisidagi “litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan so‘zlar “sud yoki litsenziyalovchi organ belgilagan muddat” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu modda birinchi qismining to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi”;
to‘rtinchi qismi birinchi xatboshisidagi “litsenziyani bergan organ tomonidan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Litsenziyani bekor qilish ushbu modda to‘rtinchi qismining to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish yoki litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
26-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi 826-I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 223-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) 6-moddasi birinchi qismining sakkizinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini taqiqlash va cheklash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash hollari mustasno”.
27-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda) quyidagi mazmundagi 401-modda bilan to‘ldirilsin:
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo‘llaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi:
faoliyatni to‘xtatib qo‘yish, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno;
banklardagi hisobvarag‘lar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, bundan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishning aniqlangan hollari mustasno;
moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, bundan soliqlar va yig‘imlarni to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tadbirkorlik subyektining sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun berilgan litsenziyani (ruxsatnomani) o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib qo‘yish yoki uning amal qilishini tugatish va litsenziyani (ruxsatnomani) bekor qilish (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar bundan mustasno)”.
Keyingi tahrirga qarang.
28-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi 71-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 142-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
litsenziat litsenziya shartnomasida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlarini buzganligi aniqlanganda;
litsenziyalovchi organning aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini litsenziat zimmasiga yuklovchi qarori litsenziat tomonidan bajarilmaganda.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish litsenziyalovchi organ yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyaning amal qilishi litsenziyalovchi organ tomonidan o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Litsenziyalovchi organ yoki sud litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun muddat belgilashi shart. Bunda litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etishi uchun sud qarorida belgilangan muddat olti oydan ko‘p bo‘lishi mumkin emas.
Litsenziat litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida qaror qabul qilgan litsenziyalovchi organ yoki sud ko‘rsatilgan holatlar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi tasdiqnomani olgan kundan e’tiboran litsenziyaning amal qilishini tiklash to‘g‘risida o‘n kun muddat ichida qaror qabul qilishi shart.
Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turishni asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi.
Litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak”;
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyalovchi organ qaroriga binoan amalga oshiriladi, ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish ushbu moddaning birinchi qismi oltinchi — sakkizinchi xatboshilarida ko‘rsatilgan hollarda sud tartibida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno”;
“Litsenziyalovchi organning litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak”;
“Litsenziyaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak”;
Litsenziyani bekor qilish ushbu moddaning birinchi qismi to‘rtinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda sud qaroriga, boshqa hollarda esa, litsenziyalovchi organning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori litsenziatga yozma shaklda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmay yetkaziladi. Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi sud qarori litsenziatga va litsenziyalovchi organga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Litsenziat litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarorni olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida litsenziya litsenziyalovchi organga qaytarilishi va yo‘q qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumot ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi kerak.
Litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, litsenziya u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan deb hisoblanadi.
Litsenziyalovchi organning litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Sud litsenziyaning bekor qilinishini asossiz deb topgan taqdirda, litsenziyalovchi organ litsenziat oldida unga yetkazilgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
29-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Qurilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarning javobgarligi to‘g‘risida”gi 173-II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 21-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 411-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 3-moddaning birinchi qismidagi “ma’muriy” degan so‘z “belgilangan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
“Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga jarima solish sud tomonidan, ular sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lgan va jarimalarni ixtiyoriy ravishda to‘lagan hollarda esa, ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi”;
“Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo‘lib to‘lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
30-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 30-avgustda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar bozorida investorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi 262-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 9-10, 173-modda) 9-moddasi birinchi qismining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“investorlarning huquqlarini buzgan yoki o‘z harakatlari bilan investorlarning huquqlari buzilishiga tahdid soluvchi investitsiya institutiga qimmatli qog‘ozlar bozorida ayrim operatsiyalar o‘tkazishni favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda o‘z vakolatlari doirasida o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklab qo‘yish. Qimmatli qog‘ozlar bozorida ayrim operatsiyalar o‘tkazilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga cheklash yoki taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
31-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan 353-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 63-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda) quyidagi qo‘shimchalar kiritilsin:
“Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”;
“Tadbirkorlik subyektlarining shaharsozlik faoliyatini cheklash, to‘xtatib qo‘yish va taqiqlash sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”;
3) 21-modda ikkinchi qismining o‘n yettinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
“Tadbirkorlik subyektining faoliyatini to‘xtatib qo‘yishga olib keladigan qurilish materiallari va buyumlari ishlab chiqarish, ularni realizatsiya qilish va qo‘llash, qurilish-montaj ishlarini davom ettirishni to‘xtatib qo‘yish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib qo‘yish hollari mustasno”.
32-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi 358-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 68-modda) 10-moddasi ikkinchi qismining to‘qqizinchi xatboshisidagi “shuningdek ularning faoliyatini tugatadi” degan so‘zlar “shuningdek ularning faoliyatini tugatish to‘g‘risida sudga murojaat qiladi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi