1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi 1006–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 50-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 7-8, 217-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
beshinchi xatboshisi “va uni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdig‘iga kiritadi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshisidagi “shuningdek oziq-ovqat mahsulotini hamda bunday mahsulotni tayyorlashda ishlatiladigan asbob-uskunalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiradi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 10-moddaning uchinchi qismidagi “davlat boshqaruvining tegishli organi bunday talabnomalarni kechiktirmay ishlab chiqishi va amalga kiritishi shart” degan so‘zlar “O‘zstandart” agentligi davlat boshqaruvining tegishli organlari bilan birgalikda bunday talabnomalarning kechiktirmay ishlab chiqilishi va amalga kiritilishini ta’minlaydi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustda qabul qilingan “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi 267–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 130-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda; 1999-yil, № 5, 124-modda) 1-moddasining uchinchi xatboshisidagi “sertifikatlangan (reproduksion) urug‘liklar” degan so‘zlar “reproduksion urug‘liklar” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustda qabul qilingan “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi 483–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 9, 239-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda) 6-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi tomonidan davlat sanitariya nazorati organlari beradigan gigiyena sertifikati asosida” degan so‘zlar “gigiyena sertifikati berilayotganda davlat sanitariya nazorati organlari tomonidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi 766–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 118-modda) 21-moddasi:
ikkinchi qismidagi “hamda qonun hujjatlariga binoan mazkur talablarga muvofiqlikka doir majburiy sertifikatlashtirishdan o‘tkazilishi zarur” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“Temir yo‘l transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vositalari va mexanizmlarni, shuningdek ko‘rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 19-avgustda qabul qilingan “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi 818–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 215-modda) 12-moddasi “talablariga mos bo‘lishi hamda” degan so‘zlardan keyin “qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi 822–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 219-modda; 2004-yil, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 311-modda) 10-moddasidagi “barcha” degan so‘z chiqarib tashlansin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “Turizm to‘g‘risida”gi 830–I-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 227-modda) 10-moddasining uchinchi qismi chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi