“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish hamda Vazirlar Mahkamasining “Axborotlashtirish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida” 2005-yil 22-noyabrdagi 256-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat axborot resurslari hamda ularni shakllantirish, ulardan foydalanish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul bo‘lgan davlat organlari ro‘yxati (keyingi o‘rinlarda “Ro‘yxat” deb yuritiladi) ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
tegishli axborot resurslari shakllantirilishi, ulardan foydalanilishi, o‘z vaqtida qo‘llab-quvvatlanishi va yangilanishini ta’minlasinlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligiga keyinchalik Ro‘yxatga kiritish uchun yil mobaynida shakllantirilgan davlat axborot resurslari bo‘yicha axborot kiritsinlar.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi zaruriyatga ko‘ra vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Ro‘yxatga o‘zgartirishlar kiritishga doir umumlashtirilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-avgustdagi 239-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 34-son, 374-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
T/r | Davlat axborot resurslari nomi | Mas’ul davlat organlari |
1. | Sug‘urta qiluvchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Moliya vazirligi |
1-1. | Auditorlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan auditorlik tashkilotlari reyestri | |
1-2. | Malaka sertifikatiga ega bo‘lgan auditorlar reyestri | |
1-3. | Lotereyalar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
2. | O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari davlat hisobi reyestri | Adliya vazirligi |
3. | Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat reyestri | |
3-1. | Nodavlat notijorat tashkilotlari reyestri | |
3-2. | Diniy tashkilotlar reyestri | |
3-3. | Davlat notarial idoralari hamda xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariuslar idoralari reyestri | |
3-4. | Advokatlar, shuningdek advokatlik byurolari, hay’atlari, firmalari reyestri | |
3-5. | Yuridik shaxslar birlashmalari reyestri | |
3-6. | FHDY organlari | |
4. | Soliq to‘lovchilar – yuridik va jismoniy shaxslarning yagona reyestri | Davlat soliq qo‘mitasi |
4-1. | Soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari reyestri |
|
4-2. | Soliq deklaratsiyalari reyestri | |
4-3. | Moliya va soliq hisoboti reyestri | |
5. | Ixtirolar davlat reyestri | Davlat patent idorasi |
6. | Foydali modellar davlat reyestri | |
7. | Sanoat namunalari davlat reyestri | |
8. | O‘simliklar navlari davlat reyestri | |
9. | Hayvonlarning zotlari davlat reyestri | |
10. | Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari davlat reyestri | |
11. | Tovarlarning kelib chiqish joylari nomlari davlat reyestri | |
12. | Dasturiy mahsulotlar davlat reyestri | |
13. | Ma’lumotlar bazasi davlat reyestri | |
14. | Integral mikrosxemalar topologiyalari davlat reyestri | |
15. | Patentli ishonchli vakillar davlat reyestri | |
16 | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan litsenziya shartnomalari va huquqlarni berish to‘g‘risida shartnomalar ma’lumotlar banki | |
17. | Davlat, tarmoq standartlari, ma’muriy-hududiy standartlar hamda amal qilinadigan hujjatlar va ularga o‘zgartirishlar, shuningdek standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish bo‘yicha normalar va qoidalar davlat reyestri | O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi |
17-1. | Korxonalarning mahsulotlarga texnik shartlari, standartlari va ularga o‘zgartirishlar davlat reyestri | |
17-2. | O‘zbekiston Respublikasi O‘lchov vositalari davlat reyestri | |
17-3. | Sertifikatlangan mahsulotlarning davlat reyestri | |
17-4. | O‘lchash vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish va prokatga berish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
18. | Sertifikatlashtirish bo‘yicha akkreditatsiya qilingan organlar davlat reyestri | |
19. | Akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari davlat reyestri | |
20. | Yuklashdan oldingi inspeksiya organlari davlat reyestri | |
21. | Sifat bo‘yicha ekspertlar-auditorlar davlat reyestri | |
22. | Sertifikatlangan sifat tizimlari davlat reyestri | |
24. | Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlar davlat registri | Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi |
25. | Binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlar davlat registri | |
26. | Davlat kartografiya-geodeziya fondi | |
27. | Davlat yer fondi | |
27-1. | Oldindan tayyorlab qo‘yilgan ma’lumotnoma xarita | |
27-2. | Geodeziya va kartografiya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
28. | Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri | Davlat statistika qo‘mitasi |
29. | Muzeylar fondlaridagi eksponatlarning yagona katalogi | Madaniyat va sport ishlari vazirligi |
30. | Madaniy-ma’rifiy inshootlari reyestri | |
31. | Sport turlari bo‘yicha mamlakat rekordlari reyestri | |
31-1 | Sport inshootlari reyestri | |
32. | Maktabgacha ta’lim muassasalari | Xalq ta’limi vazirligi |
32-1. | Umumiy o‘rta ta’lim ta’lim muassasalari | |
32-2. | Maktabdan tashqari ta’lim ta’lim muassasalari | |
33. | Umumta’lim maktablari uchun o‘quv, badiiy va metodik adabiyotlarning yagona ma’lumotlar bazasi | |
34. | Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari | Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
35. | Kadrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklar | |
36. | Davlat ta’lim standartlari | |
36-1. | Bakalavriat yo‘nalishlari va magistratura ixtisosliklari o‘quv rejalari | |
36-2. | O‘zbekiston Respublikasi oliy ta�lim muassasalari bitiruvchilarining hamda talabalarining bitiruv malaka ishlari va magistrlik dissertatsiyalari ma’lumotlar bazasi | O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi |
37. | Pensionerlar ma’lumotlar bazasi | Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi |
38. | Integratsiyalangan ma’lumotlar bazasi (jismoniy shaxslar) | Ichki ishlar vazirligi |
38-1. | Ov va sportga mo‘ljallangan o‘qotar qurolni hamda uning o‘q-dorilarini, shuningdek tig‘li qurolni (pichoqlarning milliy turlaridan tashqari) ishlab chiqarish, ta’mirlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
38-2. | Yong‘inga qarshi avtomatika vositalarini, qo‘riqlash signalizatsiyalarini, yong‘indan darak beruvchi va yong‘indan saqlovchi signalizatsiyalarni loyihalashtirish, montaj qilish, sozlash, ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
38-3. | Tarkibida giyohvand moddalar bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
38-4. | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy avtomototransport vositalarining ma’lumotlar bazasi | |
38-5. | Yuridik shaxslarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan avtomototransport vositalarining ma’lumotlar bazasi | |
38-6. | Profilaktik hisobda turgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi | |
38-7. | Respublika qidiruvida bo‘lgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi | |
38-8. | Davlatlararo qidiruvda bo‘lgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi | |
38-9. | Temir yo‘l chiptalari sotib olgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi | |
38-10. | Aviachiptalar sotib olgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi | |
38-11. | Yo‘qotib qo‘yilgan, o‘g‘irlangan va topilgan raqamli buyumlarning ma’lumotlar bazasi | |
38-12. | Respublika bo‘yicha yo‘qotib qo‘yilgan, o‘g‘irlangan va olib qo‘yilgan narezkali qurollarning ma’lumotlar bazasi | |
38-13. | MDH davlatlari bo‘yicha yo‘qotib qo‘yilgan, o‘g‘irlangan va olib qo‘yilgan narezkali qurollarning ma’lumotlar bazasi | |
38-14. | Respublika bo‘yicha yo‘qotib qo‘yilgan va o‘g‘irlangan avtotransport vositalarining ma’lumotlar bazasi | |
38-15. | MDH davlatlari bo‘yicha yo‘qotib qo‘yilgan va o‘g‘irlangan avtotransport vositalarining ma’lumotlar bazasi | |
38-16. | Fuqarolar va tashkilotlarning ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurollarining ma’lumotlar bazasi | |
38-17. | Jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar barmoq izlarining ma’lumotlar bazasi | |
38-18. | Shaxslarning foto tasviri tushirilgan va pasport 1-shakli axborotlarining ma’lumotlar bazasi | |
38-19. | Haydovchilik guvohnomasi olgan shaxslarning ma’lumotlar bazasi | |
38-20. | Ma’muriy huquq�uzarliklarning ma’lumotlar bazasi | |
39. | O‘zbekistonning tabiiy resurslari | Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
39-1. | Ozonni buzuvchi moddalarni olib kirish va olib chiqishni hisobga olish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi | O‘zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi |
39-2. | Mahsulotlar va chiqindilarni ekologik ekspertizadan o‘tkazish ma’lumotlar bazasi | |
40. | Ommaviy axborot vositalari yagona reyestri | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi |
40-1. | O‘zbekiston Respublikasi matbaa korxonalarini ro‘yxatdan o‘tkazish Yagona davlat reyestri | O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi |
40-2. | O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan nashriyotlar davlat reyestri | |
41. | Radiochastotalarni taqsimlash milliy jadvali | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
42. | Davlat axborot resurslari va davlat organlarining axborot tizimlari reyestri | |
43. | Davlat organlari veb-saytlari | |
43-1. | Telekommunikatsiyalarning mahalliy tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish sohasida berilgan litsenziyalar reyestri | |
43-2. | Telekommunikatsiyalarning shaharlararo tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
43-3. | Telekommunikatsiyalarning xalqaro tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
43-4. | Ko‘chma radiotelefon aloqasi tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi |
43-5. | Shaxsiy radiochaqiruv tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
43-6. | Ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
43-7. | Teleko‘rsatuvlar va radioeshittirishlarni tarqatish (uzatish) tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularga xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
43-8. | Radiochastotalar bo‘yicha davlat komissiyasi qarorlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi | |
43-9. | Bazaviy interaktiv davlat xizmatlari reyestri | |
44. | Fan, adabiyot, san’at asarlari va ularning mualliflari, turdosh huquqlar subyektlari va obyektlari | O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi |
45. | Sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlar ma’lumotlar bazasi | Favqulodda vaziyatlar vazirligi |
46. | Avtomobil transportida yuk va yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi |
47. | Energetik tekshirishlar va ekspertizalar o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi |
48. | Import va eksport bo‘yicha g‘allani va uni qayta ishlash mahsulotlarini davlat inspeksiyasidan o‘tkazish reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat don inspeksiyasi |
49. | Bank depozitorlari milliy axborot bazasi | Markaziy bank |
50 | Elektron ma’lumotnomalar yagona bazasi (MB EMYaB) | |
50-1. | Tijorat banklariga bank faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
50-2. | Tijorat banklariga, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada operatsiyalar o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
50-3. | Qimmatli qog‘ozlar blankalarini ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri. | |
50-4. | Garovxonalar faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
50-5. | Kredit uyushmalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
50-6. | Mikrokredit tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
51 | O‘zbekiston Respublikasi eksport qiluvchilari ma’lumotlar bazasi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
51-1. | Investitsiya loyihalarining ma’lumotlar bazasi | |
51-2. | Asosiy xomashyo tovarlari kotirovkalari ma’lumotlar bazasi | Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi |
52. | Idoralarda (vazirliklar, davlat qo‘mitalari, agentliklar markaziy muassasalar va boshqalarda) saqlanadigan hujjatlar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasi | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi |
53. | Qurilish sohasida amaldagi normativ hujjatlarning ko‘rsatkichi | O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi |
54. | Arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
55. | Qurilish loyihalarining ekspertizasini o‘tkazish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
56. | Balandliklarda sanoat alpinizmi usulida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
57. | Ko‘prik-tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
58. | Mudofaa obyektlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
59. | Xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarni hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlarni loyihalashtirish, qurish va ulardan foydalanish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
60. | Yer osti boyliklari to‘g‘risida geologik va boshqa ma’lumotlar davlat fondi | O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi |
61. | Foydali qazilmalar konlarini aniqlash uchun istiqbolli bo‘lgan konlar va yer osti boyliklari uch�stkalarining davlat reyestri | |
62. | Foydali qazilmalar, shu jumladan uglevodorodlar zaxiralarining davlat balansi | |
63. | Konlar, foydali qazilmalar belgilari va texnogen mineral hosilalar davlat kadastri | |
64. | Davlat suv kadastri (yer osti suvlari) | |
65. | Tabiiy xavf yuqori bo‘lgan zonalar (xavfli geologik jarayonlar paydo bo‘ladigan zonalar) davlat kadastri | |
66. | Yer osti boyliklari uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning davlat reyestri | |
67. | Qimmatli qog‘ozlar bozorida kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi |
68. | Attestatsiyadan o‘tkazilgan shaxslar (qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislari)ning yagona davlat reyestri | |
69. | Respublikada ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning yagona davlat reyestri | |
70. | Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning davlat reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qo‘mitasi |
71. | Birja faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan birjalar reyestri | |
72. | Tovar-xomashyo birjalarida brokerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar reyestri | |
73. | Ko‘chmas mulk bozorida brokerlik faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar reyestri | |
74. | Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislar reyestri | |
75. | Baholash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyaga ega bo‘lgan mutaxassislar reyestri | |
76. | Sog‘liqni saqlash muassasalari reyestri | Sog‘liqni saqlash vazirligi |
77. | Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
78. | Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
79. | Tibbiy faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
80. | Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning aylanishi faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
81. | Bojxona ombori ta’sis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Davlat bojxona qo‘mitasi |
82. | Bojsiz savdo do‘konini ta’sis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
83. | “Erkin omborxona” bojxona rejimida omborxona ta’sis etish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
83-1. | Bojxona yuk deklaratsiyasi ma’lumotlar bazasi |
|
83-2. | Ro‘yxatdan o‘tkazilgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi | |
83-3. | Davlat chegarasi orqali o‘tayotgan transport vositalari bo‘yicha ma’lumotlar bazasi | |
84. | Veterinariya faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining Davlat veterinariya bosh boshqarmasi |
85. | O‘zbekiston Respublikasida va undan tashqarida gastrol-konsert faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi |
86. | To‘y, yubiley va boshqa tantanalarda konsert xizmati ko‘rsatish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
87. | Gidrotexnika inshootlarining davlat kadastri | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
88. | Giyohvandlikka oid sodir etilgan jinoyatlarni hisobga olish ma’lumotlar banki | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuri�agi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi |
89. | O‘zbekiston Respublikasida faoliyat ko‘rsatayotgan alohida xavfli ishlab chiqarish obyektlari davlat reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
90. | Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar, avariyalarning ma’lumotlar bazasi | |
91. | Qimmatbaho va nodir metallar, qimmatbaho toshlar qazib olish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
92. | Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalada bo‘lishi sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
93. | Portlovchi va zaharli moddalarni yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan litsenziyalar reyestri | |
94. | Oliy attestatsiya komissiyasida tasdiqlangan fan doktorlari va nomzodlarining ma’lumotlar bazasi | Oliy attestatsiya komissiyasi |
95 | Axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati |
96. | Tarkibida qimmatli va rangli metallar, qimmatli toshlar mavjud bo‘lgan ikkilamchi resurslar va chiqindilarni tayyorlash, qayta ishlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki huzuridagi Qimmatbaho metallar agentligi |
97. | Mahalliy va xalqaro havo yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish, shuningdek aeroportlardagi tashish ishlarini bajaruvchi havo kemalariga xizmat ko‘rsatish, aviatsiya ishlarini bajarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
98. | Gramplastinkalar, audiokassetalar va lazerli disklarni yaratish, ishlab chiqarish, yozib olish, ko‘paytirish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
99. | Neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlari orqali sotish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
100. | Ulgurji savdo faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, respublika ixtisoslashtirilgan baza-kontoralar, Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi hududiy bazalar, shuningdek “Matlubotsavdo” viloyat aksiyadorlik kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan ulgurji savdo bundan mustasno | Tumanlar (shaharlar) hokimliklari |
101. | Magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi |
102. | Yagona energetika tizimiga ulanadigan statsionar elektr stansiyalarida elektr energiyasi ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
103. | Neft, gaz hamda gaz kondensatini qazib chiqarish, qayta ishlash va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
104. | Neft mahsulotlarini (avtobenzin, aviabenzin, ekstrabenzin, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, mazut, pechka qoramoyi, neft bitumi, shuningdek texnik moy va moylash materiallarini) realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri, zavodda idishlarga joylanganlari bundan mustasno (neft mahsulotlarini AYQSh va moy almashtirish punktlarida sotishdan tashqari) | |
105. | Mahalliy va xalqaro temir yo‘l yo‘nalishlari bo‘yicha yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
106. | Mahalliy v� xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha havo transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
107. | Etil spirti hamda alkogolli mahsulot ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
108. | Tamaki xomashyosini fermentlash va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
109. | Qimmatbaho metallar va toshlardan zargarlik buyumlari tayyorlash faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
110. | Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
111. | Diniy ta’lim muassasalarining faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
112. | Badiiy va xronikal-hujjatli, ilmiy-ommabop, tasviriy, multiplikatsion kinovideofilmlar hamda dast�rlar ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
113. | Kinovideofilmlarni hamda dasturlarni ko‘paytirish, dublyaj qilish va realizatsiya qilish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
114. | Kinovideomahsulotlar prokati faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
115. | Turizm faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalar reyestri | |
116. | Jamg‘arib boriladigan pensiya tizimining yagona ma’lumotlar bazasi | Davlat-tijorat Xalq banki |
117. | Malaka toifalari to‘g‘risida sertifikat olgan O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim maktablari pedagoglari reyestri | Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi |
118. | Akkreditatsiya qilingan ta’lim muassasalari to‘g‘risidagi reyestr | |
119. | Yuridik shaxslarga temir yo‘l transporti obyektlari, mahsulotlari va texnologiyalarini ularning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan berilgan qabul qilish xulosalari reyestri | O‘zbekiston Respublikasi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi |
120. | Milliy va xorijiy axborot resurslari ma’lumotlar bazasi | O‘zbekiston milliy kutubxonasi |
121. | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining tayyor ilmiy-texnik ishlanmalari ma’lumotlar bazasi | O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi |
(ro‘yxat O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)
Keyingi tahrirga qarang.