1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2012-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165-modda; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 314-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
birinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismi sanksiyasidagi “yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar “to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “ikki yuz baravarigacha” degan so‘zlar “olti yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan olti yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan uch yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar “uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 5 6-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
1) 25-moddaning to‘rtinchi qismidagi “o‘n baravarigacha” va “o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “yuz baravarigacha” va “yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 40-moddaning sanksiyasidagi “bir baravaridan uch baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan oltmish baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 41-moddaning sanksiyasidagi “bir baravaridan ikki baravarigacha” degan so‘zlar “yigirma baravaridan qirq baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 184-moddaning sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” va “o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha” degan so‘zlar tegishincha “ellik baravaridan yuz baravarigacha” va “yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismi sanksiyasidagi “uch baravaridan besh baravarigacha” degan so‘zlar “oltmish baravaridan sakson baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi qismi sanksiyasidagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “sakson baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
dispozitsiyasidagi “binolar, davlat yoki jamoat mulki” degan so‘zlar “binolar yoki boshqa mulk” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetmish baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
O‘zbekiston Respublikasida g‘ayriqonuniy nodavlat notijorat tashkilotlari, oqimlar, sektalar faoliyatida qatnashishga undash —
eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi”;
Nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar bundan mustasno), shuningdek ularning vakolatxonalari va filiallarining davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan (hisobga olinmasdan) faoliyatni amalga oshirishi —
Xalqaro hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallarining hamda ularning xodimlarining siyosiy faoliyatda, shuningdek ustavdagi maqsad va vazifalarga to‘g‘ri kelmaydigan boshqa faoliyatda qatnashishi, xuddi shuningdek ularning siyosiy partiyalar va ommaviy harakatlar tomonidan o‘tkaziladigan amaliy harakatlar hamda tadbirlarni moliyalashtirishi, bunday tashkilotlarni tuzish tashabbusi bilan chiqishi va shunday tashkilotlarni tuzishni qo‘llab-quvvatlashi —
fuqarolarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmagan ramziy belgilarni ishlatishi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari, ularning vakolatxonalari va filiallari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning roziligisiz tadbirlar o‘tkazishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari o‘tkazayotgan tadbirlarga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ vakilining erkin kirishini rad etish —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘z faoliyati to‘g‘risidagi hisobotlarni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etmasligi, o‘z vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, xuddi shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining axborotni, shu jumladan ular tomonidan mol-mulk va pul mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmasligi —
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Jamoat fondining har yilgi ma’muriy xarajatlarining jami summasini, shuningdek fondning vasiylik kengashi hamda taftish komissiyasi a’zolariga haq to‘lash hamda ularning o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarini kompensatsiya qilishni qonun hujjatlarida belgilangan miqdordan oshirib yuborishi —
mansabdor shaxslarga xarajatlarning eng yuqori summasidan oshib ketgan miqdordagi pul mablag‘larini musodara qilgan holda eng kam ish haqining yuz baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
9) 240-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari sanksiyalaridagi “besh baravaridan o‘n baravarigacha” degan so‘zlar “ellik baravaridan yuz baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
LexUZ sharhi