LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-avgustdagi 196-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat boshqaruvi respublika organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan va “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini olib borish, to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash;
korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi masalalarni hal etishda davlat manfaatlarini ifodalash;
ijro etuvchi hokimiyat respublika va mahalliy organlari bilan birgalikda korxonalar bankrotligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi tashkil etilishini ta’minlash;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Qo‘mitaning tashkiliy tuzilmasi, markaziy apparati tuzilmasi va hududiy boshqarmasining namunaviy tuzilmasi 2—4-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi markaziy apparati xodimlarining cheklangan umumiy soni 32 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 25 nafar etib belgilansin.
Qo‘mita raisiga markaziy apparat tuzilmasiga xodimlarning belgilangan soni va ularning ta’minotiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 5-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda Qo‘mita deb yuritiladi) korxonalarning iqtisodiy nochorligi sohasidagi vazifalarni hal etishga vakolatli bo‘lgan davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining mustaqil tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi. Qo‘mita Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining (keyingi o‘rinlarda Komissiya deb yuritiladi) ishchi organi hisoblanadi.
2. Qo‘mita o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
3. Qo‘mita tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy nochor korxonalar ishlari hududiy boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) kiradi.
4. Qo‘mita o‘z faoliyatini davlat boshqaruvining boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Qo‘mitaning va uning hududiy boshqarmalarining moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek Qo‘mita tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash Qo‘mitaga ajratiladigan mablag‘lar doirasida davlat budjeti mablag‘lari, Korxonalar sanatsiyasi jamg‘armasi mablag‘larining bir qismi va qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
6. Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari yuridik shaxs hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini olib borish, to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash;
ijro etuvchi hokimiyat respublika va mahalliy organlari bilan birgalikda korxonalar bankrotligining oldini olishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi tashkil etilishini ta’minlash;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni va qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishiga ko‘maklashish;
a) to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ma’lumotlar bazasi barpo etish asosida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy ahvoli monitoringini olib boradi;
b) ijro etuvchi hokimiyat respublika va mahalliy organlari bilan birgalikda korxonalar bankrotligining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar ko‘rilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
v) bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishidan kelib chiquvchi jarayonlarni amalga oshirish maqsadida normativ va metodik bazani barpo etish ishlarini tashkil etadi;
g) bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari qo‘llanilishi sohasidagi Hukumat qarorlari va farmoyishlari, Komissiya qarorlari va normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda Komissiyaga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
d) Korxonalar sanatsiyasi jamg‘armasi mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi va o‘z vaqtida qaytarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
a) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni hamda qishloq xo‘jaligi korxonalarini tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqilishiga va amalga oshirilishiga ko‘maklashadi;
b) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda sudgacha sanatsiyalash va bankrotlik tartib-qoidalari bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
v) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni sudgacha sanatsiyalash, sud sanatsiyasi va tashqi boshqaruv rejalarini kelishadi;
g) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy bo‘linmalari bilan birgalikda ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishda ishtirok etadi;
d) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarning iqtisodiy va moliyaviy ahvolini manfaatdor vazirliklar va idoralar, tijorat banklari bilan birgalikda o‘rganib chiqadi;
e) davlat mulkini boshqarishga vakil qilingan organlarning yoki davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining takliflari asosida Komissiyaga bankrotlik tartib-qoidalari tashabbusi ko‘rsatish to‘g‘risida taklif kiritadi;
j) Korxonalar sanatsiyasi jamg‘armasini belgilangan tartibda shakllantirishda qatnashadi va Komissiyaning qaroriga ko‘ra sudgacha sanatsiyalash va bankrotlik tartib-qoidalarini amalga oshirish uchun jamg‘arma mablag‘larini tasarruf etadi;
z) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarga nisbatan bankrotlik tartib-qoidalarini qo‘llash va sudgacha sanatsiyalash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan manfaatdor shaxslarning murojaatlari va takliflarini ko‘rib chiqadi;
i) to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va jamoa xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
k) ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan, to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni sudgacha sanatsiyalash, ularga nisbatan bankrotlik tartib-qoidalarini qo‘llash yuzasidan Komissiyaga taklif kiritadi;
l) qishloq xo‘jaligi korxonalari bankrotligining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish to‘g‘risida Komissiyaga taklif kiritadi;
m) ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda mahalliy boshqaruv organlari balansiga berish va umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini xo‘jalik birlashmalarining funksional vazifasiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalari korxonalari balansiga berish to‘g‘risida Komissiyaga taklif kiritadi;
n) tarkibiy o‘zgartirilishi kerak bo‘lgan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartib-qoidalari qo‘llanilgan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlarini va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida Komissiyaga taklif kiritadi;
b) sud boshqaruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazadi va sud boshqaruvchilarining yagona reyestrini yuritadi;
9. Qo‘mita o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z hududiy boshqarmalari orqali hal qiladi.
zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish dasturlarini shakllantirishda qatnashish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat soliq xizmati organlaridan va davlat statistika organlaridan korxonalarning iqtisodiy qodirligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda moliyaviy ahvoli monitoringi olib borilayotgan korxonalar rahbarlaridan korxonalarning iqtisodiy nochorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar (kichik va xususiy korxonalardan tashqari) rahbarlariga yoki boshqa mansabdor shaxsga belgilangan tartibda korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘g‘risidagi materiallarni taqdim etmaganligi yoxud o‘z vaqtida taqdim etmaganligi uchun belgilangan tartibda jarimalar solish;
korxonalar tomonidan sudgacha sanatsiya bo‘yicha chora-tadbirlarning amalga oshirilishi va ushbu maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
bankrotlik sohasida o‘z faoliyatini amalga oshiruvchi xorijiy mamlakatlar organlari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida bitimlar tuzishda qatnashish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi oldida pul majburiyatlari bo‘yicha qarzi bo‘lgan korxonalarni bankrot qilish to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish yuzasidan xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish;
bankrotlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish davomida tashqi boshqaruvni joriy qilish, tashqi boshqaruv muddatini uzaytirish yoki qisqartirish, shuningdek tashqi boshqaruvchini o‘z vakolatlarini ijro etishdan ozod qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga taqdimnoma kiritish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning ishlamayotgan obyektlarini konservatsiya qilish masalasi bo‘yicha xo‘jalik sudiga belgilangan tartibda murojaat qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish, sud boshqaruvchisi faoliyatida qonun hujjatlarining muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda sud boshqaruvchisini vazifalarini bajarishdan ozod qilish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish;
sud boshqaruvchilariga berilgan attestatlar amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish va to‘xtatish.
Qo‘mita O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Qo‘mita o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarish majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga haqlidir.
Qo‘mita zarur hollarda boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
13. Qo‘mitaga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan rais rahbarlik qiladi.
Qo‘mita raisi lavozimiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari hisoblanadi va maqomiga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosariga, rais o‘rinbosarlari esa — vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
Qo‘mita faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Qo‘mitaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Qo‘mitaning tarkibiy va hududiy boshqarmalari to‘g‘risidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi.
Qo‘mita markaziy apparati xodimlarini, Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
15. Qo‘mita xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash hamda moddiy-maishiy va tibbiy xizmat ko‘rsatish shart-sharoitlari tatbiq etiladi.
16. Qo‘mita Qo‘mitaning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga va Qo‘mita tizimi xodimlari mehnatini rag‘batlantirishga Korxonalar sanatsiyasi jamg‘armasiga tushadigan mablag‘larning ko‘pi bilan 15 foizidan foydalanish huquqiga ega.
17. Hududiy boshqarmalar o‘z faoliyatini Qo‘mita tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradilar.
18. Qo‘mitani qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hududiy boshqarmalar | Hammasi | shu jumladan boshqaruv xodimlari (kishi) |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi | 15 | 11 |
Andijon viloyati | 13 | 10 |
Buxoro viloyati | 14 | 10 |
Jizzax viloyati | 12 | 9 |
Qashqadaryo viloyati | 12 | 9 |
Navoiy viloyati | 14 | 10 |
Namangan viloyati | 14 | 10 |
Samarqand viloyati | 14 | 10 |
Surxondaryo viloyati | 12 | 9 |
Sirdaryo viloyati | 12 | 9 |
Toshkent viloyati | 14 | 10 |
Farg‘ona viloyati | 13 | 10 |
Xorazm viloyati | 14 | 10 |
Toshkent shahri | 15 | 11 |
Jami: | 188 | 138 |
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 28-dekabrdagi 465-son qarorining 1 va 3-bandlari hamda qarorga 2—4-ilovalar.
2. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda) 7-bandining ikkinchi xatboshi va qarorga 1-ilova.
3. Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda) 2-ilova 1-bandining ikkinchi xatboshi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2003-yil 30-iyundagi 294-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 6-son, 52-modda) 2-ilovaning 2-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2004-yil 19-yanvardagi 31-son qaroriga ilova 1-bandining “d” kichik bandi.