LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-sentabrdagi 255-sonli ““Pravda vostoka” gazetasi tahririyati” davlat korxonasining ustavi to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A. Azizxo‘jayevga gazeta muassisi hamda tahririyat o‘rtasida shartnoma tuzish topshirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 15-dekabrdagi 606-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
“Pravda Vostoka” gazetasi tahririyati mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tomonidan (2003-yil 1-dekabrdagi 12-sonli bayonnoma) | O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 571-son qarori bilan TASDIQLANGAN |
1. Ushbu Ustav “Pravda Vostoka” gazetasi tahririyatining (bundan keyin matnda “Tahririyat” deb yuritiladi) huquqiy asoslarini belgilaydi.
2. Gazetaning muassisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (bundan keyin matnda “Muassis” deb yuritiladi) hisoblanadi.
3. “Pravda Vostoka” gazetasi ijtimoiy-siyosiy va ommaviy nashr bo‘lib, haftada 5-marta, rus tilida chop etiladi.
4. Tahririyat bilan Muassis o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar mazkur Ustav va qonun hujjatlari asosida yo‘lga qo‘yiladi.
5. Tahririyat Ustavi Tahririyat xodimlarining umumiy yig‘ilishida qabul qilinadi va Muassis tomonidan tasdiqlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Tahririyat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yuridik shaxs huquqiga ega bo‘ladi.
6. Tahririyat o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Ustavga hamda boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
7. Tahririyat yuridik shaxs sifatida o‘z nomiga, mustaqil balansga, bank muassasalarida hisob-kitob raqamiga, valyuta hisob raqamiga va boshqa xil hisob raqamlariga, alohida mol-mulkka, o‘z nomi yozilgan gerbli muhr, shtamp, ramz, nashr va tovar belgilariga, shuningdek, ish yuritish qog‘ozlariga ega bo‘ladi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi hamda ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy jarayonlarni xolis va beg‘araz yoritish Tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi.
10. Tahririyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyalari, Vazirlar Mahkamasi majlislari materiallarini, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, Oliy Majlis qarorlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarini chop etadi hamda Vazirlar Mahkamasida o‘tkaziladigan boshqa tadbirlarni yoritadi.
Tahririyat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan boshqa rasmiy materiallarning chop etilishini ta’minlaydi.
11. Tahririyat O‘zbekiston Respublikasida va xorijda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni yoritadi, turli nuqtayi nazar va fikr-mulohazalarni izhor etish uchun gazeta sahifalaridan joy beradi.
12. Tahririyat vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‘shma korxonalar, chet el vakolatxonalari va boshqa tashkilotlar, muassasalar bilan kelishuv va shartnomalarga muvofiq, turli faoliyat yo‘nalishlariga oid axborotlarni, shuningdek, davlat, yuridik va jismoniy shaxslarning reklama hamda e’lonlarini haq olish yo‘li bilan bosib chiqaradi.
13. Tahririyat gazetani matbuotning o‘ziga xos xususiyatiga muvofiq belgilangan tartibda va o‘z vaqtida chiqarishni ta’minlaydi.
xodimlar mehnatiga ularning kasb mahoratlari darajasi, ish va ijodiy jihatdan qo‘shgan hissasi, o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashishiga muvofiq haq to‘laydi;
jamoada ish jarayonida har bir xodimning kasb salohiyatini to‘la namoyon etishiga imkon beradigan qulay vaziyatni vujudga keltiradi, xizmat vazifalarini bajarish uchun zarur moddiy-texnik shart-sharoitni yaratib beradi;
xodimlarning ijodiy yutuqlarini ma’naviy va moddiy rag‘batlantiradi, ularning turmush sharoitlarini yaxshilash haqida g‘amxo‘rlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlardagi davriy nashrlar, ijodiy uyushmalar va jamoat birlashmalari bilan aloqalar o‘rnatadi.
ustav va qonun hujjatlarida, shuningdek, u bilan tahririyat o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan vakolatlari doirasida gazetaning ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
tahririyatdan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini xolisona yoritish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlarini, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlarini hamda matbuot uchun mo‘ljallangan materiallarni ko‘rsatilgan vaqtda e’lon qilishni talab qilish;
gazetani muassis yoki u tomonidan ko‘rsatilgan uchinchi shaxslar manfaatlarini ko‘zlab qonun hujjatlariga muvofiq boshqaruvni amalga oshirishi lozim bo‘lgan boshqa shaxsga (ishonchli boshqaruvchiga) mulkiy majmua sifatida ishonchli boshqaruvga topshirish;
tahririyat faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini belgilashda qatnashish, Bosh muharrirni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish;
gazeta tugatilgan yoki tahririyat faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan keyin qolgan mol-mulkning yoki uning qiymatini qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda olish.
ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta’minlash;
17. Qonun hujjatlariga muvofiq Muassis boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi va zimmasida boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
18. Tahririyat faoliyatining joriy va istiqbolga mo‘ljallangan masalalarini hal etish uchun Bosh muharrir, uning o‘rinbosarlari, mas’ul kotib, yetakchi bo‘lim muharrirlari, jurnalistlar, Muassis va jamoatchilik vakillaridan iborat tahrir hay’ati tuziladi. Tahrir hay’atining tarkibi va soni hamda unga kiritiladigan o‘zgartirishlar Bosh muharrir taklifiga binoan Muassis tomonidan tasdiqlanadi.
19. Tahrir hay’ati o‘z ishini Bosh muharrir tomonidan tasdiqlangan joriy va istiqbolga mo‘ljallangan rejalar asosida yuritadi.
21. Bosh muharrir Muassis uni lavozimga tayinlagan vaqtdan boshlab o‘z vazifasini bajarishga kirishadi.
Bosh muharrir o‘rinbosarlari lavozimiga nomzodlar to‘g‘risida Muassisga o‘z takliflarini taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq, Tahririyatning mansabdor shaxslarini, jurnalistlar jamoasi a’zolarini, boshqa xodimlarni ishga qabul qilish to‘g‘risida mehnat shartnomalari tuzadi hamda ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qiladi;
o‘z vakolati doirasida mehnat jamoasining har bir a’zosi tomonidan bajarilishi shart bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar chiqaradi;
mehnat jamoasi a’zolarining oylik ish haqiga qonun hujjatlariga muvofiq ustama haq to‘lashni amalga oshiradi;
23. Bosh muharrir vaqtincha ishda bo‘lmagan paytlarda uning vazifasini Bosh muharrir o‘rinbosari bajaradi.
24. Jurnalistlar jamoasi tahririyatning butun mehnat jamoasi asosini tashkil etib, u ijodiy xodimlardan: Bosh muharrir, uning o‘rinbosari, mas’ul kotib, adabiy kotib, bo‘lim muharrirlari, sharhlovchilar, o‘z maxsus muxbirlari va katta muxbirlar, muxbirlar, rassomlar, suratkash-muxbir, tarjimonlardan, reklama bo‘limi xodimlari, texnik kotibdan iborat bo‘ladi. Bosh muharrir tahririyat tuzilmasidan kelib chiqib, uni o‘zgartirishi mumkin.
25. Tahririyat ishlab chiqarish-xo‘jalik, moliya faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida amalga oshiradi, belgilangan shaklda tezkor va buxgalteriya hisob-kitobini yuritadi.
qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan noshirlik, reklama va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad;
beg‘araz xayriya, homiylik badallari, O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari, shuningdek, fuqarolarining xayr-ehsonlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Tahririyat faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash manbalari hisoblanadi.
27. Tahririyat mulk sifatidagi bino va inshootlarga, uskunalarga, jihozlarga, yuk va yengil avtomobillarga, madaniy-ma’rifiy va sog‘lomlashtirish ishlariga mo‘ljallangan mol-mulkka, texnika vositalariga, kompyuterlarga, pul mablag‘lari, aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarga hamda o‘z faoliyatini moddiy-texnik ta’minlash uchun boshqa zarur mol-mulkka ega bo‘lishi mumkin.
28. Tahririyat qonun hujjatlariga muvofiq, yuridik va jismoniy shaxslar bilan moliya-tijorat bitimlarini tuzadi, kreditlar oladi, mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo‘ladi va ular yuzasidan tegishlicha javobgar bo‘ladi.
29. Tahririyat o‘z mol-mulki va qonuniy asosda olingan mol-mulk bilan boshqa xo‘jalik subyekti faoliyatida ishtirok etish, korxonalar barpo etish yoki barpo etishda muassislardan biri bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi.
30. Tahririyat mazkur Ustavda nazarda tutilgan o‘z vazifalarini bajarar ekan, quyidagilarga ham haqlidir:
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan ishlab chiqarish, tijorat, moliya faoliyati bilan shug‘ullanish;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish.
31. Olingan foyda Tahririyat tasarrufida bo‘ladi va Tahririyat undan o‘z rivoji uchun mustaqil foydalanadi, bu foyda asossiz ravishda olib qo‘yilishi mumkin emas.
32. Tahririyat xodimlari mehnatiga haq to‘lash shakli, tizimi, miqdori, shuningdek, qalam haqi miqdorlari qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
33. Tahririyat beg‘araz xayriya, homiylik badallaridan, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi korxonalari, muassasalari va tashkilotlarining beg‘araz xayriya, homiylik badallaridan, shuningdek, reklama va tadbirkorlik faoliyatidan tushadigan daromadlardan xodimlarni rag‘batlantirish va mukofotlash, badal tarzidagi to‘lovlar maqsadlari uchun foydalanish huquqiga ega.
34. Tahririyat gazetaning davriyligini, hajmini, o‘lchamini va narxini, boshqa ishlar va ko‘rsatiladigan xizmatlar bahosini belgilangan tartibda o‘zgartirishi mumkin.
35. Tahririyat o‘z ishlab chiqarish faoliyatini vaqtli matbuot nashrlarini yetkazib beruvchi, tarqatuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar bilan shartnomalarga muvofiq rejalashtiradi.
37. Tahririyat jamoasidagi mehnatga oid munosabatlar qonun hujjatlari, ushbu Ustav, jamoa shartnomasi, ichki mehnat tartibi qoidalari, lavozimga oid yo‘riqnomalar hamda Tahririyatning boshqa hujjatlari bilan tartibga solinadi. Xodimlarning lavozimlari ro‘yxati Bosh muharrir tomonidan tasdiqlanadi.
38. Tahririyat xodimlariga, shu jumladan, xodimlar ro‘yxatidan tashqari ishga qabul qilingan xodimlarga yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
39. Tahririyat Ustavi Tahririyat xodimlarining kamida uchdan ikki qismi ishtirok etgan umumiy yig‘ilishda ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va Muassis tomonidan tasdiqlanadi. Qabul qilingan Ustav qoidalari Tahririyatning barcha xodimlari uchun, egallab turgan lavozimidan qat’i nazar, majburiydir.
40. Ustavga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish Ustavni qabul qilish va tasdiqlashdagi singari tartib bo‘yicha amalga oshiriladi.