Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

O‘zbekiston Respublikasining «Buxgaltyeriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-martdagi PQ-2847-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq buyuraman:
Mazkur Nizom «Buxgaltyeriya hisobi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni asosida ishlab chiqilgan va hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgaltyeriya hisobida aks ettirish, hamda hujjatlar aylanishini amalga oshirish bo‘yicha yagona tartibni belgilaydi.
38. Mas’ul shaxs qat’iy hisobdagi blankalarning hisobini ularning nomi, syeriyasi va raqami bo‘yicha mazkur Nizomning 1-sonli ilovasiga muvofiq, raqamlangan va tikilgan «Qat’iy hisobdagi blankalarni hisobga olish jurnali»da olib boradi. Jurnalning so‘nggi varag‘ida korxona rahbari yoki u tomonidan qonun hujjatlarida o‘rnatilgan tartibda belgilanadigan shaxslar imzosi bilan «Mazkur jurnalda... varaq raqamlangan» degan yozuv kiritiladi va muhr bilan tasdiqlanadi (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda). Varaqlar soni yozuv bilan ko‘rsatiladi.
45. Qat’iy hisobdagi blankalarning yo‘qolishi va kamomadi hisobi Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan mol-mulk kamomadi va ortiqchasining buxgaltyeriya hisobi tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 1334, 2004-yil 6-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-yil, 14-son, 173-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomning 3-sonli ilovasida ishlar ro‘yxati ko‘rinishidagi namunaviy hujjatlar aylanishi grafigi keltirilgan.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”