Turizmni yanada rivojlantirish va uni tashkil etishni takomillashtirish, sayyohlik xizmatlari bozorida kichik va o‘rta sayyohlik tashkilotlarining qatnashishini faollashtirish, shuningdek xorijiy investorlarni turizm sohasiga keng jalb qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining, shuningdek xususiy turistik firmalarning Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
(1-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasiga, sayyohlik tashkilotlarining faoliyatini tashkil etish, marketing, malakali kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlash, shuningdek sayyohlik faoliyati sohasida qonun hujjatlariga rioya qilish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarda uslubiy va huquqiy yordam ko‘rsatishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasining namunaviy tashkiliy tuzilmasiga va uning boshqaruvi ijro etuvchi apparatining namunaviy tuzilmasiga 3 va 4-ilovalarga muvofiq rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)
Buyuk ipak yo‘lini tiklashda, respublikada turizmning zamonaviy infratuzilmasini rivojlantirishda faol qatnashish;
Uyushma a’zolari bo‘lgan xususiy sayyohlik tashkilotlariga ko‘maklashish va ular faoliyatini muvofiqlashtirish;
xususiy sayyohlik tashkilotlarini rivojlantirishga xorijiy investitsiyalarni va mamlakatimiz yuridik va jismoniy shaxslarining mablag‘larini jalb qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida, shuningdek davlat organlarida va jamoat tashkilotlarida Uyushma a’zolari bo‘lgan xususiy sayyohlik tashkilotlarining manfaatlarini ifodalash;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
sayyohlik biznesi sohasida xodimlarning kasb tayyorgarligiga va ularni qayta tayyorlashga shu jumladan, turistik faoliyat subyektlari xodimlari uchun turistlar xavfsizligini ta’minlash, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, huquqni muhofaza qilish va boshqa davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini davriy tashkil etishga ko‘maklashish ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(4-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)
5. Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi ishtirokida ikki hafta muddatda o‘zining ta’sis hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsin va belgilangan tartibda ularni qayta ro‘yxatdan o‘tkazsin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda “Turizm to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda kiritsin;
“O‘zdavstandart” markazi, O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda sayyohlik xizmatlari sohasida yagona davlat standartlarini ishlab chiqsin;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha bo‘lgan davrda respublikada turizmni rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi bilan birgalikda ikki oy muddatda sayyohlik tashkilotlarini davlat tasarrufidan chiqarishni yanada chuqurlashtirish va aksiyalashtirish, aksiyalar paketlarini va kichik sayyohlik tashkilotlarini xorijiy investorlarga sotish, mehmonxona xo‘jaligini boshqarishga xorijiy sayyohlik firmalarini jalb qilish bo‘yicha aniq takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 207-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 257-modda)
9. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasining “O‘zsayohatinvest-bank” negizida Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining “O‘zsayohat” bo‘limini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 20-oktabrdagi 484-son qarorining 1-bandi va 5-bandining to‘rtinchi xatboshi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan qarorga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 28-iyuldagi 360-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2004-y., 30-son, 346-modda)