Vazirlar Mahkamasining “Sobiq SSR Ittifoqining qonun kuchidagi hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish ishlarini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 29-apreldagi 210-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari ilova* qilinayotgan ro‘yxatga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan ilova* qilinayotgan o‘zgartirishlar tasdiqlansin.
* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.