O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflari hamda chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilish bilan bog‘liq tadbirlarni uyushtirishda yagona yondashuvni ta’minlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining xorijiy mamlakatlarga tashriflarini va chet el delegatsiyalarini, davlat va siyosiy arboblarini qabul qilishni uyushtirish hamda shu maqsadlar uchun davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘larni sarflash tartibi to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki, rahbarlarning tashriflariga va delegatsiyalarni, shuningdek, alohida shaxslarni qabul qilishga xarajatlar smetasi rahbariyat bilan kelishilgan holda tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyati tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.1. Tashriflar — bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Raisining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hamda ular boshchilik qilgan delegatsiyalarning xorijiy mamlakatlar rahbarlarining rasmiy taklifi bilan xorijiy davlatga borishlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
1.2. Tashrifning hajmi deganda tashrif dasturiga kiruvchi amaliy va protokol tusidagi tadbirlarning jami nazarda tutiladi. Tomonlar davlat boshliqlari yoki delegatsiyalarning bo‘lajak tashriflarining muddatlari, turi va shakli to‘g‘risida oldindan kelishib oladilar. Xorijiy mamlakatda bo‘lish dasturi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan oldindan tuziladi hamda tasdiqlash uchun belgilangan tartibda kiritiladi.
1.3. Delegatsiya a’zolari va hamrohlik qiluvchi shaxslarning xavfsizligini ta’minlash tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.4. Tashriflar davomida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan esdalik sovg‘alari topshirilishi nazarda tutiladi hamda qabul marosimlari uyushtirilishi mumkin.
1.5. O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining tashriflarini tashkiliy ta’minlash tegishli ravishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati Ishlar Boshqarmasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi. Protokol tadbirlarni tayyorlash va amalga oshirish uchun javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1.6. O‘zbekiston Respublikasi rahbarlari va delegatsiyalarining tashriflarini uyushtirish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (shu jumladan, hukumat nomidan qabul marosimiga, qimmatli sovg‘alar, esdalik sovg‘alari va boshqalarga sarflangan xarajatlar) davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
2.1. O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy, amaliy, norasmiy tashriflar bilan, yoxud yo‘l-yo‘lakay tashriflar bilan keluvchi xorijiy davlatlar boshliqlari, delegatsiyalar, siyosiy arboblar Davlat diplomatik protokoli to‘g‘risidagi nizomga yoki ikki tomonlama ahdlashuvga muvofiq qabul qilinadilar.
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi a’zolari bo‘lgan davlatlar boshliqlari, hukumatlar boshliqlari va tashqi ishlar vazirlarining O‘zbekistonga tashriflari chog‘ida kutib olish, kuzatib qo‘yish va O‘zbekistonda bo‘lish dasturi MDH mamlakatlari o‘rtasidagi munosabatlarda shakllangan amaliyotni hisobga olgan holda va o‘zarolik asosida amalga oshiriladi.
BMT Bosh kotibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining mehmoni sifatida qabul qilinadi. BMT Bosh kotibi tashrifining hajmi umuman olganda Tashqi ishlar vazirlarining rasmiy tashriflari darajasiga muvofiq bo‘ladi.
2.2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xorijiy davlatlar boshlig‘i, delegatsiyalar, davlat va siyosiy arboblar sharafiga qabul marosimlari oliy darajadagi qabul marosimi hisoblanadi.
2.3. O‘zbekistonda bo‘lish dasturi loyihalari asosiy protokol tadbirlar bayon qilingan boshqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparatining tegishli xizmati va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Xorijiy davlat va hukumat boshliqlarini qabul qilishning vaqti va tartibi to‘g‘risidagi prinsipial qarorlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi.
Mehmonning xohishiga ko‘ra tashrif dasturida O‘zbekiston bo‘ylab safar qilish nazarda tutilishi mumkin.
2.4. Qabul qilish darajasi (oliy, 1, 2-razryadlar) respublika rahbariyati tomonidan ilovaga muvofiq belgilanadi.
2.5. Asosiy protokol tadbirlarga va qabul qilish darajasiga muvofiq Prezidentning davlatlararo va millatlararo munosabatlar masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi qabul qilish tartibi, vaqti va joyi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti taklif kiritadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Qabulni uyushtirish uchun O‘zbekiston Respublikasining barcha manfaatdor vazirliklari va idoralari, shu jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari jalb etilishi mumkin.
Delegatsiyalarni va mehmonlarni qabul qilish chog‘ida ularga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati nomidan esdalik sovg‘alari topshirilishi nazarda tutiladi. Topshiriladigan sovg‘alar va esdalik sovg‘alarining ro‘yxati aniq har bir holda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishiladi.
Agar qabul marosimi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi nomidan uyushtirilgan bo‘lsa, esdalik sovg‘alari parlament nomidan topshiriladi. Bunda tashkiliy masalalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi bilan kelishilgan holda Oliy Kengash Kotibiyati tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
2.6. Xorijiy delegatsiyalarni, davlat va siyosiy arboblarni qabul qilish bilan bog‘liq xarajatlarning barcha turlari haqiqiy sarf-xarajatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining davlat budjeti hisobidan qoplanadi.
2.7. Xorijiy davlatlar rahbarlari va delegatsiyalari O‘zbekistonda bo‘lgan paytda Toshkent shahrini bezash Toshkent shahar hokimi zimmasiga yuklatiladi.