19.12.1998 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 573
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.10.2020
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlariga hamda boshqa qonunlar va qonun hujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan. Nizomda ustav kapitali miqdori, aksiyadorlar tarkibi, bank nomi va manzilining o‘zgarishi, tijorat banki ustaviga kiritiladigan o‘zgartirish va qo‘shimchalarni ro‘yxatga olish tartibi belgilab qo‘yilgan.
2.4. Ustav kapitalini oshirish uchun mazkur Nizomning 1.3-bandiga muvofiq belgilangan bankning vakolatli organi e’lon qilingan aksiyalar, shu jumladan ularning miqdori, nominal qiymati, toifasi, turlari, ular beradigan huquqlar to‘g‘risidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni bank ustaviga kiritish haqida qaror qabul qiladi (1-ilova).
mazkur Nizomning 2.15-bandiga muvofiq bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishining ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risidagi qarori (davlat yagona muassisi hisoblangan bank uchun hukumat qarori).
3.7. Mazkur Nizomning 3.4, 3.6-bandlarida qayd etilgan jamoa bo‘lib bank aksiyalarining 20 foizdan ortig‘iga egalik qiluvchi shaxslar Markaziy bankka ular bir-biri bilan kelishuv asosida amal qilmayotganligi va shu munosabat bilan ularning jamoa bo‘lib mulkka egalik qilishi uchun Markaziy bank dastlabki roziligi talab qilinmasligi to‘g‘risidagi dalilni taqdim etishlari mumkin. Bunday dalillar ushbu shaxslar tomonidan shuncha miqdordagi aksiyalarning sotib olinishidan oldin taqdim etilishi zarur, bunday mulkning ushbu shaxslar tomonidan bir biriga bog‘liq bo‘lmagan va xarid to‘g‘risida bir-biriga xabar qilmagan holda sotib olinishi bundan mustasno.
3.12. Bank aksiyalarining 20 foizidan ortig‘ini sotib oluvchi shaxslar (alohida yoki mazkur Nizomning 3.1-bandida ko‘zda tutilgan vaziyatlarda) benuqson ishbilarmonlik va kasbiy obro‘ga ega bo‘lishi lozim. Agar quyidagi dalillardan hech bo‘lmaganda bittasi ma’lum bo‘lsa, shaxs ishonch qozonmagan hisoblanadi:
5.8. Bank manzili (pochta manzili)ni o‘zgartirish uchun ruxsat olinganidan keyin bir oy muddatdan kechikmagan holda Markaziy bankka mazkur Nizomning 1.5-bandiga muvofiq manzil (pochta manzili)ning o‘zgarishi bilan bog‘liq bank ustaviga kiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan murojaat qiladi.