LexUZ sharhi
Mazkur tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Mazkur Tushuntirish xati Aksiz markalari tizimini joriy etish bo‘yicha idoralararo komissiyaning 2000-yil 3-fevraldagi majlisi 1-son bayonnomasi 5-bandiga binoan ishlab chiqilgan.
1. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxona aksiz markalarini tegishlicha saqlash va sarflash maqsadida maxsus buyruq chiqarib, ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichida moddiy javobgar shaxslarni belgilaydi va ular zimmasiga aksiz markalari tartib raqamlarining navbatiga rioya etgan holda hisob yuritish yuklanadi.
Moddiy javobgar shaxs aksiz markalari harakati (saqlanishi va sarflanishi) bo‘yicha maxsus jurnal* (3-ilovaga* binoan) yuritadi va unga quyidagilarni qayd etadi:
2. Aksiz markalari olinganda moddiy javobgar shaxs maxsus jurnalda* aksiz markalarini olish kvitansiyasi va buyurtmanoma — hisob-kitob (DSI mas’ul xodimi tasdiqlagan va bank xodimi imzolagan) asosida tegishli yozuvni qayd etadi.
3. Aksiz markalari ishlab chiqarishga (quyish sexiga) topshirilganda moddiy javobgar shaxs ana shu jurnalda* aksiz markalari miqdori va qiymati ko‘rsatilgan talabnomaga (1-ilovaga* binoan) asosan, aksizlanadigan mahsulotni markalash uchun ishlab chiqarishga topshirilgan aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
4. Ishlab chiqarishda moddiy javobgar shaxs har bir ish smenasining boshlanishida har kuni maxsus jurnalda* quyidagilarni qayd etadi:
ishlab chiqarishda (quyishda) ish smenasi mobaynida ishlatilgan aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich raqamini, ish smenasi oxirida esa — pirovard tartib raqami;
Ishlab chiqarish jarayonida aksiz markalaridan foydalanishda tartib raqamlarining navbatiga albatta rioya etilishi kerak.
5. Tayyor mahsulotni ishlab chiqarishdan omborga topshirish chog‘ida moddiy javobgar shaxs o‘sha jurnalda* topshirilgan alkogolli mahsulotning miqdorini ham, shishalarga yopishtirilgan aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini ham qayd etadi.
6. Tayyor mahsulot ombori mudiri alkogolli mahsulotni omborga kirim qiladi va maxsus jurnalni* yuritadi, unda qabul qilish sanasi, mahsulot miqdori, shishalarga yopishtirilgan aksiz markalari har bir turi (nomi)ning boshlang‘ich va pirovard tartib raqami qayd etiladi.
Alkogolli mahsulot iste’molchilarga yuklab jo‘natilganida tayyor mahsulot omborining mudiri o‘sha jurnalda*, shuningdek iste’molchilarga topshiriladigan yukxatda (2-ilovaga* binoan), xususan, sana, iste’molchining nomi, yuklab jo‘natilgan mahsulot miqdorini, yuklab jo‘natilgan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turi (nomi)ning boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
7. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” xolding kompaniyasining hududiy ixtisoslashtirilgan ulgurji savdo bazalari, shuningdek, alkogolli mahsulotni sotishni amalga oshiruvchi savdo korxonalari ishlab chiqaruvchi korxonalardan alkogolli mahsulotni olganlarida, buxgalteriya hujjatlarida kelib tushish sanasi, yetkazib beruvchining nomi, sotilgan mahsulot miqdorini, olingan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadilar. Shunday ma’lumotlarni ombor mudiri (moddiy javobgar shaxs) maxsus jurnalda* qayd etishi kerak.
Alkogolli mahsulot iste’molchilarga ishlab jo‘natilganida ombor mudiri o‘sha jurnalda*, shuningdek xaridorga topshiriladigan yukxatda (2-ilovaga* binoan) yuklab jo‘natish sanasi, iste’molchining nomi, yuklab jo‘natilgan mahsulot miqdorini, yuklab jo‘natilgan alkogolli mahsulot shishalaridagi aksiz markalari har bir turining boshlang‘ich va pirovard tartib raqamini qayd etadi.
1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.