Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

6. “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, 5-son) 10-moddasida ko‘rsatilgan yuridik shaxslar soliq idoralariga auditorlik tekshiruvi o‘tkazilganidan keyin 15 kun davomida, lekin hisobot yilidan keyingi yilning 15-mayidan kechiktirmay auditorlik xulosasi nusxasini taqdim etadilar.
9. Moliyaviy hisobotni tuzishda O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotni tuzish masalalari bo‘yicha boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish lozim.
12. Korxona balansining moddalari aktivlar va majburiyatlarning puxta o‘tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo‘lishi kerak. Inventarizatsiya O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 19-oktabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish” da (ro‘yxat raqami 833, 1999-yil 2-noyabr) belgilangan tartibda o‘tkaziladi. Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan haqiqatda mavjud qiymatliklarning buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga qaraganda farqlari tartibga solinishi kerak. Debitorlik va kreditorlik qarzlari ham inventarizatsiyadan o‘tkazilishi kerak va ular solishtirish dalolatnomalari yoki o‘zaro hisob-kitoblar saldosini tasdiqlaydigan xatlar bilan rasmiylashtiriladi. O‘tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek, ularni o‘tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi lozim.
193. Moliyaviy hisobotga tushuntirish xati O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998-yil 26-iyulda 17-07/86-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standarti (1-sonli BHMS) “Hisob siyosati va moliyaviy hisobot” (ro‘yxat raqami 474, 1998-yil 14-avgust, O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-yil, 5-son)da nazarda tutilgan talablarga muvofiq tuziladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”