O‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish kompleks dasturini amalga oshirish, shuningdek, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining tibbiy-ijtimoiy, investitsiya va xayriya dasturlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining respublikaning har bir tumanida va shahrida Jamg‘armaning tayanch punktlarini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Tayanch punktlar to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar va idoralar Jamg‘armaga, uning bo‘limlari va tayanch punktlariga moliyaviy hamda moddiy-texnik yordam ko‘rsatish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
2. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg‘armasidan 1 mlrd so‘m-kupon ajratilsin.
3. Vazirlar Mahkamasining Qurilish, transport, aloqa hamda Umumiqtisodiyot majmuilari (K.N. To‘laganov, B.S. Hamidov) Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, manfaatdor vazirliklar va idoralar ishtirokida Jamg‘armaning:
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida qurilayotgan poliklinika negizida — “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining Tibbiy-ijtimoiy Markazini tashkil etish to‘g‘risidagi;
Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Chorvoq suv ombori sohilida qurilishi tugallanmagan bolalarni sog‘lomlashtirish kompleksi negizida — “Sog‘lom avlod uchun” respublika davolash sog‘lomlashtirish kompleksini (“Artek”ka o‘xshash) barpo etish to‘g‘risidagi takliflarini ko‘rib chiqsinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda Toshkent shahridagi ikkita dorixonani, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi hamda har qaysi viloyatdagi bittadan dorixonani “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasiga uning ustavdagi faoliyati doirasida foydalanish uchun belgilangan tartibda bersin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda bolalarni uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy kuzatib borish (patronaj) bo‘yicha kadrlar tayyorlash to‘g‘risida hukumat qarori loyihasini ikki oy muddatda tayyorlasinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar, bunda quyidagilarni tashkil etish nazarda tutilsin:
yirik tibbiyot muassasalari va bilim yurtlari huzuridagi kurslarda bolalarni uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy kuzatib borish bo‘yicha kadrlar tayyorlash;
sog‘lom turmush tarzini keng tushuntirish va targ‘ib qilish ishlarini amalga oshirish, farzand ko‘rish yoshidagi ayollarni va o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirish;
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehnat vazirligi, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi Moliya vazirligi va Ijtimoiy ta’minot vazirligi, Qizil yarim oy jamiyati Markaziy Qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda sog‘liqni saqlash dastlabki bo‘g‘ini muassasalarida, ijtimoiy yordam bo‘limlarida, “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining tayanch punktlarida, Qizil Yarim oy jamiyatida bolalarni uy sharoitida tibbiy-ijtimoiy kuzatib borish bo‘yicha tibbiyot xodimlarini ishga joylash va ular faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlash masalalarini hal etishni ta’minlash.
6. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi bilan birgalikda bolalar oziq-ovqatlari, vaksinalar, dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari, ona va bola uchun sanitariya va gigiyena vositalari ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “Teksun” kompaniyasi guruhi tomonidan Jamg‘armaga berilayotgan kreditdan foydalanish to‘g‘risidagi takliflarni bir oy muddatda ko‘rib chiqsin va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi buyurtmasiga binoan targ‘ibot va axborot matbaa mahsulotlarini tayyorlashni ta’minlasinlar.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi har haftada “Sog‘lom avlod uchun” dasturini tashkil etsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari M.Q. Qoraboyev zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1. “Sog‘lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo‘lmagan xalqaro jamg‘armaning tayanch punktlari respublikaning har bir tumanida va shahrida (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 28-oktabrdagi 524-son qaroriga) muvofiq ochiladi.
Tayanch punktlari davlat, jamoat va xususiy tashkilotlarning onalik va bolalikni muhofaza qilish, o‘sib kelayotgan avlodni intellektual va jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish borasidagi faoliyatini integratsiyalash uchun tashkil etiladi. Tayanch punktlari sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, Qizil Yarim oy Jamiyati organlari va muassasalarining, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining aholini sog‘lomlashtirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga dastlabki tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish sohasidagi kuch-g‘ayratlarini va ishlarini uyg‘unlashtiradi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tayanch punkti o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga, Jamg‘arma ustaviga, mazkur Nizomga va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasining hududiy filiallari qarorlariga amal qiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Tayanch punkti Fond hududiy filialining ijtimoiy ishlab chiqarish bo‘linmasi hisoblanadi, uning nomidan to‘liq xo‘jalik hisobi, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan ta’minlash va o‘z xarajatlarini o‘zi qoplash asosida faoliyat ko‘rsatadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Tayanch punkti tumanlar (shaharlar) hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish inspeksiyalarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs huquqini oladi, hisob-kitob schyotiga, yumaloq muhrga, uch burchakli muhrga ega bo‘ladi va “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi ramzidan foydalanishga haqlidir.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Tayanch punkti uning yuqori organi hisoblanadigan Fond hududiy filiali direktorining Fond markaziy apparati bilan kelishilgan qaroriga binoan tashkil etiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tayanch punkti direktori Jamg‘armaning hududiy filiali direktori tomonidan tasdiqlanadi va tayanch punktining moliya-xo‘jalik hamda boshqa faoliyati uchun shaxsan javob beradi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Shtat jadvalini, daromad va xarajatlar smetasini Jamg‘arma hududiy filiali direktori tasdiqlaydi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Tayanch punkti zarur asbob-uskunalar, mebel, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari, ona va bolalar salomatligini muhofaza qilish, chaqaloqni ovqatlantirish, yigit va qizlarni jinsiy tarbiyalash va shu kabi masalalarga oid tegishli adabiyotlar, prospektlar, bukletlar va risolalar bilan ta’minlanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Tayanch punkti faoliyatini nazorat qilish hokimlik tomonidan Fondning hududiy filiali direktori bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
12. Tayanch punktlari hokimliklar bilan birgalikda davlat, jamoat va ishlab chiqarish tuzilmalarining Hukumatning o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirishga doir ijtimoiy siyosatini hayotga tatbiq etish borasidagi say’i-harakatlarini uyg‘unlashtirib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Tayanch punkti o‘z maqsadlariga erishish va vazifalarini bajarish uchun viloyat sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi, madaniyat va sport ishlari boshqarmalari va ularning tuman (shahar) bo‘linmalari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari, Qizil Yarim Oy Jamiyati va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlik qiladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va har bir oilaga dastlabki tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirib borish maqsadida tayanch punktlari sog‘liqni saqlashning dastlabki bo‘g‘inlari, Qizil Yarim Oy Jamiyati hamshiralari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi. Zarur bo‘lganda muassasalarga, alohida shaxslarga xayriya yordami ko‘rsatadi.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Tayanch punktlari manfaatdor sog‘liqni saqlash, xalq ta’limi tashkilotlari, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari bilan birgalikda o‘sib kelayotgan avlodning jismoniy, intellektual rivojlanish ko‘rsatkichlarini tahlil etadilar, tahlillar va tadqiqotlarning natijalari umumlashtiriladi va ko‘rib chiqish uchun Fondning hududiy filiallari direktorlariga jo‘natiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
xo‘jalik tashkilotlarining, alohida fuqarolarning pul mablag‘lari, moddiy boyliklar, ko‘char va ko‘chmas mulk tarzidagi ixtiyoriy badallari va xayr-ehsonlari;
Oldingi tahrirga qarang.
19. Tayanch punktlarining ustav fondi Fondning hududiy filiallari badallaridan, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan, xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya badallari hisobiga shakllanadi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
20. Moliya-xo‘jalik faoliyati sohasida tayanch punktiga O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda quyidagi huquqlar beriladi:
keng tushuntirish ishlari yordamida vatandoshlar va xorijiy fuqarolarning, jamoat tashkilotlarining, davlat muassasalari va korxonalarining, banklarning hamda turli tijorat tuzilmalarining pul, moddiy, madaniy va intellektual boyliklar tarzidagi ixtiyoriy hissalarini jalb etish;
Oldingi tahrirga qarang.
21. Tayanch punkti har chorakda hisob raqamiga tushgan mablag‘larning 10 foizini majburiy tartibda hisobot davridan keyingi oyning 15-kunigacha Fondning hududiy filiali hisob raqamiga o‘tkazadi. Bunda tayanch punkti tushgan mablag‘larning 10 foizidan ortig‘ini moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda moliyaviy o‘zaro munosabatlar to‘g‘risida tegishli shartnoma rasmiylashtirish yo‘li bilan Fondning hududiy filiali hisob raqamiga o‘tkazish huquqiga ega.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Jamg‘armaning tayanch punkti Fondning hududiy filiali direktoriga hisobot choragidan keyingi oyning 15-kunigacha har choraklik xo‘jalik faoliyati balansini taqdim etadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 30-yanvardagi 20-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 5-son, 60-modda)
23. Jamg‘armaning tayanch punktlari, bo‘limlari hokimliklar bilan birgalikda aholini kompleks sog‘lomlashtirish va insonning yashashi uchun sog‘lom muhit yaratish dasturida qatnashuvchi barcha organlar va muassasalar faoliyatini uyg‘unlashtirib boradilar. Shu maqsadda:
o‘tkazilayotgan tadbirlarning ta’sirchanligi uchun monitoring tizimini ishlab chiqadilar va joriy etadilar;
ishlarga tezda tuzatishlar kiritish maqsadida Jamg‘armaning viloyat bo‘limlarini o‘z vaqtida xabardor qiladilar;
o‘sib kelayotgan avlodni sog‘lomlashtirishga oid chora-tadbirlarning bajarilishini har chorakda tahlil qilib boradilar va ko‘rsatkichlarni yaxshilaganlik uchun rag‘batlantirish tizimini ishlab chiqadilar.