Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotishni hisobga olish hamda nazorat qilishga oid Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zmevasabzavotuzumsanoat-xolding” kompaniyasi, “O‘zkimyo-sanoat” uyushmasi spirt va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishda materiallar sarfi, tayyor mahsulot chiqishi normativlarini, shuningdek tabiiy kamayish normalarini 1998-yil 1-sentabrgacha ishlab chiqsinlar va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlasinlar.
Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va ularning aylanishi ustidan davlat monopoliyasini kuchaytirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida alkogolli va tamaki mahsulotlarini sotishdan budjetga tushumni ko‘paytirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 21-maydagi 221-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan hamda mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, spirt va alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish, idishlarga quyish, saqlash va ulgurji sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalarga tatbiq etiladi.
aksiz markalari va muvofiqlik belgisi markalangan alkogolli mahsulotga (davlat soliq xizmatining hududiy organlari tomonidan beriladigan) idensifikatsiyalash nomeri mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiradilar.
Ishlab chiqariladigan alkogolli mahsulot deyilganda ixtisoslashtirilgan korxonalarda amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarilgan va standartlar talablariga javob beradigan spirtli ichimliklar tushuniladi hamda ular vino, vino materiallari, aroq, likyor-aroq mahsulotlari, konyak, balzam, konyak spirti, oziq-ovqat spirti va spirt xomashyosini o‘z ichiga oladi.
Vazirlar Mahkamasining ruxsatisiz keltirilgan chet el oziq-ovqat spirtidan alkogolli mahsulot ishlab chiqarishga yo‘l qo‘yilmaydi. Chet el spirti mavjudligi, shuningdek bunday spirtni keltirishga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsatnomasiga ega bo‘lmagan korxonalar tomonidan mazkur spirtdan alkogolli mahsulot ishlab chiqarish hollari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organlari spirtni va ushbu spirtdan ishlab chiqarilgan alkogolli mahsulotni davlat foydasiga musodara qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Spirt va spirt xomashyosi “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan texnologik ish tartibiga muvofiq ishlab chiqariladi. Spirt va spirt xomashyosini hisobga olish, saqlash, berish, transportda tashish “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadigan yo‘riqnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun spirt sarflashga sarflashning belgilangan me’yorlari doirasida yo‘l qo‘yiladi, Sarf qilish, jumladan, tabiiy kamayish normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlanadi. Spirtdan to‘g‘ri foydalanilishini korxona buxgalteriyasi va korxona rahbari tayinlaydigan mas’ul shaxslar nazorat qiladilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Spirt qoldiqlarini tezkor tekshirish ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan asboblarda o‘lchash yo‘li bilan har oyda amalga oshiriladi. Xatlov har yili bir marta, qoldiqlarning eng kamaygan davrida spirtni 1-klassli o‘lchagichlar orqali o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xatlov natijalari “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan tasdiqlangan Xatlovni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga muvofiq rasmiylashtiriladi.
(3-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
4. Alkogolli mahsulotlarni ishlab chiqarish huquqi ishlab chiqariladigan mahsulot turiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan berilgan maxsus ruxsatnomaga va uni ishlab chiqarish uchun zarur shartlarga ega bo‘lgan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarda ularning ixtisoslashuviga muvofiq va standartlar, shuningdek mahsulot ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqilgan, “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan va amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq “O‘zstandart” agentligida ro‘yxatdan o‘tkazilgan normativ hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6. Alkogolli mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalar ishlab chiqarishning barcha bosqichlarida amaldagi me’yoriy hujjatlarga muvofiq mikrobiologik, fizik-kimyoviy va texnologik nazoratni ta’minlaydilar va amalga oshiradilar.
7. Sarflangan xomashyo va materiallar sifati va miqdori maxsus qayd daftarlarida va dastlabki hisobga olish blanklarida qayd etiladi.
8. Tayyor alkogolli mahsulotlarni idishlarga quyish va rasmiylashtirish ushbu maqsadlar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan asbob-uskunalarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Mahsulotni idishlarga quyish, tiqinlash, yorliqlash va aksiz markalari hamda muvofiqlik belgisi bilan markalash amaldagi Standart talablariga muvofiq va “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan Alkogolli mahsulotlarni muvofiqlik belgisi bilan markalash tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
10. Alkogolli mahsulotlarning barcha ko‘char va ko‘chmas resurslari buxgalteriya hisobi bilan qamrab olinadi. Miqdoriy hisob hajm ko‘rsatkichlaridan tashqari, spirt va shakar miqdorini, normativ hujjatlarda ko‘zda tutilgan fizik-kimyoviy va boshqa ko‘rsatkichlarni ham qamrab olishi kerak.
11. Vino-aroq mahsulotlari va boshqa alkogolli mahsulotni idishlarga quyish sexlarida har oyning birinchi kunida alkogolli mahsulotlar qoldiqlarini chiqarib olish, idishlarning, aksiz markalarining, yorliqlarning, tiqinlarning va ishlab chiqariladigan mahsulotlarni tayyorlashga taalluqli boshqa moddiy boyliklarning holatini aniqlash yo‘li bilan hisobga olish amalga oshiriladi. Ushbu moddiy resurslarning tezkor hisobi har kuni olib boriladi;
Tezkor hisobga olish uchun idishlarga quyish liniyalarida davlat tekshiruvidan o‘tgan, ishlab chiqariladigan mahsulotning miqdorini hisoblaydigan o‘lchagichlar o‘rnatiladi.
12. Xatlash natijalari bo‘yicha tayyor mahsulotlar, xomashyo va materiallarning nobud bo‘lishi va sarflanishlari belgilangan normalardan chetga farq qilgan hollarda korxona rahbariyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq chora-tadbirlar ko‘riladi.
13. Korxonalar tomonidan alkogolli mahsulotlarni keltirish va olib ketish, qat’i hisobda turadigan blankalardan foydalangan holda, ma’muriyat tomonidan belgilangan vaqtda, maxsus jihozlangan nazorat — o‘tkazish joylari orqali amalga oshiriladi.
14. Vinochilik va boshqa alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo va spirt sarflashga belgilangan normalar asosida hisoblab chiqarilgan ehtiyojlar doirasida yo‘l qo‘yiladi va belgilangan shakllardagi dastlabki hisobga olish hujjatlari bilan rasmiylashtiriladi.
15. Qayta ishlangan uzumdan va sarflangan spirtdan olingan vino materiallari chiqishi miqdori hisobot yilining 1-dekabridagi va hosildan keyingi yilning 1-aprelidagi xatlash ma’lumotlariga ko‘ra aniqlanadi.
16. Spirt, vino materiallari va uzumning sarflangani va nobud bo‘lgan miqdori xatlash ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadi va belgilangan normalar doirasida hisobdan chiqariladi.
17. Vinochilik mavsumida ishlab chiqarilgan vino materiallari kompaniya vakillari yoki tarmoqning markaziy degustatsiya komissiyasi a’zosi ishtirokida ularning sifatini aniqlash va kalendar yilning 1-dekabrigacha foydalanishga yuborish uchun majburiy tartibda fizik-kimyoviy analiz qilinadi va degustatsiya jihatidan baholanadi.
Ishlab chiqarishda bo‘lgan alkogolli mahsulot har yili 2-marta — 1-dekabrda va 1-iyulda xatlashdan o‘tkazilishi kerak.
18. Aksiz markalari bo‘lmagan alkogolli ichimliklarni saqlashga yo‘l qo‘yilmaydi, mahsulotlar ishlab chiqaruvchilar tomonidan texnologik jarayonga muvofiq saqlanishi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib ketish uchun saqlanishi bundan mustasno. Olib ketish uchun saqlanayotgan alkogolli mahsulot hujjatida tovarning donalar (shishalar)dagi miqdori ko‘rsatilgan holda tamg‘a belgisi va javobgar shaxsning imzosi bilan tasdiqlanishi hamda muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lishi kerak.
19. Spirt va alkogolli mahsulotlar o‘lchangan, shu maqsadlar uchun maxsus mo‘ljallangan, xonalarda va muhofaza qilinayotgan hududda uni saqlashni ta’minlaydigan soz holdagi qulf armaturasi bo‘lgan idish (himoyalash qoplamasi bo‘lgan metall, dubdan ishlangan va boshqa)da saqlanadi. Alkogolli mahsulot ochiq maydonda saqlanganda mahsulot solingan idishlar plombalab qo‘yiladi.
20. Savdo tarmog‘ida sotish uchun tayyorlab qo‘yilgan alkogolli mahsulot standartlar talablariga javob berishi, markirovka, aksiz markalari, muvofiqlik belgisiga ega bo‘lishi va normativ talablarga javob beradigan xonalarda saqlanishi kerak. Mahsulot korxona laboratoriyasi xulosasi bilan chiqariladi va muvofiqlik sertifikati bilan jo‘natiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Vino-aroq mahsulotlarini, ko‘piklanadigan va vishillaydigan vinolarni, konyak va boshqa alkogolli mahsulotlarni savdo bazalarida, ishlab chiqaruvchi korxonalar va do‘konlarning omborxonalarida saqlash O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlashda vaqtidagi nobud bo‘lish normalari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasi va “O‘zkimyosanoat” uyushmasi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
23. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulot kalibrlangan katta idishlarda saqlanishi kerak. Har bir idish belgilangan tartibda tasdiqlangan kalibrlash jadvaliga ega bo‘lishi zarur.
24. Idishga quyilmagan alkogolli mahsulotni transportda tashish kalibrlangan temir yo‘l va avtomobil tsisternalarida amalga oshirilishi kerak. Sisternalar ularga haqiqatda qancha mahsulot sig‘ishini belgilovchi pasportga ega bo‘lishi lozim.
25. Alkogolli mahsulotlarni ulgurji sotishga faoliyatning ushbu turiga belgilangan tartibda olingan litsenziyaga ega bo‘lgan korxonalarga ruxsat beriladi va u ikki tomonlama shartnoma asosida ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Spirtdan foydalanuvchining yuqori tashkiloti tomonidan tasdiqlangan hisoblab chiqarilgan ehtiyojlariga muvofiq “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasining naryadi hamda yetkazib beruvchi bilan foydalanuvchi o‘rtasida tuzilgan yetkazib berish shartnomasi alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarish va iqtisodiyotning boshqa ehtiyojlari uchun spirt olish (berish)ga asos bo‘ladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
uzumning sanoat yo‘li bilan qayta ishlashga qabul qilinishi to‘g‘risidagi hisobot (iyul, avgust, sentyabr, oktyabr, noyabr);
vino materiallari, konyak spirti ishlatilishi to‘g‘risidagi hisobot (bir yilda 2-marta —1-iyulda va 1-yanvarda);
uzum vinosi, shampan vinosi va vishillaydigan vinolar, aroq, konyak, balzam ishlab chiqarish bo‘yicha hisobot (har oyda);
Oldingi tahrirga qarang.
Statistika hisobotlari, shuningdek yuqori tashkilotlarga va “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasiga ham taqdim etiladi. “O‘zvinosanoat-xolding” kompaniyasiga statistika hisobotlaridan tashqari mavsum bo‘yicha uzumni qayta ishlash to‘g‘risidagi yakuniy hisobot taqdim etiladi.
(27-bandning yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 24-martdagi 51-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 12-13-son, 105-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
28. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 26-noyabrdagi 418-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining budjetga aksiz solig‘i to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazorat o‘rnatuvchi moliya inspektorlari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq moliya inspektorlari:
spirt va vino-aroq mahsulotlarini amalda ishlab chiqarish, ulardan foydalanish va ularni sotish hajmlarining buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga muvofiqligi;
vino-aroq mahsulotlarining aksiz markalari va muvofiqlik belgilari bilan to‘g‘ri markirovka qilinishi;
spirt va alkogolli mahsulotlarni saqlash va berish (sotish) talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.