30.06.2001 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1045
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.07.2021
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni asosida va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va Auditorlik tekshirishlari rolini oshirish to‘g‘risida” 365-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan “Moliya hisobotida xatolar aniqlanganda auditorlik tashkilotining harakatlari” O‘zbekiston Respubltikasi auditorlik faoliyati milliy standarti (24-son AFMS) tasdiqlansin.
Mazkur Standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 22-sentabrdagi 365-son “Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarining ahamiyatini oshirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi.