LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining “Yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida” 1998-yil 1-maydagi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritiladigan ilova qilinayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar tasdiqlansin.
o‘z normativ hujjatlarini yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va mazkur qarorga muvofiqlashtirilsin;
yangi tahrirdagi “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining alohida moddalarini qo‘llash yuzasidan yo‘riqnoma va tavsiyanomalar ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1992-yil 13-maydagi 235-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1992-y., 5-son, 18-modda)dagi:
a) qaror va unga ilova matnlaridagi mehnat birjalariga ko‘rsatma mehnat organlariga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin;
b) qarorning 1-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “kvotalash tartibi to‘g‘risida” so‘zlari “qilish uchun ishchi o‘rinlarining eng kam miqdorini belgilash tartibi to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
3-bandidagi “mahalliy hokimlik organlari” so‘zlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
7-bandidagi “mahalliy boshqaruv idoralari (hokimliklar)” so‘zlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
20-bandidagi “mahalliy hokimliklar tomonidan” so‘zlari “joylardagi davlat xokimiyati organlari tomonidan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-bandidagi “jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
6-bandidagi “maktab, HTBYu, texnikumlar, OO‘Yu” so‘zlari “ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(“d” kichik band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 1-dekabrdagi 504-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan)
“Birinchi navbatda rivojlantirilishi kerak bo‘lgan hududlar har yili joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilanadi”;
uchinchi xatboshidagi “hunar-texnika bilim yurtlaridagi, o‘quv-kurs kombinatlarida, texnika maktablarida” so‘zlari “ta’lim muassasalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshidagi “yuqorida sanab o‘tilgan o‘quv yurtlari” so‘zlari “ta’lim muassasalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshi “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi bo‘linmalarining Davlat ish bilan ta’minlash xizmati” so‘zlari “Mehnat vazirligi va uning joylaridagi bo‘linmalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshigi “mahalliy boshqaruv organlari” so‘zlari “joylardagi davlat hokimiyati organlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish respublika jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida” 1992-yil 31-dekabrdagi 606-son qarori (Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 8-iyundagi 277-son qarori tahriri)ga ilova 6-bandining:
uchinchi xatboshidagi “Mehnat birjalarida” so‘zlari “Mehnat organlarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimidagi organlar faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1993-yil 11-martdagi 127-son qarorining:
5-bandning o‘n sakkizinchi xatboshidagi “kvotalanadigan” so‘zi “eng kam miqdordagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 18-maydagi 233-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 18-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi to‘g‘risidagi Nizomning:
4-bandi o‘n oltinchi xatboshidagi va 5-bandi yigirma to‘qqizinchi xatboshidagi “kvotalanadigan” so‘zi “eng kam miqdordagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga mamlakat tashqarisida va xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi mehnat faoliyatiga ruxsatnomalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda beradi”;
Keyingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholini ish bilan ta’minlash dasturini ishlab chiqarish va amalga oshirish tartibini tasdiqlash haqida” 1993-yil 24-iyundagi 310-son qarorining:
“Dastur mazmuni” bo‘limining o‘ninchi xatboshi “fermer” so‘zidan so‘ng “(dehqon)” so‘zi bilan tasdiqlansin;
Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Ish joylarini yaratish dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tavsiyanomalarda:
2-bandning birinchi xatboshidagi “mehnat birjalari” so‘zlari “mehnat bo‘limlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-bandning “g” kichik bandidagi “jamoa xo‘jaliklari va davlat xo‘jaliklari, dehqon” so‘zlari “qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari), dehqon” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni va Mehnat shart-sharoitlari davlat ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 29-iyuldagi 378-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 7-son, 29-modda)ning:
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining Davlat mehnat huquq inspeksiyasi to‘g‘risida nizomga 3-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 45-moddasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining — -moddasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni tashkil etish masalalari haqida” 1994-yil 24-avgustdagi 434-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 8-son, 40-modda)ga ilovaning 12-bandi uchinchi xatboshidagi “mehnat birjasida” so‘zlari “mehnat bo‘limida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolali oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 10-dekabrdagi 437-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 12-son, 35-modda) matnidagi mehnat birjalariga ko‘rsatmalar mehnat organlariga ko‘rsatmalar bilan almashtirilsin.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 11-martdagi 127-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi” 1997-yil 7-apreldagi 175-son qarorining:
4-bandning oltinchi xatboshidagi “band qilinadigan” so‘zlari “eng kam miqdorda” so‘zlari bilan almashtirilsin.