O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi to‘g‘risidagi nizomga asosan buyuraman:
1. Korporativ qimmatli qog‘ozlar bilan repo bitishuvlarni amalga oshirish to‘g‘risidagi nizom ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
2. Ushbu buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatiga olingan kundan o‘n kun o‘tgach amalga kiritilsin.