VAZIRLAR MAHKAMASINING “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDAGI DIPLOMATIK VA ULARGA TENGLAShTIRILGAN BOShQA ChET EL VAKOLATXONALARINING FAOLIYAT KO‘RSATIShI UChUN ZARUR ShART-ShAROITLAR YaRATISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 1993 YIL 25 MAYDAGI 247-SON QARORIGA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 2-iyuldagi 550-sonli “Xorijiy davlatlarning O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlarga xizmat ko‘rsatishni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalari kontingentining ishlashi, dam olishi va yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Yunusobod tumanining S-4 dahasidagi 10-uyda joylashgan binoni bir oy muddatda bo‘shatsin va ijtimoiy-madaniy hamda maishiy maqsadlardagi obyektlari majmui bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati balansiga topshirsin;
“Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasi bilan birga Baynalmilal ko‘chasidagi Tashqi ishlar vazirligi binolari majmui qurilishini 1994-yilning III choragida nihoyasiga yetkazish yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko‘rsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati (rekonstruksiya qilish va qurilish ishlari nihoyasiga yetkazilgandan so‘ng) Diplomatik chet el vakolatxonalari uchun ixtisoslashtirilgan do‘konni, qabul qilish zali va restorani bo‘lgan inter klubni, axborot-analitik markazni, ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini va mehmonxonani ko‘rsatilgan binolarga joylashtirsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika va elektrlashtirish vazirligi Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Kosmos” pioner lagerini keyinchalik rekonstruksiya qilish va chet el diplomatik vakolatxonalari uchun Dam olish uyi sifatida foydalanish maqsadida bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati balansiga topshirsin.
3. Dam olish uyi obyektlarini rekonstruksiya qilish va qurilish bo‘yicha bosh pudratchi etib “O‘zsanoatxo‘jalikqurilish” davlat korporatsiyasining 160-son tresti belgilansin va rekonstruksiya qilish ishlari 1994-yilning 1-iyuligacha tugallansin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Tashqi ishlar vazirligiga ushbu maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mablag‘larni ajratsin.
“O‘zsanoatqurilishbank” loyiha-smeta hujjatlari tasdiqlangunga qadar obyektlarni rekonstruksiya qilishni va qurishni haqiqiy xarajatlar bo‘yicha moliyaviy ta’minlasin.
4. “Toshshaharyo‘lovchitrans” davlat uyushmasi 2-avtokombinat negizida diplomatik chet el vakolatxonalari avtotransportiga xizmat ko‘rsatishni va tuzatishni ikki oy muddatda tashkil etsin.
5. Davlat sport qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati bilan birgalikda “Paxtakor” sport majmui negizida chet el Diplomatik vakolatxonalari uchun sport-sog‘lomlashtirish klubini ikki oy muddatda tashkil etsin.
“O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi sport-sog‘lomlashtirish majmui qurilishi nihoyasiga yetkazilgan va foydalanishga topshirilgandan so‘ng Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati talabnomasiga ko‘ra chet el diplomatiya vakolatxonalariga xizmat ko‘rsatishni tashkil etsin.
Krasnodon tor ko‘chasidagi o‘z balansiga berilgan 14 va 16-uylarni yangidan ochilgan Diplomatik vakolatxonalar uchun ofis qilib qayta jihozlasin;
Diplomatik va ularga tenglashtirilgan boshqa chet el vakolatxonalari bo‘lgan xizmat va uy-joy binolarini ijaraga berish uchun tuzilgan shartnomalarni qayta rasmiylashtirish ishlarini “Ijara to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 25-maydagi 247-son qaroriga muvofiq olib borsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga 1994-1995-yillarda Tashqi ishlar vazirligi uchun Diplomatik korpusga xizmat ko‘rsatish maqsadidagi obyektlarni rekonstruksiya qilish va jihozlashga oid ishlarni pul bilan ta’minlash maqsadida imtiyozli kredit ajratish tavsiya etilsin.
8. Tashqi ishlar vazirligi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va tuzatish bo‘yicha bosh pudratchi etib “Toshkentqurilish” davlat korporatsiyasining 159-tresti belgilansin.
9. “O‘zbeksavdo” davlat uyushmasi va “O‘zmaishiyxizmat” uyushmasi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan do‘konni va ijtimoiy-maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlarini zarur asbob-uskunalar, malakali kadrlar bilan butlashda va ularning ishini tashkil etishda ko‘maklashsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Qizilobod ko‘chasi, 20-uydagi garajni Tashqi ishlar vazirligi balansiga bersin.
11. O‘zbekiston Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqomi to‘g‘risida ilova qilinayotgan Vaqtinchalik nizom tasdiqlansin.
12. “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 1994-1995-yillarda chet el Diplomatik vakolatxonalarni joylashtirish uchun mo‘ljallangan obyektlarni rekonstruksiya qilish va asosli tuzatish maqsadida markazlashtirilgan sarmoya mablag‘lari ajratishni nazarda tutsinlar.
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari K.N. To‘laganov, U.T. Sultonov va B.S. Hamidovga yuklansin.
1. Ushbu Nizom diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarda ma’muriy-texnik xodimlar sifatida ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqomini belgilaydi.
Chet el vakolatxonalarida diplomatik lavozimlarda ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari “Diplomatik aloqalar haqida”gi 1961-yil Vena Konvensiyasi va “Konsullik aloqalari haqida”gi 1963-yil Vena Konvensiyasiga muvofiq imtiyozlar va daxlsizlik (immunitet)lardan foydalanadilar.
2. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari vakolatxonaning diplomatik, ma’muriy-texnik xodimlari tarkibiga akkreditatsiya qilinayotgan davlatning albatta roziligi bilan qabul qilingan kundan boshlab chet el vakolatxonasi xodimi maqomini oladilar.
3. Diplomatik va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalardagi ishga rasmiylashtirish zimmasiga chet el vakolatxonalarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun lozim shart-sharoitlar yaratib berish vazifasi yuklatilgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Diplomatik servis xizmati orqali amalga oshiriladi.
4. Ma’muriy-texnik, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar qatoriga yoki xususiy uy xizmatchisi sifatida ishga qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat sharoitlari O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonuni va ushbu Nizomga muvofiq shartnoma bilan belgilanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el vakolatxonalariga ishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi amaldagi qonuniga zid bo‘lmagan mehnat munosabatlarining o‘zaro ma’qullangan shartlari oldindan kelishilgan, ma’lum muddatga xodim va chet el vakolatxonasining boshlig‘i o‘rtasida tuzilgan yozma ravishdagi mehnat shartnomasi (kontrakti) bilan rasmiylashtiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining mehnat daftarchalarini yuritish, ishga qabul qilish yoki ishdan bo‘shatishni rasmiylashtirish haqidagi tegishli buyruqlarni chiqarish, ularning mehnat huquqlarini himoya qilish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Diplomatik servis xizmati tomonidan amalga oshiriladi.
7. Mehnat shartnomasi (kontrakti) tomonlardan har birining talabiga ko‘ra bekor qilinishi mumkin. Shartnoma chet el vakolatxonasi tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda ishdan bo‘shatilgan xodimga ishdan bo‘shaganda beriladigan pul O‘zbekiston Respublikasining qonuni bilan belgilangan tartibda va miqdorda to‘lanadi.
Shartnoma chet el vakolatxonasi xodimi tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda ishdan bo‘shaganda beriladigan pul unga, agar bunday bekor qilish vakolatxonaning shartnoma bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini bajarmaganligi tufayli kelib chiqqan bo‘lsa, to‘lanadi.
8. Diplomatik va ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalari o‘zlarida ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari jumlasidan bo‘lgan mutaxassislar uchun tegishli fondlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan nazarda tutilgan holda belgilangan tartibga muvofiq badallarni o‘tkazadilar.
9. Chet el vakolatxonalarida ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga soliq solish O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan olinadigan soliqlar haqidagi qonunga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
10. Chet el vakolatxonalarida ishlovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari qonunga xilof ravishda xatti-harakat qilganlari uchun O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq umumiy asoslarda javobgarlikka tortiladilar.
11. Diplomatik va boshqa ularga tenglashtirilgan chet el vakolatxonalarida ishlash uchun qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari:
muddati shartnoma tuzgan tomonlar kelishuvi bo‘yicha belgilangan, ammo haftasiga 40 soatdan oshmaydigan normalangan ish vaqti;
har yilgi pul to‘lanadigan ta’tillarga va yakshanba, bayram kunlarida dam olish. Bayram va dam olish kunlarida, shuningdek, ishdan tashqari vaqtda ishlanganligi uchun haq to‘lash chet el vakolatxonasi tomonidan tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida ko‘zda tutilgan vaqtinchalik ishga yaroqsizligi uchun nafaqa va ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha boshqa nafaqalar olish;
O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan ularga berilgan boshqa huquqlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
o‘z vazifalarini tegishli ravishda va mehnat shartnomasi (kontrakt)da aytilgan shartlarga muvofiq bajarishga;
chet el vakolatxonasiga foydalanish uchun berilgan hududlar va binolarda akkreditatsiya qiluvchi davlat tomonidan belgilangan mehnat intizomi, o‘zini tutish qoidalari, tartib va boshqa normalarga amal qilishga;
chet el vakolatxonasida ishlagan vaqtida olgan xoh valyutadagi, xoh mahalliy pul birligidagi daromadlardan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan belgilangan tartibda soliqlar to‘lashga;