LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-son va “2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PF-5635-son Farmonlari)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Aholining xususiylashtirish jarayonlarida ishtirokini kengaytirish, xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalariga qo‘yiladigan mablag‘larni muhofaza qilish, investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyadorlariga dividendlar fondlar tomonidan aksiyadorlik jamiyatlarining sotib olingan va ularning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalari bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar (diskontlar) va banklarning depozit schyotlaridagi omonatlardan foizlar bo‘yicha olingan daromadlardangina to‘lanadi;
Keyingi tahrirga qarang.
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalarini aholi o‘rtasida tarqatish natijalariga ko‘ra uning amalda to‘langan ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin har qaysi aksiyadorning qatnashuv ulushi, shu jumladan muassislar ulushi xususiylashtirish investitsiya fondi ustav sarmoyasining 5 foizidan oshishi mumkin emas;
xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun haq to‘lash muddatini kechiktirish tarzidagi maxsus davlat krediti yangi tashkil etilayotgan Xususiylashtirish investitsiya fondlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan besh yilgacha muddatga beriladi. Ko‘rsatib o‘tilgan kredit uning buyurtmanomasiga ko‘ra Xususiylashtirish investitsiya fondiga xususiylashtirilgan korxonaning Xususiylashtirish investitsiya fondiga beriladigan aksiyalari qiymatining 30 foiziga XIFning o‘z pul mablag‘lari bilan haq to‘langan taqdirdagina beriladi.
XIFlarga kimoshdi savdolari orqali sotish uchun aksiyalar miqdori ko‘rsatilgan 200 ta ochiq aksiyadorlik jamiyatlari ro‘yxati 1-ilovaga* muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasiga ilgari tasdiqlangan ro‘yxatga qo‘shimcha ravishda:
Vazirlar Mahkamasining “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari ustav jamg‘armasidagi davlat ulushi to‘g‘risida” 1998-yil 30-iyundagi 272-son qarori bilan tasdiqlangan strategik korxonalar ro‘yxatiga kirmagan, xususiylashtirilgan korxonalar bo‘yicha davlatga tegishli aksiyalarning 25 foizdan ortiq miqdoridagi;
xususiylashtirilgan korxonalarning erkin sotishga va xorijiy investorlarga mo‘ljallangan ulushlar hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish va respublikaning fond bozorida xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1997-yil 31-martdagi PF-1740-son Farmoniga muvofiq XIFlarning aksiyalar tarkibini o‘zgartirishdan oldingi bu korxonalar ustav jamg‘armasidagi (ustav jamg‘armasining 30 foizigacha doirasida) XIFlar ulushini tiklaydigan miqdordagi aksiyalarni XIFlarga sotish uchun qo‘yishiga ruxsat etilsin.
Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi balans qiymati bilan baholangan, eng kam oylik ish haqining kamida 5000 baravari miqdoriga teng o‘z moddiy aktivlariga ega bo‘lishi shart. Ko‘rsatib o‘tilgan summa Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondini boshqarishning barcha davrida kamaymasligi shart;
Boshqaruvchi kompaniyaning o‘z moddiy aktivlari summasi, ikkinchi va keyingi Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari bilan kontrakt tuzganda har safar eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravariga teng summaga ko‘payishi shart.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozorini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi mazkur qaror qabul qilingungacha litsenziya olgan Boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan o‘z moddiy aktivlari ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiqlashtirilishini, ular:
1998-yil 31-dekabrgacha eng kam oylik ish haqining kamida 1000 baravarigacha, plyus har bir boshqariladigan fond uchun, ikkinchi fonddan boshlab, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha teng summaga;
1999-yil 31-dekabrgacha eng kam oylik ish haqining kamida 3000 baravarigacha, plyus har bir boshqariladigan fond uchun, ikkinchi fonddan boshlab, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha teng summaga;
2000-yil 31-dekabrgacha eng kam oylik ish haqining kamida 5000 baravarigacha, plyus har bir boshqariladigan fond uchun, ikkinchi fonddan boshlab, eng kam oylik ish haqining 200 baravarigacha teng summaga yetkazilishini ta’minlasinlar.
4-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlarining, ularning investitsiya portfelidagi xususiylashtiriladigan korxonalar aksiyalaridan dividend sifatida olingan daromadlari (foydasi), shuningdek Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlarining xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olishga yo‘naltiriladigan daromadlari (foydasi) soliqlardan, shuningdek budjetdan tashqari jamg‘armalarga yig‘imlar va to‘lovlardan ozod qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq bankining belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyalarining rasmiy bosh tarqatuvchisi funksiyalarini uning zimmasiga yuklash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, XIFlar dasturlarining bosh muvofiqlashtiruvchisi sifatida, boshqa tijorat banklarini, shuningdek belgilangan talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa moliya tashkilotlarini ham XIFlar aksiyalarining tarqatuvchisi tariqasida jalb etishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
7. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 8-iyundagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi hududida qimmatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga o‘zgartirish kiritilib, 27-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Toshkent” respublika fond birjasi daromadlari a’zolik badallari, ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushumlar va Birjaning qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha yig‘imlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori Birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi”.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi aholiga ularning xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etish huquqlari va tartibini tushuntirish maqsadida axborot-ma’rifiy kampaniyani tashkil etsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
“O‘zteleradio” kompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ushbu axborot-ma’rifiy kampaniyani amalga oshirishga ko‘maklashsinlar va buning uchun bepul efir vaqti ajratsinlar.
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya fondlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1996-yil 18-iyundagi 220-son qaroriga 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 27-sentabrdagi 405-f-son farmoyishining xususiylashtirilgan korxonalarning XIFlarga sotilmagan aksiyalariga doir qismi bekor qilinsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi investitsiya fondlari va xususiylashtirish investitsiya fondlari, boshqaruvchi kompaniyalar faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari V. A. Chjen zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasida investitsiya fondlarini tashkil etish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tuzish va tugatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya fondlarini tashkil etish va ularning faoliyati “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son, “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va mazkur Nizom bilan tartibga solinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Investitsiya fondlari jismoniy va yuridik shaxslarning foyda (daromad) olish uchun qimmatli qog‘ozlarga, bank schyotlari va omonatlarga fond nomidan qo‘yiladigan mablag‘larini jamlash hamda aksiyadorlarning qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatishida tavakkalchiliklarni kamaytirish maqsadida tashkil etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Investitsiya fondi aksiyalar chiqaruvchi va sotib oluvchi, qimmatli qog‘ozlar bilan boshqa bitishuvlarni amalga oshiruvchi, shuningdek o‘zlari aksiyalariga egalik qiluvchi korxonalar faoliyatini rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador huquqi bilan qatnashuvchi yuridik shaxs hisoblanadi. Ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar investitsiya fondi faoliyatining alohida turi hisoblanadi.
Investitsiya fondining bunday mablag‘ qo‘yish bilan bog‘liq barcha tavakkalchiliklari, ular bozor narxi o‘zgarishidan ko‘rilgan barcha daromad va zararlar aktivlar qiymatini va (yoki) fond aksiyalarining joriy narxlarini o‘zgartirish yo‘li bilan to‘liq hajmda ushbu fond aksiyadorlari hisobiga tegishli bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Investitsiya fondlari qimmatli qog‘ozlarni ularni sotib olish majburiyati bilan chiqarishlari mumkin, ya’ni ushbu fondning qimmatli qog‘ozlari egalariga ularning talablariga ko‘ra qimmatli qog‘ozning o‘rniga pul olish yoki fondi ustaviga (ochiq turdagi fondga) muvofiq boshqa mol-mulkni olish yoki emitent (yopiq turdagi fondga) tomonidan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish majburiyatisiz chiqarish huquqini beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Tashqi yuridik va jismoniy shaxslarning mablag‘larini jalb qilish asosida investitsiya faoliyatini amalga oshiruvchi barcha yuridik shaxslar o‘zlarining ta’sis hujjatlarini mazkur Nizomga muvofiqlashtirganlaridan va belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan so‘ng investitsiya fondi maqomini oladilar.
Faoliyati banklar va sug‘urta kompaniyalari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan banklar va sug‘urta kompaniyalari investitsiya fondlari hisoblana olmaydilar.
7. Investitsiya fondi faoliyatini faoliyatning boshqa turlari bilan birga qo‘shib olib borishga yo‘l qo‘yilmaydi.
8. Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolagan yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya fondining muassislari bo‘lishlari mumkin. Investitsiya fondi kamida ikki muassisga ega bo‘lishi kerak. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining investitsiya fondlari faoliyatida ishtirok etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, davlat boshqaruvi organlari davlat mulkini boshqarish bo‘yicha qonun hujjatlari bilan berilgan vakolatlar doirasida investitsiya fondlari qatnashchilari bo‘lishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasnodir.
Xorijiy yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya fondlarida ishtirok etishlarining xususiyatlari amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Muassislar investitsiya fondining davlat ro‘yxatidan o‘tgunga qadar paydo bo‘lgan majburiyatlari bo‘yicha birgalikda javobgar bo‘ladilar. Fond muassislarning uni tashkil etish bilan bog‘liq majburiyatlari bo‘yicha ularning xatti-harakati keyinchalik fond aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tomonidan ma’qullangan taqdirdagina javob beradi.
9. Fond muassislarining o‘zaro munosabatlari uni tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi bilan tartibga solinadi. Ta’sis shartnomasi muassislar tomonidan fondni ta’sis etish bo‘yicha birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilab beradi.
muassislarning aksiyalarga yozilgan aksiyadorlar va uchinchi shaxslar oldidagi javobgarligi, zararlarni qoplash tartibi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan Namunaviy kontraktlarga muvofiq investitsiya fondini boshqarish uchun depozitariy va boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan kontraktlar loyihalarini tasdiqlaydi, fondning muassislar Kengashi raisini ushbu kontraktlarni tuzishga vakil qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Investitsiya fondi muassislari Kengashi fond aksiyadorlarining birinchi Umumiy yig‘ilishi o‘tkazilgungacha Kuzatuvchi kengash funksiyasini bajaruvchi fondni boshqarishning vaqtinchalik organi hisoblanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan aksiyadorlik jamiyati ustavi mazmuniga qo‘yiladigan talablarga qo‘shimcha ravishda investitsiya fondi ustavi majburiy tartibda quyidagi qoidalarni o‘z ichiga olishi kerak:
Keyingi tahrirga qarang.
boshqaruvchi kompaniyaning huquqlari va majburiyatlari, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida u bilan kontrakt tuzish, zarar yetkazilgan hollarda uning investitsiya fondi va aksiyadorlar oldidagi javobgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
investitsiya fondining barcha aksiyalari bir xil ovoz berish huquqi bilan oddiy aksiyalar bo‘lib hisoblanishi haqidagi ko‘rsatma;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazida (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi), shuningdek sudda o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
fond Kuzatuvchi kengashi, boshqaruvchi kompaniya yoki depozitariyning ishni bilmasligi yoki g‘arazli xatti-harakati natijasida yetkazilgan zararlarni undirish;
Keyingi tahrirga qarang.
“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarni berishi alohida qayd etilishi kerak.
12. Investitsiya fondi nomiga “investitsiya fondi” so‘zlari qo‘shib yozilishi kerak. Mazkur Nizomga muvofiq faoliyat ko‘rsatuvchi investitsiya fondlaridan tashqari boshqa shaxslar o‘z nomlariga “investitsiya fondi” so‘zlarini yoki shunga o‘xshash ma’noga ega bo‘lgan so‘zlarni qo‘shib yozish huquqiga ega emaslar.
Investitsiya fondining nomi uning biror-bir milliy-davlat yoki ma’muriy-hududiy tuzilmaga, shuningdek vazirliklar, idoralar yoki jamoat tashkilotlariga taalluqli ekanligini anglatmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
13. Investitsiya fondining ustav fondi u ta’sis etilayotganda uning muassislari ulushlari hisobiga shakllanadi va u eng kam oylik ish haqining kamida 200 baravarini tashkil etishi kerak. Investitsiya fondi ta’sis etilayotgan vaqtda uning ustav fondi muassislar o‘rtasida taqsimlangan bo‘lishi kerak.
13-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
ustav fondi qiymatining 100 foizini investitsiya fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay to‘lashlari kerak.
Fond aksiyasiga birinchi yozilish investitsiya fondi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab kechi bilan uch oyda amalga oshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Investitsiya fondining ustav fondi naqd pul yoki naqd pulsiz tartibda pul mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar, ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk bilan to‘lanishi mumkin.
Investitsiya fondini ta’sis etishda uning ustav fondining kamida 75 foizi pul shaklida to‘lanishi kerak.
15. Muassislar fondni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtiga qadar boshlang‘ich sarmoya sifatida qo‘yilgan ulushlarni qaytarib olish huquqiga ega emaslar.
16. Investitsiya fondini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish aksiyadorlik jamiyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda, mazkur Nizomda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
17. Investitsiya fondi o‘z faoliyatini (shu jumladan boshqaruvchi kompaniya orqali fond aksiyalariga yozilishni, qimmatli qog‘ozlar chiqarish, sotib olish yoki sotishni, o‘z faoliyatini reklama qilishni, ommaviy axborot vositalari orqali aksiyalar sotilishi to‘g‘risida xabar berishni) faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) olingandan keyin amalga oshirish huquqiga egadir.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Investitsiya fondi, agar u belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lsa va qimmatli qog‘ozlar bozorida investitsiya instituti sifatida faoliyatni amalga oshirishga ruxsatnoma olgan bo‘lsa, tashkil etilgan deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(20—22-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
23. Aksiyalar chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun investitsiya fondi-emitent Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markaziga Emissiyaning namunaviy prospektiga muvofiq tuzilgan emissiya prospektini taqdim etishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Investitsiya fondi aksiyalarini chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish Markaz tomonidan belgilangan aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
25. Aksiyadorlarni va ularning investitsiyalarini himoya qilish maqsadida Markaz investitsiya fondi rioya qilishi majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilaydi.
26. Investitsiya fondini tashkil etishda aksiyalar ochiq yozilish yo‘li bilan tarqatiladi. Aksiyalarga yozilish fond muassislari tomonidan boshqaruvchi kompaniya orqali tashkil etiladi.
Boshqaruvchi kompaniya bo‘lajak aksiyalarga yozilish haqidagi bildirishnomani e’lon qiladi. Unda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Muassislar yoki boshqaruvchi kompaniya qaroriga ko‘ra ko‘rsatib o‘tilgan bildirishnomaga boshqa ma’lumotlar ham kiritilishi mumkin. Aksiyalarga yozilish muddati olti oydan oshmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
27. Aksiyalarga yozilish tugallangandan keyin investitsiya fondi ustav fondi keyinchalik adliya organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan holda ular tomonidan haqiqatda joylashtirilgan aksiyalar miqdoriga muvofiqlashtiriladi.
28. Investitsiya fondini boshqarish va uning faoliyatini nazorat qilish aksiyadorlik jamiyatlari uchun O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan tartibda mazkur Nizom bilan belgilanadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
29. Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi investitsiya fondi boshqaruvining yuqori organi hisoblanadi, umumiy yig‘ilishning mutlaq vakolatiga amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilangan vakolatlardan tashqari quyidagilar tegishli bo‘ladi:
depozitariy bilan tuzilgan kontraktni, investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan kontraktni, shu jumladan depozitariyni va boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash miqdorlarini belgilash tartibini, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni ma’qullash.
30. Aksiyalarning birinchi umumiy (ta’sis) yig‘ilishi investitsiya fondi aksiyalariga yozilish tamom bo‘lgan sanadan boshlab 60 kundan kechikmay o‘tkaziladi.
jamiyat muassislari Kengashi raisining axborotini va boshqaruvchi kompaniyaning fondni ta’sis etish davomida olib borilgan ishlar haqidagi hisobotini eshitadi;
jamiyat Kuzatuvchi kengashini saylaydi va uning raisiga depozitariy va boshqaruvchi kompaniya bilan kontraktlar tuzish (qayta tuzish) vakolatini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
31. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, agar unda investitsiya fondi ustaviga muvofiq kamida 60 foiz ovozga ega bo‘lgan (kvorum) aksiyadorlar qatnashayotgan bo‘lsa, huquqiy vakolatli bo‘ladi. Investitsiya fondi umumiy yig‘ilishida ovoz berish: bir aksiya — bir ovoz asosida amalga oshiriladi.
Kvorum bo‘lmaganda aksiyadorlarning yangi yig‘ilishini chaqirish sanasi 14 kalendar kunga ko‘chiriladi.
Investitsiya fondi ustavini o‘zgartirish va unga qo‘shimchalar kiritish, uning faoliyatini to‘xtatish, filiallar tashkil etish va ularning faoliyatini to‘xtatish, ustav fondini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish uchun aksiyadorlar yig‘ilishida qatnashayotganlarning to‘rtdan uch qismidan ko‘p ovozi zarur bo‘ladi.
Qolgan boshqa barcha masalalar bo‘yicha qarorlar yig‘ilishda qatnashayotgan aksiyadorlarning oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
32. Investitsiya fondi bir yilda bir marta, aksiyadorlarning boshqa yig‘ilishlaridan qat’i nazar, aksiyadorlarning umumiy yillik yig‘ilishini o‘tkazadi. Umumiy yillik yig‘ilishlar orasidagi davr 15 oydan oshib ketmasligi kerak.
33. Investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishlari orasidagi davrda rais boshchilik qiladigan Kuzatuvchi kengash uning yuqori organi hisoblanadi.
34. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi a’zolarining soni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan belgilanadi, ammo ularning soni toq bo‘lishi kerak (500 dan ortiq aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlar bor bo‘lgan fond uchun Kuzatuvchi kengashning son tarkibi yetti a’zodan kam bo‘lmasligi, 1000 dan ortiq aksiyalar egasi bo‘lgan aksiyadorlar bor bo‘lgan fond uchun to‘qqiz a’zodan kam bo‘lmasligi kerak).
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi a’zolari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan aksiyadorlar orasidan qonun hujjatlarida va investitsiya fondi ustavida nazarda tutilgan tartibda saylanadi. Ovozlarning eng ko‘p sonini olgan nomzodlar Kuzatuvchi kengash tarkibiga saylangan hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
35. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi Kuzatuvchi kengash a’zolari tomonidan uning tarkibidan Kuzatuvchi kengash saylangan a’zolari umumiy sonining ko‘pchilik ovozi bilan saylanadi.
36. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida qaror hozir bo‘lganlarning ko‘pchiligining ovozi bilan qabul qilinadi. Jamiyat Kuzatuvchi kengashi majlisida masalalarni hal etishda Kuzatuvchi kengashning har bir a’zosi bir ovozga ega bo‘ladi.
Jamiyat Kuzatuvchi kengashi bir a’zosi tomonidan ovozlarning Kuzatuvchi kengashning boshqa a’zosiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
37. Kuzatuvchi kengash fond faoliyatida qonunchilikka rioya qilinishi, shu jumladan boshqaruvchi kompaniya va depozitariy va fond faoliyatini ta’minlovchi boshqa shaxslar bilan kontraktlar tuzilishi, shuningdek ushbu kontraktlar bajarilishi ta’minlanishi uchun javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Investitsiyalarni boshqarish va investitsiya fondining qimmatli qog‘ozlari paketini shakllantirish hamda maslahatchi sifatida fondga xizmat ko‘rsatish investitsiya fondi o‘z aktivlarini boshqarish vakolatini bergan, belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan boshqaruvchi kompaniya tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
39. Investitsiya fondi bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida kontrakt tuzuvchi investitsiya institutining qimmatli qog‘ozlar bozorida faoliyat ko‘rsatish huquqiga ega degan maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) bo‘lishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
41. Davlat boshqaruvi organlari, shuningdek ustav fondidagi davlat ulushi 25 foizdan ortiq bo‘lgan, ular tomonidan ta’sis etilgan korxonalar, jamoat tashkilotlari va ular tomonidan tashkil etilgan korxonalar, tobe shaxslar investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniyasi bo‘la olmaydilar.
Tobe shaxslar deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar — mazkur investitsiya fondi ovoz beruvchi aksiyalarining 10 foizidan ortig‘i tegishli bo‘lgan boshqaruvchi kompaniya va uning mansabdor shaxslari, muassislari, shuningdek aksiyadorlari, investitsiya fondining biror-bir yuridik yoki jismoniy shaxsiga ovoz beruvchi aksiyalarning 10 foizdan ortig‘i tegishli bo‘lgan aksiyadorlik jamiyati tushuniladi. Tobe shaxslar sirasiga investitsiya fondlarini boshqarish to‘g‘risida mazkur boshqaruvchi kompaniya bilan kontrakt tuzgan barcha investitsiya fondlari kiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
42. Investitsiya fondi qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash a’zolari boshqaruvchi kompaniya muassislari va a’zolari bo‘lishlari mumkin emas, boshqaruvchi kompaniya muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslar, mutaxassislar va ularning tobe shaxslari esa investitsiya fondi aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslari investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi, shuningdek uning boshqaruvchi kompaniyasi tarkibiga saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
43. Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan vakil qilingan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi raisi fond nomidan boshqaruvchi kompaniya bilan investitsiya fondi aktivlarini boshqarish to‘g‘risida kontrakt tuzadi, kontraktda quyidagilar belgilanadi:
Fondni ta’sis etish bosqichida boshqaruvchi kompaniya bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin boshqaruvchi kompaniya bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi ma’qullagan tahrirda qayta tuziladi.
Boshqaruvchi kompaniya bilan tuziladigan kontraktda uning amal qilishi muddatidan oldin to‘xtatilishi uchun kompensatsiya belgilanishiga yo‘l qo‘yiladi, u kontraktda nazarda tutilgan boshqaruvchi kompaniyani yillik mukofotlashning 20 foizidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Agar u investitsiya fondining uning amal qilishini muddatidan oldin to‘xtatishga bo‘lgan huquqini cheklasa ko‘rsatib o‘tilgan kontraktning istalgan qoidasi haqiqiy hisoblanmaydi. Investitsiya fondi faoliyatidagi cheklashlar boshqaruvchi kompaniyaning bajarishi uchun majburiy hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Boshqaruvchi kompaniya bilan tuzilgan kontraktga o‘zgartirish va qo‘shimchalar boshqaruvchi kompaniya bilan kelishuv bo‘yicha investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra kiritilishi mumkin.
45. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi boshqaruvchi kompaniya bilan tuziladigan bitishuvlar ro‘yxatini, shuningdek bitishuvlar xususiyati va hajmi bo‘yicha cheklashlarni belgilashga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
46. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan boshqaruvchi kompaniya o‘z faoliyatini investitsiya fondi nomidan amalga oshiradi, ushbu korxonalarning investitsiya fondiga tegishli aksiyalariga muvofiq korxonalar aksiyadorlari umumiy yig‘ilishlarida aksiyador sifatida qatnashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
47. Boshqaruvchi kompaniya e’tiborsizlik, qalloblik va qonun bilan taqiqlangan boshqa xatti-harakatlar natijasida sud tomonidan isbotlangan yo‘qotishlar uchun investitsiya fondi oldida javob beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
48. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan mukofotning yillik miqdori investitsiya fondi bilan tuziladigan kontraktda nazarda tutiladi va investitsiya fondi sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Ko‘rsatilgan summaga kontraktni bajarish bo‘yicha boshqaruvchi kompaniya tomonidan qilingan barcha sarf-xarajatlar o‘rnini to‘ldirish ham qo‘shiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan mukofotdan tashqari boshqaruvchi kompaniyaga kontraktga muvofiq yil natijalari bo‘yicha mukofot puli to‘lanishi mumkin, biroq u fond sof aktivlari yillik o‘sishi summasining 7 foizidan, mazkur yilga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha sof aktivlarni depozitlarga joylashtirishda yuz beradigan o‘sishdan yuqori bo‘lmasligi kerak.
48-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
49. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi a’zolariga va shuningdek boshqaruvchi kompaniya rahbarlariga aksiyalarni fond birjasida (birjalarning fond bo‘limlarida) sotuvlarga qo‘yish ekspertizasida qatnashish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
50. Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
52. Fondni ta’sis etish bosqichida depozitariy bilan shartnomani muassislar Kengashi raisi tuzadi. Ko‘rsatib o‘tilgan shartnoma tasdiqlangandan keyin fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangandan keyin depozitariy bilan shartnoma fond Kuzatuvchi kengashi raisi tomonidan qayta tuziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
53. Depozitariy bilan tuzilgan kontraktga o‘zgartirish va qo‘shimchalar depozitariyning bunga roziligini olgan holda investitsiya fondi aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
54. Depozitariy investitsiya fondining kreditori va kafolatchisi bo‘lish huquqiga ega emas. Depozitariy depozitariy bilan tuzilgan kontrakt talablarini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlarni almashtirish, sotib olish va sotishga cheklashlarni nazarda tutgan holda investitsiya fondi qimmatli qog‘ozlari bilan operatsiyalarni hisobga oladi va nazorat qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
55. Depozitariyning talabiga ko‘ra uning vakili maslahat ovozi huquqi bilan investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining majlisiga qo‘yilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
56. Boshqaruvchi kompaniya, investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariyning mansabdor shaxslari o‘z xatti-harakatlarida quyidagi qoidalarga amal qilishga majburdirlar:
Kuzatuvchi kengashning maxsus ruxsatisiz ular qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan bitishuvlarga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga (ustav fondida investitsiya fondining ulushi bo‘lgan kompaniyaga) maslahat berish huquqiga ega bo‘lmaydilar;
investitsiya fondi boshqaruvchi kompaniyasi bilan ustav fondida investitsiya fondining ulushi bo‘lgan korxona o‘rtasidagi har qanday shartnoma Kuzatuvchi kengash tomonidan ma’qullanishi shart;
investitsiya fondi bilan korxona yoxud undan mansabdor shaxslar, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi xodimlari iqtisodiy manfaatdor bo‘lgan boshqa yuridik shaxs o‘rtasidagi har qanday bitishuv investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi tomonidan tasdiqlanishi shart. Investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi va boshqaruvchi kompaniya a’zolari, agar ular yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar bilan mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda bo‘lsalar, yoxud ustav fondida 5 va undan ko‘p foiz ulush investitsiya fondiga tegishli bo‘lgan yoki investitsiya fondi aksiyalarining 5 va undan ko‘p foizi unga tegishli bo‘lgan yuridik shaxsga nisbatan mulk egasi yoki kreditor huquqlariga ega bo‘lsalar iqtisodiy manfaatdor deb hisoblanadilar;
boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning mansabdor shaxslari, shuningdek investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi a’zolari investitsiya fondidan olingan axborotning maxfiyligini ta’minlashlari kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
57. Investitsiya fondi boshqaruvchi kompaniyasi va depozitariy o‘z xatti-harakatlari bilan investitsiya fondiga va aksiyadorlarga yetkazilgan yo‘qotish va zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq shuningdek, investitsiya fondi bilan boshqaruvchi kompaniya va depozitariy o‘rtasida tuzilgan kontraktlarda nazarda tutilgan tartibda va miqdorlarda summa va penyani undirish tartibi ko‘rsatilgan holda, javob beradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
58. Investitsiya fondi fondning, boshqaruvchi kompaniya va depozitariyning hujjatlarini va hisobotlarini har yili tekshirish uchun mustaqil auditor tayinlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
59. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni soxtalashtirganliklari, o‘g‘irlaganliklari va boshqa g‘arazli jinoyatlar qilganliklari uchun sudlangan shaxslar investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashining a’zolari bo‘lishlari, shuningdek uning boshqaruvchi kompaniyasi, depozitariy vazifasini bajarishlari yoki mustaqil auditor bo‘lishlari mumkin emas. Mazkur talab bajarilishini nazorat qilish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va Qimmatli qog‘ozlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
obligatsiyalarni, imtiyozli aksiyalarni va boshqa pul majburiyatlarini chiqarish (ustavda belgilangan tartibda bank kreditlarini jalb qilish bundan mustasno), ularning egalari egasi yozilgan oddiy aksiyalar egasi bo‘lganlarga nisbatan tugatishdan keyin aktivlarni sotib olishda ustun huquqqa ega bo‘ladilar;
istalgan aksiyadorlik jamiyatining oddiy aksiyalarini sotib olgandan keyin investitsiya fondi tobe shaxslariga ushbu jamiyat aksiyalarining 10 foizidan ortig‘i tegishli bo‘lgan taqdirda ularni sotib olish;
o‘z sof aktivlarining 10 foizidan ortig‘ini bir emitentning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish, davlat qimmatli qog‘ozlari bundan mustasno;
unga tegishli bo‘lmagan yoki ularni sotib olish huquqiga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlarni sotish to‘g‘risida shartnomalar tuzish;
kredit bitimi imzolangan sanada uzilishi shart bo‘lgan qarzlarning umumiy miqdori investitsiya fondi sof aktivlarining bozor qiymatidan 15 foiz oshib ketgan hollarda qarz mablag‘larini jalb etish. Qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak va muddati uzaytirilmaydi. Fond kredit bitimini faqat o‘z aksiyalarini aksiyadorlardan sotib olish uchun pul mablag‘lariga bo‘lgan qisqa muddatli ehtiyojni qondirish maqsadida tuzishi mumkin;
tashkiliy-huquqiy shakllari uning qatnashchilarining to‘liq javobgarligini nazarda tutuvchi yuridik shaxslarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qo‘yish;
kompaniya boshqaruvchisi, depozitariy, mustaqil auditor, fond muassislari tomonidan, shuningdek fond aksiyalarining 5 va undan ko‘proq foiziga egalik qiluvchi aksiyadorlar, ushbu shaxslar nazorat qiluvchi yoki ularning nazorati ostida bo‘lgan korxonalar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga investitsiya qo‘yish;
Keyingi tahrirga qarang.
vositachilar, xususiylashtirish obyektlari, shu jumladan xususiylashtirilayotgan korxonalarning aksiyalarini, ulushlarini, paylarini sotishda ularning vakillari sifatidagi faoliyatni amalga oshirish;
fond tomonidan chiqarilgan investitsiya fondi sof aktivining 5 foizidan oshib ketuvchi summadagi aksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi egalik qiladigan, davlat tasarrufidan chiqarish jarayonida tashkil topgan aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalariga almashtirish. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi egalik qiluvchi investitsiya fondi aksiyalarining ulushi investitsiya fondi sof aktivlarining 5 foizidan oshib ketishi mumkin emas;
Keyingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tmagan yoki O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida asosiy faoliyatni amalga oshirayotgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qo‘yish;
investitsiya faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan bitimlarni tuzish, har qanday opsionlarni yoki fyucherslik kontraktlarini sotib olish.
Keyingi tahrirga qarang.
61. Yuqorida ko‘rsatilgan cheklashlarga rioya qilmaslik investitsiya fondining faoliyatini to‘xtatishga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda investitsiya fondini tugatishga va boshqaruvchi kompaniyaning mansabdor shaxslariga nisbatan huquqiy, ma’muriy, moddiy javobgarlikka tortish choralari qo‘llanilishiga olib keladi.
Keyingi tahrirga qarang.
62. Moliyaviy ahvolni, investitsiya fondi sof aktivlarini baholash Investitsiya fondi moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usuli va Investitsiya fondining sof aktivlarini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
63. Fond sof foydasining bir qismi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra dividendlarni to‘lash uchun taqsimlangunga qadar uning ustavi bilan belgilangan tartibda va doirada ustav sarmoyasini ko‘paytirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Soliqlar, majburiy to‘lovlar va boshqaruvchi kompaniyani rag‘batlantirish to‘lovi to‘langandan so‘ng qolgan hamda sarmoyani ko‘paytirish uchun yo‘naltirilmagan fond foydasi uning aksiyadorlari o‘rtasida dividendlar sifatida taqsimlanadi.
Fond aksiyadorlariga dividendlar aksiyadorlik jamiyatlarining fondlar investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalar bo‘yicha, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar (diskontlar) va banklarning depozit schyotlaridagi omonatlardan foizlar bo‘yicha fond tomonidan olingan daromadlardangina to‘lanishi mumkin.
Professional xizmatlarga haq to‘lash bilan bog‘liq barcha xarajatlar, shuningdek quyidagi sarf-xarajatlar fondning bankdagi hisob-kitob schyotidan qoplanadi:
kontraktga muvofiq boshqaruvchi kompaniya tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash, bu fond sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 5 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
kontraktga muvofiq fondga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha depozitariyga haq to‘lash, bu fond sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining 2 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak;
taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq fond ustaviga, emissiya prospektiga yoki fond faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa huquqiy hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish va taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq ularni ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari, shu jumladan fond aksiyalari yoki aksiyalari sertifikatlarini birinchi joylashtirishda ularni tayyorlash xarajatlari;
ommaviy axborot vositalarida fond reklamasiga haq to‘lash xarajatlari aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan miqdorda, biroq taqdim etilgan to‘lov hujjatlariga muvofiq fond aksiyalarini joylashtirish yakunlari bo‘yicha fond tomonidan boshqaruvchi kompaniyaga to‘lanadigan aksiyalarni joylashtirishdan olingan mablag‘larning 4 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
fond Kuzatuvchi kengashi a’zolari tomonidan o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash va ularni mukofotlash fond sof aktivlarining o‘rtacha yillik qiymatining 0,3 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
fond faoliyati bilan bog‘liq soliqlar (boshqaruvchi kompaniya, depozitariy, fond aksiyalarini tarqatuvchilar va olingan mukofotlar uchun Kuzatuvchi kengash a’zolaridan ushlab qolinadigan soliqlardan tashqari);
audit, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishlarini o‘tkazish va fond aksiyadorlariga boshqaruvchi kompaniya orqali investitsiya fondi aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan, fond Kuzatuvchi kengashi bilan kelishilgan stavkalar miqdorida dividendlar to‘lash xarajatlari.
Keyingi tahrirga qarang.
64. Dividendlarni to‘lash shartlari, tartibi va muddatlari qonun hujjatlari va investitsiya fondi ustavi bilan belgilanadi.
65. Investitsiya fondining buxgalteriya hisobi va hisoboti buxgalteriya hisobi va hisoboti to‘g‘risidagi nizomga muvofiq boshqaruvchi kompaniya tomonidan yuritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
66. Investitsiya fondi moliyaviy yil choragi tugagandan keyin 30 kundan hamda moliyaviy yil tugagandan keyin 60 kundan kechikmay moliyaviy hisobotni aksiyadorlarni xabardor qilish uchun taqdim etishga va Markazga berishga, shuningdek respublika matbuotida e’lon qilishga majburdir. Moliyaviy hisobot quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi:
fond investitsiyalari ro‘yxati yoyilmasi berilgan buxgalteriya balansi (hisobot tuzilgan sanadagi qimmatli qog‘ozlarning soni, turlari va ularning joriy vaqtdagi bozor narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda);
xarajatlar, foyda va zararlar, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan davr uchun to‘lanadigan dividendlar to‘g‘risidagi hisobot;
ko‘rsatib o‘tilgan davrning so‘nggi kunidagi investitsiya fondining moliyaviy faoliyati va sof aktivlarining ahvoli to‘g‘risidagi, investitsiya fondi tomonidan chiqarilgan aksiyalarning soni, hisobot tayyorlangan sanadagi bir aksiyaning nominal va joriy bozor narxi to‘g‘risidagi, shuningdek investitsiya fondi aksiyadorlardan o‘z aksiyalarini sotib olish majburiyatini olgan narx to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
ko‘rsatib o‘tilgan davr uchun boshqaruvchi kompaniya va depozitariy va auditorning xizmatiga to‘lanadigan haq miqdori, reklama xarajatlari, shuningdek Kuzatuvchi kengash a’zolari tomonidan o‘z vazifalarini bajarish bilan bog‘liq mukofotlash miqdori va xarajatlarni qoplash;
sabablari ko‘rsatilgan holda tobe shaxslar, investitsiya fondi Kuzatuvchi kengashi a’zolari, boshqaruvchi kompaniya, depozitariy tarkibidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar Kuzatuvchi kengash, boshqaruvchi kompaniya va depozitariy rahbarlari tomonidan imzolanadi.
Yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy hisobot mustaqil auditor tomonidan tasdiqlanadi. Auditorlik tekshirishlari natijalari bo‘yicha tuzilgan dalolatnoma yoki hisobot investitsiya fondi faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotning ajralmas qismi hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
67. Investitsiya fondi moliyaviy yil tugagandan so‘ng 60 kundan kechiktirmay fondning har qanday aksiyadoriga investitsiya fondi bilan tuzilgan barcha kontraktlar va uning tomonidan tuzilgan bitimlar to‘g‘risidagi, boshqaruvchi kompaniya yoki tobe shaxsga, shuningdek istagan shaxsga to‘langan barcha to‘lovlar hisobot davrida investitsiya fondi tomonidan sodir etilgan investitsiyalar to‘g‘risidagi axborotlar bilan tanishish imkonini beradi.
Keyingi tahrirga qarang.
68. Investitsiya fondi Markazga o‘zining boshqaruvchi kompaniyasi, depozitariy va mustaqil auditor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etadi, shuningdek har qanday manfaatdor shaxsning yoki tashkilotning ushbu ma’lumotlar bilan tanishib chiqishi uchun imkoniyat yaratadi.
Keyingi tahrirga qarang.
69. Investitsiya fondiga yozma holda yoki reklama qilish yo‘li bilan investorlarga ijobiy daromad olish uchun kafolat berish taqiqlanadi.
70. Investitsiya fondlari boshqaruvchi kompaniya orqali o‘z aksiyadorlariga o‘z faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va emissiyalar prospekti, dividendlarni to‘lash tartibi, fond birjalaridagi faoliyat, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar to‘g‘risidagi zarur va ishonchli axborotlarni berishga majburdirlar.
Ko‘rsatib o‘tilgan axborotlar aksiyalarni emissiya qilishda ko‘rgazmali va qulay shaklda fuqarolar e’tiboriga, shuningdek ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida, bundan tashqari, aksiyador (aksiyadorlar)ning talabiga ko‘ra ta’sis hujjatlari bilan belgilangan tartibda aksiyadorlar e’tiboriga yetkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
71. Investitsiya fondlari fond so‘rovi bo‘yicha depozitariy orqali aksiyadorlar reyestri yuritilishini ta’minlashga majburdirlar. Uni yuritish fond topshirig‘iga ko‘ra depozitariy tomonidan amalga oshiriladi, bunda investitsiya fondi aksiyadorlar reyestrining to‘g‘ri yuritilishi va uning saqlanishi uchun majburiyat va mas’uliyatdan ozod etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
72. Aksiyador investitsiya fondi tomonidan e’lon qilingan dividendlar to‘lanishini sud yo‘li bilan talab qilishga haqlidir.
73. Investitsiya fondlari aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qaroriga ko‘ra yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb topilganda to‘xtatib qo‘yilishi mumkin:
74. Investitsiya fondini qayta tashkil etishga (qo‘shish, birlashtirish, ajratish, ajralib chiqish, qayta tuzish) Markaz tomonidan belgilangan tartibda aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qaroriga ko‘ra yo‘l qo‘yiladi.
74-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Investitsiya fondlarini qayta tashkil etishga doir tadbirlar o‘tkazilayotgan davrda fondlar o‘z ustav hujjatlarini va investitsiya portfellarini mazkur nizomning 61-bandi 4—7, 9, 13, 14-xatboshilarida nazarda tutilgan fondlar faoliyatini cheklashlarga muvofiqlashtirishlari kerak. Ushbu ishlar amalga oshirilishi tartibi va muddatlarini aniqlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
76. Investitsiya fondini ixtiyoriy ravishda tugatish aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tayinlagan tugatish komissiyasi tomonidan, majburiy tugatish — bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan boshlab fond ishlarini boshqarish bo‘yicha vakolatlar unga o‘tadi.
Tugatish komissiyasi investitsiya fondining mol-mulkini baholaydi, uning debitorlarini va kreditorlarini aniqlaydi va ular bilan hisob-kitob qiladi, fond qarzlarining uchinchi shaxslarga to‘lanishi uchun choralar ko‘radi, tugatish balansini tuzadi va uni aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishiga taqdim etadi.
77. Investitsiya fondida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari, shu jumladan fond tugatilishi vaqtida uning mol-mulki sotilishidan olingan tushum, budjet, budjetdan tashqari foizlar va kreditorlar bilan hisob-kitob qilinganidan so‘ng, fond ustavi va mazkur Nizomda nazarda tutilgan tartibda va shartlarda tugatish komissiyasi tomonidan fond aksiyadorlari o‘rtasida taqsimlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
78. Investitsiya fondini tugatish to‘g‘risida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish reyestrida tegishli yozuvlar qayd etilgan vaqtdan boshlab u tugatilgan, fond esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan hisoblanadi.
79. Investitsiya fondlari bilan yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi nizolar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq sud organlari tomonidan ko‘rib chiqiladi.
1. Ushbu Nizom investitsiya fondlari to‘g‘risidagi Nizom bilan birgalikda xususiylashtirish investitsiya fondlarini ta’sis etish va ularning faoliyati, ularga mulkchilik shakli o‘zgartirilgan davlat korxonalari aksiyalarini sotish xususiyatlarini, shuningdek ularga maxsus davlat kreditlari berish tartibini belgilaydi.
2. Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIFlar) xususiylashtirish fondlari turlaridan biri hisoblanadi, aholining keng tabaqalarini xususiylashtirish jarayoniga jalb etish maqsadida tashkil etiladi hamda aholining pul mablag‘larini, ularni keyinchalik xususiylashtiriladigan davlat korxonalari aksiyalarini sotib olishga yo‘naltirgan holda, jamlashga da’vat etilgandir.
3. Xususiylashtirish investitsiya fondi ochiq aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. U faoliyatning quyidagi turlarini amalga oshiradi:
o‘z aksiyalari emissiyasi hisobidan mablag‘larni xususiylashtirilayotgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga jalb qilish, o‘z mablag‘larini va olingan maxsus davlat kreditlarini investitsiya qilish;
o‘zi aksiyalariga egalik qilgan korxonalarni rivojlantirishda va samaradorligini oshirishda aksiyador sifatida qatnashish.
4. XIF ni tashkil etish va uning faoliyati, ushbu Nizomdan kelib chiqadigan xususiyatlarni hisobga olgan holda, Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom bilan tartibga solinadi.
XIFlar tomonidan xususiylashtirilayotgan korxonalarning chiqarilayotgan aksiyalari umumiy sonining kamida 30 foizgachasini nominal qiymati bo‘yicha sotib olish imkoniyati;
o‘z umumiy aktivlarining 10 foizdan ko‘p bo‘lmagan miqdorini bir emitent qimmatli qog‘ozlariga investitsiya qilish imkoniyati. Mazkur cheklash aksiyalarni aholiga tarqatish yakunlari bo‘yicha amalda to‘langan XIFlarning ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgunga qadar bo‘lgan davrga amal qilmaydi. XIF to‘langan ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab bir oy davomida investitsiya portfelini mazkur cheklashga muvofiqlashtirishga majburdir.
XIF yopiq turdagi investitsiya fondi hisoblanadi va qimmatli qog‘ozlarni ularni sotib olish majburiyatisiz emitatsiya qiladi;
XIFlar faqat xususiylashtirilgan davlat korxonalari aksiyalariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq davlat qimmatli qog‘ozlariga mablag‘larni investitsiya qilish huquqiga egadir.
XIFlarni qayta tashkil etishga doir tadbirlar o‘tkazilayotgan davrda ular o‘z ta’sis hujjatlarini va investitsiya portfellarini mazkur bandda ko‘rsatilgan ularning investitsiya faoliyatini cheklashlarga, shuningdek investitsiya fondlari faoliyatini cheklashlarga muvofiqlashtirishi shart. Ushbu ishni amalga oshirish tartibi va muddatlarini belgilash, shuningdek uni nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
6. XIFlarning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aksiyalarni sotish o‘z aksiyalarini qimmatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidangina tashkil etilgan birja yoki birjadan tashqari bozorlarda aholi o‘rtasida joylashtirish tugallangandan keyingina amalga oshiriladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan o‘z mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi.
LexUZ sharhi
6-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
LexUZ sharhi
6-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori bilan o‘zgartirish kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
7. XIF foydasini taqsimlash Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizomning 63-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
8. Investitsiya fondlari to‘g‘risidagi nizom bilan belgilangan cheklashlar XIFlar faoliyatiga tatbiq etiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ustav sarmoyasida aksiyalarning 25 foizidan kamrog‘i davlatga tegishli bo‘lgan korxonalar XIF muassislari va aksiyadorlari bo‘lishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari XIFlarning muassislari bo‘lishi mumkin emas.
10. XIFni ta’sis etish to‘g‘risidagi qaror muassislar tomonidan qabul qilinadi, bu haqda ular o‘rtasida ta’sis shartnomasi tuziladi.
11. XIFning ustav fondi uni ta’sis etishda o‘z muassislarining ulushlari hisobiga shakllanadi va u eng kam oylik ish haqi miqdorining kamida 200 baravariga teng bo‘lishi kerak. XIF ustav fondini shakllantirish faqat pul mablag‘lari qo‘yish orqali amalga oshiriladi. Muassislar ustav fondi qiymatining 100 foizini XIF davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 30 kundan kechikmay to‘lashlari shart.
11-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xususiylashtirish investitsiya fondi faoliyatini litsenziyalash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
13. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni soxtalashtirganligi, talon-toroj qilganligi yoki poraxo‘rligi va boshqa moliyaviy jinoyatlari uchun sudlangan shaxslar, shuningdek davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va rahbarlari boshqaruvchi kompaniya, XIF depozitariysi xizmatchilari, mansabdor shaxslari yoki rahbarlari, shuningdek XIF kuzatuvchi kengashining a’zolari bo‘lishlari mumkin emas. Ushbu talabning bajarilishi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ va Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan nazorat qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Boshqaruvchi kompaniya XIFning Kuzatuvchi kengashi topshirig‘iga binoan o‘z faoliyatini XIF nomidan amalga oshiradi, korxonalar aksiyadorlari yig‘ilishlarida ushbu korxonalarning XIFga tegishli aksiyalariga muvofiq qatnashadi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. XIF qatnashchilari, shu jumladan Kuzatuvchi kengash a’zolari boshqaruvchi kompaniya muassislari va a’zolari, boshqaruvchi kompaniya muassislari, uning rahbari, mansabdor shaxslari, mutaxassislari va ularning tobe shaxslari XIF aksiyadorlari bo‘lishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Xususiylashtirish investitsiya fondlari hisob-kitob schyoti bo‘yicha bank operatsiyalari boshqaruvchi kompaniya tomonidan faqat “Vaqt” milliy depozitariysining XIF mablag‘idan maqsadli foydalanilishini tasdiqlovchi vakolatli shaxsi bilan kelishilgan holda (to‘lov hujjatlarida imzosi bo‘lganda) amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
16-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
17. Yalpi xususiylashtirish jarayoniga aholining keng tabaqalarini jalb qilish maqsadida XIFlar tomonidan Xususiylashtirish investitsiya fondlari aksiyalari (keyingi o‘rinlarda XIF aksiyalari deb ataladi) chiqariladi.
Dastlabki joylashtirishda XIF aksiyalari fond do‘konlari va boshqa sotish joylari orqali nominal qiymati bo‘yicha 100 so‘mdan sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi pasportini ko‘rsatgan holda XIF aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha sotib olishi mumkin.
Xususiylashtirish investitsiya fondi aksiyalari aholiga joylashtirilishi yakunlari bo‘yicha uning amalda to‘langan ustav sarmoyasi ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin har bir aksiyador (muassis va qatnashchi)ning qatnashish ulushi bir oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga XIF ustav sarmoyasi 5 foizidan oshishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
18. Dastlabki joylashtirishda va ikkilamchi bozorda aholiga XIFlar aksiyalarini sotish olinadigan naqd pul mablag‘lari majburiy inkassatsiya qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan xalq xo‘jaligida kassa operatsiyalarini yuritish tartibiga muvofiq boshqa talablarga rioya qilingan holda amalga oshiriladi.
Kassa intizomiga rioya qilinishini XIFlar aksiyalarini tarqatuvchilarga xizmat ko‘rsatuvchi banklar nazorat qiladilar.
19. XIFlar aksiyalari sifatida qimmatli qog‘ozlar bozorida operatsiyalarni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega bo‘lgan investitsiya institutlari (fond do‘konlari), banklar nomidan — tarqatuvchilar tomonidan, boshqaruvchi kompaniyalar bilan tuzilgan yakka tartibdagi shartnomalar bo‘yicha sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat-tijorat Xalq banki belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan barcha XIFlar aksiyalarining institutsional tarqatuvchisi hisoblanadi.
Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan qo‘yiladigan talablarga javob beruvchi O‘zbekiston Respublikasining boshqa tijorat banklari ham XIFlar aksiyalarining institutsional tarqatuvchilari bo‘lishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
21. Institutsional tarqatuvchilarning XIFlar aksiyalarini sotishga doir xarajatlari Davlat mulki qo‘mitasining XIFlar aksiyalarini sotishdan tushgan mablag‘lari hisobiga ular tomonidan sotilgan aksiyalar summasining 2 foizidan oshmaydigan miqdorda qoplanadi.
Maxsus davlat krediti asosiy summasining qaytarilishiga ko‘ra XIFlar Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan XIF aksiyalarining aholiga sotilgan tegishli paketlariga to‘g‘ri keladigan institutsional tarqatuvchilar xizmatiga haq to‘lashga sarflangan mablag‘larning qaytarilishini ta’minlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
22. XIF aksiyalari egasining nomi yozilgan oddiy aksiyalar hisoblanadi. Har bir aksiya aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida bir ovoz, dividendlar olish huquqini, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarni beradi.
23. XIF aksiyalarni faqat ikki marta chiqaradi. XIF unga birlashgan boshqa XIFning aksiyasini almashtirish uchun aksiyalarning qo‘shimcha miqdorini chiqargan hollar bundan mustasno.
Bir yoki bir necha XIF qo‘shilganda yangidan tashkil etilgan XIF o‘z aksiyalarini muomalaga faqat bir marta, ularni qo‘shilish jarayonida tugatilayotgan XIFlarning aksiyalariga almashtirish uchun chiqarish huquqiga egadir.
XIF aksiyalari birinchi marta XIFni ta’sis etishda muassislar tomonidan ustav fondiga qo‘shilgan ulushlarni qoplash uchun chiqariladi.
XIF aksiyalari ikkinchi marta aksiyalarni aholiga sotish uchun chiqariladi va u XIF davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin 3 oydan kechiktirmay chiqarilishi kerak. XIFlarning ikkinchi emissiyasi aksiyalari XIF ikkinchi emissiyasi prospekti ro‘yxatdan o‘tkazilgan kundan boshlab 6 oy mobaynida joylashtiriladi.
LexUZ sharhi
23-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
XIF sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olgunlariga qadar e’lon berish yoki XIF aksiyalarini sotish uchun taklif qilish (muassislarga sotish uchun taklif qilishdan tashqari);
XIF aksiyalarini joylashtirishda olinishi kutilayotgan daromadlar miqdorlarini e’lon qilish va reklama qilish;
XIF aksiyalarini yuridik shaxslarga sotish, yuridik shaxslar XIF aksiyalarini XIFning muassislari sifatida oladigan hollar bundan mustasno;
25. XIFlarning aksiyalari ushbu aksiyalar chiqarilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin qimmatli qog‘ozlar bozorida erkin muomalada bo‘lishi mumkin. XIF aksiyadorlarining ularga tegishli aksiyalarni sotishga huquqlarini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi. Aksiyadorlar birja va birjadan tashqari savdolarda o‘zlariga tegishli aksiyalar oldi-sotdisi bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
XIF aksiyalari boshqa XIF aksiyalariga u birlashgan yoki qo‘shilgan holdagina almashtirilishi mumkin.
26. XIFlar aksiyalari va emissiya prospektlari chiqarilishini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek XIFlar aksiyalarini joylashtirish, saqlash va hisobga olish amaldagi qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
27. XIF aksiyalari bilan va XIFga tegishli qimmatli qog‘ozlar bilan barcha operatsiyalar faqat “Vaqt” milliy depozitariysida hisobga olinishi kerak.
27-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
28. Davlat mulki qo‘mitasi aksiyalari XIFlarga sotilishi kerak bo‘lgan aksiyadorlik korxonalari ro‘yxatini quyidagi tartibga muvofiq belgilaydi:
Keyingi tahrirga qarang.
a) xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari XIFlarga aksiyalarning nominal qiymatiga teng cheklangan narx bo‘yicha sotilishi kerak. Aksiyalarga cheklangan narx bo‘yicha ochiq obunada XIFlarning xarid qobiliyati fond aksiyalarini aholiga sotishdan tushgan hamda to‘langan ta’sis badallari summasidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Savdolarni tashkil etish tartibi Davlat mulki qo‘mitasi vakolat bergan organ tomonidan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ochiq obunani o‘tkazish kuni uni o‘tkazishdan bir hafta oldin ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Agar bitta emitent aksiyalarini xarid qilishga tushgan buyurtmanomalar soni taklif etilayotgan miqdordan ortiq bo‘lsa, u holda aksiyalarni taqsimlash, buyurtmanoma bergan har bir XIFning amalda to‘langan (kim oshdi savdosi o‘tkazilishi sanasida) ustav fondi hisobga olingan holda berilgan buyurtmanomalarga teng nisbatda amalga oshiriladi;
b) ochiq obunaning birinchi raundida XIFlarga sotilmay qolgan aksiyalar mazkur bandning “a” kichik bandiga muvofiq birja bozorida ochiq savdoga qo‘yiladi.
Agar ushbu aksiyalar (yoki bu aksiyalar paketining bir qismi) birja bozoriga qo‘yilgan kundan boshlab 60 kalendar kun mobaynida sotilmay qolsa, ular keyingi 15 kun mobaynida XIFlarga ochiq obunaning ikkinchi raundiga taqdim etiladi, aksiyalarni ularning nominal qiymatiga teng narxda sotish boshlanadi, talab bo‘lmaganda esa, narx bosqichma-bosqich pasaytiriladi va aksiyalar talab narxi bo‘yicha, lekin nominal qiymatidan 85 foiz kam bo‘lmagan narxda sotilishi mumkin. XIF tomonidan ochiq obunaning ikkinchi raundida aksiyalar xarid qilinganda XIFlarga davlat krediti berilmaydi.
Ochiq obunaning ikkinchi raundida talab bo‘lmaganda mazkur korxonalar XIFlarga sotish mo‘ljallangan belgilangan tartibda tasdiqlangan xususiylashtirilgan korxonalar ro‘yxatidan o‘chiriladi.
v) aksiyalar sotilgandan keyin Davlat mulki qo‘mitasi zudlik bilan aksiyalarga egalik qilish huquqini xaridorga beradi. Hech qanday shaxs yoki davlat organi bunday sotish sanasi va mazkur aksiyalarga egalik qilish huquqi xaridorga o‘tishi sanasi o‘rtasidagi davrda xususiylashtirilgan davlat korxonasi sarmoyasiga, aktivlariga yoki operatsiyalariga ta’sir etadigan biror-bir harakat qilish yoki boshqacha usulda bunday korxona aksiyalariga egalik qilish huquqini amalga oshirishi mumkin emas.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Xususiylashtirilgan korxonalarning mazkur Nizomga muvofiq XIFga sotilgan barcha aksiyalari “Vaqt” milliy depozitariysida hisobga qo‘yilishi kerak.
29-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
30. Xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari XIFlar tomonidan o‘z mablag‘lariga, shuningdek maxsus davlat krediti hisobiga sotib olinishi mumkin.
Aholining xususiylashtirish jarayonida qatnashishi uchun XIFlarga beriladigan maxsus davlat krediti (bundan keyin kredit deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan XIFlarga xususiylashtirilgan korxonalarning sotib olingan aksiyalari uchun to‘lov muddatini cho‘zish ko‘rinishida beriladi.
31. Maxsus davlat krediti XIFga uning buyurtmanomasi bo‘yicha faqat O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasidan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari sotib olinganda va zarur garov ta’minoti mavjud bo‘lganda beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
XIFga berilayotgan xususiylashtirilgan korxona aksiyalari paketi qiymatining 30 foizi fondning o‘z pul mablag‘lari hisobidan to‘lanishi lozim, aksiyalar paketi qiymatining qolgan 70 foizi kredit hisobidan sotib olinadi.
32. XIFga tegishli bo‘lgan kreditning to‘liq summasiga teng har qanday aktivlar (xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, pul mablag‘lari) Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan XIFlarga beriladigan kreditlar uchun garov hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
33. Maxsus davlat kreditini to‘lash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan Maxsus davlat kreditini to‘lash tartibi va shartlariga muvofiq kredit berilgandan keyingi ikkinchi yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining maxsus schyotiga o‘tkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
34. XIF hech qanday qarz ta’minotlarini berishi yoki boshqacha usulda, maxsus davlat kreditlaridan tashqari, qarz majburiyatlarini o‘z zimmasiga olishi mumkin emas.
35. XIFlar boshqaruvchi kompaniya orqali o‘z aksiyadorlariga o‘zining faoliyati va moliyaviy ahvoli, aksiyalarni sotish shartlari va aksiyalar emissiyasi prospekti, dividendlarni to‘lash tartibi, fond birjalaridagi faoliyati hamda qimmatli qog‘ozlarga qo‘ygan mablag‘lari to‘g‘risida zarur va ishonchli axborotni berishga majburdir.
Ko‘rsatib o‘tilgan axborot aksiyalar emissiyasi vaqtida ko‘rgazmali va tushunarli shaklda fuqarolarga, shuningdek aksiyadorlarga ommaviy axborot vositalari orqali, aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishlarida, bundan tashqari, ta’sis hujjatlarida belgilangan tartibda aksiyador (aksiyadorlar) talabiga ko‘ra ma’lum qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
36. XIF aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq XIF aksiyadorlari umumiy yig‘ilishiga qatnashish huquqini beruvchi ishonch qog‘ozi aksiyadorning ish joyida, “Vaqt” milliy depozitariysi yoki uning filiali tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
36-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
37. XIFlar aksiyadorlar reyestri yuritilishini ta’minlashga majburdirlar. Reyestrni yuritish fond topshirig‘iga binoan depozitariy tomonidan amalga oshiriladi, bunda XIF aksiyadorlar reyestrining to‘g‘ri yuritilishi va saqlanishi bo‘yicha majburiyatdan hamda javobgarlikdan ozod qilinmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
38. Qimmatli qog‘ozlar bozor narxining o‘zgarishlaridan olinadigan barcha daromadlar va ko‘riladigan zararlar to‘liq hajmda ushbu fond aksiyadorlari hisobiga yoziladi.
39. Aksiyador XIF tomonidan e’lon qilingan dividendlarning to‘lanishini sud tartibida talab qilishga haqlidir.
40. XIFlar aksiyalarining joriy emissiyasi quyidagi hollarda to‘xtatib turilishi yoki sud qaroriga ko‘ra haqiqiy emas deb hisoblanishi mumkin:
41. Maxsus davlat krediti bo‘yicha qarzlarini to‘lagandan so‘ng XIFlar, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini nominal qiymati bo‘yicha xarid qilish va maxsus davlat krediti olish huquqini yo‘qotgan holda, umumiy maqsadlardagi investitsiya fondlariga aylantirilishi mumkin.
42. XIFni umumiy maqsadlardagi investitsiya fondiga aylantirish to‘g‘risidagi aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi qarori Ustav O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirilgandan hamda tegishli litsenziya olingandan keyin kuchga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. XIF bankrot bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tugatuvchi, XIF ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda esa tugatish komissiyasi ochiq kimoshdi savdosi shaklida uning aktivlarini sotadi. Ushbu ochiq kim oshdi savdosida xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish huquqiga ega bo‘lgan istalgan yuridik jismoniy shaxs qatnashishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, davlat tomonidan bevosita yoki bilvosita nazorat qilinadigan shaxslar (jismoniy yoki yuridik), ustav fondida davlat ulushi 25 foizni va undan ortiqni tashkil etuvchi korxona, shuningdek aksiyalari XIFlar tomonidan sotib olingan korxonalar XIFlar tomonidan sotiladigan xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini sotib olish yoxud boshqa usul bilan o‘z mulkiga olish yoki tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydi.
(43-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-yanvardagi 31-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 32-modda)
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasida investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyalarini tashkil etish, ularning faoliyat ko‘rsatishi, ularni qayta tashkil qilish va tugatish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyalarini tashkil etish va, ularning faoliyati “Qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyat ko‘rsatish mexanizmi to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son, “Aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 22-avgustdagi 361-son qarorlari, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari va ushbu Nizom bilan tartibga solinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
3. Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi (BK) Investitsiya fondlari (IF)ning va Xususiylashtirish investitsiya fondlari (XIF)ning investitsiya aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatni, shuningdek qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisini amalga oshiruvchi investitsiya tashkilotidir.
4. Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq tashkil etilgan, mulkchilikning har qanday shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. U fond topshirig‘iga binoan va uning nomidan o‘z tasarrufiga berilgan qimmatli qog‘ozlarni; qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun mo‘ljallangan pul mablag‘larini; qimmatli qog‘ozlarni boshqarish jarayonida olingan pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarni ishonchli boshqarishni; fondning qimmatli qog‘ozlar portfelini shakllantirishni hamda ushbu portfelni diversifikatsiyalash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishni; shuningdek fond tomonidan tuzilgan shartnoma (kontrakt) shartlariga muvofiq fond maslahatchisi funksiyasini amalga oshiradi.
Ko‘rsatib o‘tilgan operatsiyalar investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi faoliyatining asosiy turi hisoblanadi.
5. Yuridik va jismoniy shaxslar, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridan tashqari, shuningdek ular tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondida davlat ulushi ko‘pi bilan 25 foizni tashkil qiladigan korxonalar boshqaruvchi kompaniyalarning ta’sischilari bo‘lishlari mumkin.
Investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi depozitariy, davlat boshqaruv organi, jamoat tashkiloti, shuningdek tobe shaxs (shaxslar) tomonidan tashkil etilgan korxona bo‘lishi mumkin emas.
6. BK ustavida investitsiya fondlarini boshqarish uning faoliyatining alohida turi hisoblanishi to‘g‘risidagi qoida bayon qilingan bo‘lishi kerak.
7. Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlarining boshqaruvchi kompaniyasi balans qiymati bo‘yicha baholangan, eng kam ish haqining kamida 5000 baravariga teng summadagi o‘z moddiy boyliklariga ega bo‘lishi kerak. Ushbu summa fond aktivlarini boshqarishning butun davri mobaynida kamaymasligi lozim. Boshqaruvchi kompaniyaning o‘z moddiy aktivlari summasi fondlar bilan ikkinchi va undan keyingi har galgi kontraktlarni tuzishda eng kam ish haqining 200 baravariga teng bo‘lgan summaga ko‘payishi kerak.
BKning o‘z sarmoyasi miqdori, quyidagi moddalar chegirilgan holda, buxgalteriya balansi passivining birinchi bo‘limi (o‘z mablag‘lari manbalari) summasi sifatida aniqlanadi:
BK o‘z moddiy aktivlarining ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi huzuridagi Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan yilning har choragida, BK taqdim etadigan hisobotlarga muvofiq nazorat qilib boriladi.
7-bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
8. BK rahbari funksiyasini amalga oshiruvchi mansabdor shaxs oliy ma’lumotga va iqtisodiyot, moliya yoki bank sohalarida, investitsiya institutlarida direktor (boshqaruvchi, menedjer) yoki uning o‘rinbosari, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan organlar va tashkilotlarning rahbari yoki bo‘limi yoxud bo‘linmasining mutaxassisi lavozimida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak.
9. BK ijro etuvchi organiga kiruvchi, o‘ziga ishonib topshirilgan fondni bevosita boshqarish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar oliy ma’lumotga, investitsiya, moliya va (yoki) bank institutlarida mansabdor shaxs va mutaxassis sifatida kamida 2 yillik ish stajiga, Markaz tomonidan berilgan BK mutaxassisi yoki rahbari malaka attestatiga ega bo‘lishi kerak.
10. Agar Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishga litsenziya olish uchun BKga hujjatlar taqdim etish sanasida litsenziya bekor qilingan vaqtdan buyon uch yil o‘tmagan bo‘lsa, shaxsning tegishli faoliyat turini amalga oshirishga litsenziyasi bekor qilingan vaqtda rahbar funksiyasini amalga oshirgan yoki investitsiya, moliya va (yoki) bank instituti ijro etuvchi organi tarkibiga kirgan shaxs BK rahbari funksiyasini amalga oshirishi yoki ushbu kompaniyaning ijro etuvchi organi tarkibiga kirishi mumkin emas.
11. Hujjatlarni, pul belgilarini, qimmatli qog‘ozlarni soxtalashtirganlik, o‘g‘irlaganlik va boshqa g‘arazli jinoyatlar uchun sudlangan shaxslar boshqaruvchi kompaniya funksiyasini bajarishi yoki uning Kuzatuvchi kengashi a’zolari bo‘lishi mumkin emas. Ushbu talabning bajarilishini nazorat qilish ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hamda Qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi tomonidan amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 9-iyuldagi 308-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 13-son, 109-modda)
V. BOShQARUVChI KOMPANIYANING INVESTITSIYa FONDI AKTIVLARINI BOShQARISh BO‘YIChA FAOLIYATI ShARTLARI
22. BK investitsiya fondlari aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatdan tashqari boshqa biror-bir faoliyatni amalga oshirishga haqli emas.
23. BK investitsiya fondlari aktivlarini boshqarishni BK bilan IF, BK bilan XIF o‘rtasida tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga, ushbu Nizomga, Markazning normativ hujjatlariga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq amalga oshirishga majburdir.
Fondni ta’sis etish bosqichida boshqaruvchi kompaniya bilan shartnomani Muassislar kengashi raisi tuzadi. Ushbu shartnoma fond aksiyadorlarining birinchi umumiy yirilishida tasdiqlangandan keyin boshqaruvchi bilan shartnoma fondning Kuzatuvchi kengashi raisi bilan qaytadan tuziladi.
investitsiyalar maqsadi, investitsiya siyosati yo‘nalishlari, investitsiya faoliyatidagi cheklashlar ko‘rsatilgan investitsiya deklaratsiyasi;
Investitsiya fondi va boshqaruvchi kompaniya o‘rtasidagi shartnoma O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda Investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniya bilan fondni boshqarish to‘g‘risidagi Namunaviy kontraktiga yoki Xususiylashtirish investitsiya fondining boshqaruvchi kompaniya bilan fondni boshqarish to‘g‘risidagi Namunaviy kontraktiga muvofiq tuziladi.
25. Boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondlari aktivlarini boshqarishni amalga oshirishda ushbu fondlar nomidan harakat qiladi. Bunda u investitsiya fondi bilan tuzilgan kontraktda fondning BK sifatida ish olib borishini, investitsiya fondining nomini ko‘rsatishga majburdir.
Boshqaruvchi kompaniya investitsiya fondi aktivlarini boshqarishni ushbu fondlar aksiyadorlari manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirishga majburdir.
26. Boshqaruvchi kompaniya faoliyati investitsiya fondining Kuzatuvchi kengashi va depozitariy tomonidan nazorat qilinadi. Fondning Kuzatuvchi kengashi boshqaruvchi kompaniya tuzadigan bitishuvlar ro‘yxatini belgilashga, shuningdek bitishuvlar turi va hajmlarini cheklashga haqlidir.
27. Boshqaruvchi kompaniya fond aktivlarini boshqarish bo‘yicha barcha faoliyatni amalga oshiradi, shu jumladan:
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, muddatlari va kun tartibi to‘g‘risidagi bildirishnomani tuzadi va yetkazadi;
fondning barcha yillik va boshqa hisobotlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq ishlab chiqadi;
fondning sof aktivlari qiymatiga doir ma’lumotlarni ustav talablariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq aniqlaydi va e’lon qiladi;
aksiyalarining egasi fond hisoblanadigan aksiyadorlik jamiyatlariga nisbatan aksiyadorlarning barcha huquqlarini fond nomidan amalga oshiradi;
fond aktivlarini tashkil etadigan pul mablag‘larini fondning banklardagi schyotlariga joylashtiradi.
Investitsiya fondlari to‘g‘risida nizomda va Xususiylashtirish investitsiya fondlari to‘g‘risida nizomda majburiy e’lon qilinishi nazarda tutilgan investitsiya fondlariga, moliyaviy hisobotlarga oid axborotni hamda reklama tusidagi materiallarni tayyorlash, tarqatish va e’lon qilishni ustav talablariga va .amaldagi qonunlarga muvofiq nazorat qiladi va amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq fondning buxgalteriya hisobotini, shuningdek barcha hujjatlari va hisobotlarini yuritishni;
qimmatli qog‘ozlariga fond investitsiyalarni amalga oshirgan barcha aksiyadorlik jamiyatlaridagi boshqaruv organlarida fond nomidan vakillikni;
fond investitsiyalari to‘g‘risidagi axborotlarning maxfiyligini ta’minlaydi, shuningdek fond investitsiyalarini boshqarish uchun boshqaruvchi tomonidan tayinlangan har qanday shaxs ushbu bitim bo‘yicha unga tahliliy xizmatlar ko‘rsatish uchun (xizmatlar ko‘rsatish davrida ham, ushbu davr o‘tgandan keyin ham) fond investitsiyalariga oid axborotlarning maxfiyligini saqlash yuzasidan kafolatlar olish maqsadida tegishli choralar ko‘radi (shu jumladan maxfiylik to‘g‘risida kontraktlar tuzadi);
fondlar nomidan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlar tuzish, fondlarning pul mablag‘larini, ularni qimmatli qog‘ozlarga investitsiyalash uchun, tasarruf etish, O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, ustavga va investitsiya deklaratsiyasiga muvofiq fondlar aktivlari bo‘yicha boshqa bitishuvlarni amalga oshirish;
bank hujjatlarini va fondning moliya-xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni fond bilan tuzilgan shartnoma (kontrakt)ga binoan fond nomidan imzolash;
fond aksiyalarini chiqarishni hisobga olishga va aktivlarini joylashtirishga oid, depozitariy uchun majburiy bo‘lgan farmoyishlar chiqarish;
fondlarning pul mablag‘laridan, investitsiya fondlarining sof aktivlarini baholash tartibi to‘g‘risidagi qoidalarga, investitsiya deklaratsiyasiga va investitsiya fondlari faoliyatini cheklashlarga muvofiq, fondlar faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun foydalanish;
fond Kuzatuvchi kengashining barcha majlislarida kuzatuvchi sifatida, ovoz berish huquqisiz bitta vakilga ega bo‘lish, majlislarning boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati yoki uning bilan fondlarni boshqarish to‘g‘risida kontrakt tuzish shartlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muhokama yoki 'ovoz berish davrlari bundan mustasno;
fond ustaviga va O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga muvofiq aksiyadorlarning hamda Kuzatuvchi kengashning navbatdan tashqari umumiy majlisini chaqirishni talab qilish;
bank hujjatlarini va boshqa hujjatlarni imzolash huquqini yoki boshqaruvchi kompaniyaning tuzilgan kontrakt va fond ustaviga muvofiq o‘z majburiyatlarini fond nomidan bajarishi uchun boshqa vakolatlarni (ishonchnoma berish yo‘li bilan) berishni fondning Kuzatuvchi kengashidan talab qilish.
ustav qoidalari, Kuzatuvchi kengash va fond aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qarorlari, mazkur Nizom, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga muvofiq investitsiyalar va qimmatli qog‘ozlar portfelini, shuningdek fondning boshqa mol-mulkini samarali boshqarishni ta’minlash va fondlar aksiyadorlari manfaatlarini himoya qilish uchun mumkin bo‘lgan barcha harakatlarni ko‘rish;
operatsiyalarni, shu jumladan fondning aksiyalari yoki qiymati uning oxirgi yil balans hisobotiga muvofiq fond aktivlari qiymatining 10 foizidan ortiq bo‘lgan boshqa aktivlari bilan oldi-sotdi bitishuvlarini amalga oshirishda fond Kuzatuvchi kengashining yozma ravishdagi roziligini olish;
investitsiya instituti bilan ustavga muvofiq fond aksiyalariga obuna o‘tkazish yuzasidan zarur tayyorgarlik ishlarini o‘tkazish va unga obuna natijasida olingan barcha mablag‘larni fond schyotiga kechiktirmay o‘tkazish majburiyatini yuklash;
fondga tegishli bo‘lgan barcha naqd pullarni, mavjud cheklar va naqdinasiz to‘lovlarni fond bank schyotiga darhol o‘tkazish;
fondning bank schyotidan mablag‘larni o‘tkazish bo‘yicha barcha to‘lov topshiriqnomalarini, ushbu topshiriqnomalarni bankka taqdim etishdan avval depozitariyga imzolash uchun taqdim etish;
har bir moliyaviy chorak tugagandan so‘ng 30 kun mobaynida Kuzatuvchi kengashga fondning shu davrdagi ishi to‘g‘risida:
a) fondning hisobot davrining boshidagi va oxiridagi buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar va daromadlarning foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobot, shuningdek buxgalteriya hisobotining boshqa shakllari;
b) hisobot davrida maxsus davlat kreditlarining olinishi, foydalanilishi va to‘lanishi to‘g‘risidagi hisobot;
v) Kuzatuvchi kengash tomonidan belgilangan hisobot davrida va IF yoki XIFning qimmatli qog‘ozlari va boshqa aktivlari bilan amalga oshirilgan bitishuvlar ro‘yxati;
g) IF yoki XIF mablag‘lari hisobidan hisobot davri davomida boshqaruvchi kompaniya tomonidan qilingan xarajatlar to‘g‘risida belgilangan shakldagi hisobotdan iborat hisobot taqdim etish;
Kuzatuvchi kengashni boshqaruvchi kompaniya rahbarlari tarkibidagi o‘zgarishlar haqida o‘z vaqtida xabardor qilish;
Kuzatuvchi kengashga aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish sanasidan 30 kun oldin fond faoliyati to‘g‘risidagi balans hisobotini, shu jumladan sof aktivlar qiymati to‘g‘risida hisobotni, maxsus davlat kreditlarining olinishi, foydalanilishi va to‘lanishi to‘g‘risidagi hisobotni, shuningdek har bir aniq holda fondning mustaqil auditorlari tomonidan tasdiqlangan hisobot davrining oxirgi kunida tuzilgan buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarini taqdim etish;
fondlar aksiyalari bilan bitishuv bo‘yicha noto‘g‘ri hisob-kitob qilingan taqdirda mablag‘lar fond schyotiga qaytarilishini yoki kompensatsiya qilinishini ta’minlash;
Markazga XIFlarda buxgalteriya hisoboti xususiyatlari haqidagi nizomda belgilangan hajmda va muddatda hisobot taqdim etishga majburdir.
boshqaruvchi kompaniyaning yozma ravishdagi talabi bo‘yicha fond aktivlarini boshqarish yuzasidan kontraktga fondning investitsiya deklaratsiyasi va ustaviga, muvofiq o‘z vazifalarini bajarishi uchun unga (ishonch qog‘ozi berish yo‘li bilan) hujjatlarni imzolash huquqini berish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘rish;
fond bilan tuzilgan kontrakt bo‘yicha boshqaruvchi kompaniya tomonidan o‘z majburiyatlarining bajarilishini nazorat qilishga majbur.
Fond o‘z ixtiyoriga ko‘ra, kontrakt boshqaruvchi kompaniya tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, uni bekor qilish huquqiga ega.
32. Boshqaruvchi kompaniya e’tiborsizligi, firibgarligi yoki boshqaruvchi kompaniya tomonidan qonun bilan man etilgan boshqa harakatlari natijasida fondga yetkazilgan zararlar uchun fond oldida javob beradi.
33. Fond aktivlarini boshqarish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishda boshqaruvchi kompaniya quyidagi huquqlarga ega emas:
IFlar va XIFlar faoliyatida qonun hujjatlari bilan nazarda tutilgan cheklashlar mavjud bo‘lganda fond nomidan harakatlar sodir etish;
Markaz tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablari, shu jumladan aktivlar tarkibiga bo‘lgan talablar buzilishiga olib keluvchi bitishuvlar tuzish;
investitsiya portfelini tashkil etuvchi fondlar aktivlari hisobiga qaytariladigan qarz mablag‘larini jalb qilish, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalari uchun to‘lov muddatini kechiktirish sifatida XIFlarga berilgan maxsus davlat kreditlari bundan mustasno;
fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlardan ushbu fond aktivlarini boshqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan o‘z majburiyatlari bajarilishini ta’minlash yoki uchinchi shaxs majburiyatlarini bajarish uchun foydalanish;
XIF aktivlari hisobiga qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, xususiylashtirilgan korxonalar aksiyalarini va davlat qimmatli qog‘ozlarini sotib olish bundan mustasno;
fond aktivlari hisobiga o‘ziga tobe shaxslardan investitsiya obyektlarini sotib olish yoxud ularga xuddi shunday obyektlarni berish;
o‘ziga tobe shaxslar tomonidan emissiya qilingan qimmatli qog‘ozlarni, shuningdek o‘ziga tobe shaxslar boshqaradigan investitsiya fondlari aksiyalarini sotib olish;
fondlarning investitsiya aktivlarini o‘ziga tobe shaxslarga, depozitariyga, ixtisoslashtirilgan reyestr saqlovchiga, fondning mustaqil auditoriga, shuningdek davlat organlariga va o‘zini-o‘zi boshqarish mahalliy organlariga tarqatish;
fond investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlarni mulk qilib sotib olish, o‘z mol-mulkini fond aktivini tashkil etuvchi mulk tarkibiga berish, boshqaruvchi kompaniyaga mukofot pulini to‘lashda xato topilgan taqdirda, investitsiya fondining belgilangan me’yordan ortiq xarajatlarini to‘lash uchun o‘z pul mablag‘larining ishlatilishi, fond pul mablag‘lari va aktivlarining qaytarilishi, Markaz me’yoriy hujjatlari bilan nazarda tutilgan boshqa hollar bundan mustasno;
boshqa boshqaruvchi kompaniya, unga tobe shaxslar, ixtisoslashtirilgan depozitariy, investitsiya fondining mustaqil auditori tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
boshqaruvchi kompaniyaning o‘zi yoki boshqaruvchi kompaniyani nazorat qiluvchi yoxud uning nazorati ostida bo‘lgan shaxslar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarga fond mol-mulkini investitsiya qilish yuzasidan to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki uchinchi shaxslar orqali bitishuvlar tuzish, shuningdek boshqaruvchi kompaniya iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga fond mol-mulkini fond Kuzatuvchi kengashining oldindan yozma ravishdagi roziligisiz investitsiya qilish;
ustav fondida fondning ulushi besh va undan ortiq foizni tashkil etuvchi korxona bitishuvning bir tomoni bo‘lganda fondning Kuzatuvchi kengashi ruxsatisiz bu bitishuvga nisbatan biror-bir uchinchi shaxsga maslahat berish;
qonun hujjatlari, fond ustavi yoki investitsiya deklaratsiyasi bilan man etilgan fond faoliyati turlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qilish.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan boshqaruvchi kompaniya faoliyatiga qo‘shimcha cheklashlar belgilanishi mumkin.
34. Boshqaruvchi kompaniya va ustav fondida fondga taalluqli ulush miqdori besh va undan ortiq foiz bo‘lgan korxona o‘rtasidagi har qanday kontrakt fond Kuzatuvchi kengashi tomonidan ma’qullanishi kerak.
35. Fond bilan fond Kuzatuvchi kengashi a’zolari, shuningdek boshqaruvchi kompaniya Kuzatuvchi kengashi a’zolari va mansabdor shaxslarining iqtisodiy manfaatlari mavjud bo‘lgan yuridik shaxs o‘rtasidagi har qanday bitishuv fond Kuzatuvchi kengashi tomonidan ma’qullanishi kerak.
Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar, agar ular mehnat yoki fuqarolik-huquqiy munosabatlarda turgan bo‘lsalar yoxud ustav jamg‘armasida fondga taalluqli ulush besh va undan ortiq foiz bo‘lsa yoki fond aksiyalarining besh va undan ortiq foizi unga tegishli bo‘lgan yuridik shaxsga nisbatan mulkdor yoki kreditor huquqlariga ega bo‘lsalar iqtisodiy manfaatdor shaxslar hisoblanadi.
36. Boshqaruvchi kompaniya rahbarlarining va mansabdor shaxslarining aksiyalarni fond birjasida (birjaning fond bo‘limlarida) savdoga qo‘yish yuzasidan ekspertizada qatnashishi taqiqlanadi.
37. Fond faoliyatidagi cheklashlarning boshqaruvchi kompaniya tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
38. Fondga xizmat ko‘rsatgani uchun Boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash fond tomonidan asosiy va qo‘shimcha (mukofot) rag‘batlantirish sifatida to‘lanadi.
Boshqaruvchi kompaniya uchun asosiy mukofot choraklar bo‘yicha taqsimlangan bir yil uchun cheklangan summada belgilanadi. Boshqaruvchi kompaniya tomonidan olinadigan asosiy mukofotning umumiy miqdori fond sof aktivlari o‘rtacha yillik qiymatining besh foizidan oshmasligi kerak. Ko‘rsatilgan summaga fondni boshqarish haqidagi kontraktning bajarilishi bo‘yicha boshqaruvchi kompaniyaning hamma xarajatlarini qoplash kiritiladi. Investitsiya fondlari haqidagi nizomga muvofiq fond hisobidan sarflanadigan xarajatlar bundan mustasno.
Boshqaruvchi kompaniyani qo‘shimcha ravishda (mukofot) rag‘batlantirish puli kontraktga muvofiq yil yakunlari bo‘yicha biroq, fond sof aktivlari yillik o‘sishining, ushbu yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha depozitlarga sof aktivlarni joylashtirishda vujudga keladigan ortiqcha o‘sishning ko‘pi bilan 7 foizi miqdorida to‘lanadi.
38-bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
39. Fondga xizmat ko‘rsatgani uchun boshqaruvchi kompaniyani mukofotlash pulining miqdori, muddati va to‘lash tartibi ular o‘rtasida tuziladigan shartnoma doirasida belgilanadi.
40. Markaz Boshqaruvchi kompaniya litsenziyasining amalda bo‘lishini quyidagi asoslarga muvofiq to‘xtatishga haqli:
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari, mazkur Nizom va boshqa me’yoriy hujjatlar, shu jumladan Markaz tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar talablarining buzilishi;
me’yoriy hujjatlar, mazkur Nizom bilan boshqaruvchi kompaniya faoliyatiga qo‘yilgan shartlar va talablarni buzish hollari va ularni bartaraf etish muddatlari yuzasidan Markazning yozma ko‘rsatmalariga bir necha marta rioya qilinmasligi;
boshqaruvchi kompaniya tomonidan litsenziya olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlarning aniqlanishi;
boshqaruvchi kompaniya va fond egalari manfaatlari yuzasidan nizo mavjud bo‘lganda boshqaruvchi kompaniya tomonidan o‘z foydasiga bitishuvlar sodir etishi;
fondlarning sof aktivlarini baholash tartibining hamda Markaz tomonidan belgilangan hisobot berish tartibi va muddatlarining buzilishi, shuningdek noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hisobot taqdim etilishi;
auditor, Markaz tomonidan tekshirishning rad etilishi, shuningdek auditorga yoki Markaz tomonidan vakil qilingan shaxslarga tekshirish uchun materiallar va hujjatlarni berishning rad etilishi;
boshqaruvchi kompaniya tomonidan olti oy mobaynida aktivlarni boshqarish yuzasidan faoliyatning amalga oshirilmasligi;
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarining, mazkur Nizom va Markaz tomonidan tasdiqlangan boshqa hujjatlarning fondlar aksiyadorlarining huquqlari va mulkiy manfaatlari buzilishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqacha tarzda buzilishi.
buzilishni bartaraf etish chora-tadbirlari va muddatlari, shuningdek litsenziyaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yilgan muddat mobaynida sodir etilishi taqiqlangan harakatlar belgilanadi.
42. Litsenziyani to‘xtatib qo‘yishga olib kelgan holatlarni hisobga olgan holda Markaz boshqaruvchi kompaniyaga:
fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi mol-mulkni boshqalarga berishni taqiqlab qo‘yishi mumkin.
43. Boshqaruvchi kompaniya Markaz tomonidan belgilangan muddat mobaynida huquq buzilishini (uning oqibatlarini) bartaraf etishga va bu haqda Markazga yozma hisobot berishga majbur.
Litsenziyaning amalda bo‘lishi Boshqaruvchi kompaniyaning buzilish bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi hisobotini ko‘rib chiqish, zarur hollarda, hisobotdagi axborotlarning to‘g‘riligini tekshirish yakunlari bo‘yicha tiklanadi.
44. Markaz boshqaruvchi kompaniyaning litsenziyasini kuyidagi asoslar bo‘yicha bekor qilish huquqiga ega:
boshqaruvchi kompaniya tomonidan aktivlarni boshqarishga taalluqli bo‘lmagan faoliyatning amalga oshirilishi;
Markaz tomonidan belgilangan muddatda litsenziyaning amalda bo‘lishini to‘xtatishga asos bo‘lgan buzilishni (buzilish oqibatini) bartaraf etish yuzasidan harakat qilmaslik;
Markazning fondlar aktivlarini boshqarish huquqini beruvchi litsenziyasining boshqa shaxsga berilishi yoki sotilishi;
boshqaruvchi kompaniya faoliyatida jiddiy va bir necha marta moliyaviy buzilishlarning mavjudligi, firibgarlik hollarining yoxud jinoyat hisoblanadigan boshqa harakatlarning aniqlanishi;
Boshqaruvchi kompaniya faoliyatida jinoyat hisoblanadigan harakatlar aniqlanganda Markaz litsenziyani bekor qilish bilan bir paytda materiallarni darhol huquqni muhofaza qilish organlariga yuborishga majbur.
45. Litsenziya bekor qilingan taqdirda, fond tomonidan yangi Boshqaruvchi kompaniya bilan kontrakt tuzilgunga qadar, fondning Kuzatuvchi kengashi fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlarni vaqtincha boshqaruvchini tayinlaydi. Vaqtincha boshqaruvchini tayinlash tartibi Markaz tomonidan belgilanadi.
45-bandning birinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 9-martdagi 119-sonli qarori bilan o‘zgartirishlar kiritilgan. Mazkur xatboshining rus tilidagi matniga qarang.
Litsenziya bekor qilingan paytdan boshlab Boshqaruvchi kompaniya investitsiya instituti sifatidagi o‘z faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega emas hamda boshqaruvchi kompaniyaning vaqtincha boshqaruvchisi tayinlangan paytdan boshlab ikki ish kuni mobaynida unga fondning investitsiya portfelini tashkil etuvchi aktivlarni boshqarishga taalluqli barcha hujjatlarni va fondning boshqa hujjatlarini berishga majbur.
46. Fondning aktivlarini boshqarish huquqini beruvchi litsenziya bekor qilingan taqdirda Markaz tomonidan bu faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya olish yuzasidan hujjatlar ilgari berilgan litsenziya bekor qilingandan so‘ng uch yil o‘tgandan keyin qabul qilinadi va ko‘rib chiqiladi.
47. Litsenziyaning amalda bo‘lishining to‘xtatib qo‘yilishi yoki uning bekor qilinishi ustidan boshqaruvchi kompaniya sudga shikoyat qilishi mumkin.
48. Boshqaruvchi kompaniyani qayta tashkil etish va tugatish tijorat tashkilotlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ixtiyoriy ravishda qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda boshqaruvchi kompaniya aktivlarini boshqarish yuzasidan kontraktlar tuzilgan fondlarning Kuzatuvchi kengashlarini qayta tashkil etish yoki tugatish tartibotlari boshlanishidan kamida 45 kun oldin kutilayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilishga majbur.
Boshqaruvchi kompaniya sud qarori bilan iqtisodiy nochorlik belgilari bo‘yicha va bankrot deb e’lon qilinishi munosabati bilan tugatilgan taqdirda uning fondlar bilan tuzilgan kontraktlari darhol to‘xtatiladi.
49. Fondlar bilan tuzilgan kontraktlar bekor qilingan taqdirda boshqaruvchi kompaniya fondning Kuzatuvchi kengashi tomonidan vakil qilingan shaxsga fondning barcha hujjatlarini hamda Kuzatuvchi kengash yoki voris hisoblangan boshqaruvchi kompaniya tomonidan asosli ravishda so‘ralgan har qanday axborotni beradi.
Keyingi tahrirga qarang.