Keyingi tahrirga qarang.
Alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishga davlat monopoliyasini, ichki bozorni, iste’molchilar huquqlarini va aholi sog‘ligini himoya qilishni ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtining g‘ayriqonuniy olib kelinishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish va tranzit orqali o‘tkazib yuborish taqiqlansin. Istisno hollarda faqat Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan o‘tkazib yuborishga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirti g‘ayriqonuniy olib kelinganda va tranzit orqali o‘tkazilganda hamda shunday hollar korxonalarda va savdoda aniqlanganda spirtni davlat foydasiga musodara qilsinlar.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi boj hududiga oziq-ovqat etil spirti olib keltirishni tartibga solish to‘g‘risida” 1998-yil 27-fevraldagi 85-son qarorining 2 va 3-bandlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.