O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 24-noyabrdagi 555-son hamda “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qarorlariga muvofiq, shuningdek axborot infratuzilmasini yanada rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 46 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 33 nafar bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi matbuot va axborot agentligining xodimlarning cheklangan umumiy soni 10 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 7 nafar bo‘lgan tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
viloyatlar va Toshkent shahar matbuot va axborot boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi va xodimlarining cheklangan soni 4 va 5-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 6-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 21-avgustdagi 178-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 346-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
T/r | Mintaqalar | Xodimlarning cheklangan umumiy soni | Boshqaruv xodimlari soni | Xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlar |
1. | Andijon viloyati | 8 | 6 | 2 |
2. | Buxoro viloyati | 8 | 6 | 2 |
3. | Jizzax viloyati | 8 | 6 | 2 |
4. | Qashqadaryo viloyati | 8 | 6 | 2 |
5. | Navoiy viloyati | 8 | 6 | 2 |
6. | Namangan viloyati | 8 | 6 | 2 |
7. | Samarqand viloyati | 8 | 6 | 2 |
8. | Sirdaryo viloyati | 8 | 6 | 2 |
9. | Surxondaryo viloyati | 8 | 6 | 2 |
10. | Toshkent viloyati | 8 | 6 | 2 |
11. | Farg‘ona viloyati | 8 | 6 | 2 |
12. | Xorazm viloyati | 8 | 6 | 2 |
13. | Toshkent shahri | 8 | 6 | 2 |
Jami: | 104 | 78 | 26 |
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. Vazirlar Mahkamasining “Chastota spektridan foydalanish, teleradiodasturlarni shakllantirish va tarqatish hamda ma’lumotlar uzatish samaradorligini oshirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1998-yil 10-iyuldagi 293-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1998-y., 7-son, 26-modda):
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirishlar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar o‘tkazish”;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “berish va ularni qaytarib olish to‘g‘risida” so‘zlari “berish va ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 5-bandning birinchi xatboshidagi “Davlat matbuot qo‘mitasi, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi” so‘zlari “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-bandning ikkinchi xatboshidagi “beradi va ularni qaytarib oladi” so‘zlari “beradi va ularning amal qilishini to‘xtatadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etish hamda tanlovlar o‘tkazish”;
to‘rtinchi xatboshidagi “to‘xtatib qo‘yish yoki qaytarib olish” so‘zlari “va ularning amal qilishini to‘xtatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘ninchi xatboshidagi “Pochta va telekommunikatsiyalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” so‘zlari “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n uchinchi xatboshidagi “pochta va telekommunikatsiyalar” so‘zlari “aloqa va axborotlashtirish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“radiochastotalarni taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berishni tashkil etadi hamda tanlovlar o‘tkazadi”;
8-bandning ikkinchi xatboshidagi “berish va ularni qaytarib olish to‘g‘risida” so‘zlari “berish va ularning amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi “Mualliflik huquqini himoya qilish agentligi, “O‘zbekkino” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi” so‘zlari “O‘zbekiston mualliflik huquqi respublika agentligi, “O‘zbekkino” milliy agentligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yettinchi xatboshidagi “Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi” so‘zlari “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
1-banddagi “tayyorlash”, “to‘xtatib turish yoki qaytarib olish” so‘zlari tegishli ravishda “shakllantirish”, “va amal qilishini to‘xtatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
2-banddagi “tayyorlash”, “to‘xtatib turish yoki qaytarib olish” so‘zlari tegishli ravishda “shakllantirish”, “va amal qilishini to‘xtatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“4. Xo‘jalik yurituvchi subyekt davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va faoliyat turiga litsenziya olish uchun Axborot faoliyati hamda ma’lumotlar uzatishni takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha Idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiya huzuridagi ishchi guruhga davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va litsenziya olish uchun tegishli qonun hujjatlarida belgilangan ro‘yxat bo‘yicha hujjatlarni beradi”;
9-banddagi “to‘xtatib qo‘yish va qaytarib olish” so‘zlari “amal qilishini to‘xtatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
10-banddagi “to‘xtatib qo‘yish va qaytarib olish” so‘zlari “amal qilishini to‘xtatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
j) 5-ilova 9-bandining o‘n birinchi xatboshidagi “qaytarib olish to‘g‘risida” so‘zlari “amal qilishini to‘xtatish to‘g‘risida” so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining “Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 22-noyabrdagi 458-son qaroriga 2-ilovada (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 11-son, 73-modda):
ikkinchi xatboshidagi “telekommunikatsiyalar sohasida” so‘zlaridan keyin “Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi” so‘zlari qo‘shilsin;
“Ekspert komissiyasi litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlar bilan birgalikdagi arizasi olingan kundan boshlab 20 kundan oshmaydigan muddatda taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari bo‘yicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda ular bo‘yicha litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi ekspert xulosasini tayyorlaydi”;
beshinchi xatboshidagi “tekshiruvlar natijalari” so‘zlaridan keyin “Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari bo‘yicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosalari” so‘zlari qo‘shilsin;
“litsenziat zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish, shu jumladan Telekommunikatsiyalar sohasida tegishli faoliyat turlari bo‘yicha ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida bunday qoidabuzarliklarni bartaraf etish muddatlarini belgilash”.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining “Aloqa va axborotlashtirish sohasida boshqaruvni tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida” 2002-yil 23-sentabrdagi 328-son qaroriga 4-ilovaning 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 9-son, 53-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“9. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqa xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi vakillari Komissiya tarkibiga kiritiladi.
Vazirliklar va idoralar vakillari Komissiya tarkibiga tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari takliflari bo‘yicha kiritiladilar.
Komissiyaning shaxsiy tarkibi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishi bilan tasdiqlanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 7-maydagi 215-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 5-son, 47-modda):
“qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatishning boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish”;
“radiochastota organi funksiyalarini bajarish, shu jumladan radiochastotalardan foydalanishga ruxsatnomalar berish, elektromagnit moslashuvni va radiochastota spektri monitoringini ta’minlash bo‘yicha — Elektromagnit moslashuv markazi”;
“qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish bo‘yicha — Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi”;
“qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirish”;
uchinchi xatboshi “radiochastota spektridan foydalanish” so‘zlaridan keyin “milliy axborot makoni monitoringi” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
“qonunchilik va normativ hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari talablariga, ommaviy kommunikatsiyalar sohasida, jumladan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, sun’iy yo‘ldosh tizimi, Internetning global tarmoqlari, axborotlarni, shuningdek matbaa mahsulotlarini yetkazib berish va tarqatish boshqa elektron vositalari sohasida faoliyatni amalga oshiradigan yuridik va jismoniy shaxslar litsenziyalari shartlariga rioya etilishi yuzasidan monitoring amalga oshirilishini tashkil qiladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 11-iyundagi 274-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 56-modda):
ikkinchi xatboshidagi “Agentlik markaziy apparatining xodimlarining cheklangan umumiy soni 64 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 51 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq” so‘zlari “1-ilovaga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) qarorning 4 va 5-bandlari, shuningdek qarorga 2, 4, 5, 6 va 6a-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
“Vazirlar Mahkamasining Noshirlik faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi funksiyasini bajaradi”;
uchinchi xatboshidagi “Bosh direktor o‘rinbosarlari — vazir o‘rinbosarlariga” so‘zlari “Bosh direktor o‘rinbosari — vazir o‘rinbosariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
14-bandning oltinchi xatboshidagi “mablag‘ ajratishning tegishli davri uchun davlat budjetida tasdiqlangan doirada” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 11-iyundagi 275-son qarori bilan tasdiqlangan Noshirlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomda (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 6-son, 57-modda):
a) 14-bandning ikkinchi xatboshi “qaror” so‘zidan keyin “tegishli faoliyat turlari bo‘yicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasini hisobga olgan holda” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 30-bandning birinchi xatboshi “tartibda” so‘zidan keyin “shuningdek tegishli faoliyat turlari bo‘yicha Ommaviy kommunikatsiyalar sohasida monitoring markazi xulosasi asosida” so‘zlari qo‘shilsin.
7. Vazirlar Mahkamasining “Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 20-dekabrdagi 592-son qaroriga ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 12-son, 109-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“Asosiy faoliyati davlat televideniye va radiodasturlarini shakllantirish va tarqatish (translatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondida mulkning davlat ulushi kamida 50 foizni tashkil etadigan korxonalarga radiochastotalar berish va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tanlov o‘tkazilmasdan amalga oshiriladi”.