O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan “Toshkent” respublika fond birjasining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Davlat korxonalarini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va “Toshkent” respublika fond birjasining ular tomonidan “VAQT” O‘zbekiston axborot kompaniyasi” aksionerlik jamiyati bazasida ochiq turdagi “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatini ta’sis etish, uning zimmasiga qimmatli qog‘ozlarni ro‘yxatga olish, saqlash va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirish vazifasini yuklash to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 21-maydagi 263-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
fond bozorini va xususiylashtirish jarayonlarini boshqarish uchun axborot bazasini oldindan shakllantirish maqsadida, Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-martdagi 171-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish bo‘yicha Davlat dasturiga muvofiq (4.1-band) respublika depozitlar tarmoqlarining moddiy-texnika bazasini xususiylashtirishdan tushadigan mablag‘larning bir qismi hisobiga mablag‘ bilan ta’minlasinlar;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Milliy depozitariy va “Toshkent” respublika fond birjasi brokerlik idoralarining filiallarini tashkil etish va joylashtirishda amaliy yordam ko‘rsatsinlar;
Fan va texnika davlat qo‘mitasi bilan birgalikda depozitar texnologiya va fond bozorining infrastrukturasini rivojlantirish mavzui bo‘yicha bajariladigan ilmiy-tadqiqot va loyiha ishlari uchun grantlar bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlash hajmlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
bir oy muddatda “Milliy depozitariy” orqali naqd pulga va naqd pulsiz qimmatli qog‘ozlar chiqarish, ularni ro‘yxatga olish va ularning muomalasini hisobga olish qoidalarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
uch oy muddatda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar emissiyasining elektron texnologiyalar qo‘llangan holda va emitentlar va aksionerlarning tegishli kompyuter banklari tashkil etilgan holda Milliy depozitariyda majburiy joylashtirilishini joriy etsinlar;
bir oy muddatda umumiy qoidalarni, har yilgi kvotalarni, ham O‘zbekiston Respublikasi tasarrufida, ham uning tashqarisida bo‘lgan emitentlar tomonidan chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarishga ruxsat berish tartibini belgilash yuzasidan taklif kiritsinlar;
ikki hafta muddatda Davlat mulki qo‘mitasi bilan birgalikda qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarini tayyorlovchi Milliy markazni hamda Fond bozorining davlat axborot-telekommunikatsiya tizimini tashkil etish va ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi to‘g‘risida takliflar kiritsinlar;
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar, idoralar, va muassasalar bilan birgalikda:
davlat korxonalar korxonalari va tashkilotlari bazasida ta’sis etiladigan aksionerlik jamiyatlari aksiyalari erkin sotish uchun “Toshkent” respublika fond birjasiga qo‘yilishini ta’minlasin;
“Toshkent” respublika fond birjasining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, kompyuterlashtirish maqsadida uning ustav fondini 2000 mln so‘m kupongacha ko‘paytirish imkoniyatini ko‘rib chiqsin;
Keyingi tahrirga qarang.
birjalar va fond bozorining boshqa tashkilotlari ishlarining tashkil etilishini ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-fevraldagi 55-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
8. “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyati Toshkent shahar, O‘zbekiston shoh, ko‘chasi, 45-uyga joylashtirilsin. Bunda ijara haqi Toshkent shahar hokimligi tomonidan turar joy bo‘lmagan binolar uchun tavsiya etilgan miqdorlarda belgilansin.
Keyingi tahrirga qarang.
9. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi (Sharonov) “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariy” aksionerlik jamiyatining ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida ularning buyurtmanomalariga ko‘ra zarur inventar va asbob-uskunalar ajratsin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi “Toshkent” respublika fond birjasi va “Milliy depozitariyning buyurtmanomalariga ko‘ra ularni zarur, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan aloqa vositalari bilan ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining tegishli normativ hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirishlarni kiritish to‘g‘risida takliflar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari V.A. Chjen, B.S. Hamidovlar zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu Nizom “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”, “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”1994-yil 21-yanvardagi PF-745-son hamda “O‘zbekiston Respublikasida davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida” 1994-yil 15-martdagi PF-789-son farmonlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarish tartibini boshqaradi.
(nizomning 1-bo‘limidagi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-sentabrdagi 317-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 17-18-son, 135-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Davlat korxonasini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan aksionerlik jamiyatini ta’sis qilishda aksiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organida va uning hududiy bo‘limlarida (bundan keyin ro‘yxatdan o‘tkazish organlari deb ataladi) davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
umumiy summasi 500 mln so‘m-kupongacha bo‘lgan aksiyalarni chiqarishda –– Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar boshqarmalari;
umumiy summasi 500 mln so‘m-kupondan ortiq bo‘lgan aksiyalarni chiqarishda –– O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 14-fevral 51-sonli qaroriga muvofiq yangi tahrirda bayon qilingan. Mazkur bandning rus tilidagi matniga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun aksionerlik jamiyatlari ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarga quyidagi hujjatlarni va ma’lumotlarni taqdim etadilar:
4. Ro‘yxatdan o‘tkazish organlarida aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish muddati belgilangan tartibda hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 20 kundan oshmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazganlik to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda emitentga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik sanasi va tartib raqami ko‘rsatilgan, aksiyalarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi guvohnoma, shuningdek, ip o‘tkazib bog‘lab qo‘yilgan va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning muhri bosilgan, “RO‘YXATDAN O‘TKAZILGAN” degan shtamp qo‘yilgan bir nusxa emissiya prospekti beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda; )
6. Aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq emasligi va ulardagi ma’lumotlarning nomuvofiqligi sabab bo‘lishi mumkin. Aksiyalarni chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etishga boshqa asoslarning sabab bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
7. Davlat korxonasini qayta o‘zgartirish natijasida tashkil etilgan ochiq turdagi aksionerlik jamiyatini ta’sis etishda aksiyalarni muomalaga chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) ilovada nazarda tutilgan asoslar va ma’lumotlar ro‘yxatiga muvofiq emissiya prospektini tayyorlash va tasdiqlash;
Keyingi tahrirga qarang.
v) ommaviy axborot vositalarida emissiya prospektini va aksiyalarga yozilish haqidagi xabarni e’lon qilish;
g) emissiya prospektiga muvofiq aksiyalarni mehnat jamoasi, vakil qilingan davlat organi a’zolari va investorlar o‘rtasida tarqatish.
8. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq aksionerlik jamiyati aksiyalarini tarqatish va ularni muomalaga chiqarish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
a) bepul beriladigan aksiyalarni bunga huquqi bo‘lgan xodimlar va shaxslar o‘rtasida tarqatish to‘g‘risidagi qaror, berilgan imtiyozlarga muvofiq, mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tomonidan, aksionerlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n besh kun mobaynida qabul qilinadi;
b) qisman pul to‘lanadigan aksiyalarni bunga huquqi bo‘lgan xodimlar va shaxslar o‘rtasida tarqatish to‘g‘risidagi qaror mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi tomonidan, aksionerlik jamiyati ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin o‘n besh kun mobaynida qabul qilinadi;
v) aksiyalarni cheklanmagan sonli investorlar, shu jumladan, xorijiy investorlar o‘rtasida ochiq sotish birja va birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda; )
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori bilan chiqarib tashlangan— O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda; )
Emitent ro‘yxatdan o‘tkazgan organning yoki aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish va muomalaga chiqarishga daxldor bo‘lgan boshqa organning noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlari yuzasidan sud yo‘li bilan shikoyat qilish huquqiga egadir.
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga ushbu Nizomning II bo‘limi 3-bandida nazarda tutilgan ro‘yxatga muvofiq hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish;
Keyingi tahrirga qarang.
b) aksionerlik jamiyati ustaviga muvofiq budjet va aksionerlar bilan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
v) qiymatli qog‘ozlar ro‘yxatdan o‘tkazilgandan keyin qonun hujjatlariga muvofiq qiymatli qog‘ozlar to‘g‘risidagi axborotni ochish;
(11-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
g) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida va ushbu Nizomning VII bo‘limida belgilangan tartibda hisobga olish va hisobot berishni amalga oshirish;
d) aksiyalarni chiqarish ushbu Nizomning VI bo‘limi 14-bandining 1 va 2-kichik bandlariga muvofiq to‘xtatib qo‘yilganda bunga sabab bo‘lgan qoida buzishlarni bartaraf etish, shundan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning maxsus yozma ruxsatnomasi bo‘yicha aksiya chiqarishni davom ettirish mumkin.
12. Aksiyalarni chiqarish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgungacha aksiyalarning reklama qilinishiga va tarqatilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
1) Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ aksiyalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarga II bo‘limning 4-bandida belgilangan ularni ko‘rib chiqish muddati mobaynida o‘zgartirishlar kiritishni talab qilishga haqlidir.
2) Aksiyalar amaldagi qonunchilikka xilof ravishda chiqarilgan, shuningdek, aksiyalar chiqarishning ushbu Nizomda belgilangan tartibi buzilgan taqdirda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ emissiyani va aksiyalarni muomalaga chiqarishni to‘xtatib qo‘yishi yoki cheklashi mumkin.
3) Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ aksiyalar emissiyasiga berilgan ruxsatni quyidagi asoslarga binoan to‘xtatib qo‘yishi yoki bekor qilishi mumkin:
a) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan mustaqil ravishda, shuningdek, uchinchi shaxslardan olingan va tekshiruvda tasdiqlangan axborot ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlarning noto‘g‘riligini ko‘rsatgan taqdirda;
b) ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarning qiymatli qog‘ozlar chiqarishni amalga oshirish jarayonida amaldagi qonunchilik buzilishlarini bartaraf etish bo‘yicha talablarini hamda mazkur Nizom talablarini bajarishni rad etish.
4) Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ qonunchilik, shuningdek, uning tomonidan berilgan ruxsatnomalarda belgilangan shartlar buzilgan taqdirda emitentlar faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risida sud organlariga taqdimnoma kiritish mumkin.
a) investorlar manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida ro‘yxatdan o‘tkazishga taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘liqligini, xolisligini va muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi;
b) taqdim etilgan hujjatlarning mazmuni va rasmiylashtirilishi bo‘yicha e’tirozlar bo‘lganda, aniq kamchiliklar va noaniqliklarni yozma shaklda ko‘rsatgan holda, hujjatlarni puxtalashtirishga yuboradi;
v) aksiyalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgungacha ularning chiqarilishini reklama qilishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ommaviy axborot vositalaridagi materiallarni nazorat qilib borishni amalga oshiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
g) emitentga aksionerlar emissiyasi bo‘yicha ruxsat berish to‘xtatib turilganda va ruxsat bekor qilinganda ommaviy axborot vositalari orqali bu haqda investorlarni xabardor qiladi.
(15-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning mansabdor shaxslari qonunchilikda belgilangan tartibda quyidagilar uchun javob beradilar:
ro‘yxatdan o‘tkazish uchun taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi uchun;
qiymatli qog‘ozlar va mazkur Nizom yuzasidan emitent tomonidan amaldagi qonunchilik buzilganda aksionerlarning shikoyati va noroziligi o‘z vaqtida ko‘rib chiqilmaganligi va ular bo‘yicha choralar ko‘rilmaganligi uchun.
Aksionerlik jamiyatlari chiqargan aksiyalar ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar tomonidan, belgilangan shakldagi maxsus reyestrlarda hisobga olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ o‘zi ro‘yxatdan o‘tkazgan qiymatli qog‘ozlar chiqarilishi to‘g‘risidagi axborotni qonun hujjatlariga muvofiq ochishga majburdir.
(17-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Emitent yilning har bir choragida chorak bo‘yicha hisobot tarkibida aksiyalar chiqarish yakunlari to‘g‘risida hisobot tuzadi va uni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi hamda xususiylashtirishni amalga oshiruvchi organlarga taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Emitent qonun hujjatlariga muvofiq aksiyalar emissiyasi yakunlari to‘g‘risidagi axborotni investorlar uchun ochishga majburdir.
(18-band uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va uning hududiy boshqarmalari, qiymatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi va mazkur Nizom to‘g‘risida amaldagi qonunchilikning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, ro‘yxatdan o‘tkazilgan aksiyalar emissiyasining qanday borayotganini nazorat qilib borishni ta’minlashga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat korxonalarini qayta
o‘zgartirish natijasida tashkil
etilgan ochiq turdagi
aksionerlik jamiyatlarining
aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish
va muomalaga chiqarish tartibi
to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
o‘zgartirish natijasida tashkil
etilgan ochiq turdagi
aksionerlik jamiyatlarining
aksiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish
va muomalaga chiqarish tartibi
to‘g‘risidagi Nizomga
ILOVA
5. Tarkibiga emitent kiradigan birlashma (uyushma, konsern, korporatsiya va shu kabilar)ning to‘liq nomi va yuridik manzili:
6. Emitentning (bo‘linma)ning hisob-kitob (joriy) va boshqa schyotlari, banklarning xizmat ko‘rsatuvchi muassasalari nomi va rekvizitlari:
Mehnat jamoalari a’zolariga beriladigan imtiyozlarning turli variantlarida aksiyalarni sotish usullari | Muddatlari | Aksiyalarning umumiy qiymati | ||
Sotishning boshlanishi | Sotishning tugashi | Summa, ming so‘m | Ulush, aksiyalar umumiy sonidan % larda | |
1 | 2 | 3 | 4 | 5 |
1.1. Aksiyalar - jami: | X | X | 100 | |
1.2. Davlatda saqlanadigan aksiyalar | ||||
1.3. Imtiyozli aksiyalarni tarqatish | ||||
1.4. Mehnat jamoasi a’zolari o‘rtasida yopiq yozilish bo‘yicha oddiy aksiyalarni tarqatish | ||||
1.5. Shartnoma tuzish yo‘li bilan aksiyalarni xorijiy investorlarga va investitsiya fondlariga tarqatish | ||||
1.6. Erkin sotiladigan aksiyalar — jami (1.1. — 1.2 — 1.3 — 1.4 — 1.5 moddalar) | X | X | ||
ulardan: | ||||
yirik investorlarga sotiladigan aksiyalar paketi: | ||||
— kim oshdi savdosida | ||||
— tanlov bo‘yicha | ||||
— investitsiya savdolarida (sotishning tanlangan usullaridan biri ko‘rsatiladi) | ||||
_____________________________________________________________________ | ||||
(F.I.O., imzo) | Davlat mulki qo‘mitasi (hududiy boshqarma) | |||
___________________ | ||||
(sana) | ||||
M.O‘. |
Imtiyozli shartlarda tarqatiladigan aksiyalarning sotilmaganlari Davlat mulki qo‘mitasi ixtiyorida qoladi. Mazkur aksiyalarni qiymatli qog‘ozlar bozorida sotishda ular oddiy aksiyalarga almashtiriladi. Aksiyalarning davlatga tegishli ulushi uchun aksiyalarning yagona sertifikati chiqariladi va u korxonalar tomonidan Davlat mulki qo‘mitasiga beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik qonunchiligida nazarda tutilgan fuqarolik huquqiy bitishuvlarni amalga oshirish qoidalari saqlanib qolgan holda pul bozorida qiymatli qog‘ozlar muomalasi bilan bog‘liq bitishuvlarni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
aksionerlik jamiyatlarining aksiyalari, aksionerlik jamiyatlari va boshqa korxonalar tomonidan chiqariladigan obligatsiyalar, shuningdek, qiymatli qog‘ozlar hosilalari oldi-sotdisining birja va birjadan tashqari bitishuvlariga;
Keyingi tahrirga qarang.
birjalarda yoki investitsiya institutlarining vositachiligida amalga oshiriladigan davlat obligatsiyalari va mahalliy zayomlar, xazina majburiyatlari va boshqa davlat qiymatli qog‘ozlari oldi-sotdi bitishuvlariga;
ushbu bandning 2 va 3-xatboshlarida qayd etib o‘tilgan qiymatli qog‘ozlarni saqlash shartnomalari, shuningdek, ushbu Nizomning IV va VI bo‘limlarida belgilangan qiymatli qog‘ozlarni sovg‘a qilishga doir shartnomalar qoidalariga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7fevraldagi 68-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
5. Qiymatli qog‘ozlar oldi-sotdi bitishuvlari (bundan keyin qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar deb ataladi), vositachisiz tuziladigan hamda ularni tuzishda bajariladigan bitishuvlardan tashqari, ko‘rsatuvchiga beriladigan qiymatli qog‘ozlar bilan yozma shaklda tomonlarning bitta shartnoma-hujjatni imzolashlari yo‘li bilan ham, shuningdek, tomonlarning amalga oshgan istaklarini hujjatli shaklda qayd etish imkonini beradigan usullar (yuboruvchi tomon imzolaydigan xatlar, telegrammalar almashish, faksimil va boshqa aloqa vositalari) bilan ham amalga oshiriladi. Biroq investitsiya idoralari va fond birjalari qonunchilikka muvofiq tasdiqlaydigan qiymatli qog‘ozlar bilan ishlash qoidalarida va boshqa hujjatlarda professional vositachilarning ishtirokida tuziladigan bitishuvlarning shakliga nisbatan boshqacha talablar bayon etilgan bo‘lsa, bunday holda bitishuvlar tuzilayotganda yuqoridagi talablar qo‘llaniladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. O‘z nomidan va o‘z hisobidan qiymatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshiruvchi qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari) qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarni tuzishda:
a) qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzilishiga qadar qiymatli qog‘ozlarni sotib olish va sotishning dastlabki qat’iy narxlarini oshkora e’lon qilishga;
b) qiymatli qog‘ozlarni sotib olish yoki sotish yuzasidan ularga murojaat qilgan shaxslar bilan ular tomonidan qiymatli qog‘ozlarning oldindan e’lon qilingan so‘nggi qat’iy narxlari (belgilangan narxlari) va miqdorlariga aynan muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishga hamda bunday bitishuvlarni tuzishdan bosh tortmaslikka majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Mijozlarning topshirig‘iga binoan qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlarni tuzishda vositachilik (brokerlik) faoliyatini amalga oshiruvchi qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari):
a) mijoz bitishuvni to‘lash qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch bo‘lmagan taqdirda qiymatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha topshiriqlarni qabul qilishdan voz kechishga;
b) mijoz qiymatli qog‘ozlarga ega ekanligi va u topshiriq berilgan paytdan boshlab besh ish kuni mobaynida ularni qiymatli qog‘ozlar bozori qatnashchisi (investitsiya instituti) ixtiyoriga taqdim etishga qodir ekanligi to‘g‘risida kafolat bo‘lmagan holda qiymatli qog‘ozlarni sotish bo‘yicha topshiriqnomani qabul qilmaslikka;
v) bitishuvlar tuzilgandan keyin yoki topshiriqnomaning amal qilish muddati tugashi bilanoq zudlik bilan mijozga qiymatli qog‘ozlar bilan bitishuvlar tuzilganligi yoki tuzilmaganligi va ularning natijalari haqida xabar qilib turishga;
g) mijozdan uning nomidan qiymatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar turkumini amalga oshirish yoki mijoz aktivlarini boshqarish to‘g‘risida ishonchnoma olinganda mijoz va broker o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning barcha shartlari belgilanishi kerak bo‘lgan ishonchnomada qayd etilgan vakolatlar doirasida amal qilishga majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Qiymatli qog‘ozlar operatsiyalari bo‘yicha investitsiya tavsiyanomalarini berishda maslahat berish faoliyatini amalga oshiruvchi qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari):
b) mijozlar tomonidan tuzilayotgan barcha bitishuvlar haqidagi tijorat sirlarini saqlashga hamda ushbu ma’lumotlar haqida uchinchi shaxslarning xabardor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikka majburdirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
9. Qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti) qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlar tuzilgunga hamda ular bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilgunga qadar o‘z mijozlariga yozma ravishda qo‘yidagilar to‘g‘risida:
a) aniq bitishuvlarning va xizmatlar ko‘rsatishning amalga oshirilishi munosabati bilan qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha o‘zi shug‘ullanadigan professional faoliyat turi;
b) dilerlik yig‘imlari, vositachilik haqlari, maslahat berish xizmatlari uchun to‘lovlar, qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarni amalga oshirganlik va boshqa xizmatlar ko‘rsatganlik uchun yig‘imlar va to‘lovlar miqdorlari (stavkalari);
v) qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha professional faoliyatni amalga oshirish uchun u olgan litsenziyaning nomeri va berilgan sanasi hamda o‘zining malakasi haqida ma’lumot berishga majburdir.
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi (investitsiya instituti) qiymatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa axborotni ham ochishga majburdir.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori asosida beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
10. Qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya idoralari) mijozlar hisobiga faqat qonunchilik bilan belgilangan shakli bo‘yicha tuzilgan topshiriq yoki vositachilik shartnomalari asosida ularda ko‘rsatib o‘tilgan barcha shartlarga muvofiq ularni bajarish mobaynida mijoz bitishuvini tuzish mumkin deb hisoblaydigan zarur shartlarga muvofiq ravishda bitishuvlar tuzishlari mumkin.
Shartnomaning bajarilishiga qadar mijoz bir tomonlama tartibda uning amal qilishini to‘xtatish huquqiga ega. Xuddi shunday huquqqa topshiriq shartnomasi bo‘yicha ishonchli vakil ham ega bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
11. Qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlar tuzilayotganda tomonlar quyidagi shartlar bo‘yicha kelishuvga erishishlari shart:
qiymatli qog‘ozlarning turi va to‘liq nomi (qiymatli qog‘ozlarni ro‘yxatdan o‘tkazish nomerini qo‘shib qo‘yish tavsiya etiladi);
qiymatli qog‘ozlarni berish muddati va ularni to‘lash usuli, hamda bitishuv bo‘yicha tijorat tavakkalchiligini sug‘urta qilish shartlari (agar bunday shartlar mavjud bo‘lsa);
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zaro kelishuv bo‘yicha tomonlar bitishuv tuzish shartiga qonunchilikda zid bo‘lmagan boshqa istalgan shartlarni kiritishadi.
(11-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilarining investorlar bilan qiymatli qog‘ozlar bozorida investorlar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan investorlar huquqlarini cheklaydigan shartnomalar tuzish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori asosida oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Qiymatli qog‘ozlar bozori professional qatnashchisi mijozni bitishuv tuzilganligi to‘g‘risidagi shartnomada belgilangan muddatda xabardor qilishi kerak.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
13. Qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilari (investitsiya institutlari) o‘z mijozlarining ularning topshiriqlari bo‘yicha tuzilgan qiymatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomalarining nusxalarini, shu jumladan, quyidagilarni ularning birinchi talabidayoq taqdim qilishlari shart:
sotib olingan yoki sotilgan qiymatli qog‘ozlarning to‘liq nomini, ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi nomerini;
dilerlik yig‘imining, vositachilik (brokerlik) haqining, maslahat berish xizmati uchun to‘lovning hamda bitishuvlar tuzilishida ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar uchun boshqa yig‘imlar va to‘lovlarning haqiqiy summasini;
bitishuvlar tuzilishi amalga oshirilishi munosabati bilan to‘langan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar summasini;.
bitishuvlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish hamda xaridorlarga sotib olingan qiymatli qog‘ozlarni yetkazib berish tartibi, vaqti va usullarini;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Qiymatli qog‘ozlarni sotib olish uchun jalb qilinadigan zayom mablag‘lari hissasi sotib olinayotgan qiymatli qog‘ozlarning umumiy qiymatining 50 foizidan ko‘p bo‘lmasligi kerak, xususiylashtirilgan korxonalarning aksiyalarini sotib olish uchun xususiylashtirish investitsiya fondlariga berilgan davlat zayomi mablag‘lari bundan mustasno.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 7-fevraldagi 68-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
15. Qiymatli qog‘ozlarni sotib olish bo‘yicha topshiriq beradigan mijozlar unga xizmat ko‘rsatuvchi qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisidan (uning bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo‘lgan taqdirda) qiymatli qog‘ozlarni sotib olish uchun qarz olishlari mumkin.
Qiymatli qog‘ozlarni bank kreditidan foydalangan holda sotib olinganda bu haqda mijoz qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisini xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchisi mijozga u qiymatli qog‘ozlar sotib olish uchun olgan qarzini to‘liq uzmagunga qadar o‘zida saqlanayotgan mijozga tegishli bo‘lgan qiymatli qog‘ozlarni bera olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Mazkur Nizomning talablariga muvofiq qiymatli qog‘ozlar bilan tuzilgan bitishuvlar (qiymatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan belgilanadigan hollar bundan mustasno) ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
18. Qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi barcha qimmatli qog‘ozlar bilan ish olib borish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega bo‘lgan investitsiya institutlari (investitsiya maslahatchilari bundan mustasno), banklar, fond birjalari, tovar birjalarining fondli bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Ro‘yxatga olish uchun faqat belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish nomerini olgan qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitishuvlar qabul qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha tuzilgan bitishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi bitishuvlar tuzilganligini tasdiqlovchi shartnoma yoki boshqa hujjatlar asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Egasining nomi yozilgan qiymatli qog‘ozning yangi egasi yoki uning vakili bitishuv ro‘yxatdan o‘tkazilganidan keyin emitentni bitishuv tuzilganligi, shuningdek, o‘zining qiymatli qog‘ozga egalik qilish huquqlari to‘g‘risida xabardor qilishi shart.
(21-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Qiymatli qog‘ozlarning yangi egasi yoki uning vakili o‘zining qiymatli qog‘ozlarga egalik qilish huquqlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilmagan taqdirda emitent qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar to‘lash uchun javobgar bo‘lmaydilar.
22. Mazkur Nizom bilan belgilangan qoidalar buzilgan holda tuzilgan bitishuvni ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar uni ro‘yxatdan o‘tkazmaslik huquqiga egadirlar.
Keyingi tahrirga qarang.
23. Ro‘yxatdan o‘tkazish shart bo‘lgan bitishuv ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yuridik shaxs yoki fuqaro, yoxud ularning vakolatli vakili (investitsiya institutlari) tomonidan taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
24. Qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarning ro‘yxatdan o‘tkazilishi belgilangan shakldagi maxsus hisobga olish registrida amalga oshiriladi.
Qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshiruvchi har bir tashkilot bitishuvlarning barcha turlari bo‘yicha yagona hisobga olish registrini yuritadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobga olish registri bilan tanishishga faqat qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi va huquqni muhofaza qilish organlari vakiliga yo‘l qo‘yiladi. Hisobga olish registrlari yuritilishini nazorat qilish Qiymatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
(24-bandning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
25. Bitishuv tuzilganligini tasdiqlovchi hujjatda, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanani va joyni belgilaydi, shuningdek, qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarni hisobga olish registrlari bo‘yicha tartib raqamini ko‘rsatib o‘tadi. Belgi ro‘yxatdan o‘tkazuvchining imzosi bilan tasdiqlanadi hamda unga ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning muhri qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlar birja, shuningdek birjadan tashqari qiymatli qog‘ozlar bozorlarida ham amalga oshirilishi mumkin.
“Toshkent” Respublika fond birjasining yoki boshqa qiymatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchisining rasmiy listing ro‘yxatiga kiritilgan qiymatli qog‘ozlarni ikkilamchi bozorda sotish-xarid qilish bo‘yicha bitishuvlar faqat ko‘rsatilgan qiymatli qog‘ozlar savdolari tashkilotchilarining savdo maydonlarida amalga oshiriladi, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno.
Respublika fond birjasi yuridik shaxs hisoblanadi, o‘zining yumaloq muhriga, hisob-kitob, valyuta va boshqa schyotlariga, ro‘yxatdan o‘tkazilgan firma belgisiga ega bo‘ladi.
(26-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
27. “Toshkent” Respublika fond birjasi daromadlari a’zolik badallari, ko‘rsatiladigan xizmatlardan tushumlar va birjaning qiymatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar bo‘yicha yig‘imlari hisobiga shakllantiriladi, ularning miqdori birja a’zolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan, biroq bitishuvning har bir tomonidan (xaridor va sotuvchidan) undiriladigan bitishuv qiymatining 1 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
(27-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 25-sentabrdagi 410-sonli qarori tahririda)
Keyingi tahrirga qarang.
28. Birja daromadlari birja xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish, moddiy-texnik bazasini kengaytirish hamda birja faoliyatini takomillashtirish bilan bog‘liq sarf-xarajatlarni qoplashga yo‘naltiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
29. Qiymatli qog‘ozlar egalari qiymatli qog‘ozlarini qiymatli qog‘ozlar saqlanadigan ixtisoslashtirilgan saqlash joylariga –– depozitariylarga saqlash uchun berishlari mumkin. Depozitariylar mustaqil tashkilot sifatida tashkil etilishi mumkin yoki bo‘lmasa kredit-moliya muassasalari hamda investitsiya institutlarining bo‘linmalari sifatida faoliyat ko‘rsatishlari mumkin. Qiymatli qog‘ozlarni saqlash uchun depozitariylarga topshirish amaldagi qonunchilikka muvofiq rasmiylashtiriladigan saqlash to‘g‘risida shartnoma asosida amalga oshiriladi.
30. Saqlash to‘g‘risida shartnoma tuzilayotganda qiymatli qog‘ozlar egasi saqlash uchun qabul qilingan qiymatli qog‘ozlarni hisobga olish qoidalari, shuningdek, dividendlarni, qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha foiz to‘lovlari va boshqa daromadlar o‘tkazish tartibi, saqlash uchun qabul qilingan qiymatli qog‘ozlarga taalluqli emitentning xatti-harakatlari to‘g‘risida qiymatli qog‘ozlar egalarini xabardor qilish hamda qiymatli qog‘ozlar egasiga emitent taqdim qiladigan axborotni yetkazish tartibi bilan tanishtirilishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
31. Mazkur Nizom bilan belgilab qo‘yilgan qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha bitishuvlarni tuzish va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish qoidalariga rioya qilmaganligi uchun qiymatli qog‘ozlar bozorining professional qatnashchilarining mutaxassislari va shaxslari qiymatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi tomonidan malaka attestatlaridan mahrum etilishi mumkin, investitsiya institutlari esa investitsiya institutlari sifatida faoliyat ko‘rsatish huquqini beruvchi litsenziyalardan mahrum etiladilar.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 27-fevraldagi 70-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 3-4-son, 35-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
32. Bitishuvlarni ro‘yxatdan o‘tkazishdan bir necha bor asosli ravishda bosh tortilgan hollarda (agar bunday rad etishlar qiymatli qog‘ozlar bozorida harakat qiluvchi shaxslarning yetarli darajada vakolatli emasligi va vijdonsizligidan guvohlik bersa) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yoki bo‘lmasa litsenziya bergan boshqa organ qiymatli qog‘ozlar bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish uchun berilgan litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yishi va uni qaytarib olishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.