O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xususiy mulk manfaatlarini himoya qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1994-yil 21-yanvardagi Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahridagi aholiga naqd pulga avtomobil yonilg‘isi sotadigan ishlab turgan 5 ta, loyihalashtirilayotgan va qurilayotgan 4 ta avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini 1994-yil mobaynida eksperiment tariqasida xususiylashtirish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
2. “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi va Toshkent shahar hokimligi bilan kelishgan holda sotiladigan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ro‘yxatini va ularni sotish shartlarini belgilasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini jismoniy yuridik shaxslarga, shu jumladan, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslarga pul mablag‘lari manbalari to‘g‘risida deklaratsiya talab qilmasdan kimoshdi savdolari va tanlov asosida xususiy mulk qilib sotishni amalga oshirsinlar. Xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining yer maydonlari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq uzoq muddatli ijaraga berilsin.
4. Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarini sotishdan tushgan mablag‘lar Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-apreldagi 228-son qarori bilan tasdiqlangan kimoshdi savdosi va tanlovlar orqali sotilgan davlat mulki qiymatini to‘lash, bunday savdodan tushgan mablag‘larini taqsimlash va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizomga muvofiq, sotilgan narxning butun summasini to‘lash uchun bir oy muddat belgilangan holda, taqsimlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan)
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Davlat soliq qo‘mitasi bilan birgalikda bir oy muddatda xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari daromadlariga soliq solish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
9. Xususiylashtirilgan xususiy avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalarining ishlash tartibi to‘g‘risidagi Vaqtinchalik nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
10. “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi bilan birgalikda bir oy muddatda neft mahsulotlarini tovar-xomashyo birjasiga savdoga qo‘yish va sotish tartibini ishlab chiqsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 2-noyabrdagi 294-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 45-46-son, 470-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat soliq qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari egalari tomonidan neft mahsulotlarini sotib olish, qabul qilish, saqlash, sotish va hisobga olish, texnika va yong‘in xavfsizligi, atrof muhit muhofazasi, sotiladigan neft mahsulotlari sifati qoidalariga hamda xususiylashtirilgan avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari to‘g‘risidagi nizomga rioya qilinishi ustidan qat’iy nazoratni amalga oshirsinlar.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-yanvardagi 14-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 1-2-son, 9-modda )
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari Q.J. Haqqulov va V.A. Chjen zimmasiga yuklansin.
1. Xususiylashtirilgan xususiy avtoyonilg‘i quyish shoxobchalari (keyingi o‘rinlarda AYQSh deb ataladi) avtomobillarni va boshqa xususiy mashina egalarining transport vositalarini yonilg‘i-moylash materiallari bilan ta’minlash korxonasi hisoblanadi. Bu yerda avtomobil yonilg‘isi va moylash materiallari faqat naqd pulga sotiladi.
AYQShda moy, quyuq va suyuq, (konsistent) moylar, avtomobillar va boshqa transport vositalari uchun ehtiyot qismlar va jihozlar sotish, xususiy transport egalaridan ishlatilgan moylar va neft mahsulotlaridan bo‘shagan kichik hajmdagi idishlarni qabul qilish, shuningdek, texnik xizmat ko‘rsatish va avtomobillarni yuvish ishlari tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri olingan neft mahsulotlarini qabul qilib olish va saqlash uchun AYQSh egalari tomonidan “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasining maxsus ajratilgan neft bazasi ijaraga olinadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-sentabrdagi 382-son qarori tahririda)
3. Neft mahsulotlarini AYQShga keltirish AYQSh egalarining o‘z mashinalari yoki boshqa idoralarning xavfsizlik shartlariga muvofiq keladigan transport vositalari bilan shartnoma shartlarida amalga oshiriladi.
4. AYQShni o‘lchov vositalari bilan jihozlash, texnik xizmat ko‘rsatish, ulardan foydalanish tartibi, ularni saqlash va ehtiyotlash, shuningdek, xizmat ko‘rsatish madaniyati amaldagi qoidalarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
AYQSh tegishli vitrinalar, reklamalar, ko‘rgazmali targ‘ibot vositalari bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. AYQShning betonlangan va asfaltlangan hududi hamda avtomagistrallardan kirish yo‘llarida hech qanday kamchiliklar bo‘lmasligi kerak. AYoQSh maydonchalari tekis bo‘lishi va kolonnalarga va quyish qurilmalariga avtomashinalarning erkin kirib kelishini ta’minlashi kerak. AYoQSh binolari, inshootlari, maydonlari, shuningdek, ularga yondosh joylar sanitariya-maishiy, estetik, yong‘inga qarshi va ekologiya talablariga javob berishi kerak.
AYQShda foydalaniladigan asbob-uskunalar, avtoyonilg‘i quyish texnikasi tegishli normalarga javob berishi, atrof-muhitni ifloslantirmasligi kerak.
5. AYQSh atrofi kunning qorong‘i vaqtlarida amaldagi normalarga muvofiq yoritilgan bo‘lishi kerak. Yonilg‘i va neft mahsulotlari quyish joylarining yoritilishiga alohida e’tibor berilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
7. AYQSh orqali sotiladigan neft mahsulotlarining sifati belgilangan texnik reglamentlarga yoki standartlarga javob berishi kerak.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-martdagi 45-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 10-son, 105-modda)
8. Har bir AYQShda neft mahsulotlarini hisobga olish va o‘lchovlarning ishonchliligini hamda bir xilligini ta’minlash, shuningdek, ularning sifatini nazorat qilish uchun zarur asbob-uskunalar va o‘lchov vositalari bo‘lishi kerak. Ular “O‘zdavstandart” markazi tomonidan qo‘llashga ruxsat etilgan va Davlat metrologiya xizmatining tamg‘asiga yoki tekshirilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaga ega bo‘lishlari kerak.
11. AYoQSh xodimlari “O‘zbekneftgaz” korporatsiyasining korxonalari bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq tayyorgarlikdan, qayta tayyorgarlikdan o‘tishlari, malakalarini oshirishlari, texnika va yong‘in xavfsizligiga oid bilimlarini tekshiruvdan o‘tkazishlari kerak. "O‘zbekneftgaz" korporatsiyasining tegishli guvohnomasi bo‘lganda ularga ishlash uchun ruxsat etiladi.
Ko‘rsatib o‘tilgan talablarni bajarmaganlik uchun AYQSh egalari va xodimlari mazkur faoliyat bilan shug‘ullanishlarini taqiqlashgacha bo‘lgan javobgarlikka tortiladilar.
12. Loyihalashtirilayotgan, qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan AYQShlarni xususiylashtirishda ularning egalari barcha ishlarning “O‘zdavneftmahsulot” birlashmasi tomonidan Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ishlab chiqqan loyihalarga muvofiq to‘la hajmda bajarilishini ta’minlashlari kerak.