Yangi tahrirdagi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ustav fondlarida davlat mulki ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish bo‘yicha tugatish komissiyalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 1999-yil 31-dekabrdagi 548-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 12-son, 71-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarning bankrotligi to‘g‘risidagi qonunchilikni amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 1999-yil 26-iyuldagi 362-son qarorida “(O‘zbekiston Respublikasi QT, 1999-y., 7-son, 42-modda):
a) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “mulkida davlat mulki bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin, tugatish komissiyasi va ishonchli vakillar qoniqarsiz ishlagan taqdirda ularning shaxsiy tarkibini almashtirish to‘g‘risida o‘z vaqtida taqdimnomalar kiritsin” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan bankrot korxonalarni tugatish jarayonining borishi ustidan kundalik nazorat o‘rnatsin, tugatuvchi boshqaruvchi qoniqarsiz ishlagan taqdirda uni vazifalarni bajarishdan ozod etish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat etsin”;
v) 5-bandning uchinchi xatboshida “tugatish komissiyalari va ishonchli vakillar tarkibini shakllantirish va tasdiqlashda” so‘zlari tugatuvchi boshqaruvchilarni tayinlashda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
g) 6-banddagi “mulkida davlat mulki bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Keyingi tahrirga qarang.
to‘rtinchi xatboshida “ustav jamg‘armalarida davlat mulki ulushi bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshida “tugatish yoki sanatsiyalash jarayonida” so‘zlari “bankrotlik yoki suddan oldin sanatsiya o‘tkazish tartib-qoidalarida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalarni aniqlash maqsadida ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning moliyaviy holati monitoringini yuritish”;
to‘rtinchi xatboshida “to‘lovga qodir bo‘lmagan va zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalar” so‘zlari “to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor korxonalar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshida “bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni suddan oldin sanatsiyalash yoki bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish” so‘zlari “suddan oldin sanatsiyadan o‘tkazish yoki bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni tugatish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“kreditorlarning bankrot korxonaga nisbatan da’volari qondirilishiga ko‘maklashish, bankrotlik hamda suddan oldin sanatsiyadan o‘tkazish tartib-qoidalarini amalga oshirishda aksiyadorlar (paychilar)ning mulkiy huquqlari va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash”;
o‘n birinchi xatboshida “bankrotlik xavfini bartaraf etishga” so‘zlari “bankrotlikning oldini olishga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“Komissiyaga qishloq xo‘jaligi korxonalari bankrotligining oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish yuzasidan takliflar kiritish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan zarar ko‘rib ishlayotgan, past rentabelli va iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy qayta o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
sud boshqaruvchilari o‘qitilishini va attestatsiyadan o‘tkazilishini hamda sud boshqaruvchilarining yagona reyestri yuritilishini tashkil etish;
ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarni suddan oldin sanatsiyadan o‘tkazish, sud sanatsiyasini va tashqi boshqaruv rejalarini kelishish”;
o‘n ikkinchi xatboshida “mulkida davlat mulki bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n beshinchi xatboshida “ustav jamg‘armalarida davlat mulki ulushi bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
o‘n yettinchi xatboshida “tashqi boshqaruvchi, ishonchli vakil” so‘zlari “sud boshqaruvchisi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
yigirmanchi xatboshida “ustav jamg‘armasida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“to‘lovga qodir bo‘lmagan, zarar ko‘rib ishlayotgan va iqtisodiy nochor qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va jamoa xo‘jaliklarini fermer xo‘jaliklariga aylantirish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqishda qatnashadi;
Komissiyaga ijtimoiy infratuzilma obyektlarini belgilangan tartibda mahalliy boshqaruv organlari balansiga berish va umumiy foydalaniladigan ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini ularning funksional vazifasiga ko‘ra tegishli xo‘jalik birlashmalari korxonalari balansiga berish to‘g‘risidagi takliflarni kiritadi;
Komissiyaga tarkibiy qayta o‘zgartiriladigan iqtisodiy nochor, zarar ko‘rib ishlayotgan va past rentabelli korxonalarning, shuningdek ularga nisbatan bankrotlik tartib-qoidasi qo‘llanilgan korxonalarning qurilishi tugallanmagan obyektlari va asosiy fondlarini konservatsiya qilish to‘g‘risida takliflar kiritadi”;
“ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan va xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan korxonalarni tugatish jarayonida qatnashish”;
yettinchi xatboshida “sanatsiyalash” so‘zi “sudgacha sanatsiyadan o‘tkazish” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“ustav fondida davlat ulushi va (yoki) pul majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi oldida qarzi bo‘lgan, shuningdek o‘z faoliyatini amalda to‘xtatgan qarzdor korxona rahbari bedarak bo‘lgan va uning turar joyini aniqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda korxonalar bankrotligi to‘g‘risida ish qo‘zg‘ash haqidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilish”;
“davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan suddan oldin sanatsiyadan o‘tkazishning borishi, shuningdek ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning bankrotligi tartib-qoidalarining borishi ustidan nazorat qilish;
qonun hujjatlariga muvofiq sud boshqaruvchilarining faoliyatini nazorat qilish, sud boshqaruvchisi faoliyatida qonun hujjatlari muntazam ravishda yoki bir marta qo‘pol ravishda buzilishi aniqlangan taqdirda uni vazifalarini bajarishdan ozod etish to‘g‘risida xo‘jalik sudiga ariza bilan murojaat qilish”;
Keyingi tahrirga qarang.
“3. Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda qarzdorni sanatsiyadan o‘tkazish o‘n ikki oydan yigirma to‘rt oygacha bo‘lgan muddatga joriy etiladi”;
Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan tarkibiy qayta o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejalari ma’qullangan korxonalar”;
“suddan oldin sanatsiyadan o‘tkazish muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash va kreditlarni qaytarish muddatini kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash, hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish”;
ikkinchi xatboshida “mablag‘larni” so‘zidan keyin “Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasining qarori asosida” so‘zlari qo‘shilsin;
“Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi qaroriga binoan sudgacha bo‘lgan sanatsiyalash muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash, ilgari ajratilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat mablag‘larini jalb etish”;
“davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlangan holda sanatsiyalash o‘tkazilishida qarzdorga xizmat ko‘rsatuvchi bankda ilgari amal qilgan hisob raqamlari to‘xtatilgan holda sanatsiyalash bo‘yicha so‘mda va (yoki) valyutada hisob raqami ochiladi.
Sanatsiyalash hisob raqamining ish tartibi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari bo‘yicha Hukumat komissiyasi tomonidan belgilanadi”;
12-bandda “Mulkida davlat mulki bo‘lgan” so‘zlari “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshida “Mulkida davlat mulki bo‘lgan” so‘zlari “Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“zarurat bo‘lganda korxonalarga nisbatan sudgacha sanatsiyalash muddatida majburiy to‘lovlarni to‘lash, ilgari berilgan davlat kreditlarini qaytarishni kechiktirish va (yoki) bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek hisoblangan penya va jarimalarni hisobdan chiqarish shaklida davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash qo‘llanilishi, korxonani sanatsiyalash to‘g‘risida qaror qabul qilingan Komissiya majlisi protokoli va Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qo‘mitasining xulosasi Komissiya kotibiyati tomonidan qaror qabul qilish uchun Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasiga yuboriladi”;
“ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan hamda xo‘jalik sudi tomonidan bankrot deb e’tirof etilgan korxonalar bankrotligining zarur tartib-qoidalarini amalga oshirish”;
yettinchi xatboshida “ishonchli shaxslar” so‘zlari “tugatuvchi boshqaruvchilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
sakkizinchi xatboshida “mulkida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshida “mulkida davlat mulki bo‘lgan” so‘zlari “ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “tugatish komissiyasi tashkil etish va ishonchli vakil funksiyalarini bajarish” so‘zlari chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirlar Mahkamasining “Investitsiya va Xususiylashtirish investitsiya fondlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 25-sentabrdagi 410-son qaroriga 3-ilovaning 43-bandida “XIF bankrot bo‘lgan yoki tugatilgan taqdirda uning aktivlarini tugatish tugatish komissiyasi tomonidan ochiq kim oshdi savdosi shaklida o‘tkaziladi” so‘zlari “XIF bankrot bo‘lgan taqdirda boshqaruvchi tugatuvchi, XIF ixtiyoriy ravishda tugatilgan taqdirda esa — tugatish komissiyasi ochiq kim oshdi savdosi shaklida uning aktivlarini sotadi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Amalga oshirilayotgan iqtisodiy nochor korxonalarni tarkibiy o‘zgartirish va moliyaviy sog‘lomlashtirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003-yil 18-apreldagi 188-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 4-son, 31-modda) 1-ilovada:
29-bandda va 33-bandning ikkinchi xatboshida “ishonchli shaxs” so‘zlari “tugatuvchi boshqaruvchi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
31-bandda “ishonchli shaxsning” so‘zlari “tugatuvchi boshqaruvchining” so‘zlari bilan almashtirilsin.