O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(I va II bo‘limlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
III. O‘zbekiston Respublikasining 1963-yil 23-martdagi Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Grajdanlik-protsessual kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1963-yil, № 9, 31-modda) 1-ilovasi — Grajdanlarga tegishli bo‘lib, ijro hujjatlari bo‘yicha undirishni qaratish mumkin bo‘lmagan mulk turlari ro‘yxatining 1-bandidan “uy qurish uchun” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(IV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 29-avgustdagi 257-I-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 11-12-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 121-modda)
VI. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 20-iyunda qabul qilingan “Yer to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, № 16-18, 294-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 2, 84-modda; 1993-yil, № 6, 243-modda; 1994-yil, № 5, 161-modda):
“Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari xususiylashtirilayotganda ular joylashgan yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga mulk qilib berilishi mumkin”;
2) 4-moddaning oltinchi xatboshisi, 5-modda birinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi, 6-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“yer uchastkalariga mulkdorlik, yerga egalik qilish, undan foydalanish huquqlarini shuningdek erni ijaraga olish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish”;
Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirish tanlov asosida yoki kim oshdi savdosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mol-mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi yoki uning hududiy organi bilan yangi mulkdor o‘rtasida obyekt faoliyatining ixtisosini saqlab qolish to‘g‘risida shartnoma tuzish tanlov yoki kim oshdi savdosining majburiy sharti bo‘lib, mulkdor uni o‘zgartirishga haqli emas”;
Ushbu modda birinchi qismining 5, 7 va 8-bandlarida hamda uchinchi qismining 2-bandida qayd etilgan hollarda erga mulkdorlik, egalik qilish va undan foydalanish huquqini to‘xtatish to‘g‘risidagi qaror ustidan sudga shikoyat qilinish mumkin”;
5) 14-modda sarlavhasi “olib qo‘yilishi” degan so‘zlardan keyin “sotib olinishi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin. Ushbu modda quyidagi mazmundagi qism bilan to‘ldirilsin:
“Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan birga yer uchastkalarini sotib olish hokimiyat tegishli organlarining qaroriga binoan amalga oshirilib, ushbu Qonun 19-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan kafolatlar bilan ta’minlanadi”;
6) 16-moddaning birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish uchun haq to‘lanadi. Yer uchun haq har yili yer solig‘i shaklida olinadi” degan jumlalar “O‘z mulkida, egaligida, foydalanishida yer uchastkalari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar yer solig‘i to‘laydilar” degan jumla bilan almashtirilsin;
“Yuridik va jismoniy shaxslar mulki bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini yer uchastkalari bilan birga davlat va jamoat ehtiyojlari uchun mulkdorni kamida bir yil oldin ogoh etib, bozor narxida sotib olinishi mumkin”;
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el yuridik va jismoniy shaxslari savdo hamda xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarini ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotib olish huquqiga egadirlar”;
9) 34-moddaning sarlavhasidagi “va olib qo‘yish” degan so‘zlar “olib qo‘yish va sotib olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. Shu moddaning uchinchi qismidagi “olib qo‘yiladi” degan so‘zlar “olib qo‘yiladi, sotib olinadi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Yerga doir nizolar, basharti tomonlar yoki tomonlarning biri savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan birga ular joylashgan yer uchastkalarining mulkdori bo‘lsa, sud tomonidan hal qilinadi”;
birinchi qismdagi “Yer uchastkalarini” degan so‘zlar “Yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, shu jumladan ijarachilar tomonidan yer uchastkalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasi tegishli sudning, tuman, shahar hokimiyat organlarining qaroriga muvofiq yer uchastkasining mulkdoriga, yerga egalik qiluvchiga yoki yerdan foydalanuvchiga qaytariladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
VII. O‘zbekiston Respublikasining 1990-yil 31-oktabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1990-yil, №31-33, 371-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, №5, 235-modda):
1) 3-moddaning 1-bandidagi “mahsulot belgilar, sanoat namunalari” degan so‘zlar “ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, integral mikrosxemalarning topoligiyasi, seleksiya yutuqlari, mahsulot belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“8. Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda shartlarda yuridik va jismoniy shaxslarning xususiy mulki qilib berilishi mumkin”;
3) 19-moddaning 1-bandi ikkinchi xatboshisidagi “er, yer osti boyliklari” degan so‘zlar “er (savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari bilan birga yuridik hamda jismoniy shaxslarning mulki qilib berilgan yerlardan tashqari), yer osti boyliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
O‘zbekiston Respublikasining yoki ma’muriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) bo‘lmish korxonalar, mulkiy majmualar, binolar, inshootlar va boshqa mol-mulk O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilab qo‘yilgan tartib va shartlar asosida mulk qilib respublika va boshqa davlatlar jismoniy hamda yuridik shaxslarning tasarrufiga o‘tkazib berilishi mumkin”.
Davlat organlari mulkdorga yoxud to‘la xo‘jalik yuritish, bevosita boshqarish huquqi bo‘yicha yoki qonun yoxud shartnomada nazarda tutilgan boshqa asosda mol-mulkka egalik qiluvchi shaxslarga O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha vazifalar yoki cheklashlar belgilab qo‘yishga huquqli emas.
Davlat organlari mulkdorning hamda ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarning o‘z mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishdan iborat huquqlarini amalga oshirishiga qonunga xilof ravishda aralashganlik oqibatida yetkazilgan zarar uchun ushbu Qonunning 35-moddasida nazarda tutilgan hajmda mulkiy javobgar bo‘ladilar.
Korxonalar aksiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav fondining kamida 10 foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar O‘zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar hisoblanadi. Ular O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga zid kelmaydigan har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda amal qiladi.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona yoki ushbu korxonani ta’sis etish yo‘li bilan yohud ilgari chet el investitsiyalarisiz ta’sis etilgan korxonada chet ellik investorning ishtirok ulushini (pay, aksiya) sotib olishi yoki bunday korxonani butunlay, shu jumladan, xususiylashtirish jarayoni mobaynida sotib olishi natijasida tashkil etilishi mumkin”.
VIII. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 15-fevralda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1991-yil, № 4, 78-modda; 1993-yil, № 6, 246-modda):
“1. Korxonani tugatish mol-mulk egasi yoki shu mol-mulkni boshqarishga vakil qilingan organ tuzgan tugatish komissiyasi tomonidan amalga oshiriladi, bankrotlik hollari bundan mustasno. Xo‘jalik sudi xo‘jalik yuritish subyektining bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda, tugatish komissiyasini tuzish hamda uning ishlash tartibi “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi”;
“Bankrot bo‘lgan xo‘jalik yuritish subyektining kreditorlar da’volarini qanoatlantirish hamda mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
X. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda; 1993-yil, № 5, 236-modda) 4-moddasining 2-bandidagi “er, yer osti boyliklari” degan so‘zlar “er (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), yer osti boyliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 2-iyulda qabul qilingan “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 394-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda) 6-moddasi 1-bandining ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrdagi 356-I-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 55-modda)
XIII O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 10, 401-modda) 15-moddasining 1-bandining ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan yiliga ikki marta o‘tkaziladi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyulda qabul qilingan “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini to‘lash tartibi va miqdorlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 9, 359-modda):
“3. Ekspertlar, mutaxassislar bajargan ish uchun eng kam ish haqiga nisbatan — ishning bir soatiga 0,015 — 0, 020 koeffitsiyenti bo‘yicha haq to‘lanadi”;
“4. Tarjimonlar yozma tarjimaga — har 1000 bosma (qo‘lyozma) belgi uchun eng kam ish haqiga nisbatan — 0,010 — 0,015 koeffitsiyenti bo‘yicha haq oladilar.
Sud majlislarida yoki surishtiruv organlari va dastlabki tergov organlari o‘tkazadigan so‘roqlarda tarjimon sifatida qatnashganlik uchun tarjimonlar eng kam ish haqiga nisbatan — ishning bir soatiga 0,015 — 0,020 koeffitsiyenti bo‘yicha haq oladilar”.
Keyingi tahrirga qarang.
XV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Garov to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 17-modda):
1) 4-moddaning 1-bandi “pul mablag‘lari” degan so‘zlardan keyin “yuridik va jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
2) 36-moddaning 1-bandi “boshqa mulkiy majmualar” degan so‘zlardan keyin “yuridik va jismoniy shaxslar mulkida bo‘lgan savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 13-modda):
“1. Aksiyador jamiyatning ustav fondi yopiq jamiyat uchun eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan hamdan ochiq jamiyat uchun eng kam oylik ish haqining 200 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak”;
“1. Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatda ustav fondi tuzilib, uning miqdori eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan kam bo‘lmasligi kerak”.
Keyingi tahrirga qarang.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 6-mayda qabul qilingan “Sug‘urta to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 217-modda);
“1. O‘zbekiston Respublikasida majburiy sug‘urta amalga oshiriladi. Majburiy sug‘urta turlari, shartlari, sug‘urta tariflari va majburiy sug‘urtani o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”;
“1. Sug‘urta to‘lovlari (sug‘urta mukofotlari) — sug‘urtalanuvchi sug‘urtalovchiga to‘laydigan badallar bo‘lib, ularni hisoblab chiqarish tartibi va ularning miqdori sug‘urta shartnomasida belgilab qo‘yiladi hamda ular so‘mda ham, chet el valyutasida ham to‘lanishi mumkin”;
3) 22-moddaning 3-bandidagi “tugatish” degan so‘z “tugatiluvchanlik” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XVIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 225-modda) 1-moddasining 1-bandidagi “rubldir” degan so‘z “so‘mdir” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil 24-apreldagi 397-I-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 4-5-son)
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Qimmatli qog‘ozlar va fond birjasi to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 325-modda):
Qimmatli qog‘ozlar va emissiya risolalarini chiqarishni ro‘yxatdan o‘tkazish paytida gerb yig‘imi olinadi. Yig‘im miqdori hamda uni to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi. Boshqa biron bir yig‘im va boj (birja yig‘imlari va bojlaridan tashqari) undirib olinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.”;
2) 16-moddaning uchinchi qismidagi “chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XXII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1998-yil 30-apreldagi 610-I-son qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 92-modda)