Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA

Vazirlar Mahkamasining
Davlat boji STAVKALARI

Hujjat 30.04.1999 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1.Sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun:
a)da’vo arizalaridan — da’vo bahosi eng kam ish haqining:
20 baravarigacha bo‘lgandada’vo bahosining 5 foizi miqdorida;
20 dan 40 baravarigacha bo‘lgandada’vo bahosining 10 foizi miqdorida;
40 dan 80 baravarigacha bo‘lgandada’vo bahosining 15 foizi miqdorida;
80 baravaridan ko‘p bo‘lgandada’vo bahosining 20 foizi miqdorida;
b)davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi)eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida;
v)nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 120 foizi miqdorida;
nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holdaboj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi;
g)bedarak yo‘qolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
d)uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
e)alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardaneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
j)sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridanda’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan stavkalar miqdorida;
j�noiy ish bo‘yicha fuqarolik da’volaridanda’vo bahosining 10 foizi miqdorida;
z)sudlarning qarorlari, hukmlari, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchunhujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida.

2.

Xo‘jalik sudlariga beriladigan da’vo arizalaridan va xo‘jalik sudining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalaridan:
a)mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan, da’vo bahosi:
1 mln. so‘mgacha bo‘lgandada’vo bahosining 3 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda;
1 mln. so‘mdan ortiq, 10 mln. so‘mgacha bo‘lgandada’vo bahosining 2 foizi miqdorida;
10 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgandada’vo bahosining 1 foizi miqdorida;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi da’vo arizalaridanda’vo bahosining 1 foizi miqdorida;
b)mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarining, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridaneng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalardaneng kam oylik ish haqining 20 baravari miqdorida;
g)xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridaneng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;
d)xo‘jalik sudlarining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalardanbirinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa talashilayotgan summadan hisoblar;
e)xo‘jalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan xo‘jalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchunhujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida.

3.

Garov shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, uning muddatini uzaytirganlik, ro‘yxatga olganlik haqida guvohnoma berganlik, shuningdek, reyestrdan ko‘chirmalar yuborganlik uchun:
a)shartnomani ro‘yxatga olganlik va garovni ro‘yxatga olganlik to‘g‘risida guvohnoma berganlik uchunshartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida;
b)garov to‘g‘risidagi shartnoma muddatining uzaytirilganligi uchunshartnoma summasining 0,2 foizi miq�orida, biroq eng kam ish haqining besh baravaridan ko‘p emas;
v)reyestrdan ko‘chirmalar berganlik uchuneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida.

4.

Notarial idoralarning hamda shahar, tuman va qishloq boshqaruv organlarining notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek, notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari hamda hujjatlar va ulardan ko‘chirmalar tayyorlab berganliklari uchun:
a)uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 15 foizi miqdorida;
b)uy-joylar, kvartiralar (ularning bir qismi), chorbog‘lar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, nabiralarga, buvilarga, buvalarga, mulk egasi va uning xotini (eri)ning tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillarigashartnoma summasining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 70 foizidan kam emas;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslargashartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
v)xususiylashtirilgan kvartiralarni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, nabiralarga, buvilarga, buvalarga mulk egasi va uning xotini (er)ning tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillarigashartnoma summasining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 70 foizidan kam emas;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslargashartnoma summasining 20 foizi miqdorida;
xususiylashtirilgan kvartiralarni kimoshdi savdosida sotishdasotish narxining 15 foizi miqdorida;
xususiylashtirilgan kvartiralarni almashtirish shartnomalarini tasdiqlashdashartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
g)mol-mulkni garovga qo‘yish shartnomalarini tasdiqlaganligi uchunshartnoma summasining 0,15 foizi miqdorida;
d)baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchunshartnoma summasining 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 20 foizidan kam emas;
e)mulkni bo‘lish shartnomalarini, kafillik va baholanmaydigan boshqa bitishuv shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
hech bo‘lmaganda tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lsaeng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;

j)

nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini to‘xtatganlik uchuneng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

z)

voyaga yetmagan bolalarga ota-onalar tomonidan aliment to‘lanishi haqidagi kelishuvni tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini to‘xtatganlik uchuneng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;

i)

ota-onalar tomonidan voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz bolalariga, mehnatga layoqatli voyaga yetgan bolalar tomonidan mehnatga layoqatsiz yordamga muhtoj ota-onalariga aliment to‘lash, er-xotinlar (sobiq er-xotinlar), qarindoshlar va boshqa shaxslarning bir-biriga ta’minot berish haqidagi kelishuvini tasdiqlaganlik, shuningdek unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini to‘xtatganlik uchuneng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
k)vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
l)merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:
birinchi navbatdagi vorislargameros summasining 3 foizi miqdorida;
ikkinchi navbatdagi vorislargameros summasining 10 foizi miqdorida;
qolgan vorislargameros summasining 20 foizi miqdorida;
m)mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, fuqarolar o‘rtasida, shuningdek, fuqarolar bilan korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida avtomototransport vositalarini oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema bo‘yicha boj undiriladi:
Transport turi

Foydalanish muddati

3 yilgacha bo‘lganda

3 yildan ortiq bo‘lganda

7 yildan ortiq bo‘lganda

1.Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi:��
a)yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobuslar, traktorlar, o‘zi yurar mashinalar uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 15 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 10 foizi miqdorida
b)chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchuneng kam ish haqining 30 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 20 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 10 foizi miqdorida
2. Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiqlar uchun davlat boji stavkalarieng kam ish haqining 5 baravari miqdoridaeng kam ish haqining 3 baravari miqdoridaeng kam ish haqining 2 baravari miqdorida

Eslatma. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.

Er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar o‘rtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda belgilangan stavkaning 15 foizi miqdorida undiriladi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqlil??ining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga ko‘ra va davlat notariusining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” korxonalari tomonidan belgilanadi.

n)er-xotinlarga nikohda yashagan vaqtlarida to‘plangan umumiy mol-mulkdagi ularning hissasiga qarab mulk huquqi haqida guvohnoma berganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
o)mol - mulkdan (avtomototrapsport vositalaridan tashqari) foydalanish va tasarruf qilish huquqiga va kredit operatsiyalarini amalga oshirishga ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
mamlakat ichkarisida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
chet mamlakatda amalga oshiriladigan operatsiyalar uchuneng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
p)quyidagilarni tasdiqlaganlik uchun:
ota-onalar, er-xotin va ularning ota- onalari, bolalar va ularning er-xotinlari, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, jiyanlarga avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
avtomototransport vositalaridan boshqa shaxslarning foydalanishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
avtomototransport vositalarini boshqa shaxslar tasarruf etishi huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 10 baravari miqdorida;
r)boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
s)meros mulkini muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchuneng kam ish haqining 30 foizi miqdorida;
t)hujjatning bir tildan boshqa tilga tarjimasining to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchunhar bir bet uchun qilingan eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
u)ijro xatlari yozib berganlik uchunundiriladigan summaning 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 1 foizidan kam emas;
f)hujjatlarning nusxalari va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchunhar bir bet uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchunhar bir bet uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchunhar bir bet uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
x)hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan, tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchuneng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
ts)yuridik va jismoniy shaxslarning arizalarini boshqa yuridik shaxslarga yetkazganlik uchun hamda boshqa notarial ishlarni bajarganlik uchun, mazkur bandning “a” — “t” kichik bandlarida nazarda tutilganlardan tashqarieng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
ch)notarial idoralarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchuneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
sh)banklarda schyotlar ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida.

Izoh. Notarial idoralarni?g binolaridan tashqarida qilingan no�arial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, shuningdek, ana shu ishlarni bajarish uchun joylarga borish bilan bog‘liq qilingan xarajatlar ham to‘lanadi.


5.

Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun:
a)nikohni qayd etganlik uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
b)nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun:
voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yichaer-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;
agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosaneng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosaneng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
v)16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchuneng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchuneng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;
g)tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lganlik haqida yozuvlarning o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
d)fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchuneng kam ish haqining 15 foizi miqdorida.

6.

Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat, chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun:
a)O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;
b)fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik yoki guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchuneng kam oylik ish haqining 40 foizi miqdorida;
v)O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga ketish huquqini beruvchi ijozat yozuvini qo‘yib berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
g)O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs milliy pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi paytning o‘zida ketish va kelish vizasi berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 80 foizi miqdorida;
d)ketish va kelish huquqini beruvchi ilgari berilgan hujjatlarga biron-bir o‘zgartirish kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirish bundan mustasno)eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
e)O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;
j)chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarg�, shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchuneng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;
z)chet el fuqarolariga, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan, “O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni kuchga kirgandan keyin O‘zbekiston Respublikasiga kelgan va biron-bir davlat fuqaroligiga mansubligini isbotlay ololmagan shaxslarga yashash uchun berilgan yo‘qotib qo‘�ilgan ruxsatnoma o‘rniga yangisini berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;
i)yo‘qotib qo‘yilgan pasportlar va ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar o‘rniga yangisini berganlik uchunmazkur bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “e” kichik bandlariga muvofiq miqdorlarda.

7.

Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun
a)O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risidagi arizalardaneng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;
b)O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik va chiqarganlik uchuneng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;
v)chet el fuqarolarini, shu jumladan, MDH qatnashchilari bo‘lgan davlatlar fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazganlik va chiqarganlik uchuneng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

g)

ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchuneng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;

d)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet mamlakatlardan yuborilgan pullarni to‘laganlik uchun, pensiya va alimentlar bundan mustasnoyuborilgan summaning 10 foizi miqdorida.
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”