Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

×
 ×
DAVLAT BOJI STAVKALARI HAQIDA

Vazirlar Mahkamasining
Davlat boji STAVKALARI

Hujjat 25.09.1995 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.
1.Sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun:
a)da’vo arizalaridan — da’vo bahosi eng kam ish haqining:
20 baravarigacha bo‘lgandada’vo bahosining 5 foizi miqdorida;
20 dan 40 baravarigacha bo‘lgandada’vo bahosining 10 foizi miqdorida;
40 dan 80 baravarigacha bo‘lgandada’vo bahosining 15 foizi miqdorida;
80 baravaridan ko‘p bo‘lgandada’vo bahosining 20 foizi miqdorida;
b)davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi)eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida;
v)nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 120 foizi miqdorida;
nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holdaboj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi;
g)bedarak yo‘qolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
d)uy-joylarni ijaraga olish shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
e)alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardaneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
j)sudlarning qarorlariga kassatsiya va nazorat shikoyatlaridanda’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqariladigan stavkalar miqdorida;
j�noiy ish bo‘yicha fuqarolik da’volaridanda’vo bahosining 10 foizi miqdorida;
z)sudlarning qarorlari, hukmlari, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchunhujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida.

2.

Xo‘jalik sudlariga beriladigan da’vo arizalaridan va xo‘jalik sudining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalardan:
a)mulkiy tusdagi da’vo arizalaridanda’vo bahosining 10 foizi miqdorida;
b)mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarning aktlarini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarining, yakka korxonalar, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;

v)

bankrotlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi arizalardaneng kam ish haqining 20 baravari miqdorida;
g)xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi quyidagi nizolar bo‘yicha:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 2 baravari miqdorida;
O‘zbekiston Respublikasining boshqa xo‘jalik sudlarida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan da’vo arizalaridaneng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
d)xo‘jalik sudlarining qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalardannizoni birinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa — talashilayotgan summadan hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida;
e)xo‘jalik sudi qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan xo‘jalik sudlari tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchunhujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida.

3.

Garov shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik, uning muddatini uzaytirganlik, ro‘yxatga olganlik haqida guvohnoma berganlik, shuningdek, reyestrdan ko‘chirmalar yuborganlik uchun:
a)shartnoma ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va garov ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilganligi uchunshartnoma summasining 0,3 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining o‘n baravaridan ko‘p emas;
b)garov to‘g‘risidagi shartnoma muddatining uzaytirilganligi uchunshartnoma summasining 0,2 foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining besh baravaridan ko‘p emas;
v)reyestrdan ko‘chirmalar berganlik uchuneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

4.

Notarial idoralarning hamda shahar, tuman va qishloq boshqaruv organlarining notarial ishlarni bajarganliklari uchun, shuningdek, notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan hujjatlarning dublikatlarini berganlik uchun, mazkur organlarning bitishuvlar, arizalar loyihalarini tuzib berganliklari hamda hujjatlar va ulardan ko‘chirmalar tayyorlab berganliklari uchun:
a)uy-joylar qurish uchun muddatsiz foydalaniladigan yer maydonlari berilishi bilan bog‘liq bo‘lgan shartnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 15 foizi miqdorida;
b)uy-joylar, kvartiralar (ularning bir qismi), chorbog‘lar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarning oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, nabiralarga, buvilarga, buvalarga, mulk egasi va uning xotini (eri)ning tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillarigashartnoma summasining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 70 foizidan kam emas;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslargashartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
v)xususiylashtirilgan kvartiralarni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, nabiralarga, buvilarga, buvalarga mulk egasi va uning xotini (er)ning tug‘ishgan aka-ukalari va opa-singillarigashartnoma summasining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 70 foizidan kam emas;
boshqa jismoniy va yuridik shaxslargashartnoma summasining 20 foizi miqdorida;
xususiylashtirilgan kvartiralarni kimoshdi savdosida sotishdasotish narxining 15 foizi miqdorida;
xususiylashtirilgan kvartiralarni almashtirish shartnomalarini tasdiqlashdashartnoma summasining 10 foizi miqdorida;
g)mol-mulkni garovga qo‘yish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchunshartnoma summasining 0,5 foizi miqdorida;
d)baholanadigan boshqa shartnomalarni tasdiqlaganlik uchunshartnoma ?ummasining 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 20 foizidan kam emas;
e)mulkni bo‘lish shartnomalarini, kafillik va baholanmaydigan boshqa bitishuv shartnomalirini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
hech bo‘lmaganda tomonlardan biri yuridik shaxs bo‘lsaeng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
j)vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
z)merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:
birinchi navbatdagi vorislargameros summasining 3 foizi miqdorida;
ikkinchi navbatdagi vorislargameros summasining 10 foizi miqdorida;
qolgan vorislargameros summasining 20 foizi miqdorida;
i)mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasida, fuqarolar o‘rtasida, shuningdek, fuqarolar bilan korxonalar va tashkilotlar o‘rtasida avtomototransport vositalarini oldi-sotdi, almashtirish, hadya etish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun quyidagi sxema bo‘yicha boj undiriladi:
Transport turi

Foydalanish muddati

3 yilgacha bo‘lganda

3 yildan ortiq bo‘lganda

7 yildan ortiq bo‘lganda

1.Har bir ot kuchi uchun davlat boji stavkasi:
a)yuk tashuvchi va yengil avtotransport, shu jumladan, avtobuslar, traktorlar, o‘zi yurar mashinalar uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 15 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 10 foizi miqdorida
b)chet elda ishlab chiqarilgan avtotransport uchuneng kam ish haqining 30 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 20 foizi miqdoridaeng kam ish haqining 10 foizi miqdorida
2. Bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiqlar uchun davlat boji stavkalarieng kam ish haqining 5 baravari miqdoridaeng kam ish haqining 3 baravari miqdoridaeng kam ish haqining 2 baravari miqdorida

Eslatma. Almashtirish shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir mashinadan undiriladi.

Er-xotinlar, ota-onalar, bolalar va nabiralar o‘rtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi; tug‘ishgan aka-ukalar va opa-singillar o‘rtasidagi shartnomalar rasmiylashtirilayotganda belgilangan stavkaning 15 foizi miqdorida undiriladi.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarining oldi-sotdi, almashtirish va hadya etish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda boj miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi va uning miqdori bitishuv qatnashchilarining xohishiga ko‘ra va davlat notariusining topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalarining mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan viloyatlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” korxonalari tomonidan belgilanadi.

k)er-xotinlarga nikohda yashagan vaqtlarida to‘plangan umumiy mol-mulkdagi ularning hissasiga qarab mulk huquqi haqida guvohnoma berganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
l)mol - mulkdan (avtomototransport vositalaridan tashqari) foydalanish va tasarruf qilish huquqiga va kredit operatsiyalarini amalga oshirishga ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
mamlakat ichkarisida amalga oshiriladigan operatsiyalar uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
chet mamlakatda amalga oshiriladigan operatsiyalar uchuneng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
m)avtomototransport vositalaridan foydalanish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:
er-xotinga, ota-onalarga, bolalarga, ularning er-xotinlariga, nabiralarga aka-ukalarga, opa-singillargaeng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
boshqa shaxslargaeng kam haqining 1 baravari miqdorida;
n)boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
o)meros mulkini muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchuneng kam ish haqining 30 foizi miqdorida;
p)hujjatning bir tildan boshqa tilga tarjimasining to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchunhar bir bet uchun qilingan eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
r)ijro xatlari yozib berganlik uchunundiriladigan summaning 5 foizi miqdorida, lekin eng kam ish haqining 1 foizidan kam emas;
s)hujjatlarning nusxalari va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchunhar bir bet uchun eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchunhar bir bet uchun eng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchunhar bir bet uchun eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
t)hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan, tarjimon imzosining haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchun:
jismoniy shaxslar uchuneng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
yuridik shaxslar uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
u)yuridik va jismoniy shaxslarning arizalarini boshqa yuridik shaxslarga yetkazganlik uchun hamda boshqa notarial ishlarni bajarganlik uchun, mazkur bandning “a” — “t” kichik bandlarida nazarda tutilganlardan tashqarieng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
f)notarial idoralarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchuneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
x)banklarda schyotlar ochishda imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida.

Izoh. Notarial idoralarning binolaridan tashqarida qilingan notarial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorda undiriladi, shuningdek, ana shu ishlarni bajarish uchun joylarga borish bilan bog‘liq qilingan xarajatlar ham to‘lanadi.


5.

Fuqarolik holati aktlarini qayd etganlik uchun, shuningdek, fuqarolik holati aktlarining qayd etilganligi haqidagi takroriy guvohnomalar shu hujjatlardagi yozuvlar o‘zgartirilib, to‘ldirilib, tuzatish kiritilib va qayta tiklanib berilganligi uchun:
a)nikohni qayd etganlik uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
b)nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun:
voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yichaeng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;
agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosaneng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosaneng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);
dom-daraksiz yo‘qolganlik yoki ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki jinoyat sodir qilganlik uchun kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarga nisbatan sud qaroriga asosaneng kam ish haqining 5 foizi miqdorida;
v)familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligini qayd etganlik uchuneng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
g)tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lganlik haqida yozuvlarning o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
d)fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida.

6.

Chet elga ketish va chet eldan kelish huquqini beradigan hujjatlarni berganlik uchun:
a)fuqarolarga chet elga ketish huquqini beradigan pasportlar berganlik, ularning amal qilish muddatini uzaytirganlik, shuningdek, chet elga ketish huquqini beradigan ijozat yozuvini qo‘yib berganlik uchuneng kam ish haqining 1 baravari miqdorida;
b)fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga ketish uchun guvohnoma berganlik yoki guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchuneng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
v)O‘zbekiston Respublikasidan ketishga viza berganlik yoki chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga vizaning amal qilish muddatini uzaytirganlik va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga ketish vizasini berganlik uchuneng kam ish haqining 40 foizi miqdorida;
g)chet el pasportiga yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatga ketish va kelishga viza berganlik yoki shu vizaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchuneng kam ish haqining 80 foizi miqdorida;
d)ketish va kelishga ilgari berilgan hujjatlarga biron-bir o‘zgartirish kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
e)O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishga oid hujjatlar berganlik uchuneng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;
j)chet el fuqarosiga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga istiqomat uchun guvohnoma berganlik yoki uning muddatini uzaytirganlik uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
z)chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet el pasportini yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatlarni ro‘yxatga olganlik yoki ro‘yxatga olish muddatini uzaytirganlik hujjatlarini berganlik uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
i)chet el fuqarolariga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yo‘qolgan guvohnoma o‘rniga yangisini berganlik uchuneng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;
k)O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqish to‘g‘risidagi arizalardaneng kam ish haqining 2 baravari miqdorida;
l)yo‘qotib qo‘yilgan chet el pasportlari va ularning o‘rnini bosuvchi yoki O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish hujjatlari o‘rniga hujjat berganlik uchunmazkur bandning “a”, “b”, “e” kichik bandlariga muvofiq miqdorlarda;

7.

Boshqa ishlarni bajarganlik uchun:
a)O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yxatga olganlik va ro‘yxatdan chiqarganlik uchuneng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;
b)ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchuneng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;
v)O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga chet el mamlakatlaridan yuborilgan pulni to‘laganlik uchun, pensiyalar va alimentlardan tashqariyuborilgan pulning 10 foizi miqdorida.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-sentabrdagi 371-sonli qaroriga muvofiq “v” kichik bandi bilan to‘ldirilgan — O‘R QT, 1995-y., 9-son, 36-modda)
Keyingi tahrirga qarang.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”