03.11.1994 yildagi 533-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.06.2020
Hujjat 16.02.2018 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
 LexUZ sharhi
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-avgustdagi 359-son, “Davlat boji stavkalari haqida” 1993-yil 26-apreldagi 192-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 4-son, 15-modda) qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 21-sentabrdagi 470-son qarori va Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 1-fevraldagi 50-son qarori 7-bandining ikkinchi—oltinchi xatboshlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Oldingi tahrirga qarang.

1.

Sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan, alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan, ma’muriy huquqiy munosabatlardan kelib chiquvchi ishlar bo‘yicha sudlarga beriladigan shikoyatlardan, sudlarning qarorlariga appelatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan, shuningdek, sudlarning hujjatlardan nusxalar berganligi uchun:

a)

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan:

— da’vo bahosining 2 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda

b)

davlat boshqaruv organlari va mansabdor shaxslarning jismoniy shaxslarning haq-huquqlarini kamsituvchi g‘ayriqonuniy xatti-harakatlaridan qilingan shikoyatlardan (sud qarori chiqarilayotgan tomonidan undiriladi)

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

Izoh. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “d” va “z” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.

v)

nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 120 foizi miqdorida;

nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan holda

boj 1-bandning “a” kichik bandiga muvofiq da’vo bahosi bo‘yicha belgilanadi;

g)

bedarak yo‘qolganligi va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda qobiliyatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 2 foizi miqdorida;

d)

uy-joylarni ijaraga oli� shartnomasini o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, vorislikni qabul qilish muddatini uzaytirish haqidagi, xatga olingan mulkni qaytarib berish to‘g‘risidagi va mulkka oid bo‘lmagan tusdagi (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan

eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida;

e)

alohida ko‘riladigan ishlar bo‘yicha ariza (shikoyat)lardan

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

j)

sudlarning qarorlariga appelatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyatlaridan

— da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy nizolar bo‘yicha esa — ushbu bandning “a” kichik bandiga muvofiq hisoblab chiqarilgan stavkalar miqdorida

jinoiy ish bo‘yicha fuqarolik da’volaridan

da’vo bahosining 10 foizi miqdorida;

z)

sudlarning qarorlari, hukmlar, ajrimlari, sudlarning boshqa qarorlarining dublikatlari va nusxalarini, shuningdek, tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

hujjatning har bir beti uchun eng kam ish haqining 0,5 foizi miqdorida;

i)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 2 baravari.


2.


Iqtisodiy sudlarga beriladigan da’vo arizalaridan va iqtisodiy sudning qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalaridan:

a)

mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

da’vo bahosining 1 foizi miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda

qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning mulkiy tusdagi da’vo arizalaridan

da’vo bahosining 1 foizi miqdorida

b)

mulkka oid bo‘lmagan tusdagi da’vo arizalaridan, shu jumladan, korxonalar va birlashmalarning yuqori turuvchi organlarining aktlarini to‘la yoki qisman haqiqiy emas deb e’tirof etish haqidagi arizalaridan, shuningdek, jamoa xo‘jaliklarining, xususiy korxonalar, qo‘shma korxonalar va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan O‘zbekiston Respublikasi va boshqa davlatlar tashkilotlari xalqaro birlashmalarining mulkka oid bo‘lmagan da’vo arizalaridan

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

v)

bankrotlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;

g)

xo‘jalik shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish yoki bekor qilish vaqtida kelib chiquvchi nizolar bo‘yicha da’vo arizalaridan

eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida;

d)

iqtisodiy sudlarning qarorlarini qayta ko‘rib chiqish haqidagi arizalardan

birinchi instansiyada ko‘rib chiqish uchun ariza berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi, mulkiy tusdagi nizolar bo‘yicha esa talashilayotgan summadan hisoblar;

e)

iqtisodiy sud qarorlari, ajrimlari va boshqa qarorlarining dublikatlarini hamda tomonlarning va ishda qatnashuvchi boshqa shaxslarning iltimoslariga binoan iqtisodiy sudlar tomonidan ishlardan beriladigan boshqa hujjatlarning nusxalarini berganlik uchun

hujjatning har bir sahifasi uchun eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida chiqarilgan stavkalar miqdorida;

j)

hakamlik sudi qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudi qarorlarini bekor qilish to‘g‘risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining 2 baravari.

Izoh. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida ko‘rsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydilar.


4.


Notariuslar notarial harakatlarni amalga oshirganliklari uchun quyidagi miqdorlarda davlat boji undiradi:

a)

ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi, ushbu bandning “b” va “v” kichik bandlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno:

Ko‘chmas mol-mulk joylashgan joy

Ko‘chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab:

100 kv.m gacha bo‘lganda

100 kv.m dan 200 kv.m. gacha bo‘lganda

200 kv.m va undan ortiq bo‘lganda

Toshkent, Nukus shaharlari va viloyat markazlari

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida

boshqa aholi punktlari

eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida

Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uni�g va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi;

b)

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkni oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar tomonidan qiymati eng kam oylik ish haqining 2500 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 5 foizi miqdorida;

Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan 600 mln. so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda — shartnoma summasining 10 foizi miqdorida;

v)

ushbu bandning “b” kichik bandiga muvofiq davlat boji to‘lab sotib olingan ko‘chmas mol-mulkni xarid qilingan kundan boshlab uch yil mobaynida boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida davlat boji undiriladi;

g)

mol-mulkni ijaraga berish bilan bog‘liq shartnomalarni:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

boshqa jismoniy shaxslarga tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

yuridik shaxslarga tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida;

d)

mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, ushbu bandning “r” kichik bandida belgilangan hollar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

e)

garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik hamda ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

Bitim ishtirokchilari (taraflari)

Shartnoma summasiga qarab:

Eng kam oylik ish haqining 1000 baravarigacha

Eng kam oylik ish haqining
1000 baravaridan 5000 baravarigacha

Eng kam oylik ish haqining
5000 baravari va undan ortiq bo‘lganda

jismoniy shaxslar uchun

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 1,5 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida

yuridik shaxslar uchun

eng kam oylik ish haqining 2 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida

Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda, davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi;

j)

banklar bilan qarz oluvchilarning kredit bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobiga qaytarish to‘g‘risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

z)

qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

Shartnoma summasiga qarab:

Eng kam oylik ish haqining 100 baravarigacha

Eng kam oylik ish haqining 100 baravaridan 300 baravarigacha

Eng kam oylik ish haqining 300 baravari va undan ortiq bo‘lganda

eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida

i)

kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;

yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

k)

nikoh shartnomasini tasdiqlaganlik, unga o‘zgartirishlar kiritganlik yoki uning amal qilishini tugatganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;

l)

aliment to‘lash to‘g‘risidagi kelishuvni tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;

m)

vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

n)

merosga egalik huquqi haqida guvohnoma berganlik uchun:

birinchi navbatdagi vorislarga — meros summasining 0,1 foizi miqdorida;

ikkinchi navbatdagi vorislarga — meros summasining 0,5 foizi miqdorida;

qolgan vorislarga — meros summasining 2 foizi miqdorida.

Izoh. Uy-joylar (uylarning bir qismi), kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), shu jumladan xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), dala hovlilar, garajlar, boshqa binolar, inshootlar va imoratlarga meros huquqi haqida guvohnoma berishda meros tartibida o‘tayotgan meros qilinayotgan mol-mulk summasi merosxo‘rlik tayinlangan kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasining tuman (shahar) filiallari tomonidan belgilangan baholash ma’lumotlari hisobga olingan holda belgilanadi;

o)

er-xotinning umumiy mol-mulkidagi ulushga bo‘lgan mulk huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

p)

avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

Transport vositasining dvigatel quvvati bo‘yicha

Ishlab chiqarilgan muddatiga qarab:

3 yilgacha bo‘lganda

3 yildan 7 yilgacha bo‘lganda

7 yil va undan ortiq bo‘lganda

60 ot kuchigacha bo‘lganda

eng kam oylik ish haqining

4 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 2 baravari miqdorida

60 ot kuchidan

110 ot kuchigacha bo‘lganda

eng kam oylik ish haqining

6 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 4 baravari miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 3 baravari miqdorida

110 ot kuchidan yuqori bo‘lganda

eng kam oylik ish haqining

10 baravari miqdorida

eng kam oylik ish haqining 8 baravari miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 5 baravari miqdorida

bitta mototransport, motokolyaska, motoqayiq uchun

eng kam oylik ish haqining
50 foizi miqdorida

eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida

eng kam oylik

ish haqining 10 foizi miqdorida

Izoh. Ayirboshlash shartnomasini rasmiylashtirishda davlat boji shu bojning ko‘p summasi olinadigan faqat bir avtomototransport vositasidan undiriladi.

Quyidagi shartnomalarni rasmiylashtirishda:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga avtomototransport vositalarini o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 5 foizi miqdorida undiriladi;

bank kreditlari hisobiga sotib olinadigan avtomototransport vositalarining oldi-sotdisi uchun davlat boji belgilangan stavkaning 10 foizi miqdorida undiriladi;

yo‘l-transport hodisasi natijasida shikastlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga o‘tkazish shartnomalari rasmiylashtirilayotganda davlat boji miqdori shu transport vositalari yaroqliligining qoldiq foiziga qarab o‘zgartiriladi hamda uning miqdori bitim taraflarining xohishiga ko‘ra va notariusning topshirig‘iga binoan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud-ekspertiza muassasalari mutaxassislari, bunday muassasalar bo‘lmagan hududlarda esa — “O‘zavtotexxizmat” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkilotlari tomonidan belgilanadi;

r)

avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf qilish huquqini beruvchi ishonchnomalarni va avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga, jiyanlariga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

boshqa shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorida;

s)

ko‘chmas mol-mulkni tasarruf etish huquqini beruvchi ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onalariga, bolalari va ularning er-xotinlariga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga — eng kam oylik ish haqining 25 foizi miqdorida;

boshqa shaxslarga — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

t)

boshqa ishonchnomalarni tasdiqlaganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;

u)

meros mulkni muhofaza qilish choralarini ko‘rganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida;

f)

hujjatning bir tildan boshqa tilga qilingan tarjimasining to‘g‘riligini shahodatlash uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

x)

ijro xatlari yozib berganlik uchun — undiriladigan summaning 1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 10 baravaridan ortiq bo‘lmagan miqdorda;

Izoh. Lizing obyektining lizing beruvchi talabi bo‘yicha ijro xatlari yozib berishda, lizing shartnomasida belgilangan to‘lanmagan to‘lovlar summasidan lizing shartnomasi muddati tugashigacha qolgan davrga lizing beruvchi daromadini chegirgan holda davlat boji undiriladi.

ch)

hujjatlarning nusxalari va ulardan ko‘chirmalarning to‘g‘riligini shahodatlash uchun:

jismoniy shaxslar uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 1 foizi miqdorida;

yuridik shaxslar uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

shu ishlarni chet mamlakatda bajarganlik uchun — har bir bet uchun eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

sh)

hujjatlardagi imzolarning haqiqiyligini, shu jumladan tarjimon imzosining haqiqiyligini shahodatlash uchun:

jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida;

e)

notarial idoralarda mavjud bo‘lgan hujjatlarning nusxalarini va dublikatlarini berganlik uchun — eng kam oylik ish haqining 5 foizi miqdorida;

yu)

banklarda hisob raqamlari ochishda imzolarning haqiqiyligini shahodatlash uchun — eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

ya)

yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga berilganligi hamda boshqa notarial harakatlar bajarilganligi uchun, mazkur bandning “a” — “yu” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno, — eng kam oylik ish haqining 10 foizi miqdorida;

ya1)

boshqa turdagi shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun, mazkur bandning “a” — “yu” kichik bandlarida nazarda tutilganlar bundan mustasno:

jismoniy shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

yuridik shaxslar uchun — eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida;

Izoh. Notarial idoralar binosidan tashqarida bajariladigan notarial ishlar uchun davlat boji ikki baravar miqdorida undiriladi, ozodlikdan mahrum etish joylaridagi yoki qamoqdagi shaxslarning ishonchnomalarini notarial tasdiqlash bundan mustasno, shuningdek ushbu ishlarni bajarish uchun joyga borish bilan bog‘liq amalda sarflangan xarajatlar to‘lanadi.

Mol-mulkni o‘zga shaxsga o‘tkazishni taqiqlab qo‘yish va taqiqni bekor qilishda davlat boji undirilmaydi.


5.


Fuqarolik holati dalolatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik, fuqarolarga fuqarolik holati dalolatnomalari ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida takroriy guvohnomalar berganlik, fuqarolik holati dalolatnomalariga o‘zgartirishlar, tuzatishlar va qo‘shimchalar kiritganlik, fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlarini tiklaganlik, familiya, ism va ota ismini o‘zgartirganlik uchun:

a)

nikohni qayd etganlik uchun

eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida;

b)

nikohning bekor qilinganligini qayd etganlik uchun:

voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinlarning o‘zaro roziligi bo‘yicha

er-xotinlarning biridan yoki ikkalasidan eng kam ish haqining 150 foizi miqdorida;

agar er-xotin birinchi nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan

eng kam ish haqining 150 dan 300 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);

er-xotindan biri takroriy nikohda bo‘lsa, sud qaroriga asosan

eng kam ish haqining 300 dan 400 foizigacha bo‘lgan miqdorda (er-xotinning biridan yoki ularning ikkalasidan);

v)

16 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida;

18 yoshdan katta fuqarolar tomonidan familiya, ism, ota ismi o‘zgartirilganligi uchun

eng kam oylik ish haqining 100 foizi miqdorida;

g)

tug‘ilganlik haqida, nikohni qayd etganlik, nikohni bekor qilganlik to‘g‘risida, o‘lganlik haqida yozuvlarning o‘zgartirilganligi, ularga qo‘shimchalar kiritilganligi, tuzatilganligi va qayta tiklanganligi munosabati bilan guvohnomalar berganlik uchun

eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida;

d)

fuqarolik holati aktlari qayd etilganlik haqida takroriy guvohnomalar berganlik uchun

eng kam ish haqining 15 foizi miqdorida.


6.


Pasport yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjatni, xorijga chiqish va xorijdan kelish huquqini beruvchi hujjatlarni berganlik uchun:

a)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 30 foizi

b)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

v)

O‘zbekiston Respublikasining 16 yoshga to‘lmagan fuqarolariga chet elga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

g)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga chet elga chiqish uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 40 foizi

d)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan 16 yoshga to‘lmagan shaxslarga biometrik harakatlanish hujjatini berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 60 foizi

e)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga chet elga chiqish uchun ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

j)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga ruxsat beruvchi yozuv stikerini rasmiylashtirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 80 foizi

z)

chet elga chiqish va kirish huquqi uchun ilgari berilgan hujjatlarga ba’zi o‘zgartirishlar kiritganlik uchun (amal qilish muddatini uzaytirishdan tashqari)

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

i)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 10 foizi

k)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yashash uchun ruxsatnoma berganlik yoki uning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi

l)

O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi xorijiy fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga yo‘qotib qo‘yilgan yashash uchun ruxsatnoma o‘rniga yashash uchun ruxsatnoma berg�nlik uchun

eng kam oylik ish haqining 50 foizi

m)

yo‘qotib qo‘yilgan pasportlar, shu jumladan biometrik pasportlar hamda ularning o‘rnini bosuvchi hujjatlar yoki O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarning o‘rniga yangilarini berganlik uchun

ushbu bandning tegishli ravishda “a”, “b”, “v”, “g”, “d”, “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan miqdorlarda.


7.


Boshqa ishlarni amalga oshirganlik uchun

a)

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish yoki fuqaroligidan chiqarish to‘g‘risidagi arizalardan

eng kam oylik ish haqining ikki baravari miqdorida;

b)

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini ro‘yxatdan o‘tkazganlik va chiqarganlik uchun, shuningdek turgan joyi bo‘yicha hisobga qo‘yish uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

v)

chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy ro‘yxatdan o‘tkazganlik va chiqarganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 2 foizi miqdorida;

g)

ov qilish huquqini beruvchi ruxsatnomalar berganlik uchun

eng kam oylik ish haqining 20 foizi miqdorida.


8.


Adliya organlari tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun:

xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarini, shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari

eng kam oylik ish haqining 12,5 baravari

respublika, viloyatlararo nodavlat notijorat tashkilotlari

eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari

faoliyatini viloyat, tuman, shahar, shaharcha, qishloq va ovul hududida olib boradigan nodavlat notijorat tashkilotlari

eng kam oylik ish haqining ikki baravari.

9.

Davlat xizmatlari markazlarida:

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun

hozir bo‘lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining o‘ttiz ikki baravari, Internet butunjahon tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda esa — hozir bo‘lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida;

sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokyerlari, auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, lombardlar, investitsiya fondlarini, “O‘zbekoziqovqatzaxira” meva-sabzavot mahsulotlarini tayyorlash va g‘amlash korxonalari uyushmasi tarkibiga kiruvchi korxonalarni, bozorlarni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli qarorlari bilan aksiyadorlik jamiyatlari (shu jumladan xolding) shaklida tashkil etilayotgan xo‘jalik boshqaruvi organlarini ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun

hozir bo‘lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari, Internet butunjahon tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda esa — hozir bo‘lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida;

yuridik shaxslarni — tadbirkorlik subyektlarini, yuridik shaxs bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarni hamda yuridik shaxs bo‘lmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatd�n o‘tkazganlik uchun

hozir bo‘lish tartibida murojaat etilganda eng kam oylik ish haqining bir baravari, Internet butunjahon tarmog‘i orqali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganda esa — hozir bo‘lish tartibida murojaat etganlik uchun belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida;

11.

Kredit byurolari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi uchun

eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida

(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 123-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/123/0713-son)
Keyingi tahrirga qarang.