Favqulodda va Muxtor Elchi | O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, |
Birinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil | O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilotdagi doimiy vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining o‘rinbosariga, O‘zbekiston Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga |
Ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil | O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisiga, |
Birinchi darajali maslahatchi | Bosh konsulga, |
Ikkinchi darajali maslahatchi | Bosh konsulga, |
Birinchi darajali birinchi kotib | Xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil o‘rinbosariga, |
Ikkinchi darajali birinchi kotib | Elchixonaning birinchi kotibiga, konsulga, |
Birinchi darajali ikkinchi kotib | Elchixonaning ikkinchi kotibiga, vitse-konsulga, |
Ikkinchi darajali ikkinchi kotib | Elchixonaning ikkinchi-uchinchi kotiblariga, |
Uchinchi kotib | Elchixonaning uchinchi kotibiga, vitse-konsulga, konsullik agentiga, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining uchinchi kotibiga |
Attashe | Elchixonaning uchinchi kotibiga, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining uchinchi kotibiga, attashega |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 16.03.1994 yildagi 140-son
Кучга кириш санаси
16.03.1994
Рус
Ўзб
O’zb
O‘zb|Рус
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2018
|
Hujjat 28.08.2002 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish |
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PQ-3654-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 1994-yil 25-fevraldagi Farmoniga hamda “O‘zbekiston Respublikasining Diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja martabalari belgilash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 3-iyuldagi Qonuniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi to‘g‘risida Nizom hamda uning markaziy apparati tuzilmasi, qo‘shimcha ravishda 112 nafar xodim ajratilgan holda, uning xodimlari soni 384 kishidan iborat qilib tasdiqlansin (1 va 2-ilovalar).
2. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga vazirning to‘rt nafar o‘rinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Tashqi ishlar vazirligi ikki oy muddatda, tasdiqlangan tuzilmaga muvofiq uning markaziy apparati va uning muassasalar xodimlarini belgilangan tartibda attestatsiyadan o‘tkazsin.
4. Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasi tashkil etilsin va uning to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlansin (3-ilova).
5. Tashqi ishlar vazirligi tizimida maxsus unvonlar xodimlarning diplomatik martabalari belgilansin va ular to‘g‘risidagi Nizom (4-ilova), shuningdek, diplomatik xodimlarni diplomatik martabalari hamda ko‘p yil ishlaganlik uchun qo‘shimcha haq miqdorlari (5 va 6-ilovalar) tasdiqlansin.
1995-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi diplomatik xodimlari uchun vakillik kiyim-boshlari joriy etilsin.
6. Tashqi ishlar vazirligi huzurida tashqi siyosat va xalqaro munosabatlar masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan “Jahon” nashriyoti tashkil etilsin; O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining organi sifatida “Jahon va siyosat” jurnalini nashr etishga ruxsat etilsin.
Tashqi ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zulgirjibirjasavdo” uyushmasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda ixtisoslashgan “Jahon” nashriyotini tashkil etish va “Jahon va siyosat” jurnalini chop etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalarni ikki oy muddatda hal etsin.
7. Tashqi ishlar vazirligi tarkibida, unda xalqaro mavzuga doir barcha zarur ma’lumotlarni jamlash maqsadida, Xalqaro axborot markazi tashkil etilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Markaz uchun tashkiliy texnika sotib olishga 1994-1995-yillarda Respublika valyuta fondidan 400 ming AQSh dollari ajratsin (7-ilova)*.
* 7-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq Tashqi ishlar vazirligiga 10 ta avtomobil, ularga ehtiyot qismlar, ofis mebeli sotib olish va qurilish ishlarini bajarish uchun zarur mablag‘lar ajratsin (8-ilova)*.
*8-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy bank bilan birgalikda Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasini shakllantirish va undan foydalanish Tartibini tayyorlasin va tasdiqlasin;
Adliya vazirligi hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat faoliyatining qonunchilik asoslarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlasin va kiritsin;
Adliya vazirligi, “O‘zistiqbolstat” davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, “O‘zdavkinokompaniya”, “O‘zteleradio” va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik muassasalariga turli tillarda yuboriladigan ma’lumotnoma materiallarning ro‘yxatini va shaklini belgilasin;
A. Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi, Bosh arxiv boshqarmasi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligi kutubxonasini zarur nashrlar, to‘plamlar, ma’lumotnoma adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy ma’lumotnoma adabiyotlar bilan to‘ldirish masalasini hal qilsin;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universiteti bilan birgalikda Tashqi ishlar vazirligi tizimida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasining diplomatik va konsullik vakolatxonalarida ishlashga tavsiya qilinayotgan kadrlarning til, mamlakatshunoslik va maxsus texnik tayyorgarligi takomillashtirilishini ta’minlasin;
Ijtimoiy ta’minot vazirligi va Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi diplomatik va konsullik vakolatxonalari xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy sug‘urta qilish masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqsin.
vazirliklar, idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimiyat mahalliy organlarining, korxonalar va tashkilotlarning, ularning qaysi idoraga qarshiliklari va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, xalqaro faoliyatini amalga oshirishning shakli va tartibini tartibga soluvchi hujjatlar ishlab chiqishga;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yo‘li bilan xorijiy mamlakatlarga qisqa va uzoq muddatli xizmat safariga borayotgan mutaxassislarni (vazir o‘rinbosarlari va boshqarmalar boshliqlari bundan mustasno) yuborish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qilishga ruxsat etilsin.
tashqi aloqalar bo‘yicha o‘z faoliyatini va vakolatlari doirasida tegishli normativ aktlarni chop etishni Tashqi ishlar vazirligi bilan muvofiqlashtirilishini;
davlatlararo shartnomalar, bitimlar tashqi aloqalarga doir normativ aktlar loyihalarining ularni oldindan ekspertizadan o‘tkazish uchun Tashqi ishlar vazirligiga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
12. Aloqa vazirligi belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligining takliflariga binoan, aloqa, shu jumladan, yer yo‘ldoshi orqali va diplomatik kuryerlik aloqalari bog‘lash uchun zarur aloqa vositalari va kanallari ajratsin. Moliya vazirligi 1994-yilda ushbu maqsadlar uchun Tashqi ishlar vazirligining talabnomasi bo‘yicha zarur mablag‘lar ajratsin.
13. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengashining O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 9-uydagi binoni Tashqi ishlar vazirligi balansiga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Mustaqillik maydoni, 5 uydagi o‘zi egallab turgan binoni O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasi Markaziy Kengashi balansiga bersin.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi berilayotgan binoning qiymatidagi farqni O‘zbekiston Xalq Demokratik partiyasiga belgilangan tartibda to‘lashni amalga oshirsin, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligining taklifiga muvofiq binoni qayta qurish va qayta jihozlash uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
Tashqi ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda hozirgi vaqtda O‘zbekiston shoh ko‘chasi, 9-uydagi binoda joylashgan yirik xorijiy firmalar va kompaniyalarning vakolatxonalariga xonalar va binolar ajratish masalasini ko‘rib chiqsin va hal qilsin. Zaruriyat bo‘lganda tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ularning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritsin.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1992-yil 25-maydagi 244-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy valyutadagi davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlar stavkalari to‘g‘risida” 1993-yil 19-avgustdagi 423-son qarori bilan tasdiqlangan davlat bojlari, yig‘imlar hamda soliq bo‘lmagan boshqa to‘lovlarni taqsimlash jadvalining jadvalining 6-bandini o‘zgartirgan holda belgilab qo‘yilsinki, 1994 –– 1996-yillar mobaynida konsullik yig‘imlaridan tushgan valyuta tushumlari 100 foiz miqdorida Diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasining valyuta schyotiga o‘tkaziladi.
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari o‘rtoq I.H. Jo‘rabekov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) –– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tizimiga kiruvchi va O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, shuningdek, xalqaro-huquqiy me’yorlarda belgilangan prinsiplardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosatini ro‘yobga chiqarishni amalga oshiruvchi davlat boshqaruv organidir.
Vazirlik o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bevosita rahbarligida amalga oshiradi.
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi. Vazirlik o‘z faoliyatini xalqaro huquq me’yorlaridan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tuzgan shartnomalar va bitimlarga muvofiq quradi.
3. O‘zbekiston Respublikasi davlat suvereniteti prinsiplarini hayotga tatbiq etish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy yo‘lini amalda ro‘yobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar bilan munosabatlarda, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlarda O‘zbekistonning davlat manfaatlarini va uning fuqarolari huquqlarini himoya qilish Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati strategiyasi, uning tashqi siyosiy manfaatlarini himoya qilish va ilgari surish, shuningdek, davlatning xalqaro faoliyati umumiy muammolarga doir masalalar bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini xalqaro siyosat masalalari bo‘yicha zarur axborot bilan ta’minlaydi;
o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, idoralar, muassasalarning xalqaro aloqalarini rivojlantirish bo‘yicha ishini muvofiqlashtiradi;
respublika organlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining milliy-davlat manfaatlarini, shuningdek, uning xorijdagi fuqaroligining huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga, xalqaro moliyaviy, iqtisodiy va boshqa tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatilishiga va bu aloqalarning kengayishiga ko‘maklashadi;
belgilangan tartibda va o‘z vakolatlari doirasida boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari va tashqi siyosiy muassasalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan muzokaralar olib boradi hamda shartnomalar va bitimlar tuzadi:
O‘zbekiston Respublikasining davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ishlab chiqishda qatnashadi va tuzilishini ta’minlaydi hamda bu shartnomalar va bitimlar asl matnlarining depozitari hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini tuzish, ijro etish va denonsatsiya qilish to‘g‘risidagi takliflarni belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi;
tegishli davlat shartnomalari va bitimlarini ratifikatsiya qilish uchun belgilangan tartibda Oliy Majlisga taqdim etadi;
boshqa davlatlarning tegishli tashqi siyosiy organlari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar bilan ishlarni muvofiqlashtirish to‘g‘risida shartnomalar va bitimlar tuzadi;
O‘zbekiston Respublikasining kuchga kirgan davlatlararo shartnomalari va bitimlarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki hujjatlar yig‘ma jildida saqlash, ro‘yxatga kiritish yoki e’lon qilish uchun Birlashgan Millatlar Tashkiloti Kotibiyatiga belgilangan tartibda yuboradi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat shartnomalari bo‘yicha tomonlarning majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis Raisi, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining xorijiy davlatlarga tashriflarini O‘zbekiston Respublikasining davlat diplomatik protokoli to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq protokol jihatdan tayyorlaydi va tashkiliy ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
xalqaro konferensiyalar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar majlislari ishida qatnashish uchun O‘zbekiston Respublikasining rasmiy delegatsiyalarini tuzadi va yuboradi;
Keyingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarning rasmiy davlat delegatsiyalarini qabul qilishni tashkil etadi va unda ishtirok etadi hamda siyosiy, diplomatik, protokol va vakillik ishlarini olib boradi;
iqtisodiyot, madaniyat, fan-texnikani ayirboshlash va savdo sohasida O‘zbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralari jamoat birlashmalari va fuqarolarning xalqaro aloqalari rivojlanishiga ko‘maklashadi;
chet elda O‘zbekiston Respublikasining tashqi va ichki siyosati to‘g‘risida xolisona axborot tarqalishiga ko‘maklashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston milliy axborot agentligi (O‘zA), O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi va “UzPAK” ma’lumotlarini uzatish davlat tarmog‘ini rivojlantirish va undan foydalanish korxonasi bilan birgalikda O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy hayoti to‘g‘risidagi axborotning tarmog‘ida tarqatilishini muvofiqlashtiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 28-avgust 2002-yil 305-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2002-y., 15-16-son, 125-modda; )
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlariga diplomatik protokol sohasida, ular tomonidan elchixonalar va boshqa xorijiy vakolatxonalar bilan aloqalarning amalga oshirilishida ko‘maklashadi;
ham respublika hududida, ham chet elda xorijiy davlatlar, xalqaro, hukumatlararo va mintaqaviy tashkilotlar bilan diplomatik va konsullik aloqalarini amalga oshiradi;
respublikaning chet eldagi diplomatik va konsullik vakolatxonalari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalarning tarkibini belgilangan tartibda shakllantiradi va ishini tashkil etadi, faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
xalqaro huquq me’yorlariga va O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq boshqa davlatlarning respublika hududidagi doimiy diplomatik vakolatxonalari bilan munosabatlarni qo‘llab-quvvatlaydi, diplomatik vakolatxonalar xodimlarini akkreditatsiya qiladi;
xorijiy muxbirlarni akkreditatsiya qiladi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi, boshqa davlatlarning jurnalistlari bilan brifinglar, matbuot konferensiyalari va uchrashuvlar o‘tkazadi;
Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy davlatlarning savdo vakolatxonalarini, xalqaro siyosiy, iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlar va birlashmalarining vakolatxonalari va missiyalarini akkreditatsiya qiladi;
(4-bandning yigirma beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23-oktabr 2000-yil 410-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2000-y., 8-son , 127-modda;)
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlarning diplomatik va konsullik immunitetiga rioya qilish uchun sharoitlar yaratadi, xalqaro huquq me’yorlariga muvofiq o‘z funksiyalarini bajarishlarida ularga ko‘maklashadi;
O‘zbekistonning chet eldagi savdo vakolatxonalarini tuzish tartibi va ularning faoliyati to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi, ularning kadrlari tarkibini shakllantiradi va ularga umumiy rahbarlik qilishni amalga oshiradi;
Vazirlikning muassasalarini tashkil etish (dislokatsiya, tuzilma, shtatlar) masalalari bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda ishlab chiqadi va tegishli organlarga kiritadi, diplomatik va konsullik lavozimlariga kadrlar tayyorlashni, tanlashni va tavsiya etishni amalga oshiradi;
davlatlararo shartnomalar matnlarining rasmiy tarjima qilinishini va ro‘yxatdan o‘tkazilishini amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan o‘zaro hamkorlikda mahalliy va xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar uchun hujjatlarni talab qilib olish va legalizatsiya qilish ishini belgilangan tartibda yuritadi, fuqarolik holati va notariat hujjatlari bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa konsullik masalalarini hal etadi;
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasiga keluvchi fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish masalalari bo‘yicha taqdimnomalarni ko‘rib chiqishda belgilangan tartibda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan tashqi siyosiy faoliyatga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqadi, respublika qonunchiligiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflar tayyorlaydi;
tashqi siyosiy faoliyat va xalqaro munosabatlar masalalari bo‘yicha adabiyotlar, respublika oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanmalar, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha ilmiy-ommabop adabiyotlar rejasini tuzadi va ularning nashr etilishini tashkil etadi;
Vazirlik tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy ta’minoti to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqadi, Vazirlikning moddiy-texnika ta’minotini, binolari, muassasalari asosli qurilishi va tuzilishini tashkil etadi hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritadi;
Vazirlikka qarashli organlarni mablag‘ bilan ta’minlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi, Vazirlik tizimi muassasalarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etadi va nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, harbiy mol-mulklar, portlovchi moddalar va buyumlar, shuningdek harbiy tarkiblar tranziti chog‘ida qonunchilikka muvofiq xulosalar beradi va nazoratni amalga oshiradi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1-may 2002-yil 150-son qarori asosida xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2002-y., 9-son , 66-modda)
boshqa mamlakatlarning tegishli davlat organlari, tashqi siyosiy muassasalari va diplomatik vakolatxonalari bo‘yicha o‘z vakolatlari doirasida muzokaralar olib borish hamda davlat nomidan ular bilan rasmiy yozishmalarni amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tashkilotlari, muassasalari va korxonalaridan tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha so‘rovlar yuborish va ma’lumotlar, takliflar, xulosalar hamda boshqa zarur materiallarni olish;
muvofiqlashtiruvchi, ilmiy-uslubiy va boshqa kengashlar, idoralararo ekspert komissiyalari tuzish, shuningdek tashqi siyosiy faoliyat muammolari bo‘yicha maxsus kengashlar chaqirish;
zarurat bo‘lganda xalqaro munosabatlar sohasida takliflar, xulosalar va tahliliy materiallar tayyorlash uchun olimlar, mutaxassislardan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlari tuzish;
xorijiy mamlakatlar bilan o‘zaro hamkorlik asosida zarur axborotni ayriboshlashni belgilangan tartibda amalga oshirish, buning uchun tegishli vazirliklar, idoralar va tashkilotlardan talab etiladigan materiallarni olish;
ham respublikada, ham uning tashqarisida Vazirlikka qarashli xo‘jalik hisobidagi birlashmalarni, markazlarni, agentliklarni, jamg‘armalarni boshqa idoralar va tashkilotlarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish;
Keyingi tahrirga qarang.
ham respublika, ham chet olimlari, mutaxassislari va ekspertlarini shartnoma (kontrakt) asosida xalqaro ma’lumotlarni o‘rganish, maslahatlashish va hal etish uchun jalb etish;
Vazirlik va uning bo‘linmalari tomonidan respublikada va uning tashqarisida olinadigan budjetdan tashqari mablag‘lardan, shu jumladan, valyuta mablag‘laridan o‘zining moddiy-texnika negizini mablag‘ bilan ta’minlash uchun va ijtimoiy maqsadlar uchun qonunda belgilangan tartibda foydalanish;
respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobidan maxsus bilimlar, uzoq muddatli xizmati va xorijiy tillarni bilganligi uchun lavozim maoshlariga ustamalar to‘lash;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlikning rasmiy taklifi bo‘yicha O‘zbekistonga keluvchi xorijiy delegatsiyalarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashashi va transport harajatlarini mahalliy valyutada (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan preyskurant bo‘yicha) to‘lash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti apparati bilan kelishgan holda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya Universitetining bitiruvchilarini taqsimlashga va ulardan oqilona foydalanishga rahbarlik qilishni amalga oshirish;
5. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi: markaziy apparat, elchixona, missiyalar, bosh konsulliklar va konsulliklar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar, diplomatik servis xizmati, xo‘jalik hisobidagi tuzilmalar.
6. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan vazir boshchilik qiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga binoan xorijiy davlatlarda davlat nomidan muzokaralar olib boradi hamda O‘zbekiston Respublikasi nomidan sharnomalarni imzolaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlikning har bir bo‘linmasi va xodimi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;
Vazirlikning har bir bo‘linmasi va xodimi tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi, vazir o‘rinbosarlarining, alohida topshiriqlar bo‘yicha elchilarning, Vazirlik faoliyati alohida yo‘nalishlarini boshqarish uchun markaziy apparat tarkibiy bo‘linmalari rahbarlarining javobgarlik darajalarini belgilaydi;
xodimlarning belgilangan soni va ish haqi fondi doirasida Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlaydi, zarur tarkibiy qayta tashkil etishlarni amalga oshiradi;
Vazirlikning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek, belgilangan tartibda Vazirlikka qarashli muassasalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning nizomlari (ustavlari)ni tasdiqlaydi;
Vazirlik xodimlarini, shuningdek, Vazirlikka qarashli muassasalar va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlarning rahbari xodimlarini chet elga xizmat safariga va Vazirlik muassasalarida ishlashga yuborish masalalarini hal etadi;
Vazirlik markaziy apparati, shuningdek, Vazirlikka qarashli muassasalarning xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlik apparati xodimlarining lavozim maoshlariga ish haqi fondi doirasida shaxsiy ustamalar belgilaydi.
8. Vazir o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi. Ular o‘rtasidagi vazifalarni Vazir taqsimlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazir o‘rinbosarlari Vazirlikka qarashli bo‘linmalarning zarur tartibda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydilar, hududiy bo‘limlar o‘zlari mutasaddi bo‘lgan mamlakatlar, mintaqalar va muammolar bo‘yicha masalalar majmuini to‘liq hajmda hal etish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
9. Alohida topshiriqlar bo‘yicha elchilar Vazirning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tayinlanadilar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Tashqi ishlar vazirining maxsus topshiriqlarini bajaradilar.
Vazir (hay’at raisi), Vazir o‘rinbosarlari (lavozimlari bo‘yicha), Tashqi ishlar vazirligi bir qator tarkibiy bo‘linmalarining rahbarlari.
Hay’at a’zolarining soni va uning shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
11. Diplomatik vakolatxonalar Vazirlik rahbarligida ishlaydilar va quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
o‘zlari bo‘lgan davlatda O‘zbekiston Respublikasi va uning fuqarolarning manfaatlarini xalqaro huquq hamda bu davlatlar bilan ikki tomonlama shartnomalar va bitimlar bilan, shuningdek, har ikkala davlat qatnashchisi hisoblangan ko‘p tomonlama shartnomalar bilan yo‘l qo‘yiladigan darajada himoya qiladilar;
o‘zlari bo‘lgan mamlakat tashqi siyosiy idoralari bilan shuningdek, bu davlatda akkreditatsiya qilingan xorijiy vakolatxonalar bilan doimiy aloqada bo‘ladilar;
o‘zlari bo‘lgan davlatdagi voqealarni barcha qonuniy vositalari bilan aniqlaydilar hamda ular to‘g‘risida Vazirlik orqali respublika rahbariyatiga ma’lum qiladilar;
O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘zlari bo‘lgan davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va aloqalarni rag‘batlantiradilar hamda siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda ularning o‘zaro munosabatlari rivojlanishiga ko‘maklashadilar;
12. Konsullik vakolatxonasi ta’sis etish tartibi, uning oldida turgan vazifalar doirasi, uning funksiyalari va ish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Konsullik ustavi bilan belgilanadi.
13. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radilar hamda uning manfaatlarini, respublika yuridik shaxslari va fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qiladilar.
Missiya yoki vakolatxonaning boshlig‘i tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda Vazirlikning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
14. Xorijiy vakolatxonalar soni va ular xodimlarining soni o‘rnatilgan diplomatik munosabatlarga va ushbu masalalar bo‘yicha erishilgan bitimlarga muvofiq belgilanadi.
15. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi respublikaning davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
16. Vazirlik o‘z xo‘jalik faoliyatini ta’minlash uchun O‘zbekiston Respublikasi banklarida va chet elda milliy va xorijiy valyutada schyotlar ochishi mumkin.
17. Xorijiy davlatlardagi diplomatik va konsullik vakolatxonalar, shuningdek, xalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatxonalar yuridik shaxs hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasining davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar, o‘zlari bo‘lgan mamlakatning banklarida va boshqa xalqaro banklarda istalgan valyutada schyotlar ochishga haqlidirlar.
19. Vazirlik markaziy apparati va uning muassasalari xodimlari soni, shuningdek ularning xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘ miqdori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasi to‘g‘risida
1. O‘zbekiston diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish Respublika jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda –– Jamg‘arma deb ataladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq Tashqi ishlar vazirligini va uning muassasalarini qo‘shimcha ravishda mablag‘ bilan ta’minlash uchun tashkil etilgan.
kelish va ketish hujjatlarini rasmiylashtirganlik, xorijiy pasportlar berganlik va boshqa konsullik xizmatlari uchun yuridik shaxslardan, xo‘jaliklardan, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslardan va O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan belgilangan tartibda undiriladigan yig‘imlardan;
Tashqi ishlar vazirligi tizimi muassasalarining noshirlik va xo‘jalik faoliyatidagi foydadan soliq to‘langandan so‘nggi foydasi va ijara to‘lovlaridan;
O‘zbekistondagi xorijiy diplomatik xodimlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar sifatiga Diplomatik servis xizmati schyotlariga tushadigan mablag‘lardan;
Tashqi ishlar vazirligining xorijda tashkil etilayotgan axborot-konsultatsiya markazlarining daromadlaridan ajratmalardan;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining tashqi aloqalarida qatnashayotgan boshqa tashkilotlarda hosil bo‘ladigan daromadlardan tashkil topadi.
3. Jamg‘arma mablag‘lari tushumlari va xarajatlarini hisobga olish mahalliy va chet el valyutasida alohida-alohida amalga oshiriladi.
Tashqi ishlar vazirligi va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining ixtisoslashtirilgan kutubxonalarini shakllantirishda, ma’lumotnoma adabiyotlar va har xil davriy matbuotni sotib olishda;
Tashqi ishlar vazirligi muassasalari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda;
Qurilish, tuzatish binolarni jihozlashda, Tashqi ishlar vazirligi muassasalarini jihozlar, tashkiliy texnika vositalari bilan ta’minlashda, ularni kompyuterlashtirishda;
Keyingi tahrirga qarang.
5. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish diplomatik va konsullik muassasalarini rivojlantirish dasturlarini yoki aniq tashqi siyosiy aksiyalarni mablag‘ bilan ta’minlash orqali amalga oshiriladi. Dasturlar, ularni mablag‘ bilan ta’minlash limitlari va Jamg‘armaning zaxiraga qo‘yiladigan har yilgi qismi miqdori Jamg‘arma Kengashi tomonidan belgilanadi.
Jamg‘arma Kengashiga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchilik qiladi, u Kengashning shaxsiy tarkibini tasdiqlaydi.
Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha qarorlar Jamg‘arma Kengashi a’zolarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Jamg‘arma Kengashi tomonidan belgilangan limitlar doirasida dasturlar bo‘yicha xarajatlar smetasini tasdiqlash va o‘zgartirish, shuningdek, Jamg‘armaning zaxira mablag‘laridan foydalanish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri zimmasiga yuklatiladi.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi hisobot har yili Jamg‘arma Kengashida ko‘rib chiqiladi va respublika budjetidan ajratilgan mablag‘lar bo‘yicha belgilangan tartibda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Moliya vazirligiga taqdim etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Jamg‘arma mablag‘larini to‘plash va sarflash operatsiyalariga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha amaliy ishlar Tashqi ishlar vazirligi apparati tomonidan amalga oshiriladi. Bu maqsadlarda mustaqil tashkilotlar tuzilmaydi.
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Diplomatiya xodimlari uchun diplomatiya daraja va martabalari belgilash to‘g‘risida” 1992-yil 3-iyuldagi Qonuniga muvofiq diplomatik vakolatxonalar boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va konsulliklar huzuridagi vakolatxonalar xodimlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik martabalar –– farqlovchi darajalar berish tartibini belgilaydi.
2. Diplomatik vakolatxonalarning boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi:
3. Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va konsulliklar huzuridagi doimiy vakolatxonalar, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy ma’lumotga ega bo‘lingan taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan lavozimiga hamda ish stajiga muvofiq, shuningdek, malaka unvonlarini va boshqa farqlovchi belgilarini hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi.
5. Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakilning diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari bilan beriladi.
Birinchi va ikkinchi darajali Maslahatchining, birinchi va ikkinchi darajali birinchi kotibning, birinchi va ikkinchi darajali ikkinchi kotibning, uchinchi kotib hamda atteshening diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining buyruqlari bilan beriladi.
Attashening boshlang‘ich diplomatik martabasi diplomatik xizmatda kamida bir yil ishlagan shaxsga beriladi.
Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor vakilining martabalari umrbod beriladi.
Boshqa diplomatik martabalarga ega bo‘lgan shaxslarda ular ushbu mansabdor shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga chiqqan taqdirda ham saqlanib qoladi.
Diplomatik martabalarga, shu jumladan, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qarshi qaratilgan, shuningdek, diplomatik xizmat talablariga zid xatti-harakatlar uchun mazkur unvonlardan mahrum etilishi mumkin.
a) oldingi diplomatik martabada belgilangan xizmat muddati o‘tgunga qadar ishda alohida namuna ko‘rsatilganlik uchun;
b) navbatga rioya qilmagan holda, ammo xodimning yuqori lavozimga ko‘tarish vaqtidagi diplomatik martabasidan ko‘pi bilan ikki diplomatik martaba yuqori;
v) birinchi marta attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimlarga, egallab turgan lavozimda nazarda tutilganiga nisbatan bir diplomatik martaba past;
g) Tashqi ishlar vazirligining mustaqil, shu jumladan, xo‘jalik hisobidagi bo‘linmalari rahbarlariga, xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarilganligi va ishdagi katta yutuqlari uchun unvonlar berishga haqlidir.
8. Bir diplomatik martabada belgilangan muddatda xizmat qilgan, biroq xizmat faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklar bo‘lgan elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga navbatdagi diplomatik martaba berilmaydi.
9. Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzganligi yoki xizmat vazifalarini muntazam ravishda, zarur darajada bajarmaganligi uchun xodimning martabasi pasaytirilishi mumkin.
10. Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil martabasiga ega bo‘lgan shaxslarni diplomatik martabadan mahrum etish yoki martabasini pasaytirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi.
Boshqa diplomatik martabalardan mahrum etish O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.
11. Elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklar diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik martaba berish uchun attestatsiyadan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.
12. Diplomatik martabalarga ega bo‘lgan Elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga tasdiqlangan namunadagi guvohnoma beriladi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi.