01.02.1994 yildagi 48-son
Hujjat kuchini yo‘qotgan 11.02.2005
 LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish tartibi haqida” 1993-yil 6-maydagi 840-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Xodimlarga ularning mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq holda jarohatlanishi, kasb kasalliklariga chalinishi yoki salomatlikning boshqa xil shikastlanishi* tufayli yetkazilgan zararni ish beruvchilar tomonidan to‘lash bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, Oliy Kengashning boshqa qarorlari, boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur Qoidalar bilan tartibga solinadi.
2. Ish beruvchi* uning aybi bilan ish beruvchining hududida va uning tashqarisida, shuningdek, ish beruvchining transportida ishga kelish yoki ishdan ketish vaqtida xodimlarning salomatligiga yetkazilgan mehnat jarohati uchun moddiy javobgar bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jabrlanuvchining aybi darajasini aniqlashda korxona, muassasa, tashkilot* kasaba uyushmasi qo‘mitasining yoki boshqa vakil qilingan vakolatli organning mazkur masala bo‘yicha xulosasi ko‘rib chiqiladi.
13. Mazkur Qoidalarning 12-bandida ko‘rsatilgan davr uchun, shuningdek, ish 12 oydan kam vaqt davom etganda, o‘rtacha oylik ish haqi o‘rtacha oylik ish haqini aniqlash bo‘yicha amaldagi yo‘riqnomalar asosida hisoblab chiqiladi.
Bu holda, shuningdek, Qoidalarning 8-bandida ko‘rsatilgan holda oldingi ishi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi mehnat jarohati boshlangandan oldingi ikki oy bo‘yicha amaldagi qonunchilik bilan belgilangan tartibda aniqlanadi.
25. Ish haqining Qoidalarning 24-bandiga muvofiq hisoblab chiqilgan, boquvchi vafot etgan vaqtda ko‘rsatib o‘tilgan fuqarolarning har biriga to‘g‘ri keladigan qismi keyinchalik qayta hisob-kitob qilinmaydi. Boquvchining vafotidan so‘ng tug‘ilgan bola va vafot etgan boquvchining ota-onalaridan biriga, umr yo‘ldoshiga yoki farzandlarini, ukalarini, singillarini, nevaralarini uch yoshga qadar parvarish qilish bilan band bo‘lgan marhumning boshqa oila a’zosiga zarar to‘lovlari belgilangach (to‘xtatilgan) hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.