LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 29-martdagi 8-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3293, 31.03.2021-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Radiochastotalar spektri to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003-yil 9-dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-3358-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 7-maydagi “O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 215-son qaroriga muvofiq, buyuraman:
1. “O‘zbekiston Respublikasining berilgan radiochastotalarini xalqaro-huquqiy himoya qilish to‘g‘risidagi nizom” ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tganidan o‘n kun keyin kuchga kirgan deb hisoblansin.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kundan boshlab amalda bo‘lgan O‘zAPTning 1999-yil 22-mart 123-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida (1999-yil 3-mart, ro‘yxat raqami 659) ro‘yxatdan o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasining berilgan radiochastotalarini xalqaro-huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risidagi nizom” o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishini nazorat qilish Bosh direktor o‘rinbosari A.D. Xadjayev zimmasiga yuklansin.