LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 10-maydagi 11-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3366, 10.05.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
O‘zbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risidagi” Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash maqsad va vazifalarini amalga oshirish Dasturi to‘g‘risida”gi 2005-yil 10-martdagi PQ-24-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ixtisoslashtirilgan “O‘zauksionsavdo” tashkilotini tugatish to‘g‘risida”gi 2005-yil 11-yanvardagi 13-sonli qaroriga binoan qaror qilamiz:
1. O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasida chet el valyutasida tuzilgan eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, hisob-kitoblarni va ularning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga* asosan tasdiqlansin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganidan so‘ng o‘n kun o‘tgach kuchga kiritilsin.