“O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2003-yil 24-apreldagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida” hamda “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy qonunlari kuchga kirganligi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2021-y., 09/21/87/0134-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-dekabrdagi 970-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.12.2019-y., 09/19/970/4113-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-apreldagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.04.2019-y., 09/19/313/2938-son)
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan normativ hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 1997-yil 11-martdagi 133-son qaroriga 5-ilova 1-bandining uchinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1997-y., 3-son, 11-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 27-yanvardagi 24-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 7-modda) bilan tasdiqlangan Xizmat turar joylari olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ro‘yxatida:
20-banddagi “Oliy Majlis kotibiyati” so‘zlari “Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Senati apparatlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“21. Deputatlar, Toshkent shahrida turar joyga ega bo‘lmagan Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-dekabrdagi 1013-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2017-y., 09/17/1013/0459-son)
7. Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 22-martdagi 134-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi” hamkorlik kengashining O‘zbekistonga oid qismi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandidagi “Oliy Majlisi deputatlarini” so‘zlari “Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlarini va Senati a’zolarini” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 24-martdagi 52-son qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2010-y., 13-son, 96-modda)