Тизимнинг ушбу имкониятидан фойдаланиш учун Сиз авторизация қилинишингиз керак!
Рўйхатдан ўтишни хоҳлайсизми? Ёки тизимга ўз логинингиз билан кирасизми?

Авторизация қилиш Рўйхатдан ўтиш

Hujjat 04.04.2007 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Nizom “Muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini qo‘llashdan oldin tekshirish o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 8-sentabrdagi 206-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 34—36-son, 264-modda)
16. Vakolatli organ mazkur Nizomning 12-bandida ko‘rsatilgan muddat tamom bo‘lgunga qadar tekshirishni boshlash yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Tekshirishni boshlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan kun tekshirish boshlangan sana hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 4-apreldagi 73-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 14-son, 146-modda)
20. Vakolatli organ iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlashda mazkur Nizomning 18-bandida sanab o‘tilgan omillarga qo‘shimcha ravishda quyidagi omillarni baholashi kerak:
25. Manfaatdor shaxs vakolatli organga tekshirish o‘tkazish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan axborotdan foydalanishni rad etgan yoki bunday axborotni mazkur Nizomning 22-bandida belgilangan muddatda unga taqdim etmagan hollarda tekshirish natijalari bo‘yicha dastlabki va uzil-kesil xulosalar vakolatli organ tomonidan uning ixtiyoridagi mavjud axborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
44. Chiqimlar unga nisbatan tekshirish o‘tkazilayotgan xorijiy davlatning eksport qiluvchisi yoki ishlab chiqaruvchisining hisobga olish hujjatlari asosida hisoblab chiqiladi, bunda bunday hujjatlar mazkur xorijiy davlatdagi buxgalteriya hisobi va hisobotining umumiy qabul qilingan prinsiplari va qoidalariga muvofiq bo‘lishi hamda o‘xshash tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bog‘liq chiqimlarni aks ettirishi shart. Vakolatli organ chiqimlarni taqsimlash to‘g‘riligi isbotining o‘z ixtiyorida mavjud bo‘lgan barcha dalillarini hisobga oladi, bunda mazkur chiqimlarni taqsimlash odatda xorijiy davlatning eksport qiluvchisi yoki ishlab chiqaruvchisi tomonidan amortizatsiya va eskirishning tegishli davrlarini aniqlashga, kapital qo‘yilmalarga ajratmalarga va ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun boshqa xarajatlarni qoplashga nisbatan amaliyotda qo‘llanilishi shart. Mazkur xatboshiga muvofiq chiqimlarni taqsimlashda chiqimlarga bo‘lg‘usi va (yoki) joriy ishlab chiqarishni rivojlantirishga mo‘ljallangan xarajatlarning nodavriy moddalarini yoki tekshirish qamrab olinadigan davrdagi chiqimlar ishlab chiqarishning qaror topishi davri operatsiyasiga ta’sir ko‘rsatishi holatlari hisobga olingan holda tuzatish kiritiladi. Ishlab chiqarishning qaror topish davri operatsiyasiga kiritiladigan tuzatishlar ishlab chiqarishning qaror topishi davri oxiridagi chiqimlarni aks ettiradi yoki, agar, ushbu davr tekshirish bilan qamrab olinadigan davr tashqarisiga chiqsa, eng oxirgi chiqimlarni aks ettiradi, ushbu chiqimlarni zarur asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda vakolatli organ tekshirish davomida hisobga oladi.
50. Agar bir vaqtda o‘tkaziladigan tekshirish mavzusi bittadan ortiq xorijiy davlatdan O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga biror-bir tovarni import qilish hisoblansa, vakolatli organ bunday importning ta’sirini, agar u, (1) bir xorijiy davlatdan tovar importiga nisbatan aniqlangan demping marjasi eng kam yo‘l qo‘yiladigan demping marjasidan ortiq ekanligini, har bir xorijiy davlatdan mazkur tovarning importi hajmi esa mazkur Nizomning 73-bandi ikkinchi xatboshi qoidalarini hisobga olgan holda unchalik ko‘p bo‘lmaganligini, va (2) importning ta’sirini baholash jamlik asosida import tovarlar bilan raqobat shartlarini va import tovar bilan O‘zbekiston Respublikasining o‘xshash tovari o‘rtasidagi raqobat shartlarini hisobga olgan holda mumkin ekanligini aniqlagan taqdirda baholashi mumkin.
54. Iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilishini aniqlashda vakolatli organ mazkur Nizomning 51-bandida sanab o‘tilgan omillarga qo‘shimcha ravishda, jumladan, quyidagi omillarni aniqlashi kerak:
Savollar ro‘yxatiga javob, agar u mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan 30 kunlik muddat tamom bo‘lgan kundan yoki uni uzaytirish muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kundan kechikmay vakolatli organga tushsa vakolatli organ tomonidan olingan deb hisoblanadi.
Bir manfaatdor shaxs tomonidan tekshirish mavzusi bo‘yicha isbot sifatida yozma shaklda taqdim etilgan axborot vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning XI bo‘limiga muvofiq maxfiy axborotni himoya qilish zarurligi hisobga olingan holda boshqa manfaatdor shaxslarning yozma iltimosiga ko‘ra ularning tanishishi uchun taqdim etiladi.
57. Manfaatdor shaxslarning yozma shaklda bayon qilingan iltimosi asosida vakolatli organ barcha manfaatdor shaxslarga tekshirish mavzusi to‘g‘risida qarama-qarshi nuqtai nazarga ega bo‘lgan manfaatdor shaxslar bilan uchrashish va o‘tkazilayotgan tekshirish munosabati bilan o‘z isbotlari va mulohazalarini taqdim etish imkoniyatini beradi. Manfaatdor shaxslarga mazkur Nizomning XI bo‘limiga muvofiq maxfiy axborotni himoya qilish zarurligi hisobga olingan holda o‘tkazilayotgan tekshirish munosabati bilan o‘z isbotlari va mulohazalarini taqdim etish imkoniyati beriladi. Vakolatli organning vakillari manfaatdor shaxslarning bunday uchrashuvlarida qatnashishga haqlidir.
60. Vakolatli organ manfaatdor shaxslarga ularning yozma iltimosiga ko‘ra tekshirishga aloqador bo‘lgan va mazkur Nizomning XI bo‘limiga muvofiq maxfiy hisoblanmagan tekshirish davomida uning tomonidan foydalaniladigan barcha axborot bilan tanishish imkoniyatini beradi.
63. Manfaatdor shaxs tekshirish o‘tkazish maqsadlari uchun vakolatli organning zarur bo‘lgan axborot bilan tanishishini rad etgan yoki bunday axborotni mazkur Nizomning 59-bandida ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmagan hollarda tekshirish natijalari bo‘yicha dastlabki va uzil-kesil xulosalar vakolatli organ tomonidan uning ixtiyoridagi mavjud axborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
81. Mazkur Nizomning 68-bandi qoidalariga muvofiq vakolatli organ tomonidan individual demping marjasini aniqlashda antidemping boji demping narxlari bo‘yicha tovar importi mavzusi hisoblangan tovarning har bir ma’lum bo‘lgan xorijiy eksportchisi yoki xorijiy ishlab chiqaruvchisiga nisbatan individual asosda qo‘llanadi.
Mazkur Nizomning 69-bandi qoidalariga muvofiq vakolatli organ tomonidan yagona demping marjasini aniqlashda antidemping boji demping narxlari bo‘yicha tovar importi mavzusi hisoblangan tovarning har bir ma’lum bo‘lgan xorijiy eksportchisi yoki xorijiy ishlab chiqaruvchisiga nisbatan kamsitmaslik asosida qo‘llanadi.
90. Agar mazkur Nizomning 88-89-bandlariga muvofiq subsidiyaning spetsifik emasligi ko‘rinib turganligiga qaramay subsidiya maxsus hisoblanishini taxmin qilishga asos mavjud bo‘lsa, boshqa omillar ham e’tiborga olinadi. Quyidagilar bunday omillarga tegishlidir: aniq korxonalarning cheklangan soni bilan subsidiya bilan ta’minlash dasturidan foydalanish, aniq korxonalar tomonidan subsidiya bilan ta’minlash dasturidan ustun darajada foydalanilishi, ayrim korxonalarga subsidiyalarning nomutanosib katta summalari berilishi, subsidiya bilan ta’minlovchi organ tomonidan aniq korxonalarga subsidiya berilishining imtiyozli (preferensial) usuli tanlanishi.
96. O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga biror-bir tovarning bittadan ortiq xorijiy davlatdan import qilinishi agar bir vaqtda o‘tkaziladigan tekshirish mavzusi bo‘lsa vakolatli organ, agar u (1) mazkur tovar bo‘yicha har bir xorijiy davlatdagi subsidiyaning miqdori uning qiymatining bir foizidan ortiqni tashkil etganligini, har bir xorijiy davlatdan mazkur tovar importi hajmi esa mazkur Nizomning 73-bandi ikkinchi xatboshi qoidalari hisobga olingan holda u qadar katta emas deb hisoblanishini, va (2) jamlash asosida import ta’sirini baholash import tovarlar o‘rtasidagi raqobat sharoitlari va import tovarlar bilan O‘zbekiston Respublikasining o‘xshash tovari o‘rtasidagi raqobat sharoitlari hisobga olingan holda mumkin ekanligini aniqlagan taqdirda vakolatli organ bunday importning ta’sirini faqat jamlash asosida baholashi mumkin.
100. Iqtisodiyot tarmog‘iga jiddiy zarar yetkazilishi xavfini aniqlashda vakolatli organ mazkur Nizomning 51-bandida sanab o‘tilgan omillarga qo‘shimcha ravishda, jumladan, quyidagi omillarni baholashi kerak:
Savollar ro‘yxatiga javob vakolatli organ tomonidan, agar u mazkur bandning uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan 30 kunlik muddat tamom bo‘lgan kundan boshlab yoki uni uzaytirish muddati tamom bo‘lgan kundan boshlab 7 kalendar kundan kechikmay vakolatli organga tushsa olingan deb hisoblanadi.
Bir manfaatdor shaxs tomonidan tekshirish mavzusi bo‘yicha isbotlar sifatida yozma shaklda taqdim etilgan axborot vakolatli organ tomonidan mazkur Nizomning XI bo‘limiga muvofiq maxfiy axborotni himoya qilish zarurligi hisobga olingan holda boshqa manfaatdor shaxslarning yozma iltimosiga ko‘ra ularning tanishishi uchun taqdim etiladi.
109. Manfaatdor shaxs tekshirish o‘tkazish maqsadlari uchun zarur bo‘lgan axborot bilan tanishishni vakolatli organga rad etgan yoki bunday axborotni mazkur Nizomning 105-bandida ko‘rsatilgan muddatda taqdim etmagan hollarda tekshirish natijalari bo‘yicha dastlabki va uzil-kesil xulosalar vakolatli organ tomonidan uning ixtiyoridagi mavjud axborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
122. Mazkur Nizomning 123-moddasiga muvofiq xorijiy davlat yoki eksport qiluvchi tomonidan majburiyatlar qabul qilingan taqdirda tekshirish tovar eksport qilinadigan xorijiy davlatning iltimosnomasi bo‘yicha davom ettirilishi mumkin. Agar tekshirish natijalari bo‘yicha subsidiya bilan ta’minlangan tovar yo‘qligi to‘g‘risida xulosa chiqarilsa, majburiyatlar o‘z kuchini yo‘qotadi, chiqarilgan xulosa ko‘p darajada majburiyatlar mavjudligi natijasi hisoblangan hollar bundan mustasno. Bunday hollarda ko‘rsatib o‘tilgan majburiyatlar iqtisodiyot tarmog‘iga yetkazilayotgan jiddiy zararni yoki jiddiy zarar yetkazilishi xavfini bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan muddat mobaynida o‘z kuchida qoladi.

Hujjatda xato topganingizda, uni belgilab Ctrl+Enter ni bosing.

© O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Adolat” нuquqiy axborot markazi”