LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-sonli “Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularga ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish qoidalari 1-ilovaga muvofiq;
Avtomototransport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilarining hududiy kod raqamlari taqsimoti 2-ilovaga muvofiq;
Ommaviy va mulkdorlar tasarrufidagi avtomototransport vositalariga beriladigan milliy davlat raqami belgilari 3-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston chet el vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy tashkilotlar, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning avtomototransport vositalariga beriladigan maxsus davlat raqami belgilari 4-ilovaga muvofiq;
(1-bandning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-apreldagi 203-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 199-modda)
Ro‘yxatga olingan va xalqaro avtomobil harakatida qatnashuvchi transport vositalarining farqlovchi belgisi 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
respublika Davlat standarti talablariga javob beradigan milliy davlat raqami belgilari, qayd etish guvohnomalarini tayyorlashga buyurtma berish, ta’minlash va ularni seriya raqamlari bo‘yicha joylarga taqsimlash;
1998-yilning oxiriga qadar avtomototransport vositalarini markazlashgan tartibda hisobga olish (kompyuter va boshqa texnik jihozlar asosida), uni shakllantirish uchun majburiy ma’lumotnomalar ro‘yxatini tuzish;
avtomototransport vositalari bilan savdo qiluvchi korxona, firma va boshqa tashkilotlarni yagona namunadagi hisob ma’lumotnomalari bilan ta’minlash;
milliy davlat raqami belgilarini qayd etish va izlab topishni kompyuterlashtirish dasturini joriy etish yuklansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (Guskova) 1997-yil budjetida ko‘rsatilgan mablag‘lar hisobidan avtomototransport vositalarini markazlashgan tartibda hisobga olish, majburiy ma’lumotlar tuzishda foydalanish uchun respublika Davlat avtomobil nazoratiga 28 ta kompyuter sotib olishga kerakli mablag‘ ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyuldagi 131-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 25-26-son, 264-modda)
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Transport va aloqa bo‘limiga yuklansin.
Mexanik transport vositalari va tirkamalarni* ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish** avtomototransport vositalarining*** yo‘llarda harakatlanishda, shu jumladan, xalqaro yo‘llarda harakatlanishda ishtirok etishiga davlat tomonidan ruxsat berilishi tadbiri hisoblanadi. Transport vositalarini qayd etish transport vositalarining konstruksiyalari, texnik holati va jihozlanganligi harakatlanish xavfsizligining belgilangan talablariga muvofiq kelishi ustidan nazoratni ta’minlash, transport vositalari xarid qilish, olish, ulardan foydalanish, ularni o‘zgalarga o‘tkazish, yaroqsiz deb topish tartibiga rioya qilish majburiyatlarining bajarilishini, yig‘imlarni to‘lashga doir qonunlarga lozim darajada rioya etilishini, transport vositalarining markazlashgan va hududiy hisobini ta’minlash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida amalga oshiriladi.
Mexanik transport vositalari va tirkamalarni davlat tomonidan qayd etish qoidalari**** uchun O‘zbekiston Respublikasida quyidagi tushunchalar qo‘llaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
“transport vositalarini davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish” deganda Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati*****ning transport vositalariga qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan yo‘llarda harakatlanishda ishtirok etishini tasdiqlaydigan davlat qayd etish belgilarini va rasmiy hujjatlarni berish, transport vositalarini hisobga olish borasidagi faoliyati tushuniladi;
(qoidaning uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori taxririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
“qayta ro‘yxatdan o‘tkazish” deganda tegishli yuridik asoslar mavjud bo‘lganida transport vositalarining hisobga olishga doir ma’lumotlari va hujjatlariga o‘zgartirishlar hamda qo‘shimchalar kiritish tushuniladi;
Oldingi tahrirga qarang.
“ro‘yxatdan o‘tkazish joyi” deganda transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan ishlarni bajaruvchi davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining bo‘linmasi tushuniladi;
(qoidaning beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
“transport vositasining egasi (transport vositasi egasining vakili)” deganda transport vositasining mulkdori yoki qonun hujjatlarida belgilangan asoslar va doirada transport vositasiga egalik qiluvchi yoki undan foydalanuvchi yoxud uni tasarruf etuvchi fuqaro yoki yuridik shaxs tushuniladi;
“qayd etish hujjatlari” deganda u transport vositalari uchun rasmiy hujjat hisoblanib, ularning yo‘llarda harakatlanishda ishtirok etishini tasdiqlovchi qayd etishga doir guvohnoma, texnik pasport, texnik talon, xalqaro yo‘llarda harakatlanishda ishtirok etish uchun qayd qilish to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma tushuniladi.
1. Ushbu qoidalar transport vositalarini qayd etish, qayd etish guvohnomalari va davlat raqami belgilarini berish tartibini belgilab beradi, ular O‘zbekiston Respublikasining barcha hududida amal qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Transport vositalarini qayd etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari* DYHXX boshqarmalarining ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma) lari, tumanlararo ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘lim (bo‘linma)lari** tomonidan amalga oshiriladi.
(I bo‘limning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
3. Ushbu qoidalar transport vositalarini ishlab chiqarish, sotish va ulardan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi barcha yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Dvigatelining ish hajmi 50 kub sm va undan ortiq hamda konstruksiyasida ko‘rsatilgan tezligi soatiga 50 km va undan ortiq transport vositalari, ular uchun ishlab chiqarilgan tirkamalar va yarim tirkamalar DYHXX organlari tomonidan ro‘yxatga olinadi.
(I bo‘limning 4-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib yoki qabul qilib olinganda va hujjatlarga o‘zgartirishlar kiritish lozim bo‘lganda, transport vositasining texnik holatidan qat’i nazar, 10 kun mobaynida joylardagi DYHXX organlariga murojaat etilishi shart.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalarini boshqa shaxsga berish shartnomalari, shuningdek avtomototransport vositalarini ixtisoslashtirilgan savdo korxonalari va kimoshdi savdolari orqali sotish shartnomasi (bayonnomasi) bir vaqtning o‘zida avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazgan va hisobdan chiqargan holda sotib oluvchining yashash joyidagi (turgan joyidagi) DYHXX organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
Notariuslar tomonidan tasdiqlangan avtomototransport vositalari bilan bog‘liq ishonchnomalar, ularni boshqa shaxsga berish va ijaraga berish shartnomalari notarial tartibda tasdiqlangan vaqtdan boshlab 10 kun mobaynida ro‘yxatga olish (hisobga qo‘yish) uchun taqdim etiladi. Ishonchnomalarni va ijara shartnomasini hisobga qo‘yish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, to‘lov undirilmasdan amalga oshiriladi.
(I bo‘limning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
6. Ro‘yxatga olinayotgan transport vositalarining konstruksiyalari xavfsizlik talablariga, O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan standartlar, qoidalar, me’yorlarning harakatlanish xavfsizligi va atrof-muhitni muhofaza qilish talablariga muvofiq kelishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Transport vositalari faqat yuridik shaxs hisoblangan tashkilotlar, muassasalar, korxonalar, firmalar, uyushmalar, shirkatlar va h.k. nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Fuqarolarning shaxsiy mulki bo‘lgan transport vositalari faqat bir kishi, ya’ni egasi nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
mototransport vositalari, tirkama va yarim tirkamalarga bir dona davlat raqami belgisi va qayd etish guvohnomasi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Transport vositalarini qayd etish va boshqa o‘zgartirishlar kiritish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan hujjatlar to‘plami DYHXX organlarida kamida 3 yil muddatda davomida saqlanadi (qayd etish, qat’iy hisobdagi DYHXX blanklari va raqam belgilarining kirim-chiqim daftarlari bundan mustasno).
(I bo‘limning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
10. Transport vositalarini qayd etish (shu jumladan, vaqtincha hisobga olish) ni tashkil etish va amalga oshirish, ularning konstruksiyalariga muvofiqligi va texnik holatining xavfsizlik talablariga muvofiqligini baholash, qayd etishga tegishli yig‘imlar undirish, ish yuritish O‘zbekiston Respublikasi IIVning ushbu qoidalarni qo‘llashga oid yo‘riqnomalari bilan belgilanadi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Hukumatning qaror va farmoyishlari asosida ushbu qoidalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritib borish huquqi beriladi.
12. Hisobga olingan transport vositalari va ularning egalariga doir ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo‘lgan korxonalarning ro‘yxati, ana shunday ma’lumotlarni hisobga olish joyida berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan belgilanadi.
13. Transport vositalarini qayd etishga doir belgilangan tartibni buzganlik uchun transport vositalari egalari va mansabdor shaxslar amaldagi qonunlarga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
1. Avtotransport vositalari 18 yoshga to‘lgan, mototransport vositalari 16 yoshga to‘lgan, mototransport vositalari esa 16 yoshga to‘lgan shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi (lotoreya va shunga o‘xshash boshqa ommaviy o‘yinlarda yutuqqa chiqqan, vasiyatnoma va qonun bilan belgilangan tartibda meros asosida o‘tgan avtomototransport vositalari bundan mustasno).
Mustasno tarzida avtotransport vositalarini 18 yoshga, mototransport vositalarini 16 yoshga to‘lmagan shaxslar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilganda, transport vositalarining qayd etish guvohnomasi shu shaxslarning nomiga rasmiylashtiriladi va guvohnomaga hamda avtomototransport vositalarini hisobga olish kartochkasiga “Transport vositasi egasi 18 (16) yoshga to‘lgunga qadar homiylik yoki vasiylik qiluvchi idoralarning ruxsatisiz hisobdan chiqarish taqiqlanadi” deb yozib qo‘yiladi.
2. Jismoniy shaxslarga qarashli transport vositalari ularning doimiy turar-joylariga, doimiy turar-joyi bo‘lmagan taqdirda vaqtinchalik turar-joylariga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq muomala layoqatiga ega bo‘lgan fuqarolar nomiga ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Transport vositalari muomala layoqatiga ega bo‘lmagan fuqarolar nomiga ham ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin, basharti ana shu transport vositalari egalik qilish huquqi meros qoldirish, qonunda nazarda tutilgan hadya etish yoki boshqa hollar oqibatida yuzaga kelsa.
3. Respublikada tashqariga o‘qishga, ishga, harbiy xizmatga, uzoq muddatli xizmat safariga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yozma arizalari asosida ularga qarashli transport vositalarini ularning roziligi bilan qarindoshlarning turar-joylariga, shuningdek, egasining avvalgi turar-joy maydoni yashash uchun uning nomida saqlanib qolgan bo‘lsa, avvalgi turar-joyiga ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ruxsat etiladi.
Ayrim sabablarga ko‘ra transport vositasining egasi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limlariga kela olmasa, transport vositasi egasining vakili tomonidan notarial idoralaridan berilgan ishonch qog‘ozi va qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Transport vositalarini harbiy xizmatchilar nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish turar-joyga ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ichki ishlar organi yoki uy-joy ajratilganligi to‘g‘risida harbiy qism tomonidan berilgan ma’lumotnomalarga asosan amalga oshiriladi.
4. Transport vositalari yuridik shaxslar amalda yashayotgan manzilda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Agar mahalliy hokimiyatlarning qarorlarida ko‘rsatilgan bo‘lsa, korxonalarga qarashli transport vositalarini ularning yuridik shaxs hisoblanmagan filiallari, bir tizimdagi boshqa bo‘lim va bo‘linmalari joylashgan yerda transport vositasini ijaraga olgan korxona joylashgan yerda ro‘yxatdan o‘tkazishga ruxsat etiladi. Bunday hollarda qayd etish guvohnomasida transport vositasi egasining nomi, uning manzili va qo‘shimcha ravishda transport vositasi turadigan joy ko‘rsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Texnik jihatdan soz deb ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalariga qayd etish guvohnomasi va davlat raqami belgilari bilan birgalikda davlat texnika ko‘rigidan o‘tganligi to‘g‘risida maxsus talon beriladi. Texnik nosoz deb topilgan transport vositalari ro‘yxatdan o‘tkazilganda qayd etish guvohnomasi va davlat raqami belgilari beriladi, lekin maxsus talon berilmaydi, Texnik nosozlik bartaraf etilgach, maxsus talon hududiy YHXB tomonidan beriladi.
(II bo‘limning 5-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
6. Bir transport vositasiga biriktirilgan davlat raqami belgilarini boshqa transport vositasiga o‘rnatib foydalanish qat’iyan man etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
7. DYHXX organlarida yuridik yoki jismoniy shaxslarga tegishli transport vositalari egasi (korxona) ning yozma arizasi hamda qonuniy sotib olinganligini, ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan yig‘imlar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(II bo‘limning 7-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Kreditga berilgan transport vositasining qayd etish guvohnomasiga hamda uning hisob kartochkasiga “Kreditga olingan” belgisi qo‘yiladi va kreditga bergan tashkilotning roziligisiz u DYHXX hisobidan chiqarilmaydi.
9. Transport vositalarini, ularning raqamli agregatlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda, egasi o‘zgarishi bilan qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, hisobdan chiqarish vaqtida transport vositasi haqidagi ma’lumotlar DYHXX RIB (TRIB) lari tomonidan O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB axborot markazlaridagi olib qochilgan yoki o‘g‘irlangan transport vositalari ro‘yxati bilan solishtiriladi.
(II bo‘limning 8-9-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
10. Fuqarolarga qarashli yuk, yuk-yo‘lovchi tashuvchi avtomobillar, avtobus va mo‘jaz avtobuslar tegishli hududiy soliq organlari va mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda hisobga qo‘yilganidan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Qayd etish hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish zarurati bo‘lgan vaqtda texnik ko‘rikdan o‘tkazish hamda raqamli agregatlarning texnik hujjatlarga mos kelishini solishtirish uchun transport vositalari joylardagi DYHXX RIB (TRIB) lariga keltirilishi shart. Transport vositasi nosozligi tufayli olib kelishning iloji bo‘lmaganda hududiy YHXB tomonidan muhr bilan tasdiqlangan transport vositasini yakka tartibda texnik ko‘rikdan o‘tkazish dalolatnomasi taqdim etiladi.
12. Mustaqil ravishda tayyorlangan transport vositasi uning chizmasi, konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga javob berishi haqidagi xulosa, IIV DYHXX ruxsati va agregatlarning qonuniy xarid etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida ro‘yxatga olinadi.
(II bo‘limning 11-12-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
13. Mototsiklga yon kajavani o‘rnatish dvigateli silindrining ish hajmi 35 kub sm dan ortiq bo‘lgan hamda uni ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘zda tutilgan bo‘lsa ruxsat etiladi.
14. Fuqarolarga ijtimoiy ta’minot idoralari tomonidan bepul yoki imtiyozli shartlar asosida berilgan transport vositasining qayd etish guvohnomasiga “Ijtimoiy ta’minot idoralarining ruxsatisiz ro‘yxatdan chiqarilmaydi” – degan yozuv kiritiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Nogironlar tomonidan boshqariladigan transport vositalariga qo‘l boshqaruvi moslamasini, “Nogiron” belgisini o‘rnatish nogironning yozma arizasiga muvofiq ruxsat etiladi va bu haqda qayd etish guvohnomasiga yozib qo‘yiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yuridik shaxslar transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasini taqdim etadilar.
(II bo‘lim 16-bandning birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
Transport vositalari ularni qayd etishdan oldin hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi yoki ro‘yxatdan chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yangi tashkil etilgan avtoxo‘jaliklarni ro‘yxatdan o‘tkazish vaqtida transport vositalarini saqlash uchun yetarli joy maydoni (garaj, avtosaroy) mavjudligi yoki bunday joy ijaraga olinganligi haqidagi shartnomadan nusxa, hududiy YHXB tomonidan shu joyning ko‘rikdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi dalolatnoma taqdim etiladi.
(II bo‘lim 16-bandining uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
17. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DYHXX tomonidan avtomobillar ishlab chiqaruvchi yoki ularni tuzatuvchi zavodlarning texnik shartlari bo‘yicha tajriba sinovidan o‘tayotgan transport vositalariga zavodning yozma murojaati va avtotransportning texnik shartlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasiga asosan ma’lum muddatga (oy, chorak, yil) “Tajriba” davlat raqami belgilari va qayd etish guvohnomasi beriladi.
(II bo‘limning 17-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
18. Sinovdan o‘tayotgan transport vositalarining tajriba namunalari ishlab chiqarish korxonasining yozma murojaati va transport vositalari harakatlanish xavfsizligi va texnik shartlarga muvofiqligi to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasi asosida bir yilgacha bo‘lgan muddatga ro‘yxatdan o‘tkazilib, ularga “Sinov” belgisi qo‘yilgan qayd etish guvohnomasi va amaldagi davlat raqami belgilari beriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
19. O‘zbekiston Respublikasi hududida maxsus jihoz va moslamalar o‘rnatilgan yoki konstruksiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgan transport vositalarini ro‘yxatga olishda unga asos bo‘ladigan hujjatlarga qo‘shimcha ravishda qayta jihozlagan zavod (korxona) tomonidan berilgan hujjatlar (pasport, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi) hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX tomonidan berilgan konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga mosligi haqidagi guvohnoma nusxasi taqdim etiladi.
(II bo‘limning 19-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(II bo‘lim 20-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilmagan holda mustaqil tayyorlangan yoki texnik shartlarga xilof ravishda qayta jihozlangan transport vositalari;
(II bo‘lim 20-bandining yettinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va IIV ichki qo‘shinlarga tegishli harbiy transport vositalari, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli traktorlar, traktor tirkamalari va o‘ziyurar mexanizmlar, umumfoydalanish yo‘llarida ishlatilmaydigan “BelAZ”, “MoAZ” rusumli avtomobillar, shuningdek, tramvay, trolleybuslar DYHXX tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tegishli vazirlik, Davlat texnika nazorati va boshqa idoralar tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(II bo‘lim 20-bandining sakkizinchi va to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi hududiga boshqa davlatlardan vaqtinchalik foydalanish uchun olib kelingan transport vositalari vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart.
2. Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda transport vositasining avvalgi texnik hujjatlari (texpasport, textalon, qayd etish guvohnomasi) va davlat raqami belgilari olib qolinib, ular RIB (TRIB) larida saqlanadi. Ularning o‘rniga qayd etish guvohnomasi va ilgari foydalaniladigan milliy davlat raqami belgilari beriladi. Transport vositasidan foydalanuvchining nomiga qayd etish guvohnomasi to‘ldiriladi. Qayd etish guvohnomasining orqa tomoniga haqiqiy egasi (tashkilot) ning nomi, manzili va texnik hujjati, davlat raqami belgisi to‘g‘risidagi ma’lumotlar hamda vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganlikning amal qilish muddati yozib qo‘yiladi.
3. Transport vositalari 2 yilgacha muddatga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkaziladi va zarur bo‘lgan hollarda egasining iltimosiga ko‘ra bu muddat uzaytirib berilishi mumkin, lekin uzaytirish muddati 6 oyda oshmasligi kerak.
4. Transport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishdan oldin ular haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB axborot markazlaridagi o‘g‘irlangan va olib qochilgan transport vositalari ro‘yxati bilan solishtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasining boshqa hududlaridan kelgan transport vositalarini vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda transport vositalarining vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazishda transport vositalarining davlat raqami belgilari va texnik hujjatlari olinmaydi, balki qayd etish guvohnomasi (texpasport, textalonga) ga vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqida belgi qo‘yiladi. Vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazish uchun notarial idorasi tomonidan berilgan ishonch qog‘ozi, ijara shartnomasi, mehnat shartnomasi, xizmat safari guvohnomasi nusxalari asos bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxsiy transport vositasida 6 oydan ortiq muddatga kelgan fuqarolar pasportida yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi (propiska) haqida belgi bo‘lishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Respublikaga tashqaridan olib kelingan transport vositasi hujjatlarining qonuniy ekanligiga shubha tug‘ilganda yoki boshqa biror aniqlik kiritish zarur bo‘lgan vaziyat vujudga kelganda, transport vositasi vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkaziladi hamda unga vaqtinchalik qayd etish guvohnomasi va ilgari foydalanishda bo‘lgan davlat raqami belgilari berilib, transport vositasi avval hisobda turgan DYHXX organlariga yoki savdo tashkilotlariga so‘rov xati yuboriladi.
(III bo‘limning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
M-20 va M-72 “Pobeda” dan – GAZ-21, 22, 24, 2401, 2417, 31, 3102, 31029, 3105 va keyingi yengil toifadagi model modifikatsiyalariga;
GAZ-21 va GAZ-22 dan – GAZ-24 va uning keyingi modifikatsiyalaridan GAZ-31 va uning yengil toifadagi modifikatsiyalariga;
2. “Jiguli” avtomobilining “VAZ-2101” rusumidan VAZ zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan (VAZ-2108, VAZ-2109, VAZ-2121dan tashqari) burcha turlariga.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlaridan tashqarida ishlab chiqarilgan avtomobillarning dvigatellarini yoki kuzovlarini almashtirish, bir rusumdan boshqasiga qayta jihozlash ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan ko‘zda tutilgan hollardagina O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi DYHXX boshqarmasi ruxsati bilan amalga oshiriladi.
(IV bo‘limning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan “DEU” rusumli avtomobillarni “O‘zDEUavtoKO” qo‘shma korxonasi tavsiyanomasi asosida qayta jihozlashga ruxsat etiladi.
5. Kuzovning tashqi ko‘rinishida sezilarli o‘zgarishlar bo‘lmagan quyidagi avtomobillar kuzovining o‘zaro almashishi qayta jihozlash deb hisoblanmaydi:
Bunday kuzovlarni yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari uchun avtotexxizmat shahobchalari yoki avtokorxona ustaxonalari sharoitida, shaxsiy avtomobillar egalariga esa avtotexxizmat shahobchalarida yoki mustaqil ravishda almashtirishga ruxsat etiladi.
Mustaqil ravishda almashtirilgan kuzovlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda egasi tomonidan kuzovning qonuniy xarid etilganligini tasdiqlovchi hujjat va texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasining shu avtomobilning yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Qayta jihozlangandan va almashtirilgandan so‘ng bo‘shagan kuzov va boshqa raqamli agregatlarni DYHXX tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida notarial idoralari orqali hadya qilish, ayirboshlash yoki sotish mumkin.
(IV bo‘limning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
7. Agar shaxsiy transport vositasi egasining nomida shu transport vositasi rusumiga mos keluvchi qo‘shimcha dvigatel bo‘lsa, dvigatelning turi va raqam belgilari qayd etish guvohnomasining orqa tomoniga yozilib, RIB (TRIB) boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari imzosi va muhr bilan tasdiqlab beriladi.
8. Nogironlarga tegishli bo‘lgan transport vositalari ularning sog‘ligi to‘g‘risidagi tibbiy xulosaga ko‘ra avtotexxizmat korxonalari orqa qo‘l boshqaruviga o‘tkazilishiga yoki uning aksiga qayta jihozlashga ruxsat etiladi.
9. Mototsikl va motorollyorlarni, ularga boshqa turdagi rama, dvigatel o‘rnatish Bilan, qayta jihozlash taqiqlanadi.
10. Joylardagi RIB, TRIB lari korxonalarga tegishli bo‘lgan yuk avtomobillari va tirkamalarni murakkab bo‘lmagan qayta jihozlashga IIV tomonidan belgilangan tartibda avtokorxonalarning ustaxonalari sharoitida amalga oshirishga ruxsat beradi.
11. Joylardagi RIB, TRIB lari fuqarolarga tegishli bo‘lgan transport vositalarini murakkab bo‘lmagan qayta jihozlashga IIV tomonidan belgilangan tartibda avtotuzatish zavodlari yoki avtokorxonalarning ustaxonalari sharoitida amalga oshirishga ruxsat beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Gaz yonilg‘isi bilan ishlovchi moslama o‘rnatilib qayta jihozlangan avtomobillarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda bunday qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun belgilangan tartibda bunday qayta jihozlash ishlariga ruxsati bo‘lgan korxonalar tomonidan berilgan qabul qilish-topshirish va sinovdan o‘tkazish dalolatnomasi (pasporti), O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX berilgan konstruksiyasining harakatlanish xavfsizligi talablariga muvofiqligi haqidagi guvohnoma asos bo‘lib xizmat qiladi.
13. O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIBB va viloyatlar IIB DYHXX boshqarma-bo‘limlari boshliqlari tomonidan davlatlararo iqtisodiy hamkorlik aloqalarida ishtirok etayotgan va uzoq (1000 km dan ortiq) masofaga qatnaydigan yuk avtomobillariga qo‘shimcha yonilg‘i idishini o‘rnatishga ruxsat etiladi.
14. Yuk avtomobillarining korxonasi tent bilan jihozlash va bortini ko‘tarish IIV DYHXX belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
15. Transport vositalarining konstruksiyasiga ushbu qoidalarda ko‘zda tutilmagan o‘zgartirishlar kiritib qayta jihozlash O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX ruxsati asosida amalga oshiriladi.
(IV bo‘limning 12—15-bandlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Transport vositalarining turgan o‘rni yoki egasining yashash joyi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
korxona va tashkilotlar transport vositalarining turgan o‘rni o‘zgarishiga asos bo‘lgan hujjat (buyruq, ijara shartnomasi, hokimlik qarori);
Oldingi tahrirga qarang.
transportlarning turgan o‘rnini hududlardagi DYHXX organlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilganligi haqidagi dalolatnoma;
(V bo‘lim 1-bandining oltinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Tashkilotning nomi, egasining familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda, quyidagi hujjatlar asosida:
fuqarolar uchun shaxsiy pasport, familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganligini tasdiqlovchi hujjat (fuqarolik holatini qayd etish organi yoki sud organi tomonidan berilgan hujjat).
Oldingi tahrirga qarang.
notarial idoralari tomonidan berilgan oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash, lizing, sublizing shartnomalari, vorislik, meros va mulkka egalik qilish huquqini beruvchi guvohnomalar;
(V bo‘lim 1-bandi “v” kichik bandi uchinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
chetdan keltirilgan va bojxona nazorati ostida turgan transport vositalari uchun bojxona idorasi tomonidan beriladigan maxsus guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
bir vazirlikka qarashli va bir moliyaviy tizimdagi tashkilotlar uchun yuqori organlarning DYHXX ro‘yxatida bo‘lgan transport vositalarini balansdan balansga bepul ajratilganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma.
(V bo‘lim 1-bandining o‘n sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
raqamli agregatlar qonuniy sotib olinganligi to‘g‘risida hujjat (hisob-ma’lumotnoma, oldi-sotdi shartnomasi, bojxona guvohnomasi) kirim kassa orderi va yuk xati (nakladnoy), avtotuzatish zavodining pasporti, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi);
bir zavodda ishlab chiqarilgan, bir-biriga mos keladigan transport vositalarining (VAZ-2101-21011, M-408-412, GAZ-24-2410, shunga o‘xshash) ba’zi qismlari (bamper, fara, ogohlantirish yoritgichlari, old va orqa paneli, kapot va qanotlari) o‘zgarganda, texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalari tomonidan berilgan buyurtma-naryad, ma’lumotnomalar (agar shu ehtiyot qismlar bozordan sotib olingan bo‘lsa, bundan tashqari, egasining tushuntirish xati);
Qayta jihozlangan transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
davlat tashkilotlari uchun yuqori tashkilotning buyrug‘i, nodavlat tashkilotlari uchun umumiy majlis bayoni yoki qarori (buyrug‘i);
yaroqsiz, keraksiz ehtiyot qismlar yoki maxsus moslamalar xo‘jalik hisobidan chiqarilganligi yoki echib olinganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim 1-bandining o‘ttizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
davlat tashkilotiga tegishli transport vositalari va shaxsiy yuk avtomobillari; avtobus, mo‘jaz avtobuslar uchun hududlardagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limning yozma ruxsatnomasi;
qayta jihozlangan transport vositasiga RIB (TRIB) lari tomonidan texnik holat to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
maxsus moslama o‘rnatilgan transport vositalari uchun O‘zbekiston Respublikasi IIV DYHXX tomonidan konstruksiyasi kelishilganligi to‘g‘risida berilgan guvohnoma nusxasi.
(V bo‘lim 1-bandining o‘ttiz beshinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Transport vositasi avtotuzatish korxonasi tomonidan qayta jihozlangan bo‘lsa, qayd etish guvohnomasida uning qayta jihozlangan vaqti, o‘rnatilgan agregat raqamlari haqida shu korxonaning belgisi bo‘lishi lozim.
raqamli agregatlar va transport vositasiga o‘rnatilgan ehtiyot qismlar qonuniy ravishda sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjat (oldi-sotdi shartnomasi, hisob-ma’lumotnoma), agar bozordan sotib olingan bo‘lsa (raqamli agregatlardan tashqari), egasining tushuntirish xati;
qayta jihozlangan transport vositasiga RIB (TRIB) lari tomonidan texnik holat to‘g‘risida tuzilgan dalolatnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
(V bo‘lim 1-bandining qirq birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
texnik xizmat ko‘rsatish shahobchalarining buyurtma-naryadi yoki avtotuzatish zavodlaridan berilgan qabul qilish-topshirish dalolatnomasi;
Mustaqil ravishda qayta jihozlangan transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda egasining yozma tushuntirish xati va texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasining shu avtomobil qay darajada to‘g‘ri qayta jihozlanganligi hamda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligi talablariga mos kelishi haqidagi ma’lumotnomasi taqdim etiladi.
2. Qayta jihozlangan transport vositalari qayd etish guvohnomasining “ishlab chiqarilgan yili” bandiga ( — ) chizib qo‘yiladi va guvohnomaning “Alohida belgilar” bo‘limiga “Avtomobil _____________ rusumdan ___________ rusumga qayta jihozlangan, kuzovning raqami ________________” deb yoziladi va RIB (TRIB) lari boshlig‘i imzosi va muhr bilan tasdiqlanadi.
3. Transport vositasining hadya shartnomasida yoki meros huquqi guvohnomasida bir necha shaxs ko‘rsatilgan bo‘lsa, barcha mulk egalarining yozma roziligiga asosan transport vositasi ulardan faqat bittasining nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 18 yoshga to‘lmagan merosxo‘r nomidan yozma ruxsatnomani vasiylik va homiylik idoralari beradi.
4. Bir vazirlik, idora, tashkilotlarga qarashli va bir moliyaviy tizimdagi bir tashkilot balansidan ikkinchi tashkilot balansiga transport vositalari yuqori idoralarning bepul ajratilganligi to‘g‘risidagi buyrug‘idan ko‘chirma asosida qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
5. Sud yoki bojxona idoralari qarorlari bilan musodara qilingan transport vositalarini mahalliy hokimiyat qarori bilan maxsus ajratilgan savdo shahobchalari orqali sotishga ruxsat etiladi. Bunday transport vositalari hisob-ma’lumotnoma, sud yoki bojxona idorasi qarori nusxasi asosida texnik hujjat (tex-pasport, qayd etish guvohnomasi) larsiz ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Musodara qilingan transport vositalarini soliq, moliya, bojxona, prokuratura, sud, ichki ishlar, adliya organlari hamda uni sotgan tashkilotning xodimlari sotib olishi taqiqlanadi.
6. Ichki ishlar organlari tomonidan belgilangan joylarda saqlash muddati tugagan va egasiz deb topilgan, joylardagi hokimliklar qarorlari bilan davlat hisobiga o‘tkazilgan va 5-bandda ko‘rsatilgan savdo shahobchalari orqali sotilgan transport vositalari ularning yangi egalari nomiga hisob-ma’lumotnoma va hokimlik qaroridan ko‘chirma asosida texnik hujjat (qayd etish guvohnomasi, texnik pasport, texnik talon)larsiz belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
7. Yaroqsiz holga kelib qolgan yoki yo‘qolgan davlat raqami belgilari va qayd etish guvohnomalari o‘rniga yangilari transport vositasi egasining arizasiga asosan tegishli to‘lovlar undirilgandan, raqamli agregatlar tekshirilgandan so‘ng beriladi. Yo‘qolgan qayd etish guvohnomasi (texpasport) o‘rniga yangisi hisob kartochkasidagi ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi hamda guvohnomaning “Alohida belgilar” bo‘limiga “Takroriy” degan belgi qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
8. Egasi o‘zgarganligi tufayli hisobdan chiqarilib olib kelingan transport vositasining qayd etish guvohnomasi (texpasport, textalon) ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limiga murojaat etgunga qadar yo‘qolgan bo‘lsa, u holda transport vositasi avvalgi hisobda turgan joydagi DYHXX RIB (TRIB) laridan olingan tasdiqnoma asosida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
(V bo‘limning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
9. Fuqarolar tomonidan 1991-yil 1-oktabrga qadar sotib olingan va ro‘yxatdan o‘tkazilmagan kajavasiz mototransport vositasining hujjatlari yo‘qolgan bo‘lsa, uning nusxasini tiklashning yoki tasdiqnomasini olishning iloji bo‘lmasa, mototransport egasining manzili bo‘yicha IIB boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan uchastka vakilining xulosasi asosida hamda IIV (IIB) axborot markazidagi olib qochilgan va o‘g‘irlangan mototransportlar ro‘yxatidan tekshirilgandan so‘ng ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
10. Eski namunadagi qayd etish guvohnomalari (texnik pasportlar, texnik talonlar) transport vositalari egalarining arizalariga asosan umumiy belgilangan tartibda yangi namunadagi qayd etish guvohnomalariga almashtiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(VI bo‘lim 1-bandining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
transport vositalari egasi,egasining doimiy turar-joyi o‘zgarganda, RIB (TRIB) xizmat ko‘rsatuvchi hudud (shahar, viloyat, respublika) dan tashqariga olib chiqib ketish zarurati tug‘ilganda.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Yuridik shaxslarga tegishli transport vositalarining barcha turlari va fuqarolarga tegishli yuk, yuk-yo‘lovchi tashuvchi, avtobus va mo‘jaz avtobuslar DYHXX hisobidan chiqarilishidan oldin hududiy mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlar hisobidan chiqarilishi lozim.
(VI bo‘limning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Transport vositalarini hisobdan chiqarishda ularning agregat raqami belgilari qayd etish hujjatlariga mos kelishini aniqlash uchun ular RIB (TRIB) larida yoki joylardagi DYHXX bo‘lim (bo‘linma) larida texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi (yaroqsiz holga kelgan transport vositalari bundan mustasno).
(VI bo‘limning 3-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
4. Transport vositalarining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlar hududidan olib chiqib ketilishi munosabati bilan hisobdan chiqarishda ularni davlat raqami belgilari topshirilib, o‘rniga “Tranzit” raqami belgilari beriladi va transport vositasini qayd etish guvohnomasiga hisobdan chiqarish sabablari, kimning nomiga berilganligi, qayerga ketayotganligi va qachon hisobdan chiqarilganligi yozib beriladi.
5. Foydalanishga yaroqsiz deb topilgan transport vositalarining qayd etish guvohnomalari, davlat raqami belgilari RIB (TRIB) lariga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davlat raqami belgilari yo‘qolgan transport vositasini hisobdan chiqarishda, hududiy DYHXX organlarida tekshirilganidan so‘ng bu haqda qayd etish guvohnomasiga va hisob kartochkasiga yozib qo‘yiladi.
Qayd etish guvohnomasi (texpasporti, textaloni) yo‘qolgan transport vositasini hisobdan chiqarishda arizaga hududiy DYHX organlarida tekshirilganligi haqida belgi qo‘yilganidan so‘ng egasi nomiga ma’lumotnoma yozib beriladi.
(VI bo‘limning 6-bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 12-maydagi 83-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 19-son, 164-modda)
7. Ijtimoiy ta’minot idoralari tomonidan bepul yoki imtiyozli ravishda berilgan, turli tashkilotlar tomonidan kreditga sotilgan transport vositalari shu idoralar va tashkilotlarning ruxsati asosida hisobdan chiqariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari boshqa viloyat, shahar, respublikaga xizmat yuzasidan safarga yuborilayotgan yoki foydalanish uchun ijaraga berilayotgan bo‘lsa;
yuridik va jismoniy shaxslarning transport vositalarini surishtiruv organlari hisobdan chiqarishni taqiqlagan bo‘lsa.
Oldingi tahrirga qarang.
1. Jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs tomonidan mulk sifatida sotib olingan va jismoniy shaxs yoki yuridik shaxsga vaqtincha egalik qilish va foydalanish huquqi bilan lizing shartnomasi yoki sublizing shartnomasi asosida berilgan transport vositalari, lizingga beruvchi nomiga yoki lizingga oluvchi nomiga tomonlarning yozma bitimi bo‘yicha (belgilangan namunadagi blankalarda) ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
2. Lizingga beruvchi nomiga transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish umumiy asoslarda lizing beruvchi joylashgan joyda amalga oshiriladi.
3. Lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchiga lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishni nazarda tutuvchi lizing yoki sublizing shartnomasiga asosan vaqtinchalik egalik va foydalanish huquqi berilgan transport vositalari shartnoma amal qilish muddatiga lizingga oluvchining joylashgan joyi bo‘yicha quyidagilarga asosan ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
lizingga beruvchining transport vositalariga mulk egasi huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (oldi-sotdi shartnomasi, ma’lumotnoma-hisob raqami va/yoki davlat orderi va boshqalar);
transport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi (agar transport vositasi ilgari O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda);
transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda — bojxona organlari tomonidan berilgan tegishli hujjatlar;
lizingga oluvchining, agar u yuridik shaxs bo‘lsa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma nusxasi.
4. Transport vositalarini lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazish lizing yoki sublizing shartnomasida yoxud transport vositalari O‘zbekiston Respublikasi hududiga vaqtinchalik olib kirilganda bojxona organlari tomonidan berilgan hujjatlarda ko‘rsatilgan muddatga ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasi berilgan holda amalga oshiriladi. Bunda lizingga beruvchining ruxsatisiz transport vositalari hisobdan chiqarilmaydi.
5. Transport vositalarini lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazishda beriladigan ro‘yxatdan o‘tkazish guvohnomasining “Muhim belgilar” ustuniga “Lizing, vaqtincha hisobda turishi ____gacha” yozuvi yoziladi va transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish muddatining tamom bo‘lish sanasi ko‘rsatiladi, lizing (sublizing) shartnomasining tartib raqami va shartnomaning tuzilgan sanasi qo‘yiladi.
6. Lizing shartnomasi muddati tugagach lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositasi belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi. Transport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, shuningdek transport vositalarini hisobdan chiqarishga asos bo‘lgan hujjatlar tikib qo‘yiladi va hujjatlar belgilangan tartibda saqlanadi.
7. Transport vositalariga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga o‘tishini nazarda tutuvchi lizing shartnomasi asosida lizingga beruvchi yoki lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari transport vositasiga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga o‘tishi to‘g‘risida lizingga beruvchining yozma tasdig‘i va lizing shartnomasi asosida lizingga oluvchi nomiga qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
8. Transport vositalariga mulk egasi huquqining lizingga oluvchiga o‘tishini nazarda tutmaydigan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagach transport vositalari hisobdan chiqarilishi va faqat ko‘rsatilgan transport vositalariga mulk egasi huquqi lizingga oluvchiga o‘tishini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar asosida lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.
9. Lizing shartnomasi bekor qilinganda va lizingga oluvchi nomiga ro‘yxatdan o‘tkazilgan transport vositalari lizingga beruvchiga qaytarilganda, ko‘rsatilgan transport vositalari lizingga beruvchi va lizingga oluvchining birgalikdagi yozma arizasi yoki sud organlari yoki boshqa organlarning ijro hujjati nusxasi ilova qilingan holda lizingga beruvchining yozma arizasi asosida lizingga beruvchiga qayta rasmiylashtiriladi. Lizing shartnomasining muddati tugaganda uni o‘z vaqtida qayta ro‘yxatdan o‘tkazilishi uchun lizingga beruvchi ham, lizingga oluvchi ham javob beradi.
(VII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qaroriga asosan qo‘shilgan — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 26-apreldagi 199-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 17-son, 197-modda)
Ish yuritish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga asosan olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyuldagi 131-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 25-26-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyuldagi 131-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 25-26-son, 264-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-iyuldagi 131-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 25-26-son, 264-modda)