Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) me’yoriy hujjatlari ushbu hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab, agar hujjatning o‘zida kechroq muddatda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kuchga kiradi va bajarilishi kerak;
Keyingi tahrirga qarang.
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan me’yoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish, undagi ko‘rsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, korxonalar va tashkilotlarga biror-bir jazo qo‘llash uchun asos bo‘lib xizmat qilmaydi;
me’yoriy hujjatning davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartib raqami va sanasi ko‘rsatilmagan holda tarqatilishi va e’lon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tgan me’yoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarini huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi ilova qilinayotgan Nizom tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlar qabul qilish va qo‘llash bo‘yicha ishini nazorat qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga o‘n kun muddatda bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnoma kiritish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash to‘g‘risidagi da’volar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qo‘yish huquqi berilsin.
Ko‘rsatib o‘tilgan da’volar sudga berilganda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji to‘lashdan ozod qilinsin.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni ta’minlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning me’yoriy hujjatlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi negizida ikki bo‘limdan iborat Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablag‘lar ajratsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari Axborotnomasi” — “Byulleten normativnix aktov ministerstv, gosudarstvennix komitetov i vedomstv Respubliki Uzbekistan” nashr etilishi ma’qullansin.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi, “O‘zulgurjibirjasavdo” uyushmasi va “Sharq” nashriyot-matbaa konserni bilan birgalikda ko‘rsatib o‘tilgan byulletenning o‘z vaqtida nashr etilishini ta’minlash bilan bog‘liq tashkiliy, moliyaviy va moddiy-texnik masalalarni 1997-yil 1-noyabrgacha hal etsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat ro‘yxatiga olish to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik to‘g‘risidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur Nizom vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralarning me’yoriy hujjatlarini (keyingi o‘rinlarda “me’yoriy hujjatlar” deb ataladi) huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini, shuningdek, ularga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
1. Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning (keyingi o‘rinlarda “vazirliklar va idoralar” deb ataladi) me’yoriy hujjatlarini, ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi ma’lumotlarning xususiyatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan korxonalar va tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega bo‘lgan me’yoriy hujjatlari huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirliklar va idoralar me’yoriy hujjatlarni qabul qilishda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun ularni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
4. Bir nechta vazirlik va idora qabul qilgan me’yoriy hujjatni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etish hujjatni tasdiqlaganlar orasida birinchi bo‘lib ko‘rsatilgan organga yuklanadi.
5. Me’yoriy hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
6. Vazirliklar va idoralar o‘z vakolatlari doirasida me’yoriy hujjatlarni buyruqlar, qarorlar, yo‘riqnomalar, ko‘rsatmalar shaklida yoki tegishli organlar to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan boshqa shakllarda qabul qiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
7. Me’yoriy hujjatda mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasining qaysi Qonunini, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qaysi qarorini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaysi Farmonini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaysi qarorini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida chiqarilayotganligi majburiy tartibda ko‘rsatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
8. Me’yoriy hujjat tuzilmasi huquqiy tartibga solish mavzusi izchil rivojlantirilishini, shuningdek, bo‘lajak hujjat bir xilda tushunilishi va qo‘llanilishini ta’minlash kerak.
Agar me’yoriy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unda kirish qismi beriladi. Me’yoriy tusga ega bo‘lgan qoida kirish qismiga kiritilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjat mazmuni va hajmiga bog‘liq ravishda, odatda, o‘z nomiga ega bo‘ladigan qismlar va bo‘limlarga bo‘linishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjat qoidalari aniq va yorqin adabiy tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha talqin qilinishini istisno qilish uchun ularning amaldagi qonun hujjatlarida qabul qilingan ahamiyatiga muvofiq bir xilda qo‘llaniladi. Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha ta’rifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qo‘llanadi va boshqa qisqartirishlar tushuntiriladi. Eskirgan va ko‘p ma’noli so‘zlar va iboralar, obrazli qiyoslashlar, majozlar, sifatlashlar qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjatlarda amaldagi qonun hujjatlari qoidalari so‘zma-so‘z takrorlanishi taqiqlanadi. Me’yoriy hujjatlar matniga amaldagi qonun hujjatlariga havola qilish kiritilishiga faqat istisno hollardagina yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Mazkur me’yoriy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralarning ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlariga havola qilish ularning o‘zaro aloqasini ko‘rsatish yoki takrorga yo‘l qo‘ymaslik zarur bo‘lgan hollardagina qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Me’yoriy hujjatning har bir bandida bitta me’yoriy ko‘rsatma bo‘lishi kerak. Hujjatning har bir mustaqil bandi to‘liq va tugallangan mazmunga ega bo‘lishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar me’yoriy hujjatda ro‘yxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, odatda, ilovalarda berilishi kerak. Me’yoriy hujjatning tegishli bandlarida Ushbu ilovalarga havola qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
tegishli me’yoriy hujjatni imzolashni vakil qilingan shaxslarning ushbu organ muhri bilan tasdiqlangan imzolari.
Keyingi tahrirga qarang.
10. Agar me’yoriy hujjatning qabul qilinishi mazkur organ tomonidan ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar o‘z kuchini yo‘qotishi e’tirof etilishini yoki ularga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini talab etsa, unday holda ushbu qoidalar taqdim etilgan me’yoriy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
me’yoriy hujjatni chiqarish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, me’yoriy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos bo‘lib xizmat qilgan boshqa holatlar);
Keyingi tahrirga qarang.
mazkur organ tomonidan ushbu masala bo‘yicha ilgari qabul qilingan me’yoriy hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
ushbu masala bo‘yicha ilgari boshqa organlar tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlar va davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga taqdim etilgan hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni o‘zgartirish yoki o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etish to‘g‘risida takliflar tayyorlash haqidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma ilova qilinadi.
12. Tayyorlangan me’yoriy hujjat vazirlik yoki idora rahbariyati tomonidan imzolangunga qadar O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiqligi yuzasidan tekshirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Taqdim etilgan me’yoriy hujjatga ushbu organning yuridik xizmati rahbari tomonidan viza qo‘yilgan, ilova qilingan ma’lumotnoma esa imzolangan bo‘lishi kerak.
13. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdim etilgan me’yoriy hujjatni olingan kundan boshlab 30 kun ichida huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
14. Zarurat bo‘lsa, ekspertizadan o‘tkazishda Adliya vazirligi qo‘shimcha hujjatlarni talab etish, shuningdek, me’yoriy hujjatlar bo‘yicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni shtatdan tashqari ekspertlar sifatida jalb qilish huquqiga ega bo‘ladi.
Keyingi tahrirga qarang.
15. Agar taqdim etilgan me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lgan va mazkur Nizomning II bo‘limida ko‘rsatilgan talablariga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
16. Agar me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zid bo‘lsa, mazkur Nizomning II bo‘limi talablariga javob bermasa, yoxud manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan bo‘lsa, me’yoriy hujjatni ro‘yxatdan o‘tkazish rad etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosalar bilan ularni taqdim etgan organlarga qaytariladi.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish rad etilgan me’yoriy hujjatlar Adliya vazirligining xulosalari hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
17. Me’yoriy hujjatning asl nusxasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin unga berilgan ro‘yxatdan o‘tkazish tartib raqami bilan birgalikda uni taqdim etgan organga qaytariladi, ikki nusxasi hisobga olish va e’lon qilish uchun Adliya vazirligida qoladi.
Keyingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari o‘zgargan taqdirda vazirliklar va idoralar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan o‘z me’yoriy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiqlashtirish hamda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan me’yoriy hujjatlarini qonun hujjatlariga muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Vazirliklar va idoralar ushbu holda o‘n kun muddatda huquqiy ekspertizadan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun o‘zlari qabul qilgan me’yoriy hujjatlardagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu qoida bajarilmagan taqdirda Adliya vazirligi me’yoriy hujjatni davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu me’yoriy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos bo‘ladi.
Me’yoriy hujjatga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan, yoxud bunga vakil qilingan organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Nizoli masalalar paydo bo‘lgan, shuningdek, me’yoriy hujjatni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan yangi holatlar aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi masala belgilangan tartibda hal etilishigacha me’yoriy hujjatning (yoki uning tegishli qismining) amal qilishini to‘xtatishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
19. Me’yoriy hujjatlarni qabul qilgan organ tugatilgan yoki qayta tashkil etilgan taqdirda uning hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanishi, ularning tarqatilishi, ularga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi haqidagi masalalar uning huquqiy vorisi yoki yuqori turuvchi organ tomonidan hal etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
20. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan me’yoriy hujjatlarni davlat boshqaruvining tegishli organlari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar e’tiboriga yetkazadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi va nashr etilishi (e’lon qilinishi) kerak bo‘lgan me’yoriy hujjatlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgunga qadar bajarish uchun yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
21. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan me’yoriy hujjatlar bo‘yicha tushuntirish berish zarurligi to‘g‘risida taqdimnomalar kiritishga haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.