LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 19-maydagi PQ-1531-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi “Uy-joy qurilishi va uy-joy bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-10-son qaroriga muvofiq hamda aholining o‘z ehtiyojlari uchun uy-joy qurish, rekonstruksiya qilish va xarid qilishga yakka tartibda qarz oluvchilarga imtiyozli uzoq muddatli ipoteka krediti berish tizimini keng joriy etish uchun moliyaviy mablag‘larni jalb etish va jamlash maqsadida:
1. Quyidagilar Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (bundan buyon matnda Jamg‘arma deb yuritiladi) asosiy vazifalari etib belgilansin:
ipoteka krediti berishni rivojlantirish uchun xalqaro va xorijiy moliya institutlarining uzoq muddatli kreditlari, investitsiya hamda grantlarini, Jamg‘arma mablag‘larini to‘ldiradigan boshqa manbalarni jalb etish va jamlash;
ipoteka krediti berishda ishtirok etadigan “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki hamda boshqa banklar (bundan buyon matnda banklar deb yuritiladi) yakka tartibda qarz oluvchilarga o‘z ehtiyojlari uchun uy-joylar qurish, rekonstruksiya qilish va xarid qilishga (bundan buyon matnda yakka tartibda qarz oluvchilar deb yuritiladi) kreditlar berishi uchun ana shu banklarga shartnoma asosida kredit liniyalari ochish;
Jamg‘arma tomonidan banklarga beriladigan mablag‘lardan faqat maqsadli foydalanilishi monitoringini ta’minlash;
Jamg‘arma tushumlari va uning mablag‘laridan foydalanishning yillik hamda chorak balanslarini shakllantirish.
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida tashkil etiladi va u yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan notijorat tashkilot hisoblanadi;
Jamg‘armaning ijroiya direksiyasi Jamg‘arma ijroiya organi va uning mablag‘larini tasarruf etuvchisi hisoblanadi;
Jamg‘armaning ijrochi direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi;
Jamg‘arma ijroiya direksiyasini ta’minlash jamg‘arma mablag‘lari hisobidan, Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda tasdiqlanadigan xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Vasiylik kengashining tarkibi 1-ilovaga* muvofiq;
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasi ijroiya direksiyasining boshqaruv xodimlari soni 5 kishidan iborat bo‘lgan tuzilmasi 2-ilovaga** muvofiq;
Ipoteka krediti berishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish mexanizmi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga** muvofiq.
** 2-3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
manfaatdor davlat va nodavlat tashkilotlarini Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga jalb etish;
Jamg‘arma ijroiya direksiyasi faoliyati ustidan, xususan tushumlar manbalarini shakllantirish, kredit liniyalarini o‘z vaqtida ochish va to‘lash sohasida nazoratni amalga oshirish.
xalqaro va xorijiy moliya institutlarining imtiyozli uzoq muddatli kreditlari, investitsiya va grantlari;
ipoteka krediti berish uchun banklardagi kredit liniyalari bo‘yicha foizlar hisobidan hamda Jamg‘armaning vaqtincha bo‘sh mablag‘larini qisqa muddatli davlat xazina majburiyatlariga va banklardagi depozitlarga joylashtirishdan, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozoridagi operatsiyalardan tushadigan daromadlar;
yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun yer maydonlarini meros qilib qoldirish sharti bilan umrbod egalik qilish huquqlarini kimoshdi savdosida sotishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi;
mablag‘larni shakllantirish manbalarini to‘ldirish uchun ipoteka va uy-joy obligatsiyalari, shuningdek boshqa qimmatli ipoteka qog‘ozlari chiqarish va sotishga, kimoshdi savdolarida ishtirok etishga;
banklarga uch yillik imtiyozli davr bilan kamida 15 yil muddatga va Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha Vasiylik kengashi tomonidan har bir kredit liniyasi bo‘yicha tasdiqlanadigan foiz stavkasi bilan qaytarish asosida uy-joylarni rekonstruksiya qilish va xarid qilishga, shuningdek yangi qurilishga har bir yakka tartibda qarz oluvchi hisobiga eng kam ish haqi miqdorining tegishli ravishda 2500 va 3000 karra miqdorida, ammo uy-joy qurilishi, rekonstruksiya qilish va xarid qilish qiymatining 75 foizidan oshmaydigan miqdorda kredit liniyalari ochishga ruxsat berilsin.
7. Jamg‘arma barcha turdagi soliqlardan va davlatning maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan ozod qilinsin, yagona ijtimoiy to‘lov bundan mustasnodir.
8. Banklar mablag‘lardan maqsadga muvofiq foydalanmaganligi faktlari aniqlangan hollarda ana shu aniqlangan mablag‘ning hammasi Jamg‘arma bilan bank o‘rtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan jarimalarni qo‘llagan holda Jamg‘arma hisobiga muddatidan ilgari qaytarilishi belgilab qo‘yilsin.
9. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hisobot yilining 1-noyabridan kechiktirmay har yili Jamg‘armaga uy-joy qurilishi uchun ajratilayotgan yer maydonlari va prognoz qilinayotgan yilga mo‘ljallangan uy-joy qurilishi hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etsinlar.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 16-fevraldagi PQ-10-son qarori 3-bandining uchinchi xatboshidagi “ikki yillik” so‘zlari “uch yillik” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.