18.05.2005 yildagi 127-son
Hujjat 05.06.2009 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatini takomillashtirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2005-yil 10-fevraldagi PQ–3-son qarori va “Kommunal xizmatlar tariflarining asossiz ravishda o‘sib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ular uchun o‘z vaqtida va to‘liq hisob-kitob qilinishi uchun iste’molchilarning mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi PQ–5-son qaroriga binoan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmat ko‘rsatish sohasiga zamonaviy hisobga olish priborlarini va resurslarni tejovchi texnologiyalarni joriy etish dasturi to‘g‘risida” 2005-yil 11-fevraldagi 61-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 1-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
a) 1-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari va 3-ilova chiqarib tashlansin;
b) 1-bandning oltinchi xatboshi hamda 5-ilova 2005-yil 1-iyulidan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
1-bandning ikkinchi xatboshidagi “erkin” so‘zi “cheklangan” so‘zi bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidan “viloyat hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
uchinchi band chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy-kommunal-uy-joydan foydalanish birlashmalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 7-fevraldagi 54-son qarori bilan” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001-yil 17-apreldagi PF–2832-son Farmoni bilan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;
“v” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
5 va 6-bandlar chiqarib tashlansin;
8-bandning birinchi xatboshidagi “va kommunal-uy-joydan foydalanish tashkilotlari” chiqarib tashlansin, “va kvartira egalari hamda kvartira ijarachilari uy-joylarga xizmat ko‘rsatish va saqlash xarajatlari ulushlarini (hisob-kitob shakllari ilova qilinadi)” so‘zlari “(hisob-kitob shakli ilova qilinadi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;
9-bandning birinchi xatboshidagi “Kommunal” so‘zi “Issiqlik ta’minoti” so‘zlari bilan almashtirilsin;
10 va 11-bandlar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
13-banddan “uy-joy tashkilotlarida”, “hamda kvartira egalari va kvartira ijarachilarining turar joyga xizmat ko‘rsatish va saqlash xarajatlari ulushini” so‘zlari chiqarib tashlansin;
15-bandning birinchi xatboshidan “viloyat hududiy-kommunal xizmat ko‘rsatish birlashmalari” so‘zlari chiqarib tashlansin;
birinchi xatboshidagi “uy-joy fondidan foydalanish bo‘yicha vakolatli organlarning” so‘zlari “uy-joy mulkdorlari shirkatlari yoki boshqaruvchi tashkilotlarning” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshi “budjet mablag‘lari” so‘zlaridan keyin “uy-joy mulkdorlari shirkatlari mablag‘lari” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
b) 8-bandning beshinchi bandidagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 3-sentabrdagi 375-son qaroriga 5-ilovadagi “O‘zbekiston Respublikasi hududida kapital qurilishda tanlov savdolari (tender) tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risida nizom”ga muvofiq” so‘zlari “belgilangan tartibda” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 16-bandning birinchi xatboshidagi “Alohida turgan uy mulkdorlari bilan boshqaruvchi tashkilot o‘rtasidagi texnikaviy xizmat ko‘rsatish yuzasidan tuzilgan shartnoma (kontrakt) bekor qilingan taqdirda” so‘zlari “Alohida turgan uy (uylar) mulkdorlari-shirkat a’zolarining bir qismi shirkatdan chiqqan taqdirda” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 5-iyundagi 152-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2009-y., 24-son, 269-modda)
4. Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 1-son, 6-modda) bilan tasdiqlangan Uy-joy-kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha Yagona buyurtmachi xizmati to‘g‘risida vaqtinchalik nizom 3-bandining ikkinchi xatboshidagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hududiy kommunal-foydalanish birlashmalari” so‘zlari “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “O‘zkommunxizmat” agentligi” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligining hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “yanvardan” so‘zlari “sentyabrdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
birinchi xatboshidagi “2002—2004-yillarda quyidagilar” so‘zlari “2002-yil — 2005-yil 1-sentabrda quyidagilar” so‘zlari bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshidagi “gazlashtirilgan uy-joy fondini (ko‘p kvartirali va yakka tartibdagi uylarni) gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash jadvali” so‘zlari “O‘zkommunxizmat” agentligi hududiy gaz ta’minoti korxonalari bo‘yicha uy-joy fondini gazni hisobga olish priborlari bilan jihozlash dasturi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
13-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
17-bandning to‘qqizinchi xatboshidagi “yanvardan” so‘zi “sentyabrdan” so‘zi bilan almashtirilsin;
18-banddagi “Gazta’minot” shu’ba korxonalari” so‘zlari “hududiy gaz ta’minoti korxonalari” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.