O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 18-noyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 34-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 206-modda):
birinchi xatboshisidan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini o‘tkazishni tashkil etar ekan” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
“10-1) saylangan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida qonun hujjatlari bilan belgilanadigan namunadagi guvohnoma topshiradi”;
Keyingi tahrirga qarang.
II. O‘zbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Ijara to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 45-modda; 1993-yil, № 9, 329-modda) 12-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, basharti davlat mol-mulki ijaraga berilgan bo‘lsa, ijara haqi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taqsimlanishi lozim”.
III. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aloqa to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 3, 159-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda):
“Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta jo‘natmalarini qabul qilib olish, tashish va ko‘rsatilgan joyiga yetkazib berish vositalarining yig‘indisi bo‘lgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari ma’lumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translatsiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yig‘indisi bo‘lgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat”;
2) 4-moddasidagi tegishli kelishikdagi “Oliy Kengashi” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “Oliy Majlisi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
4) 6-moddasidagi “yakka tartibdagi, jamoa, davlat va aralash” degan so‘zlar “xususiy va ommaviy” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi qismidagi “Muayyan egalikdagi yer hududlari”, “aloqa kommunikatsiyalari” va “bunday kommunikatsiyalarni” degan so‘zlar tegishincha “Yer uchastkalari”, “telekommunikatsiyalar liniyalari” va “bunday liniyalarni” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “aloqa kommunikatsiyalarining” degan so‘zlar “pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “aloqa kommunikatsiyalari” degan so‘zlar “telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
Pochta va telekommunikatsiyalar ko‘rsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida belgilanadi”;
“Aloqa korxonalari ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati uchun O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar bo‘ladilar”.
IV. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 13-yanvarda qabul qilingan “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunining 1998-yil 1-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 97-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 18-moddasi birinchi qismining oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“bo‘sh ish joylari (vakant lavozimlar) bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni, oldindan (kamida ikki oy oldin) Mahalliy mehnat organiga mo‘ljallanayotgan ishdan ozod qilishlar to‘g‘risidagi axborotlarni bo‘shab qoladigan har bir xodimni ko‘rsatgan holda taqdim etish. Bo‘sh ish joylari bor-yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni hamda xodimlarning ishdan ozod qilinishi to‘g‘risidagi axborotlarni taqdim etish tartibi va muddatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
V. O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 38-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4—5, 126-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda) 34-moddasining:
“Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun to‘lov miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi”;
“Atrof tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalar chiqarganlik va oqizganlik uchun hamda ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilarini joylashtirganlik uchun to‘lov tushumi, shuningdek bu mablag‘lardan foydalanish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
VI. 1993-yil 7-mayda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 247-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda):
“O‘zbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanishga hamda undan foydalanuvchilarning barchasi faoliyatiga, shu jumladan aviatsiya faoliyatiga taalluqli munosabatlar respublika hududida ushbu Kodeks, respublikaning boshqa qonunlari bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi Nizom bilan, shuningdek tegishincha Aviatsiya ma’muriyati hamda Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari bilan tartibga solinadi”;
“O‘zbekiston Respublikasining, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan o‘zga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarga kura tegishli bo‘lgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb e’tirof etiladi”;
“Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:”;
uchinchi qismidagi “uning foydalanishga yaroqliligi haqida sertifikat” degan so‘zlar “aerodromning muvofiqlik sertifikati” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 62-moddasining ikkinchi qismidagi, 64-moddasining uchinchi qismidagi, 65-moddasidagi, 66-moddasining uchinchi qismidagi, 71-moddasining uchinchi qismi va 73-moddasidagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida parvoz qilish Qoidalari” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki O‘zbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Havo transportida xalqaro ko‘lamda tashishga mo‘ljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati ta’minlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar deb e’tirof etiladi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Xalqaro havo yo‘llarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya ma’muriyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun mo‘ljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yo‘llarini ochish tartibi O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish to‘g‘risidagi Nizom bilan belgilanadi”;
7) 92-moddasining birinchi qismi “shahar aerovokzalida yoxud” degan so‘zlardan keyin “aerodromda” degan so‘z bilan to‘ldirilsin.
VII. “O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksini amalga kiritish tartibi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 6, 248-modda) 2-bandining uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi havo kodeksida bayon etilgan Aviatsiya ma’muriyatining vazifalarini O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligi nazorati davlat inspeksiyasi zimmasiga yuklasin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 442-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 12-son, 220-modda)
IX. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 1, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 9, 206-modda):
“Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar”;
“Okrug saylov komissiyasi o‘ziga taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlab, hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kun ichida saylovchilar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida yoki ro‘yxatga olishni rad etish haqida qaror qabul qiladi”;
“Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib ko‘radi va besh kunlik muddat ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga Oliy Majlis deputatlari saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kunlik muddat ichida tegishli bayonni Markaziy saylov komissiyasiga topshiradi”;
Oliy Majlis deputatiga Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Oliy Majlis deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
X. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 46-modda):
2) 3-moddasining uchinchi qismidagi “axborot jamg‘armalarini” degan so‘zlar “tarmoq axborot jamg‘armalarini” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
birinchi qismining uchinchi xatboshisidagi “standartlari” degan so‘z “davlat standartlari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Davlat yagona va uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi”;
ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlari tegishincha uchinchi, to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi, yettinchi, sakkizinchi, to‘qqizinchi, o‘ninchi va o‘n birinchi qismlar deb hisoblansin;
“Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar va ularga kiritilgan o‘zgartishlar “O‘zdavstandart” organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. “O‘zdavstandart” organlarida ro‘yxatdan o‘tgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar davlat axborot jamg‘armasini tashkil etadi”;
“tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki uni realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish”;
Keyingi tahrirga qarang.
XI. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 2, 48-modda):
“o‘lchov vositalarini metrologik attestatsiya qilish” — yagona namunalarda ishlab chiqariladigan (yoki O‘zbekiston hududiga yagona namunalarda olib kiriladigan) o‘lchov vositalarining xossalarini sinchiklab tadqiq etish asosida ular qo‘llanish uchun haqqoniy ekanligining metrologiya xizmati tomonidan e’tirof etilishi;
“metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish” — o‘lchovlarning yagona birligini ta’minlash ishlarini akkreditatsiya qilishni belgilangan sohada o‘tkazishga metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarining vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
“o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun yuridik shaxslar metrologiya xizmatini akkreditatsiya qilish” — yuridik shaxslar metrologiya xizmatining belgilangan sohada o‘lchov vositalarini kalibrlashdan o‘tkazishga vakolatli ekanligining rasmiy e’tirof etilishi;
“o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish” — o‘lchovdagi xatolik xususiyatlarini tadqiq qilish va baholash;
“davlat metrologiya tekshiruvi” — o‘lchov vositalarining turini tasdiqlash va tekshiruvdan o‘tkazish, ularning tayyorlanishi, ta’mirlanishi, sotilishi va ijaraga berilishini litsenziyalash bo‘yicha davlat metrologiya xizmati tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat”;
“O‘lchovlar belgilangan tartibda attestatsiya qilingan o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlariga muvofiq holda amalga oshirilishi lozim”;
ikkinchi qismidagi “attestatsiya” degan so‘z “metrologik attestatsiya” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish”;
o‘lchov vositalarini hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchov vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish;
yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, realizatsiya qilish, ijaraga berishga doir faoliyatini litsenziyalashda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etishlarini guvohlantirish (attestatsiya qilish).
Davlat metrologiya nazorati o‘lchov vositalarini, shu jumladan o‘lcham birliklarining etalonlarini chiqarish, ularning holati va qo‘llanilishi, belgilangan metrologiya qoidalari va normalariga rioya etilishi ustidan, shuningdek akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi.
Zarur hollarda “O‘zdavstandart” qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari ham belgilanishi mumkin”;
Ushbu Qonunning 14-moddasida ko‘rsatib o‘tilganidan bo‘lak sohalarda qo‘llaniladigan va majburiy tekshiruvdan o‘tkazilmaydigan o‘lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, ta’mirlashda va O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‘tkazilishi mumkin.
O‘lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga berilishi mumkin.
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini o‘lchov vositalarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‘tkazish tartibi “O‘zdavstandart” tomonidan belgilanadi”.
XII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Do‘stlik” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 117-modda) bilan tasdiqlangan “Do‘stlik” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Do‘stlik” ordeni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan tompakdan tayyorlanadi va u bir-biriga joylashtirilgan turli kattalikdagi, markazi bitta bo‘lgan ikkita sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Katta va kichik yulduzlar oraligi moviy emal bilan to‘ldirilgan. Yulduzning burchaklari orasida taraluvchi zarhal, uchlari yumaloqlangan nur tutamlari joylashgan. Katta yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi 47 millimetr, kichik yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi esa 41 millimetr.
Ordenning markazida, diametri 12 millimetrli doira ichida oq kumushrang fonda ko‘lni ko‘lga berib ko‘rishish ramziy tasvirlangan bo‘lib, qo‘llar tasvirining ayrim yerlari zarhallangan. Tasvir atrofida, moviy emal berilgan fonda o‘n ikki insoniy fazilat ramzi sifatida o‘n ikkita kumushrang yulduz joylashgan. Sathida yulduzlar joylashgan doira diametri 24 millimetr. Butun tasvir atrofida aylana joylashgan bo‘lib, uning yuqori qismiga qizil emal bilan naqsh etilgan “DO’STLIK” degan yozuv, pastki qismiga esa zarhal dafna barglari jo bo‘lgan. Aylana diametri 33 millimetr.
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Orden moviy, yashil, sariq, qizil rangli, bir-biridan oq yo‘l bilan ajratilgan, eni bir xil rangdor yo‘lli shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
XIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 5, 125-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 9, 206-modda):
1) 10-moddasining birinchi qismi “hamda o‘z vakolatlarini tegishli xalq deputatlari Kengashiga yangi saylov tayinlangunga qadar amalga oshiradi” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin;
“12) deputatlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi deputati guvohnomasini va ko‘krak nishonini beradi”;
“Okrug va uchastka saylov komissiyalari tegishli saylov okruglaridan saylangan deputatlar viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan ro‘yxatga olinganidan keyin o‘z faoliyatlarini to‘xtatadilar”;
“Tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi o‘ziga taqdim etilgan hujjatlarning ushbu Qonun talablariga muvofiqligini aniqlab, hujjatlar qabul qilingan kundan e’tiboran besh kun ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kun ichida saylovchilar tashabbuskor guruhini ro‘yxatga olish to‘g‘risida yoki ro‘yxatga olishni rad etish haqida qaror qabul qiladi”;
“Okrug saylov komissiyasi imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirib ko‘radi va besh kunlik muddat ichida, takroriy saylov yoki bo‘shab qolgan o‘rinlarga deputatlar saylovi o‘tkazilayotgan taqdirda esa ikki kunlik muddat ichida bayonni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga topshiradi”;
6) 44-moddasi birinchi qismining uchinchi, to‘rtinchi va beshinchi jumlalari quyidagi mazmundagi jumla bilan almashtirilsin:
“Bunda okrug saylov komissiyasi saylovga yigirma besh kun qolganida, uchastka saylov komissiyalari esa — o‘n besh kun qolganida tuziladi”;
Deputatga xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan beriladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatining guvohnomasi va ko‘krak nishoni namunasi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XIV. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik to‘g‘risida”gi Qonunining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahriri (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 167 va 168-moddalar; 1999-yil, № 9, 229-modda) 16-moddasi ikkinchi qismining to‘rtinchi xatboshisi “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning” degan so‘zlardan keyin “(kichik va o‘rta korxonalar, mikrofirmalar bundan mustasno)” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(XV bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2002-yil 12-dekabrdagi 435-II-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 216-modda)
XVI. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 1, 3-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomsi, 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, —
mol-mulk musodara qilinib yoki musodara qilinmay, eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
birinchi qismining sanksiyasidagi “ellik baravarigacha” degan so‘zlar “ellik baravaridan yetmish besh baravarigacha” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum etilgan holda uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
birinchi qismining dispozitsiyasidan “yoxud shunday harakatlar pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
a) pasport, harbiy bilet yoki boshqa muhim shaxsiy hujjatlarga nisbatan yoxud o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarga nisbatan sodir etilgan bo‘lsa;
eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
“eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha qamoq bilan jazolanadi”;
ikkinchi qismining sanksiyasidagi “uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar “uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
G‘arazgo‘ylik yoki boshqa shaxsiy manfaatlarni ko‘zlab davlat proba tamg‘asini qonunga xilof ravishda tayyorlash, o‘tkazish yoki undan foydalanish, shuningdek uni qalbakilashtirish —
mol-mulk musodara qilinib, eng kam oylik ish haqining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud olti oygacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
mol-mulk musodara qilinib, ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan taqiqlangan bakteriologik (biologik), kimyoviy va boshqa xil yalpi qirg‘in qurollari turlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish, to‘plash, olish, birovga o‘tkazish, saqlash, qonunga xilof ravishda egallash va ular bilan boshqa harakatlarni sodir etish —
mol-mulk musodara qilinib, sakkiz yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi”.
XVII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5—6, 102-modda, №9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda) 345-moddasining beshinchi qismi “185” raqamidan keyin “185-1” degan raqam bilan to‘ldirilsin.
XVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
Qimmatbaho metallar sirasiga kirmaydigan rangli metallar, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini tayyorlash, olish, ulardan foydalanish hamda ularni o‘tkazish qoidalarini buzish —
rangli metallarni, ularning parcha va rezgi-chiqitlarini musodara qilib, fuqarolarga eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining organlariga ushbu Kodeksning 215-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar taalluqlidir.
O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi iqtisodiyot va statistika vaziri hamda uning o‘rinbosarlari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika bosh boshqarmalari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, tuman, shahar hokimliklarining iqtisodiyot va statistika bo‘limlari boshliqlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan organlar nomidan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va ma’muriy jazo chorasini qo‘llanishiga haqlidirlar”.
XIX. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 6-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatlarning maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 114-modda; 1996-yil, № 9, 141-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda):
Deputatlar o‘zaro kelishuv asosida fraksiyalar, bloklar va boshqa deputatlar guruhlariga birlashishlari mumkin”;
Deputatning hokimiyat vakillik organida ishlagan vaqti umumiy va uzluksiz ish stajiga, avvalgi ixtisosi bo‘yicha ish stajiga qo‘shib hisoblanadi”;
4) 33-moddasidagi “deputatlik vakolatlari to‘g‘ri deb topilganidan” degan so‘zlar “deputat tariqasida ro‘yxatga olinganidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) ruscha matni 13-moddasining uchinchi qismidagi, 30-moddasining birinchi qismidagi, 32-moddasining birinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XX. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi “Ayrim korxonalar va mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ba’zi masalalari to‘g‘risida”gi Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 194-modda) bilan tasdiqlangan Davlat tasarrufidan chiqarilishi, xususiylashtirilishi va sotib olinishi mumkin bo‘lmagan korxonalar va mol-mulk turlari hamda guruhlarning ro‘yxati (1-ilova)ning 18-bandidagi “Pochta aloqasi korxonalari va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXI. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 64-modda; 1997-yil, № 2, 64-modda; 1998-yil, № 5-6,114-modda, № 9, 164-modda):
1) 1-moddasi “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” degan so‘zlardan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
2) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari to‘g‘risidagi Nizom “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni to‘g‘risidagi matndan keyin quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi” faxriy unvoni baxshichilik san’atini yanada rivojlantirishdagi, milliy qadriyatlarimizni e’zozlash va o‘zbek xalq og‘zaki ijodiyotini keng targ‘ib etishdagi, o‘z ijodi va ijrochilik faoliyati bilan xalqimizni, ayniqsa yoshlarni ko‘p ming yillik madaniyatimiz sarchashmalaridan bahramand qilishdagi hamda Vatan istiqloli va shon-sharafini ulug‘lash yo‘lidagi salmoqli hissalari uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga beriladi”;
3) mazkur Qonun bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi faxriy unvonlarining ko‘krak nishonlari tavsifining:
Ko‘krak nishoni 1 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 36 millimetrli doira shaklida bo‘ladi.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida kumushrang aylanma yugurish yo‘lkalari bilan o‘ralgan, yashil rangli emal qoplangan stadion maydoni tasvirlangan bo‘lib, uning markazida olimpiya ramzi — ichki sathi ham kumushrang beshta o‘zaro tutash halqalar joylashgan. Stadion maydoni uzra O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbini tutib turgan ikkita kumushrang qo‘l tasvirlangan. Gerbning yuqori qismida, musamman joylashgan erda diametri 1,5 millimetrli yoqut joylashtiriladi. Nishonning yuqori yarim aylanasi bo‘ylab, gerb uzra “O’ZBEKISTON IFTIXORI” degan yozuv joylashgan. Nishonning pastki yarim aylanasida yashil shaffof emal qoplangan dafna navdasi joylashgan bo‘lib, uning o‘rtasidan O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi lenta o‘tgan.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”;
tavsif “O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvonining ko‘krak nishoni tavsifi matnidan keyin quyidagi mazmundagi matn bilan to‘ldirilsin:
Ko‘krak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida bo‘ladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida milliy cholg‘u asbobi — do‘mbira chalib kuylayotgan baxshi, pastki o‘ng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Ramzlarning yuqorirog‘idan “XALQ BAXSHISI” degan yozuv gorizontal holatda joy olgan.
Ko‘krak nishoni ichki qismiga O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
XXII. O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida deputatni chaqirib olish tartibi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 67-modda):
1) 4-moddasining oltinchi qismidan “Oliy Majlisga saylov o‘tkazuvchi” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
2) 5-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan almashtirilsin:
“Deputatni chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif asosli bo‘lsa, xalq deputatlari viloyat Kengashi hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni viloyat saylov komissiyasiga yuboradi.
Viloyat saylov komissiyasi xalq deputatlari viloyat Kengashining qarori olingan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish bo‘yicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu xususda xalq deputatlari viloyat Kengashiga axborot beradi”;
3) 6-moddasining uchinchi qismi quyidagi mazmundagi uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilsin:
“Deputatni chaqirib olish to‘g‘risidagi taklif asosli bo‘lsa, xalq deputatlari tuman, shahar Kengashi hujjatlar olingan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish o‘tkazish zarurligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi hamda uni tuman, shahar saylov komissiyasiga yuboradi.
Tuman, shahar saylov komissiyasi xalq deputatlari tuman, shahar Kengashining qarori olingan kundan e’tiboran besh kunlik muddat ichida deputatni chaqirib olish bo‘yicha okrug komissiyasini tuzadi, ovoz berish kunini tayinlaydi va bu xususda xalq deputatlari tuman, shahar Kengashiga axborot beradi”;
“Oliy Majlis deputatini chaqirib olish masalasi bo‘yicha ovoz berish kuni Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi.
Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish masalasi bo‘yicha ovoz berish kuni tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tomonidan tayinlanadi”;
birinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov o‘tkazuvchi Markaziy saylov komissiyasiga, tegishli xokimiyat vakillik organining rahbariga” degan so‘zlar “Markaziy saylov komissiyasiga, viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
beshinchi qismidagi “Okrug yoki Markaziy saylov komissiyasi” degan so‘zlar “Markaziy saylov komissiyasi yoki viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
“Markaziy saylov komissiyasi, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi kelib tushgan okrug komissiyasining bayonnomasiga asosan besh kunlik muddat ichida ovoz berish natijalarini qayd etadi hamda ular haqida mahalliy ommaviy axborot vositalari orqali xabar qiladi.
Oliy Majlis deputatini chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari to‘g‘risida Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Kengashiga ma’lum qiladi, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi deputatini chaqirib olish bo‘yicha ovoz berish yakunlari to‘g‘risida esa viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasi tegishli xokimiyat vakillik organining rahbariga ma’lum qiladi”;
“Ushbu Qonun buzilganligi ustidan Markaziy saylov komissiyasiga, tegishli viloyat, tuman, shahar saylov komissiyasiga yoki bevosita sudga shikoyat qilinishi mumkin”;
7) ruscha matni 3-moddasining birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlaridagi, 4-moddasining ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi, oltinchi va yettinchi qismlaridagi, 7-moddasining birinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “Sovet (Kengash)” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “Kengash” degan so‘z bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIII. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi Qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5—6, 70-modda) 12-bandining sakkizinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlash (oqizish) hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida chiqindilarni joylashtirish normativlarini belgilaydi va tabiatdan foydalanuvchilar e’tiboriga yetkazadi; tabiiy muhitga ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaganlik (oqizganlik) hamda chiqindilarni joylashtirganlik uchun olingan haqning bir qismidan belgilangan tartibda foydalanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXIV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 4-5-songa ilova, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda):
“bolalarbop tovarlar, ayollar gigiyenasi ashyolari, badiiy hunarmandchilik mahsulotlari va o‘yinchoqlar ishlab chiqaruvchi yuridik shaxslar uchun”;
“22) maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa”;
Soliq solinadigan daromad miqdori | Soliq summasi |
eng kam ish haqining uch baravari miqdorigacha | daromad summasining 15 foizi |
eng kam ish haqining uch baravari miqdoridan (+1 so‘m) besh baravari miqdorigacha | eng kam ish haqining uch baravari miqdoridan olinadigan soliq + uch baravardan oshadigan summaning 25 foizi |
eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan (+1 so‘m) o‘n baravari miqdorigacha | eng kam ish haqining besh baravari miqdoridan olinadigan soliq +besh baravardan oshadigan summaning 36 foizi |
eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan (+1 so‘m) va undan yuqori miqdordan | eng kam ish haqining o‘n baravari miqdoridan olinadigan soliq +o‘n baravardan oshadigan summaning 40 foizi |
“40) maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa;
41) budjetdan ajratilgan mablag‘lar hisobidan budjetdagi tashkilotlar buyurtmalari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib qirilayotgan uskunalar, tovarlar (ishlar va xizmatlar)”;
“maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalarining mol-mulkiga — ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa”;
“8) maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa”;
“maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari — yer osti inshootlari qurganlik va ulardan foydalanganlik uchun, ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa”;
ishlovchilari umumiy miqdorining kamida ellik foizi nogironlar bo‘lgan yuridik shaxslar, savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug‘ullanayotganlari bundan mustasno;
maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa”;
“maktabgacha ta’lim nodavlat muassasalari ro‘yxatdan o‘tgan paytdan e’tiboran uch yil muddatga, basharti ular bo‘shatib olinayotgan mablag‘larni moddiy-texnika negizini mustahkamlashga, asbob-uskuna, jihozlar, didaktik material, bolalar o‘yinchoqlari va adabiyot olishga sarflasa”.
Keyingi tahrirga qarang.
XXV. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 12-modda) 4-moddasining ikkinchi qismidagi hamda 24-moddasining ikkinchi qismidagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XXVI. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda) 6 va 37-moddalaridagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
XXVII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 95-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda. № 9, 206-modda) 5-moddasining yigirma birinchi xatboshisi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan almashtirilsin:
“saylangan shaxsga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganligi to‘g‘risida guvohnoma topshiradi;
Keyingi tahrirga qarang.
XXVIII. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “El-yurt hurmati” ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 163-modda) bilan tasdiqlangan “El-yurt hurmati” ordenining tavsifi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“El-yurt hurmati” ordeni 1 mikron qalinlikdagi tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanadi va u ikki yoqlama nurlar taraluvchi sakkiz qirrali yulduz shaklida bo‘ladi. Yulduz burchaklari orasida moviy rangdagi shaffof emal qoplangan, taraluvchi nur tutamlari joylashgan. Yulduzning qarama-qarshi qirralari oraligi 52 millimetr. Nurlarni o‘z ichiga olgan doira diametri — 49 millimetr.
Ordenning markazida, doirada qizil rangli yo‘l bilan hoshiyalangan Registon arxitektura majmui tasvirlangan. Uning orqasida, fon bilan berilgan, rangli emal qoplangan vodiylar va tog‘lar, ular uzra esa moviy osmon fonida chiqib kelayotgan quyosh tasvirlangan. Butun tasvir shaffof emal bilan qoplangan bo‘lib, u tasvir uzra yarim doira segmentini tashkil etadi.
Tasvir atrofi aylana bilan hoshiyalangan bo‘lib, aylananing yuqori qismida, oq fonda “EL-UYRT HURMATI” degan yozuv, aylananing pastki qismida yashil shaffof emal bilan qoplangan dafna novdasi joylashgan.
Orqa tomonining pastki qismida ordenning tartib raqami 1 millimetr kattalikdagi botiq shrift bilan yozig‘liq.
Orden O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadag‘ichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi”.
XXIX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 9, 164-modda) 4-moddasi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
XXX. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 8-modda) 17-moddasining birinchi qismi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“rejali tekshirishlarni o‘tkazish muddatini ko‘chirish to‘g‘risida, basharti buncha obyektiv asoslar bo‘lsa, maxsus vakolatli organga taqdimnoma kiritish”.
XXXI. O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “O‘rmon to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 5, 122-modda) 9-moddasidagi, 12-moddasining ikkinchi qismidagi, 15-moddasining ikkinchi qismidagi, 16-moddasining uchinchi qismidagi, 26-moddasining yettinchi qismidagi, 27-moddasining uchinchi qismidagi, 29-moddasining to‘rtinchi qismidagi, 33-moddasining ikkinchi qismidagi, 34-moddasining ikkinchi qismidagi tegishli kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Davlat o‘rmon qo‘mitasi” degan so‘zlar shunday kelishikdagi “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.