Atmosfera havosi tabiiy resurslarning tarkibiy qismi bo‘lib, u umummilliy boylik hisoblanadi va davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining 1992-yil 9-dekabrdagi 754-XII-son “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 2-moddasi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Keyingi tahrirga qarang.
atmosfera havosiga zararli kimyoviy, fizikaviy, biologik va boshqa xil ta’sir ko‘rsatilishining oldini olish hamda kamaytirish;
davlat organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolarning atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatini huquqiy jihatdan tartibga solish.
Fuqarolar hayot va sog‘liq uchun qulay atmosfera havosiga ega bo‘lish, atmosfera havosining holati hamda uni muhofaza qilish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida o‘z vaqtida va ishonchli axborot olish, atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarilishi hamda fizikaviy omillarning atmosferaga zararli ta’sir ko‘rsatishi orqali o‘zlarining salomatligiga hamda mulkiga ziyon yetkazilgan hollarda zararni undirib olish huquqiga egadirlar.
Fuqarolar atmosfera havosini avaylashlari, uning ifloslanishiga, kamayishiga va unga fizikaviy omillar zararli ta’sir etishiga olib keluvchi harakatlarni qilmasliklari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari amalga oshiradilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar atmosfera havosini muhofaza qilish tartibini, uning holati ustidan nazorat usullarini aniqlab beradi, atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha o‘zga talablarni belgilaydi.
Inson uchun atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi standartlar (sanitariya normalari) O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Atrof tabiiy muhit obyektlari uchun atmosfera havosini muhofaza qilish, iqlimni va ozon qatlamini saqlash sohasidagi standartlar O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatini baholashda O‘zbekiston Respublikasi hududi uchun atmosfera havosi sifatining quyidagi yagona normativlari belgilanadi:
atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlarning inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planishi;
fizikaviy omillar atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa xil zararli ta’sir ko‘rsatishining inson va atrof tabiiy muhit obyektlari uchun yo‘l qo‘yiladigan darajalari.
Qonun hujjatlarida ayrim mintaqalar uchun atmosfera havosi sifati normativlariga nisbatan oshirilgan talablar belgilab qo‘yilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosi sifati normativlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasining Davlat bosh sanitar vrachi tomonidan 2004-yil 12-may, 0147-04-son bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi aholi yashash joylarida mikroorganizm-produtsentlarning atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan eng ko‘p darajasi (YQD)”, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining 2005-yil 15-dekabrdagi 105-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi korxonalari uchun atmosfera havosini ifloslantirish manbalarini inventarizatsiyadan o‘tkazish va unga chiqarib tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni me’yorlash bo‘yicha taklif etilgan Yo‘riqnoma”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 21-yanvardagi 14-son qarori bilan tasdiqlangan “Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risida Nizom”.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari atmosfera havosiga chiqindilar chiqaruvchi yoki zararli fizikaviy ta’sir ko‘rsatuvchi har bir doimiy manba uchun ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar va fizikaviy ta’sir ko‘rsatish omillarining har biri bo‘yicha belgilanadi.
Havoni ifloslantiruvchi doimiy manbalardan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari hamda unga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishning yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan, atmosfera havosiga fizikaviy omillar zararli ta’sir ko‘rsatishining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi esa — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun atmosfera havosidan foydalanish normativlari atmosfera havosining tabiiy tarkibi o‘zgarishiga olib kelmaydigan darajada belgilanadi.
Atmosfera havosidan foydalanish normativlari korxonalar, muassasalar, tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi va O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosidan foydalanish normativlarini ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqariladigan va foydalaniladigan ko‘chma manbalar uchun ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar va ular fizikaviy omillarining atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatish normativlari belgilanadi. Bu normativlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tartibi tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Doimiy ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishga hamda atmosfera havosidan foydalanishga O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi yo‘l qo‘yiladigan tegishli darajadan oshmasligi zarur.
Atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishiga qonun hujjatlarida belgilangan hollarda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida yo‘l qo‘yilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosferaga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar chiqarish, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi hamda atmosfera havosidan foydalanishga doir ruxsatnomalarda nazarda tutilgan shartlar va talablarni buzish bilan bog‘liq faoliyat mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ularning vakolat doirasida qabul qilgan qaroriga ko‘ra cheklanishi, to‘xtatib qo‘yilishi, zararli ta’sir ko‘rsatish sabablarini bartaraf etish mumkin bo‘lmagan taqdirda esa — tugatilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi hududida foydalaniladigan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallarining barcha turlari O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan standartlar talablariga mos bo‘lishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalari ko‘rsatadigan salbiy ta’sir ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdoriga va ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishiga doir O‘zbekiston Respublikasi hududida amal qiladigan normativlardan oshmagan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi hududiga bu vositalar va qurilmalarni olib kirishga va ularning kirib kelishiga yo‘l qo‘yiladi.
Ishlatilgan gazlar chiqarib yuborilganida ulardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori yoki ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlardan yuqori bo‘lgan transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanish taqiqlanadi.
Transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarining egalari ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalarning miqdori va ular fizikaviy omillarining zararli ta’sir ko‘rsatishi normativlariga rioya qilinishini ta’minlashlari shart.
Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi transport vositalari va boshqa qatnov vositalari hamda qurilmalarini ta’mirlaydigan va ularga texnik xizmat ko‘rsatadigan korxonalar va tashkilotlar ishlatilgan gazlardagi ifloslantiruvchi moddalar miqdorining hamda ular fizikaviy omillari zararli ta’sir ko‘rsatishining normativlarga muvofiqligini tekshirish va tartibga solib turishni ta’minlaydilar.
Kimyoviy moddalarni ishlab chiqaruvchi yoki ulardan foydalanuvchi korxona va tashkilotlar bunday moddalarning atmosfera havosida yo‘l qo‘yiladigan darajada to‘planish normativlarini, ularni nazorat qilish usullari va ekologik-toksikologik pasportlarini O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilagan tartibda ishlab chiqadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Ishlatish taqiqlangan va ishlatishga yaroqsiz bo‘lib qolgan kimyoviy moddalarni zararsizlantirish O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi beradigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Kimyoviy moddalarni o‘simliklarni himoya qilish vositasi, ularning o‘sishini tezlashtiruvchi omil, mineral o‘g‘it va boshqa preparatlar sifatida faqat erdan turib ishlatishga yo‘l qo‘yiladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlariga kimyoviy moddalar bilan ishlov berish qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Tarkibida ozonni buzuvchi moddalar bo‘lgan buyumlardan foydalanuvchi va ularni ta’mirlovchi korxonalar, muassasalar hamda tashkilotlar bunday moddalar hisobga olinishini va ular ozon uchun xavfsiz moddalar bilan almashtirilishini ta’minlashlari lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Mineral xomashyoni qazib olish, tashish va qayta ishlash atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish yoki ifloslantirish darajasini kamaytirish qoidalariga rioya qilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan usullarda amalga oshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba bo‘lishi yoki havoga boshqa tarzda zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan texnogen hosilalarni aholi punktlari hududida yoki ularga yaqin yerlarda joylashtirish taqiqlanadi.
Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manba hisoblanadigan ishlab chiqarish va iste’mol chiqindilari qayta ishlanishi, tozalanishi, dezodoratsiya qilinishi yoki maxsus poligonlarda saqlanishi zarur, bunday poligonlarning joyi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ruxsati bilan belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurish, qayta qurish va foydalanishga topshirish, ishlab turgan texnologiya jarayonlari va asbob-uskunalarni takomillashtirish hamda yangilarini joriy etish atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar, inshootlar, transport magistrallari va boshqa obyektlarni qurish joylarini belgilash, ularni qurish hamda qayta qurish loyihalari mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishib olinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosining holatiga, iqlimga va ozon qatlamiga zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan kashfiyotlar, ixtirolar, sanoat namunalarini joriy etishni, texnika, texnologiyalar, asbob-uskunalar, xomashyo va materiallardan, yoqilg‘idan foydalanishni hamda tayyor mahsulot chiqarishni sertifikatsiz yoki unda belgilangan ko‘rsatkichdan chetga chiqqan holda amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Faoliyati atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalar chiqarish hamda atmosfera havosiga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar quyidagilarni bajarishga majburdirlar:
atmosferaga chiqarilgan chiqindilarni tozalash va zararli fizikaviy ta’sirni kamaytirish uchun inshootlar, asbob-uskunalar va apparaturalardan, shuningdek ular ustidan nazorat qilish vositalaridan foydalanish qoidalariga rioya qilish;
chiqariladigan chiqindilar hamda fizikaviy omillar zararli ta’sirining yo‘l qo‘yiladigan doiradagi normativlariga rioya qilish ustidan nazorat o‘rnatish, ularning hisobini yuritish va belgilangan tartibda statistika hisobotini taqdim etish;
energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish, yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash, ekologik jihatdan toza energiya manbalaridan foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rish;
meteorologiya sharoitlari noqulay kelishi kutilayotganligi munosabati bilan atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalar va biologik organizmlar chiqarishni kamaytirish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan holda chora-tadbirlar ko‘rish;
Keyingi tahrirga qarang.
korxonalar va transport kommunikatsiyalarining ta’sir doirasida atrof muhitga hamda aholi salomatligiga zararli ta’sir ko‘rsatilishini baholash;
kuchli ta’sir etuvchi zaharli moddalar hamda bug‘lanuvchi birikmalarni saqlash, ulardan foydalanish va ulardan bo‘shagan idishlarni zararsizlantirish shartlariga rioya qilish;
atmosferaga birvarakayiga va avariya tufayli chiqindilar chiqishi, yashirin xavfli vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish, shuningdek atmosfera havosining chegaralararo ifloslanishini kamaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
chiqindilarni yo‘q qilishni ta’minlash hamda ular to‘planib qolganida va qayta ishlanayotganida atmosfera havosini ifloslantirishning oldini olish chora-tadbirlarini ko‘rish.
Atmosfera havosini muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarish tuproq, suv va atrof tabiiy muhitning boshqa obyektlari ifloslanishiga olib kelmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosiga zararli ta’sir ko‘rsatganlik uchun to‘lovlar korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladigan tartibda va miqdorlarda undirib olinadi.
Atmosfera havosiga ifloslantiruvchi moddalarni va biologik organizmlarni chiqarganlik, unga fizikaviy omillarning zararli ta’sir ko‘rsatganligi hamda atmosfera havosidan foydalanganlik uchun to‘lovlar to‘lash korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni havoni muhofaza qilish chora-tadbirlarini bajarishdan va yetkazilgan zararni qoplash majburiyatidan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
atmosfera havosining holatiga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan yoki zararli ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan obyektlar;
Keyingi tahrirga qarang.
atmosfera havosiga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar, biologik organizmlar, issiqxona gazlari va ozonni buzuvchi moddalarning turlari va miqdori;
Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda yagona tizim bo‘yicha amalga oshiriladi.
Atmosfera havosining holatini kuzatish, u haqdagi axborotni to‘plash, umumlashtirish, tahlil etish va istiqbolni belgilash atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi yagona tizimi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan davlat nazorati mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan, shuningdek maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni.
O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan nazorat qilish bo‘yicha maxsus vakolat berilgan davlat organlaridir.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish ustidan idoraviy, ishlab chiqarish va jamoat nazorati qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatida yetkazilgan zarar o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplashlari shart. Zarar o‘rnini qoplash aybdorlarni qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortishdan ozod etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida ushbu Qonunda nazarda tutilganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.