Davlat aktivlarini xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lardan samarali foydalanish, Davlat budjetining daromadlar qismini ko‘paytirish, shuningdek, tuman (shahar) hokimliklarining xususiylashtirishdan manfaatdorligini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlariga 1-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim hujjatlari 2-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
mazkur Farmonga 1 va 2-ilovalarda nazarda tutilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining hujjatlariga asosan xususiylashtirishdan tushgan, boshqa tashkilotlarga yo‘naltirilishi belgilangan va taqsimlanmagan mablag‘lar respublika budjetiga yo‘naltiriladi, Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi ixtiyorida qoladigan mablag‘lar bundan mustasno;
ushbu Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-fevraldagi “Davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi PF-6167-son Farmonida belgilangan xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni taqsimlashga tatbiq etilmaydi.
4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi “Tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish uchun davlat mulki obyektlarini sotishni jadallashtirish va uning tartib-taomillarini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-4933-son Farmoni 1-bandida:
a) ikkinchi xatboshidan “, shu jumladan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda “nol” xarid qiymati bo‘yicha” so‘zlari chiqarib tashlansin;
“Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘lar tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda yo‘naltiriladi, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi hamda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasiga yo‘naltiriladigan mablag‘lar bundan mustasno;”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5630-son Farmoni 6-bandida:
“b) davlat aktivlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning (ushbu bandning “v” kichik bandi bundan mustasno):
3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamg‘armaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi);”;
“v) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning:
87 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;
3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamg‘armaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi).”.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-avgustdagi “Bo‘stonliq tumanida boshqaruvning alohida tartibini joriy etish orqali turizmni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6053-son Farmoni 3-bandi “a” kichik bandining uchinchi xatboshisidagi “davlat mulki obyektlari” so‘zlari “davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-oktabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son Farmonida:
“davlat aktivlarini “nol” xarid qiymatida sotish va investitsiya hamda ijtimoiy majburiyatlar asosida “1 so‘m” boshlang‘ich qiymatda ommaviy savdolarga chiqarish amaliyoti bekor qilinadi;”;
b) 13-bandning birinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-iyulga” so‘zlari “2021-yil 1-dekabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 20-bandning to‘rtinchi xatboshisidagi “2021-yil 1-iyunga” so‘zlari “2021-yil 1-dekabrga” so‘zlari bilan almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi PQ-4249-son qarorida:
b) 12-banddagi “Jamg‘armaning” so‘zi “Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma)ning” so‘zlari bilan almashtirilsin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-apreldagi “Kimyo sanoatini yanada isloh qilish va uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4265-son qarori 4-bandida:
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-iyuldagi “Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror ta’minlash, neft-gaz tarmog‘ini moliyaviy sog‘lomlashtirish va uning boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4388-son qarori 13-bandida:
to‘rtinchi — to‘qqizinchi xatboshilar tegishincha uchinchi — sakkizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-iyundagi “Turizm sohasini sanitariya-epidemiologik xavfsizlikning kuchaytirilgan rejimi talablariga qat’iy rioya qilgan holda rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4755-son qarori 5-bandida:
“v” kichik banddagi “O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismi” so‘zlari “50 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“g) turistik zonalar hududida joylashgan va davlatga tegishli bo‘lgan mulkiy komplekslarni sotishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi hamda yer uchastkalarini sotishdan tushadigan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4862-son qarori 15-bandining uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
10. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi “Mehmonxona sohasiga qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 661-son qarori 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Belgilab qo‘yilsinki, obyektlarni sotishda sotib olish to‘lovlarini to‘lashning maksimal muddati to‘lovlarni teng ulushlar bilan har chorakda to‘lagan holda 3 yilni tashkil qiladi.”.
11. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-yanvardagi “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 45-son qarori 10-bandida:
12. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-maydagi 404-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
“v) 3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda bozor infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan, tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga (Jamg‘armaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi).”;
“7. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining qarorlari asosida sotiladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar:
87 foizi — tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahrining mahalliy budjetlariga hamda obyekt joylashgan tuman (shahar) mahalliy budjetiga teng ulushlarda;
3 foizi — mablag‘larni maqsadli ravishda tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan tadbirkorlar uchun tashkil etiladigan o‘quv kurslarini moliyalashtirishga yo‘naltirgan holda O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga yo‘naltiriladi (Jamg‘armaning har yilgi daromadlari va xarajatlari parametrlarida belgilanadigan summadan oshgan qismi respublika budjetiga yo‘naltiriladi).”;
13. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi 273-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarining hisobini yuritish va ularni boshqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 25-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“25. Chet elda joylashgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushgan mablag‘lar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Hukumat hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo‘lmasa, Agentlik tomonidan umumiy tartibda taqsimlanadi”.
14. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 433-son qarorida:
a) 1-bandning o‘n oltinchi xatboshisidagi “mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismi” so‘zlari “mablag‘larning 50 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
v) 16-ilovaning nomlanishidagi “mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga taqsimlanadigan qismi” so‘zlari “mablag‘larning 50 foizi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
15. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi “Bo‘stonliq tumanidagi bo‘sh turgan, foydalanilmayotgan hamda samarasiz foydalanilayotgan obyektlar va yer uchastkalaridan samarali foydalanish, ular negizida turizm va xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 560-son qarori 3-bandi yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mazkur qarorga 1 va 3-ilovalarga kiritilgan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablag‘larning 50 foizi, shuningdek bo‘sh turgan yer maydonlariga bo‘lgan huquqni sotishdan tushadigan mablag‘lar (baholash va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish xarajatlaridan tashqari) to‘liqligicha Tog‘li va olis hududlarda turizm infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;”.
16. Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-martdagi “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamg‘armasi” davlat muassasasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 170-son qaroriga 1-ilovaning izohi 5-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“5. Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazilayotgan aktivlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 27-oktabrdagi PF-6096-son Farmonining 12-bandiga muvofiq ommaviy savdolarga chiqariladi”.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim hujjatlari
1. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1015-sonli qaroriga 2-ilovaning 4-bandi.
2. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 16-iyuldagi 540-F-son farmoyishi 2-bandining uchinchi xatboshisi va 3-bandi.