24.05.2021 yildagi KQ-225-IV-son
Xususan, mahalliy hokimliklarning 67 mlrd so‘mlik 268 ta obyektni buzish to‘g‘risidagi qarorlari Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 16-noyabrdagi 911-sonli qarori talablariga asosan hududiy jamg‘armaning kuzatuv kengashi hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida muhokama qilinmagan.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy Qonunning 16-moddasiga va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi raisi E. Gadoyevning Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlari ta’minlanishi holatini o‘rganish natijalari to‘g‘risidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
vazirlik va idoralar, shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan Yer kodeksiga muvofiq Toshkent viloyatida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarning kafolatlari ta’minlanishi borasida yo‘l qo‘yilayotgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq hamda manzilli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;